background
logotype

Inson tanasi haqida 17 ta qiziqarli fakt

Dunyodagi har bir insonning takrorlanmas hidi bo‘ladi, aksariyat chaqaloqlar moviy ko‘z bilan tug‘iladilar, inson tanasining 75 foizi, miyasining 80 foizi suvdan iborat. Inson tanasi haqida siz bilgan va bilmagan 17 ta fakt:


Ba'zi egizaklarni hisobga olmaganda dunyodagi har bir insonning takrorlanmas hidi bo‘ladi.


Inson oyog'i ostida yarim million teri bezlari bo‘lib, ular kuniga 230 millilitr suyuqlik ishlab chiqaradi.


Inson o‘pkasida 300 million kapillyarlar joylashgan bo‘lib, ularni yoyib chiqsa, bemalol AQSh hududiga teng keladi.


Agar inson qon tomirlarini bir-biriga ulab chiqilsa, ularning uzunligi 96560 kilometrni tashkil etadi. Bu "arqon" bilan yer sharini 2,5 marta o‘rab chiqish mumkin.


Ayollar erkaklarga qaraganda ikki marta ko‘p ko‘zni pirpiratadilar.


Aksariyat chaqaloqlar moviy ko‘z bilan tug‘iladilar. Ultrabinafsha nurlari (quyosh) ta'sirida keyinchalik ko‘z ranglari o‘zgaradi.


Ko‘z muguz pardasi inson tanasining qon bilan ta'minlanmagan yagona qismidir. Ushbu parda kislorodni havodan oladi.


Inson tanasining 75 foizi, miyasining 80 foizi suvdan iborat.


Oshqozon kislotasi shu qadar kuchliki, soqoltarosh piskasini ham yemirishi mumkin.


Inson miyasi tanadagi kislorod va kaloriyaning 20 foizini ishlatadi.


Inson umri davomida bemalol bitta basseynni to‘ldiradigan so‘lak ajratadi.


To‘yib ovqatlanib olganingizdan so‘ng qulog'ingiz yaxshi eshita boshlaydi.


Chaqaloqlar tug'ilganda ranglarni oq-qora ko‘radilar.


Inson tug‘ilishidan olti oy avval uning tishlari o‘sa boshlaydi.


Inson sochining o‘rtacha umri 3-7 yildir.


Inson soch tolasini to‘yingan kislota bilan ham parchalab bo‘lmaydi.


Odam tanasi but bo‘lishi qanchalar yaxshi, ammo inson oshqozon, qorajigar, 75 foiz jigar, 80 foiz ichak, bir buyrak, bir o‘pkani olib tashlanganda ham yashashi mumkin.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.