background
logotype

Xolida Isroil 1965 yili Shinjongning G‘ulja viloyatida tavallud topgan. Shinjong universitetining til-adabiyot kulliyotida tahsil olgan. 1985 yilga qadar asosan nazmda ijod boshlagan uyg‘ur adibasi keyinchalik nasriy asarlarga qo‘l urgan va bu borada o‘zining iste’dodini namoyon etishga muyassar bo‘lgan. Uning hozirgacha bir qancha badiiy asarlari keng kitobxonlarga yaxshi tanish. Jumladan, “Eh, hayot”, “Xongit ko‘li”, “Shayton ko‘zgusi”, “Sokin shahar”, “Qor ko‘p yoqqan qish”, “Arbita”, “Armon” kabi qator hikoya va qissalari chop etilgan. Mazkur asarlar Xitoy hamda Yevropada va boshqa ko‘pgina xorijiy mamlakat tillarda, shuningdek, O‘zbekistonda ham tarjima qilinib, o‘zbek kitobxonlariga yaxshi ma’lum va manzur bo‘lgani fikrimizning yaqqol dalilidir. Uning “Sokin shahar” (uyg‘ur tilida “Timtos shahar”) deb nomlangan saylanma asari “Shinjon Yoshlar-o‘smirlar” nashriyotida chop etilgan.

Фильтр
Кол-во строк: 
Xolida Isroil. Qor ko‘p yoqqan qish (qissa)

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.