background
logotype

"Vir va Zaara" filmi so'nggidagi she'r

Men yetti yuz sakson oltinchi mahkum
Turma darchasidan ko'chaga boqgum.

Kunlar, oylar, yillar o'tgani sari
Ko'z oldimga kelar otam bog'lari.

Bu oftob onamning yoshlik ko'zidir,
Yomg'irlar u ko'zning sog'inch so'zidir.

Jondan o'tar ekan bu sovuq kunlar
Lori gulxanini qo'msayman tunlar.

Tushimga har kecha kirar bir dilbar,
O'zin shamsiya der, meni Vir atar.

U aytar: "Bu sening vataning emas",
Lek mening yurtimga qiladi xavas.

Men yetti yuz sakson oltinchi mahkum
Panjara ortidan yorimga boqgum.

Uning nazarida bizlar bir juft gul,
Va bir-birimizga o'xshaymiz butkul.

Umid uyg'otadi duo singari
Uning kulib aytgan sirli so'zlari.

Agar shodmon bo'lsam u ham suyunar,
Men uchun hammadan ko'proq kuyinar.

Uning va'dalari, ahdu paymoni,
Go'zal ko'rsatadi menga dunyoni.

G'ayrat jo'sh uradi bilaklarimda,
Himmat paydo bo'lar yuraklarimda.

O'zga yurtdagi bir begona g'uncha,
Nimaga men uchun qayg'urar buncha.

Uning nazdida biz bir juft guldaymiz,
Birga quvnagaymiz, birga kulgaymiz.

Men yetti yuz sakson oltinchi mahbus
Panjaradan ko'kka boqarman tuyqus.

Osmon orzularim uning orzusi,
U mening dilimning shimol yog'dusi.

Qalbi ezgulikka to'la bu dildor,
Men uchun hattoki o'limga tayyor.

Mening heshlarimga qilay deb xizmat
O'z azizlaridan kechgan u, rahmat!

U aytar: "Bu sening vataning emas",
Lek mening elimga qo'ygandir xavas.

Uning nazdida biz bir juft lolamiz,
Faryodimiz birdir, birdir nolamiz.

Men yetti yuz sakson oltinchi mahkum
Turma darchasidan ko'klarga boqgum...

 

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.