background
logotype

Seneka Lutsiy Anney (taxm. miloddan avvalgi 4, Kordova, Ispaniya — milodning 65 yili, Rim) — Rim faylasufi, yozuvchi, davlat arbobi. Rim imperatori Neronning tarbiyachisi va maslahatchisi; unga suiqasd qilishda ayblangan va o‘zini o‘ldirgan. Seneka stoitsizmning yirik vakillaridan biri. U tabiat va inson mohiyati hakida keng bilimga ega bo‘lgan, adabiy uslubni juda yaxshi egallagan. Senekaning falsafiy qarashlari ziddiyatli. U falsafani hayotda axloqiy-diniy qo‘llanma deb bilgan. «Lutsiliyga xatlar» falsafiy asari, «Himmat haqida», «Rahm-shafqat haqida», «Ruhiy xotirjamlik haqida» va boshqa risolalarida tarkidunyo qilish, o‘lim va taqdirni nazarpisand qilmaslik, ehtiroslardan xoli bo‘lish, kishilarning axloqiy tengligi masalalari yoritilgan.

Фильтр
Кол-во строк: 
Seneka. Vaqtingni boy berma
Seneka. Maktublar

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.