background
logotype

Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar - РБК 2006

Dunyodagi eng qimmat narxdagi mehmonxona — Palace Hotel bo‘lib, u Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan. Mazkur otel sutkasi 15 ming dollarlik 302 ta joylar va har birining bir kunlik  bahosi  25 ming dollarga teng dabdabali apartamentlardan iboratdir.

Bu apartamentlarning ba’zilari 10 ta xona va bog‘dan iborat bo‘lib, bu yerdagi deyarli barcha anjomlar sof oltindan tayyorlangan. Bu otelda jahondagi  50 mamlakatdan bo‘lgan 2600 kishi xizmat qilib, har bir mehmonga  to‘rttadan xizmatkor to‘g‘ri keladi. Ikkinchi o‘rinda esa Nyu-Yorkdagi Plaza oteli bo‘lib, uning bir sutkalik yotoq haqi 15 ming dollardan iborat. 

Otelda bir kunlik haq to‘lab siz 6 ta yotoqxona, 7 ta vanna xonasi, kutubxona, 2 ta mehmonxona va shaxsiy  musallas jamlanmasidan foydalanasiz. Nyu-Yorkdagi Regis oteli narxining qimmatligi jihatdan uchinchi o‘rinda bo‘lib, uning bir kunlik haqi 10,5 ming dollardan iborat. Bu pulga siz bu yerda bir kun yashash bilan birga antikvariatlar olamiga sayohat qilish va oliymaqom darajadagi xizmat ko‘rsatishdan bahramand bo‘lasiz.

Mehmonxona1kunlik istiqomat $
1 Palace Hotel (United Arab Emirates) 25 000
2 The Plaza (New York) 15 000
3 Regis (New York) 10 500
4 The New York Palace (New York) 10 000
5 The Four Seasons (New York) 10 000
6 President Wilson Hotel (Switzerland) 9 090
7 Burj Al Arab (Dubai) 6 800
8 The Lanesborough (London) 5 837
9 The Peninsula (Hong Kong) 4 875
10 Beverly Hills Hotel (Beverly Hills) 4 700

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.