background
logotype

Rus yozuvchisi Viktor Nekrasov 1911 yili Kievda tug‘ilgan. Viktor Nekrasov adabiyotga urushdan keyin kirib kelgan. Uning birinchi kitobi — “Stalingrad xandaqlarida” qissasi bilan juda mashhur bo‘lgan. Qissani oddiy kitobxon zo‘r qiziqish bilan, kommunistik mafkura muhiblari esa g‘ashlik bilan qarshi oldilar, muallifni sovet tuzumining dushmani sifatida baholadilar.
Adib bundan keyingi asarlarida ham, nima to‘g‘risida yozmasin, hayot haqiqatini markazga ko‘yib qalam tebratdi. Bu sho‘ro mafkurasi sharoitida juda qiyin ish edi. Tegishli tashkilotlar Nekrasovning asarlarini bosmaslikka, hatto nomini ham tilga olmaslikka buyruq berdilar. Yozuvchi muhojirlikka ketishga majbur bo‘ldi. U ko‘p yillarini Parijda o‘tkazdi, o‘sha yerda bir qator esselar, xotiralar yaratdi.

Фильтр
Кол-во строк: 
Viktor Nekrasov. Qirol Nyu-Yorkda (hikoya)

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.