background
logotype

Mashhur chex yozuvchisi Yaroslav Gashek 1883 yili Pragada tug‘ilgan. Uning ijodida ijtimoiy satira asosiy o‘rinni egallaydi. U o‘zidan 1500 dan ortiq hikoya, felyeton va boshqa asarlarni qoldirgan.
«Qotil sud oldida» (1907), «Shaxtadagi falokat» (1908) hajviy asarlari mashhur. 
Birinchi jahon urushi arafasida «Shovvoz askar Shveyk va boshqa ajoyib voqealar» (1911) hikoyalar to‘plami unga katta shuhrat keltiradi. «Shovvoz askar Shveykning jahon urushidagi sarguzashtlari» hajviy-realistik romani (1921—23, asar tugallanmay qolgan) urushga va milliy zulmga qarshi yozilgan. Unda xalqning og‘ir turmushi yorqin obrazlarda aks ettirilgan. 
Bu asar ko‘plab xorijiy tillarga, shuningdek «Shovvoz Shveykning boshidan kechirganlari» nomi bilan o‘zbek tiliga tarjima qilingan (1971).
Yaroslav Gashek 1323 yili Lipnitseda vafot etgan.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.