background
logotype

Yilning eng qimmat avtomobillari - Forbes 2006

Amerikaning Forbes jurnali har yilgi an’anaga ko‘ra dunyoning navbatdagi eng qimmat avtomobillari ro‘yxatini e’lon qildi. 2006 yil reytingida Frantsiyada ishlab chiqarilgan, motor quvvati 1000 ot kuchiga ega bo‘lgan  Bugatti Veyron avtomobili ro‘yxatni boshqarib turibdi. Bundan tashqari AQSh, Germaniya, Italiya, Shvetsiya, Shveytsariya avtomobillari ham 2006 yilning eng qimmat avtomobillari ro‘yxatidan joy olgan.

Quyida ular bilan tanishasiz.



1. Bugatti Veyron 16.4
Ishlab chiqaruvchi davlat: Frantsiya
Narxi: 1,000,000 yevro (1,192,057 dollar)
Dvigatel: 1001 ot kuchi. 16 tsilindrli.
Bugatti Veyronni hozirda Yevropa bozorlaridan xarid qilishingiz mumkin. Kompaniya o‘z mahsulotini AQSh bozoriga chiqarishni ham rejalashtiryapti.



2. Pagani Zonda Roadster F C12S 7.3, Clubsport versiyasi
Ishlab chiqaruvchi davlat: Italiya
Narxi: 667,321 dollar
Dvigatel: 650 ot kuchi.
Pagani firmasi eksklyuziv poyga avtomobillari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Zonda o‘tgan yilgi reytingda ham ikkinchi o‘rinda edi.



3. SSC Ultimate Aero
Ishlab chiqaruvchi davlat: AQSh
Narxi: 654,500 dollar
Dvigatel: 1046 ot kuchi. V-8
Amerikaning eng qimmat ushbu avtomobili eng tezyurar avtomobil hamdir. Ishlab chiqaruvchilarning bahosiga ko‘ra, SSC Ultimate Aero 430 km/s. tezlikkkacha harakatlanishi mumkin.



4. Leblanc Mirabeau
Ishlab chiqaruvchi davlat: Shveytsariya
Narxi:543,000 yevro (645,084 dollar)
Dvigatel: 700 ot kuchidan yuqori.
Kompaniya ushbu mahsulotini AQSh bozoriga kiritishni 2006 yilning oxiri — 2007 yilning boshlariga mo‘ljallayapti.



5. Saleen S7 Twin Turbo
Ishlab chiqaruvchi davlat: AQSh
Narxi: Yevropada 535,000 yevro (637,723 dollar), AQShda 555,000 dollar.
Dvigatel: 750 ot kuchi.
Saleen firmasining S7 Twin Turbo markasi 0 dan 100 km/s. gacha tezlikka atigi 3 sekundda erisha oladi.



6. Koenigsegg CCR
Ishlab chiqaruvchi davlat: Shvetsiya
Narxi: AQShdan boshqa hamma joyda 458,000 yevro (545,568 dollar), AQShda 540,000 dollar.
Dvigatel: 806 ot kuchi. V-8
Koenigsegg firmasi yaqinda Jenevadagi avtosalonda SS turkumiga kiruvchi SSX modelini namoyish etdi. 



7. Mercedes-Benz SLR McLaren
Ishlab chiqaruvchi davlat: Germaniya
Narxi: 452,750 dollar
SLR –Mercedes hamda britaniyaning mashhur poyga avtomobillari ishlab chiqaruvchi firmasi McLarenning hamkorlikdagi modelidir.



8. Maybach 62
Ishlab chiqaruvchi davlat: Germaniya
Narxi: Yevropada 376,200 yevro (448,153 dollar), AQShda 385,250 dollar. 
Uzun va jula qulayligi bilan ajralib turuvchi ushbu limuzin avtomobil bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi.



9. Porsche Carrera GT
Ishlab chiqaruvchi davlat: Germaniya
Narxi: 440,000 dollar.
Carrera GTdagi 10 tsilindrli  dvigatel orqali o‘zingizni poyga mashinasida his qilishingiz mumkin.



10. Maybach 57 S
Ishlab chiqaruvchi davlat: Germaniya
Narxi: Yevropada 362,000 yevro (430,355 dollar), AQShda 367,000 dollar.
Dvigatel: 604 ot kuchi.
 Maybachning yangi modeli boshqa modellardan ko‘ra tezkorligi va quvvati  bilan ajrab turadi. 

AbdulAziz tayyorladi.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.