background
logotype

Dunyoning eng boy kishilari - Forbes 2006

Har yilgi an’anaga ko‘ra Forbes jurnali dunyoning eng boy kishilari – milliarderlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga jami 793 nafar milliarder kiritilgan. Jurnalning hisob-kitoblariga qaranganda oxirgi yilda dunyodagi milliarderlar soni 102 nafarga ko‘paygan va hozirda jami 793 nafarni tashkil etmoqda.

Ularning mablag‘i esa 18 foizga oshib, jami 2,6 trillion dollarga yetgan. Forbes bosh muharriri Luiza Krollning ta’kidlashicha, 2005 yilda Rossiya (108 %), Hindiston (54 %) va Braziliya (38 %) fond birjalaridagi jonlanish va kuchli o‘sish reytingga katta ta’sir ko‘rsatdi.

Ro‘yxatning dastlabki ikkita o‘rni amerikaliklarga nasib qildi. Maykrosoft kompaniyasining raisi Bill Geyts o‘z kapitalini $46,5 milliarddan (2005) $50 milliardga oshirishga erishgan bo‘lsa, investor Uorren Baffetning kapitali esa $2 milliardga kamayib ketdi ($42 milliard). Uchinchi o‘ringa Meksika telekommunikatsiya magnati Kalos Slim Xelu ko‘tarilib oldi ($30 milliard). IKEA mebel magazinlari to‘ri rahbari Ingvar Kamprad esa to‘rtinchi o‘rinni ($28 milliard) band etdi. Po‘lat imperiyasiga asos solgan hindistonlik Lakshmi Mittal esa bu yil 5-o‘rin bilan ($23,5 milliard) bilan kifoyalandi.

Forbesning dollar milliarderlari ro‘yxatiga 32 ta rossiyalik boylar kiritilgan. Ulardan 7 tasi reytingda birinchi marta ishtirok etmoqda. Rossiyalik milliarderlar ro‘yxatini Chukotka gubernatori va Londonning «Arsenal» futbol klubi egasi Roman Abramovich boshqarib turibdi. Xitoyda esa 8 milliarder mavjud. Bu yilgi ro‘yxatga AQShdan 44 ta yangi nomzodlar kiritilgan. Qozog‘iston va Ukrainadan ham 

Ro‘yxatdagi eng yosh milliarder Livanning o‘tgan yili o‘ldirib ketilgan sobiq bosh vazirining 22 yoshli qizi Hind Haririydir ($1,4 milliard).

 

1-o‘rin
Uilyam Geyts III (Bill Geyts)



Yoshi: 50
Boyligi: o‘zi ishlab topgan
Manba: Microsoft
Mablag‘i: 50.0 milliard dollar
Fuqaroligi: Amerika Qo‘shma Shtatlari
Yashash joyi: Medina, Vashington shtati, AQSh
Sanoat sohasi: Dasturiy ta’minot
Oilaviy ahvoli: oilali, 3 nafar farzandi bor
Oliy ta’lim: Garvard universiteti (tugallamagan)

Dunyoning birinchi raqamli milliarderi Bill Geytsning kapitali bir yilda 3.5 milliarddollarga ko‘paygan. Bu janob Geyts
  oyiga – $291 666 667
  kuniga – $9 589 041
  soatiga – $399 543
  minutiga – $6 659
  sekundiga – $111  daromad qiladi deganidir.

 

2-o‘rin
Uorren Baffet



Yoshi: 75
Boyligi: o‘zi ishlab topgan
Manba: Berkshire Hathaway
Mablag‘i: 42.0 milliard dollar
Fuqaroligi: Amerika Qo‘shma Shtatlari
Yashash joyi: Omaya, Nebraska shtati, AQSh
Sanoat sohasi: Investitsiya
Oilaviy ahvoli: 3 nafar farzandi bor
Oliy ta’lim: Nebraska universiteti bakalavri, Kolumbiya universiteti magistri

 

3-o‘rin
Karlos Slim Xelu



Yoshi: 66
Boyligi: Merosni ko‘paytirish
Manba: Telecom
Mablag‘i: 30.0 milliard dollar
Fuqaroligi: Meksika
Yashash joyi: Mexiko shahri, Meksika
Sanoat sohasi: Kommunikatsiya
Oilaviy ahvoli: 6 nafar fazandi bor

 

4-o‘rin
Ingvar Kamprad



Yoshi: 79
Boyligi: o‘zi ishlab topgan
Manba: Ikea
Mablag‘i: 28.0 milliard dollar
Fuqaroligi: Shvetsiya
Yashash joyi: Luzanna, Shveytsariya
Sanoat sohasi: Savdo-sotiq
Oilaviy ahvoli: oilali, 4 nafar farzandi bor

 

