background
logotype

Ovqatlanish ratsionida bo‘lishi kerak bo‘lgan 10 mahsulot

Hamma o‘z holicha, sharoitiga ko‘ra ovqatlanish ratsionini belgilaydi. Mutaxassislarning fikricha, quyidagi 10 ta mahsulot sizning taomlaringiz tarkibida bo‘lsa, sog‘-salomat bo‘lishingiz, organizmingiz orom olishi mumkin ekan.

Losos - qizil baliq

Tarkibidagi omega-3 moyi ko‘pligi sabab bu mahsulot xolesterin miqdorini kamaytiradi, soch mustahkamligini ta'minlaydi, saratondan himoya qiladi.

Olma

Muntazam olma iste'mol qilish ichak saratonining oldini oladi, prostatitdan asraydi. Boy antioksidantlari sababli inson kayfiyatini ko‘taradi.

Banan

Banan tarkibidagi kaliy mushaklarni mustahkamlaydi. Bu mahsulot yurak-qon-tomir tizimiga ta'sir o'tkazib, insultning oldini oladi.

Asal

Immunitetni mustahkamlaydigan eng yaxshi tabiiy vosita - asaldir. Asal iste'mol qilish shakarning o'rnini bosadi.

Zaytun moyi

Е vitaminiga boyligi sabab zaytun moyi xolesterinni kamaytiradi, organizmni yoshartiradi.

Qorag‘at

Ko‘rish qobiliyatini mustahkamlaydi, qarish jarayonini sekinlatadi.

Sabzi

Beta-karotin miqdorining ko‘pligi sabab sabzi ko‘rish qobiliyatini oshiradi, onkologik kasalliklarning oldini oladi. Undagi foydali moddalarni saqlab qolish uchun sabzini kungaboqar moyi yoki smetana bilan qo‘shib pishirish lozim.

Ismaloq

Tarkibida А, С va К vitaminlari, oqsillar, oksidantlar va temir moddasi mavjud.

Yogurt

Kalsiyga boyligi sabab immunitetni oshiradi va ovqat hazm bo‘lishiga yordam beradi.

Suli yormasi

Suli yormasi juda to‘yimli mahsulot. Undan oshqozon, ichak kasalliklarini davolashda foydalaniladi, shuningdek suli qon tomirlarini tozalaydi.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.