background
logotype

Muhammad al-Xorazmiy (780-850)

Abu Abdulla Muhammad ibn Muso 780 yilda Xivada tug‘ilgan. Xorazmiy dunyoga mashhur matematik va astronom sifatida tanilgan. Uning nomini tarixda qoldirgan buyuk asar «Al jabr val-muqobala» risolasidir. Olim 850 yilda Bag‘dod shahrida vafot etgan. Al-Xorazmiy Ma’mun akademiyasining ilk tashkilotchilaridan va eng faol a’zolaridan biri edi.

U  al-Farg'oniy  bilan  Bag'dodda  rasadhona  qurishga  boshchilik  qildi.  Rasadhonadagi  asboblar  yordamida  koinot  sirlarini  va  Yer  kurrasini  o'rgandi.  Al-Xorazmiy  va  Al- Farg'oniy  boshchiligidagi olimlar 1000 dan  ortiq  yulduzlarni  tekshirdilar  hamda  ularning  joylanish   xaritasini  tuzdilar. Yer  kurrasining  aylana  uzunligini  aniqladilar .

Xorazmiy "Surat al-arz" ("Yer suvrati")  nomli  kitobida Afrika, Osiyo va Yevropa  qit'alarini aniq   tavsiflagan. Koinot  sirlarini  o'rganishga  oid  ijodlari  uning  "Ziji"  ("Astronomiya")  kitobida  bayin  etilgan. 

Asarlari: «Yerning surati», «Astronomik jadvallar», «Tarix risolasi», «Musiqa risolasi», «Mafotixul-ulum» («Ilmlarning kalitlari», 9 kitobdan iborat), «Kuyosh soatlari to‘g‘risida», «Hind arifmetikasi haqida kitob», «Sinus zijlari», «Yer sathini o‘lchash» va boshq.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.