5-o‘rin
Lakshmi Mittal



Yoshi: 55
Boyligi: Merosni ko‘paytirish
Manba: Steel
Mablag‘i: 23.5 milliard dollar
Fuqaroligi: Hindiston
Yashash joyi: London, Buyuk Britaniya
Sanoat sohasi: Ishlab chiqarish
Oilaviy ahvoli: oilali, 2 nafar farzandi bor
Oliy ta’lim: Kalkutta Avliyo Xavier kolleji bakalavri

 

6-o‘rin
Pol Allen



Yoshi: 53
Boyligi: o‘zi ishlab topgan
Manba: Microsoft
Mablag‘i: 22.0 milliard dollar
Fuqaroligi: Amerika Qo‘shma Shtatlari
Yashash joyi: Sietl, Vashington shtati, AQSh
Sanoat sohasi: Dasturiy ta’minot
Oilaviy ahvoli: uylanmagan
Oliy ta’lim: Vashington davlat universiteti (tugallamagan)

 

7-o‘rin
Bernard Arnault



Yoshi: 57
Boyligi: o‘zi ishlab topgan
Manba: LVMH
Mablag‘i: 21.5 milliard dollar
Fuqaroligi: Frantsiya
Yashash joyi: Parij, Frantsiya
Sanoat sohasi: Ko‘p qirrali
Oilaviy ahvoli: oilali, 5 nafar farzandi bor
Oliy ta’lim: Parij politexnika instituti bakalavri

 

8-o‘rin
Shahzoda Alvalid bin Talal Alsaud



Yoshi: 49
Boyligi: o‘zi ishlab topgan
Manba: Investitsiyalar
Mablag‘i: 20.0 milliard dollar
Fuqaroligi: Saudiya Arabistoni
Yashash joyi: Riyod, Saudiya Arabistoni
Sanoat sohasi: Investitsiya
Oilaviy ahvoli: ajrashgan, 2 nafar farzandi bor
Oliy ta’lim: Menlo kolleji bakalavri, Sirakuza universiteti magistri

 

9-o‘rin
Kennet Tomson va oilasi



Yoshi: 82
Boyligi: merosni ko‘paytirgan
Manba: Poligrafiya va chop etish
Mablag‘i: 19.6 milliard dollar
Fuqaroligi: Kanada
Yashash joyi: Toronto, Kanada
Sanoat sohasi: Mediya
Oilaviy ahvoli: oilali, 3 nafar farzandi bor

 

10-o‘rin
Li Ka-shing



Yoshi: 77
Boyligi: o‘zi ishlab topgan
Manba: Turli soqalar
Mablag‘i: 18.8 milliard dollar
Fuqaroligi: Gong Kong
Yashash joyi: Gong Kong
Sanoat sohasi: Ko‘p qirrali
Oilaviy ahvoli: 2 nafar farzandi bor
Oliy ta’lim: Oliy maktab (tugallanmagan)

 

11-o‘rin
Roman Abramovich



Yoshi: 39
Boyligi: o‘zi ishlab topgan
Manba: Neft
Mablag‘i: 18.2 milliard dollar
Fuqaroligi: Rossiya
Yashash joyi: London, Buyuk Britaniya
Sanoat sohasi: Neft/gaz
Oilaviy ahvoli: oilali, 5 nafar farzandi bor
Oliy ta’lim: tugallanmagan

 

12-o‘rin
Maykl Dell



Yoshi: 41
Boyligi: o‘zi ishlab topgan
Manba: Dell
Mablag‘i: 17.1 milliard dollar
Fuqaroligi: Amerika Qo‘shma Shtatlari
Yashash joyi: Ostin, Texas, AQSh
Sanoat sohasi: Texnologiya
Oilaviy ahvoli: oilali, 4 nafar farzandi bor
Oliy ta’lim: Texas universiteti (tugallanmagan)

 

13-o‘rin
Karl Albrext



Yoshi: 86
Boyligi: o‘zi ishlab topgan
Manba: Supermarketlar
Mablag‘i: 17.0 milliard dollar
Fuqaroligi: Germaniya
Yashash joyi: Myulxen an der Rur, Germaniya
Sanoat sohasi: Savdo-sotiq
Oilaviy ahvoli: oilali, 2 nafar farzandi bor

 

14-o‘rin
Sheldon Adelson



Yoshi: 72
Boyligi: o‘zi ishlab topgan
Manba: Kazino va mehmonxonalar
Mablag‘i: 16.1 milliard dollar
Fuqaroligi: Amerika Qo‘shma Shtatlari
Yashash joyi: Las-Vegas, Nevada shtati, AQSh
Sanoat sohasi: Ko‘ngilochar o‘yinlar
Oilaviy ahvoli: oilali, 5 nafar farzandi bor
Oliy ta’lim: Nyu York Siti kolleji (tugallanmagan)

 

15-o‘rin
Lilian Bettenkourt



Yoshi: 83
Boyligi: meros
Manba: L'Oreal
Mablag‘i: 16.0 milliard dollar
Fuqaroligi: Frantsiya
Yashash joyi: Parij, Frantsiya
Sanoat sohasi: Ishlab chiqarish
Oilaviy ahvoli: oilali, 1 nafar farzandi bor

