background
logotype

Dunyoga dovrug‘i dostonlar

“Eng mashhur yozuvchi”
Buyuk britaniyalik Agata Kristining 78 ta detektiv romani jahonning 44 tiliga tarjima qilingan va 2 milliard tirajda sotilgan. Adibaning yillik gonorari 4 million dollarni tashkil etgan.

“Eng sermahsul romannavis”

Braziliyalik adib Joze Karlush de Inee 1986 yilning iyunidan 1996 yilning avgustiga qadar 1058 ta roman yozgan.
“Eng yosh muallif”
Rendi Neyl (Livan) o‘zining “Qasos” nomli ilk romanini 1998 yili — endigina 12 yoshga to‘lgan paytda chop etgan. Kichik adib ikkinchi va uchinchi yirik asarlarini esa 13 hamda 14 yoshligida o‘quvchilarga taqdim etgan.
“Eng uzun roman”
Frantsuz adibi Marsel  Prustning “Yo‘qotilgan vaqt izidan” romani 13 tom, 9 609 000 so‘zdan iborat. Asarning birinchi jildi 1912 yilda chop etilgan. So‘nggi olti tom esa adib vafotidan keyin dunyo yuzini ko‘rgan.
“Eng katta tarjimai hol”
Buyuk Britaniyaning mashhur bosh vaziri ser Uinston Cherchilning tarjimai holi 8 ta asosiy va 16 ta qo‘shimcha tomlardan tashkil topgan. Asar Cherchilning o‘g‘li Rendalf va tarixchi Martin Gelbert tomonidan yozilgan.
“Eng yirik adabiy mukofot”
Eng sara nasriy asarlar uchun beriladigan Xalqaro Dublin adabiy mukofoti sohibiga 100 ming irland funti (130 900 dollar) taqdim etiladi.
“Eng katta kitob”
AQShning Kolorado shtatida 1976 yilda 2,74x3,07 metr hajmli 300 sahifadan iborat “Superkitob” chop etildi. Kitobning og‘irligi — 252,6 kg ni tashkil qildi.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.