background
logotype

Taniqli turkman adibi Oraz Yag‘mur 1947 yilning  15 avgustida tavallud topdi.  1972 yilda Maxtumquli nomidagi Turkman davlat universitetini imtiyozli diplom bilan bitirgan. “Tuman tarqalganda” romani ikki marotaba 57 ming nusxada chop etilgan. “Maxtumquli” kitobi 1992 yilda 30 ming nusxada chiqqan. Adibning Qayg‘usiz Otaboy, Xolmuhammad Nuriy, Otaturk, Turk dunyosi allomalari bilan bog‘liq ko‘plab asarlari bor. Uning kitoblari Jaloliddin Rumiy, Yunus Emro, Hoji Bektoshi Vali, Qorachao‘g‘lon kabi buyuk siymolarni turkman o‘quvchisiga tanitishda katta hissa qo‘shdi.
Muallif adabiyotshunos, tarixchi, etnograf sifatida turli mamlakatlarda bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy anjumanlarda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etgan. Uning “Tegirmon toshi” (2010 y.), “Gazeta hoshiyasidagi bitiklar” (2012 y.) singari kitoblari o‘zbek tilida ham chop etilgan.

Фильтр
Кол-во строк: 
Oraz Yag'mur. Maxtumqulinoma (roman)

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.