background
logotype

Televizor umrni qisqartiradimi?

Aytishlaricha, avstraliyalik olimlar ­televizor qarshisida o‘tgan har bir soat tomoshabin umrining 22 daqiqasiga zomin bo‘lishini hisoblab chiqishibdi.

— Har bir salbiy omil, shu jumladan, elektromagnit nurlari ham har kimga har xil ta’sir ko‘rsatadi, — deydi gerontologiya ilmiy-klinik markazi direktori V.Shabalin. — Ishonch bilan aytish mumkinki, agar kuniga faqat bir soat televizor ko‘rsangiz, salomatligingizga hech qanday ziyon yetmaydi. Biroq kuniga 5-7 soatlab “oynai jahon” qarshisida harakatsiz o‘tirish salomatlikka, binobarin, umrzoqlikka ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi, shubhasiz.

“AiF”dan.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.