background
logotype

Xans-Xaynts Evers (1871–1943) nemis adibi. XX asr boshlarida yashab ijod etgan. Uning onasi mashhur kishilar sulolasiga mansub bankirning nevarasi, otliq askarlar qo‘shini generalining qizi edi. Otasi esa rassom bo‘lgan. Evers to‘rt yoshidan boshlab she’r va ertaklar mashq qila boshlagan. Ijodining dastlabki yillarida adib o‘zining ikki “oltin” to‘plami – “Shayton vasvasasi”, “Dahshatlar” kitoblarini chop ettirdi. Ushbu to‘plamdan “Qirollar qalbi”, “Jonsiz yahudiy”, “Tofarkelin”, “O‘rgimchak”, “Stanislava d’ Aspning so‘nggi istagi” kabi durdona hikoyalari joy olgan. Keyinchalik u o‘quvchilarga o‘zining safar taassurotlari bilan bog‘liq yo‘l ocherklari “Hindiston va men”, “Nigohlarim bilan” kitoblarini taqdim etdi. U yuzlab novella, o‘nlab roman, o‘ttizga yaqin esse va ko‘plab tarjimalar, 168 ta she’r muallifi hamdir.

Фильтр
Кол-во строк: 
Xans-Xaynts Evers. O‘rgimchak (hikoya)

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.