background
logotype

Vladimir Ivanovich Dal  [adabiy taxallusi — Kazak Luganskiy; 1801.10 (22).11, Lugansk sh.— 1872.22.9(4.10), Moskva] — rus olimi, yozuvchisi va lug‘atshunosi. Peterburg Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1838),  faxriy akademigi (1863). Derpt (hozirgi Tartu) universiteti tibbiyot fakultetini tugatgan (1829). 
Asosiy asari — «Jonli velikorus tilining izohli lug‘ati» (1—4 jildlar; 1863—66) 200 mingga yaqin so‘zni o‘z ichiga olgan. Dal birinchi bo‘lib rus tili shevalarini tasnifladi («Rus tili lahjalari haqida», 1852). «Rus xalqi maqollari»ni to‘plab nashr etdi (1861—62). Unda 30 mingdan ortiq maqol, matal va qochirim gaplar jamlangan. Bulardan tashqari, Dal qissa, hikoya, ocherk va ertaklar muallifi.

Фильтр
Кол-во строк: 
Vladimir Dal. Chipta kavushli tulki (ertak)

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.