background
logotype

Indoneziyaning zamonaviy yirik yozuvchisi Pramudya Ananta Tur 1925 yilda tug‘ilgan. Yoshlik yillarida qo‘lida qurol bilan mamlakat mustaqilligi uchun kurashgan.
1947-1949 hamda 1965-1979-yillarda qamoqda o’tiradi. O’sha yerda ham o’z ijodini davom ettiradi. 
Milliy adabiyot rivojiga qo‘shgan katta xizmatlari uchun Indoneziyaning bir qator adabiy mukofotlariga sazovor bo‘lgan. 
L.Tolstoy, A.Kuprin, M.Gorkiy, M.Sholoxov asarlarini indonez tiliga tarjima qilgan. Ko‘plab hikoyalar (“Blor haqida hikoyalar”, “Jakarta haqida hikoyalar”, “Bu bozor emas”), qissalar (“Bu Janubiy Bentenda yuz bergan edi”), romanlar (“Bekasi nahri sohilida”, “Korrupsiya”,  “Ta’qib”, “Partizanlar oilasi”, )romani muallifidir.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.