background
logotype

Simon Karmiggelt (1913–1987) Niderlandiyaning Gaaga shahrida savdogar oilasida tug‘ilgan va 1946 yildan umrining oxirigacha Amsterdamdagi «Het Parool» («Minbar») gazetasida oddiy muxbir bo‘lib ishlagan adib kichik hikoyalar ustasi sifatida keng tanilgan.
S.Karmiggelt - yuksak so‘z san’atini vaqtli matbuotga dadil olib kirgan va goho quvonch, goho ma’yuslik ufurib turgan hikoyalarida milliy xarakterlarni ko‘zgudagi kabi butun bo‘y–basti bilan aks ettira olgan adib.
1977 yili u Niderlandiyaning adabiyot sohasidagi eng yuksak mukofoti bilan taqdirlangan. Asarlari dunyoning o‘nlab tillarga tarjima qilingan.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.