background
logotype

Roald Dal eng omadli ingliz yozuvchilaridan hisoblanadi. Omadliligi shu ma’nodaki, uning birorta ham kitobi, birorta ham hikoyasi tanqidchilar va kitobxonlar nazaridan chetda qolmagan.
Uning bir jihatdan «omadi yurishmagan» - o‘zbek kitobxonlari uning ijodi bilan tanish emaslar.
Roald Dal norveg oilasiga mansub bo‘lib, 1916 yilda Angliyada tug‘ilgan. Maktabni tamomlagach, u «Shell» neft kompaniyasiga ishga kirdi va to‘rt yildan so‘ng Dor-us-Salomga yuborildi. Ikkinchi jahon urushida u uchuvchi sifatida ishtirok etadi. 
Dal yozuvchilikni 1942 yilda boshlaydi. «Qabulga o‘taman» nomli ilk kitobiyoq unga omad keltirdi.
Uning keyingi kitoblari Dalni qiziqarli, kutilmagan yakunlar, shu bilan birga mantiqiy, bir oz kulgili hikoyalar yozuvchi adib sifatida mashhur qildi.
Roald Dal, shuningdek, ajoyib ertaklar ham yozgan bo‘lib, bu ertaklarni bolalar ham, kattalar ham birdek qiziqib o‘qishadi.

Фильтр
Кол-во строк: 
Roald Dal. Janublik kishi (hikoya)
Roald Dal. Teri (hikoya)
Roald Dal. Polkovnikning sovg'asi (hikoya)

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.