background
logotype

Shu ham insofdanmi?

Biroq aziz o‘quvchilar tomonidan shu nashrlarga, ularda chop etilayotgan tabarruk kalomlarga munosabat achinarli ahvoldadir. Deylik, ro‘znomani ko‘ngildagidek ko‘ngilga ziyo tashuvchi elchi singari qaramaymiz. Unda berilayotgan hadislar yoki bosh­qa tabarruk yozuvlarni ehtiyotlash o‘rniga ularni duch kelgan joyga tashlaymiz.

Oyoq osti qilamiz. Tevarakka nazar tashlasak, ro‘znomalarni qaerlarda uchratamiz. Kuniga semichkafurushlaru pistafurushlar qo‘lida, axlatxonalarda oyoq ostida xor bo‘lib yotadi. Shu ham insofdanmi?

Gazeta va jurnallarni muntazam ravishda olib turadigan inson aslida qancha ma’naviy boylikka egalik qiladi? Ular orqali dunyodan xabardor bo‘lib turamiz, maslahat va yo‘l-yo‘riqlardan bahramand bo‘lamiz. Bundan tashqari, matbuot nashrlarida ota-onalarimizdan eshitmaganlarimiz — ko‘pdan ko‘p maslahatlarni, dono o‘gitlarini o‘qib, qalbimizga jo qilamiz. Shu jihatdan olganda bu nashrlarning vazifasi juda e’tiborga loyiq. Ro‘znomalar sahifalarida hadis va oyatlarning berib turilishi so‘zga ulangan so‘zning ham, so‘zlar muhrlangan qog‘ozlarning ham qimmatini o‘stiradi.

Biroq aziz o‘quvchilar tomonidan shu nashrlarga, ularda chop etilayotgan tabarruk kalomlarga munosabat achinarli ahvoldadir. Deylik, ro‘znomani ko‘ngildagidek ko‘ngilga ziyo tashuvchi elchi singari qaramaymiz. Unda berilayotgan hadislar yoki bosh­qa tabarruk yozuvlarni ehtiyotlash o‘rniga ularni duch kelgan joyga tashlaymiz. Oyoq osti qilamiz. Tevarakka nazar tashlasak, ro‘znomalarni qaerlarda uchratamiz. Kuniga semichkafurushlaru pistafurushlar qo‘lida, axlatxonalarda oyoq ostida xor bo‘lib yotadi. Shu ham insofdanmi?

Shu o‘rinda bir masalani oydinlashtirib olmoq kerak. Yoki odamlar ongiga gazeta-jurnallarda muqaddas kalomlar bosilayotganini yetkazishga erishish kerak yoki hadisu oyatlarni bo‘lsa-bo‘lmasa qog‘ozlarga nusxa ko‘chirib tarqatavermaslik zarur deb o‘ylayman. Menimcha, respublikamizda chiqarilayotgan barcha ro‘znomalarda ham bu borada jiddiy o‘zgarish yasash kerak. “Islom nuri” jaridasining bir chekkasida mana shunday so‘zlar bitilgan: “Jaridamizda oyat va hadislar borligidan uni hurmatlashingizni, noloyiq joylarga tashlamasligingizni so‘raymiz”. Bir oddiy mushtariy sifatida barcha gazeta va jurnallarda ham shunday doimiy izoh albatta bo‘lishini istardim. Toki matbuot nashrlariga munosabat masalasida odamlarda mas’uliyat hisi shakllanib borsa, nur ustiga a’lo nur bo‘lar edi.

Annamurod Jumaquliyev
"Hurriyat" gazetasidan olindi.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.