background
logotype

Tommazo Landolfi (9 avgust 1908, Piko, Kazerta — 8 iyul 1979, Ronchilone, Italiya) — italyan yozuvchisi va tarjimoni.
Rim va Florensiyada o‘qigan. Anna Axmatova ijodidan diplom ishi yoqlagan (1932). 1929 yildan ijodga kirib kelgan. Florentsiya i Rimdagi jurnallarda o‘z ijod namunalari bilan qatnashgan. Fashizm rejimiga qarshi chiqqani uchun bir oy qamoqda o‘tirgan (1943). Urushdan so‘ng qizg‘in ijod bilan shug‘ullangan. 
Ruscha, frantsuzcha va nemischadan tarjimalar qilgan (Pushkin, Lermontov, Gogol, Dostoevskiy, Tyutchev, Turgenev, Dostoevskiy, Leskov, Chexov, Bunin, Node, Merime, aka-uka Grimmlar, Gofman, Gofmanstal, Kafka). 
Tomazzo Landolfi Strega, Kampello, Viaredjo, Bagutta kabi Italiyaning mashhur adabiy mukofotlari sovrindoridir. 
Uning «Imkonsiz hikoyalar» (1966) fantastik novellalar to‘plami, «Kuz ertagi» (1947), «Zamonamiz sevgisi» (1965) kabi asarlari mashhur.

Фильтр
Кол-во строк: 
Tommazo Landolfi. Yollangan qotil (hikoya)

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.