background
logotype

Dunyoning eng xavfli shaharlari - Foreign Policy 2008

 Foreign Policy jurnali qotillik jinoyati salmog'i yuqori bo'lgan dunyoning 5 ta shahrini e'lon qildi. Bu borada eng ayanchli holat Venesuela poytaxti Karakasda (aholisi 3,2 mln) bo'lib, shaharda 100 000 aholi hisobiga 130 ta qotillik to'g'ri keladi. Bu birgina Karakas shahrida yiliga 4000 dan ortiq qotillik yuz beradi deganidir.

Ikkinchi o'rinda AQShning Yangi Orlean shahri turibdi. 2005 yilda "Katrina" to'fonidan katta talofat ko'rgan bu shaharning aholisi hozirda 220-310 mingni tashkil etadi. Shaharda jinoyatchilik salmog'i ancha oshgan, qotillik jinoyati bo'yicha raqamlar farq qiladi: shahar politsiyasiga ko'ra har 100 000 kishiga 67 qotillik to'g'ri kelsa, FQBga ko'ra 95 qotillik to'g'ri kelmoqda. 

Uchinchi o'rinni Janubiy Afrika Respublikasining Keyptaun shahri (aholisi 3,5 mln) band etgan. Bu yerda har 100 000 kishiga 62 ta qotillik to'g'ri keladi.

To'rtinchi o'rinda Papua-Yangi Gvineyaning poytaxti - Port Morsbi turibdi. Aholisi 250 000 kishini tashkil etdigan shaharda, qotillik jinoyati salmog'i har 100 000 kishiga 54 tani tashkil etmoqda. Port Morsbida ko'p qotilliklar jinoyatchi guruhlar orasidagi raqobat va politsiya bilan to'qnashuvlar oqibatida kelib chiqmoqda.

Beshinchi o'rinda 10 million aholiga ega Rossiya poytaxti - Moskva turibdi. Shaharda qotillik jinoyati salmog'i har 100 000 kishiga 9,6 tani tashkil etmoqda.


Dunyoning eng xavfli shaharlari - Foreign Policy 2008

NShaharDavlatQotilliklar soni (har 100000 kishiga)
1 Karakas Venesuela 130
2 Yangi Orlean AQSh 67
3 Keyptaun JAR 62
4 Port Mosrbi Papua-Yangi Gvineya 54
5 Moskva Rossiya 9.6

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.