background
logotype

Abu Nasr Forobiy (873-950)

Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn O’zlug‘ Tarxon Forobiy 873 yilda Forobda tug‘ilgan. Dunyo ahli Arastuni birinchi muallim deb bilishsa, Forobiyni «Muallimus-soniy», ya’ni «Ikkinchi muallim» deb atashgan. Boshlang‘ich ma’lumotni ona yurtida olgan, keyin Toshkent, Buxoro, Samarqandda o‘qigan, Bag‘dod, Isfahon, Hamadon, Ray shaharlarida bo‘lgan. 

Forobiy 70 dan ortiq tilni bilgan, falsafa, arifmetika, geometriya, astronomiya, musiqa, tabiat, fizika, kimyo, optika, tibbiyot, biologiya va boshqa fanlar sohasidagi kashfiyotlari bilan katta shuhrat qozonib, 160 dan ortiq asar yozgan. Bizgacha 40 ga yaqin asari yetib kelgan. Forobiy 950 yilda Damashqda vafot etgan.

Asarlari: «Arastu qonunlarining mohiyati haqida», «She’r san’ati haqida» (Arastuning «Poetika» asariga sharh sifatida yozilgan risola), «Fozillar shahri aholisining‘ fikrlari», «Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi», «Baxt-saodatga erishuv haqida risola» va boshq.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.