background
logotype

Abu Mansur al-Moturidiy (870-946)

Al-Moturidiy 870 yilda tavallud topgan. Uning to‘liq ismi Abu Mansur Muhammad ibn Mahmud al-Hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiydir. U Samarqand shahrida podshoh Nasr saroyida ilohiy bilimlar bilan shug‘ullangan. 

Samarqandning Ismoil Somoniy tomonidan bosib olinishi allomaning ijodiga halaqit beradi, u saroydan ketib, Moturid qishlog‘ida yashaydi. Ismoil Somoniy al-Moturidiyni saroyga taklif qiladi, lekin alloma bu taklifni rad etadi. U Samarqanddagi katga Jome’ masjidida imom-xatib bo‘ladi, o‘z bog‘ida ishlaydi. Moturidiy juda ko‘p shogirdlar yetishtirgan, bir qancha asarlar yaratgan. 

U 946 yilda (hijriy 335 y) vafot etgan. Uning qabri Samarqanddagi Chokartiza qabristonidadir. O’zbekistonda alloma tavalludining 1130 yilligi keng nishonlandi.

Asarlari: «Kitab al-usul» («Diniy ta’limot usuli kitobi»), «Kitab tavhid», «Shariat asoslari sarasi», «Dialektika haqida kitob», «Risola jonvor doriy» («Jonvorlarga oid risola»), «Pandnoma» va boshq.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.