background
logotype

Sharl Per Bodler (Charles Pierre Baudelaire) 1821 yilning 9 aprelida Parijda dunyoga keldi. 1857 yili Sharl Bodlerning “Yovuzlik chechaklari” she’riy to‘plami nashr etildi. Bolaligidan tabiatiga singgan atrofidagilar bilan kelishmaslik bu to‘plamdagi she’rlarda jamiyatdagi barqaror tushunchalarni rad etish tarzida namoyon bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay uning “Nasriy dostonlar” to‘plami bosildi. 1860 yili esa “Parij hasrati” nomli nasriy she’rlari (mansuralar) jamlangan kitobi nashr etildi.
Sharl Bodler she’riyat bilan barobar adabiy tanqid bilan jiddiy shug‘ullandi va qator maqolalarida ijodiy maslaklarini, xususan, keyinchalik simvolizm adabiy oqimiga asos bo‘lgan tushunchalarini bayon etdi.
1864 yili Bodler Belgiyaga ko‘chib o‘tdi. Ikki yildan keyin Namyure shaharchasidagi Sen-Lu cherkovida u hushdan ketib, marmar zinaga yiqilib tushdi. Shoshilinch ravishda Parijdagi klinikaga olib kelingan shoir o‘ziga kelmay 1867 yilning 31 avgustida vafot etdi va Monparnas qabristonida dafn etildi.

Фильтр
Кол-во строк: 
Sharl Bodler. Gadoylarni do‘pposlang (hikoya)

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.