background
logotype

Germaniyalik yozuvchi, romannavist, Nobel mukofoti sohibi Paul Tomas Mann 1875 yili  Lyubekda tug‘ilgan. Gimnaziyada o‘qib yurgan kezlariyoq Tomas «Bahorgi  momaqaldiroq» deb nomlangan adabiy, falsafiy jurnalga asos solgan.
Uning birinchi hikoyalar to‘plami 1898 yili «Kichkina xo‘jayin Fridemann» nomi bilan chop etilgan. 
1929 yili Tomas Mann «Buddenbroklar» romani uchun adabiyot sohasida Nobel mukofotini qo‘lga kiritadi.
Asarlari: «Buddenbroklar» («Buddenbrooks — Verfall einer Familie», roman, 1901), «Tonio Kreger» («Tonio Kröger», novella, 1903), «Tristan» («Tristan», novella, 1903), «Qirol hazratlari» («Königliche Hoheit», 1909), «Venetsiyada o‘lim» («Der Tod in Venedig», hikoya, 1912), «Sehrli tog‘» («Der Zauberberg», roman, 1924), «Mario va sehrgar» («Mario und der Zauberer», hikoya, 1930), «Iosif va aka-ukalari» («Joseph und seine Brüder», roman-tetralogiya, 1933—1943), «Yosh Iosif» («Der junge Joseph», 1934), «Iosif Misrda» («Joseph in Ägypten», 1936), «Iosif-boquvchi» («Joseph der Ernährer», 1943), «Ozodlik muammosi» («Das Problem der Freiheit», esse, 1937), «Lotta Veymarda» («Lotte in Weimar», roman, 1939), «Almashilgan boshlar. Hind afsonasi» («Die vertauschten Köpfe — Eine indische Legende», 1940), «Doktor Faustus» («Doktor Faustus», roman, 1947),  «Mahbub» («Der Erwählte», roman, 1951), «Qora oqqush» («Die Betrogene: Erzählung», 1954), «Avantyurist Feliks Krulning e’tirofi» («Bekenntnisse des Hochstaplers Felix Krull. Der Memoiren erster Teil», 1922/1954).

Фильтр
Кол-во строк: 
Tomas Mann. Tazarru (hikoya)

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.