background
logotype

Atoqli yapon adibasi Yoshiko Shibaki (Shibaki Yoshiko (yap. 芝木 好子) 1914 yilning 7 mayida Tokioda savdo-sotiq bilan shug‘ullanadigan oilada tug‘ilgan. Dastlab qizlar maktabida, keyinchalik Surugadai akademiyasida ingliz tilini o‘rgangan. Otasi vafotidan keyin 1939-40 yillar mobaynida Mitsubishi (Mitsubishi) iqtisodiy tadqiqotlar markazida ishlagan. Xuddi o‘sha yillar iqdisodiy fanlar professori Kiyoshi Osima bilan turmush qurgan.
Yoshiko Shibakining dastlabki asarlari 1930-yillar o‘rtasidan boshlab yapon jurnallarida bosila boshlaydi. 1941 yili yapon adabiyoti olamida e’tiborli sanalgan Akutagava mukofoti bilan taqdirlangan. 1946 yili uning ilk romani nashr etiladi. 60-yillarning boshida uningavtobiografik trilogiyasi bosilib chiqadi va bir qator mukofotlar bilan taqdirlanadi.
Yoshiko Shibaki 1981 yili Yaponiya San’at akademiyasi a’zoligiga saylanadi. 1984 yili yapon adabiyotining Oliy mukofotiga sazovor bo‘ladi. 1989 yilning may oyida adiba ijodi va shaxsiyatida yapon madaniyatini ifoda etgan ijodkor va inson deb e’lon qilinadi.
Yoshiko Shibaki 1991 yil 25 avgustda vafot etgan.

Фильтр
Кол-во строк: 
Yoshiko Shibaki. Van Gogning qabri (hikoya)

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.