 

15-o‘rin
Lavrens Ellison



Yoshi: 61
Boyligi: o‘zi ishlab topgan
Manba: Oracle
Mablag‘i: 16.0 milliard dollar
Fuqaroligi: Amerika Qo‘shma Shtatlari
Yashash joyi: Silikon vodiysi, Kaliforniya, AQSh
Sanoat sohasi: Dasturiy ta’minot
Oilaviy ahvoli: oilali, 2 nafar farzandi bor
Oliy ta’lim: Illinoys universiteti (tugallanmagan)

 

17-o‘rin
Kristi Uolton



Yoshi: 51
Boyligi: meros
Manba: Wall-Mart
Mablag‘i: 15.9 milliard dollar
Fuqaroligi: Amerika Qo‘shma Shtatlari
Yashash joyi: Jekson, Vayoming, AQSh
Sanoat sohasi: Savdo-sotiq
Oilaviy ahvoli: 1 nafar farzandi bor

 

17-o‘rin
Jim Uolton



Yoshi: 59
Boyligi: meros
Manba: Wall-Mart
Mablag‘i: 15.9 milliard dollar
Fuqaroligi: Amerika Qo‘shma Shtatlari
Yashash joyi: Bentonvil, Arkanzas, AQSh
Sanoat sohasi: Savdo-sotiq
Oilaviy ahvoli: oilali, 4 nafar farzandi bor

 

19-o‘rin
S Robson Uolton



Yoshi: 62
Boyligi: meros
Manba: Wall-Mart
Mablag‘i: 15.8 milliard dollar
Fuqaroligi: Amerika Qo‘shma Shtatlari
Yashash joyi: Bentonvil, Arkanzas, AQSh
Sanoat sohasi: Savdo-sotiq
Oilaviy ahvoli: ajrashgan, 3 nafar farzandi bor
Oliy ta’lim: Arkanzas va Kolumbiya universiteti bakalavri, huquqshunoslik fanlari doktori

 

20-o‘rin
Elis Uolton



Yoshi: 56
Boyligi: meros
Manba: Wall-Mart
Mablag‘i: 15.7 milliard dollar
Fuqaroligi: Amerika Qo‘shma Shtatlari
Yashash joyi: Fort Vors, Texas, AQSh
Sanoat sohasi: Savdo-sotiq
Oilaviy ahvoli: ajrashgan, farzandi yo‘q
Oliy ta’lim: Triniti universiteti bakalavri

 

21-o‘rin
Xelen Uolton



Yoshi: 86
Boyligi: meros
Manba: Wall-Mart
Mablag‘i: 15.6 milliard dollar
Fuqaroligi: Amerika Qo‘shma Shtatlari
Yashash joyi: Bentonvil, Arkanzas, AQSh
Sanoat sohasi: Savdo-sotiq
Oilaviy ahvoli: 4 nafar farzandi bor
Oliy ta’lim: Oklaxoma universiteti bakalavri

 

22-o‘rin
Teo Albrext



Yoshi: 83
Boyligi: o‘zi ishlab topgan
Manba: Supermarketlar
Mablag‘i: 15.2 milliard dollar
Fuqaroligi: Germaniya
Yashash joyi: Fyor, Germaniya
Sanoat sohasi: Savdo-sotiq
Oilaviy ahvoli: oilali, 4 nafar farzandi bor

 

23-o‘rin
Amansio Ortega



Yoshi: 70
Boyligi: o‘zi ishlab topgan
Manba: Zara
Mablag‘i: 14.8 milliard dollar
Fuqaroligi: Ispaniya
Yashash joyi: La Korunya, Ispaniya
Sanoat sohasi: Kiyim-kechak
Oilaviy ahvoli: oilali, 3 nafar farzandi bor
Oliy ta’lim: Oliy maktab (tugallanmagan)

 

24-o‘rin
Steven Balmer



Yoshi: 50
Boyligi: o‘zi ishlab topgan
Manba: Microsoft
Mablag‘i: 13.6 milliard dollar
Fuqaroligi: Amerika Qo‘shma Shtatlari
Yashash joyi: Redmond, Vashington, AQSh
Sanoat sohasi: Dasturiy ta’minot
Oilaviy ahvoli: oilali, 3 nafar farzandi bor
Oliy ta’lim: Garvard universiteti bakalavri, Stenford universiteti magistri

 

25-o‘rin
Azim Premji 



Yoshi: 60
Boyligi: o‘zi ishlab topgan
Manba: Dasturiy ta’minot
Mablag‘i: 13.2 milliard dollar
Fuqaroligi: Hindiston
Yashash joyi: Bangalor, Hindiston
Sanoat sohasi: Texnologiya
Oilaviy ahvoli: oilali, 2 nafar farzandi bor
Oliy ta’lim: Stenford universiteti bakalavri


2006 yil milliarderlarining to'liq ro'yxati 

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.