background
logotype

Orlando Blum: Troya sarkardasi

 1977 yil 13 yanvarda Angliyaning Kanterberi shaharchasida tug‘ilgan. 16 yoshida Londonga ko‘chib, Milliy yoshlar teatrida dramatik yo‘nalishda ta’lim ola boshlagan. Keyinchalik u o‘qishini Britaniya-Amerika Drama Akademiyasi va Gildhil musiqa va drama maktabida davom ettiradi. 

O‘qishni tugatgan yili rejissyor Piter Jekson unga "Uzuklar hukmdori" filmida Legolas rolini o‘ynashga taklif qiladi. Uch qismli blokbaster unga birin-ketin boshqa rejissyorlardan ham takliflar tushishini ta’minladi. Muhimi, bu takliflarning aksar qismi asosiy rol uchun edi. Blum Ridli Skotning "Qora lochinning qulashi" (Black Hawk Down) "Karib dengizi qaroqchilari"(Pirates of the Caribbean) filmlarida suratga tushdi. "Troya" filmida Bred Pitt bilan birga bosh rolni ijro etishi uning uchun eng asosiy ijod cho‘qqisi bo‘lib qolayotgan "Jannat qirolligi"( Kingdom of Heaven) filmiga yo‘llanma bo‘lib xizmat qildi. Ayni paytda Blum "Elizabettaun" va "Karib dengizi qaroqchilari-2" filmlarida suratga tushmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, "Karib dengizi qaroqchilari-2" sarguzasht filmi 2006 yilning o‘rtalarida tayyor bo‘ladi.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.