background
logotype

Hozirgi zamon hindiy va urdu adabiyotlariga asos solgan realist yozuvchi va tanqidchi Premchandning (1880—1936) asl nomi Dhanpatray Shrivastav. U Banoras shahri yaqinidagi Lamhiy qishlog‘ida pochta xodimi oilasida tug‘ildi. Bir amallab o‘rta ma’lumot olgach, o‘qituvchilik qildi, maktablar bo‘yicha rayon inspektori bo‘lib ishladi. Uning ijodi XX asrning dastlabki yillaridan boshlandi. U 1920 yildan milliy ozodlik harakatiga qo‘shildi. 1930 yildan boshlab Ollohobod shahrida hindiy tilida «Hans» («Oqqush») nomli jurnal chikardi. 1936 yilda Butunhindiston taraqqiyparvar yozuvchilar uyushmasini tuzishda faol ishtirok etdi.
Premchand asarlarining mavzusi turli-tuman. Yozuvchi asarlarida qishloq hayotini ayniqsa mahorat bilan tasvirlagan. Adabiyotshunoslar uni hind dehqonlarining orzu-umidlari kuychisi deb ataydi. Premchand 13 roman va qissa, 300 ga yaqin hikoya, bir necha pesa, bir qator publitsistik va adabiyotshunoslikka oid maqolalar muallifidir. Uning ikki yuzdan ziyod hikoyasi hind tilida «Mansarovar» nomli 8 jilddan iborat to‘plamdan o‘rin olgan.
Premchandning asarlari dunyodagi yirik tillarning barchasiga tarjima qilingan. Uning bir qator hikoyalaridan tashqari yana to‘rt romani rus tilida nashr etilgan. O‘zbek tilida esa uch romani va bir hikoyalar to‘plami bosilib chiqqan. Ular quyidagilar: «Qismat» (asl nomi «Go‘dan» — «Qurbonlik sigir»), 1962, «Nirmala», 1967, «Najot» (asl nomi «G‘aban» — «Xiyonat»), 1976 va «Bir kelin hikoyasi» (hikoyalar to‘plami), 1975.

Фильтр
Кол-во строк: 
Premchand. Sut haqi (hikoya)

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.