background
logotype

Mahmudxo‘ja Behbudiy. Turkiston (1913)

Turkiston Osiyo vasati va yoinki Turonzamindan iborat va turk qavmining muxtalif urug‘lari ila maskun bo‘lub, hol-hozirda Turkistoni Rusiy va Turkistoni Chiniy qismlarig‘a bo‘lunur. Turkistonning bir qismi Afg‘oniston hukumatining tasarrufida bo‘lub, Turkiston yoinki Chahor viloyat atalur. Qirg‘iz-Qozoqiston va yoinki Arozi sahroiya ham Turkistondan hisob qilinodur. Ammo munda hozirgi taqsimoti siyosiyasi yuzasidan faqat Turkistoni Rusiyni bayon qilinadur.

Turkiston muzofotining hududi g‘arban Bahri Hazar (Kaspiy) dengizi, shimolan Urol yerlari va Aral dengizi va aksariyat Turkistonning Qirg‘iz-Qozoqiston qit’ai vasi’yasi, sharqan Turkiston Chini, januban Afg‘oniston va Eron mamlakatlarig‘a muttasildur.

Buxoro va Xiva xonliklari ushbu hududg‘a doxil va Turkistonning janubiy tarafinda voqe’ bo‘lub, Buxoroning yerlari Afg‘onistong‘a muttasildur.

Turkiston viloyatlig‘i oblustlarg‘a bo‘lunub, viloyatlar sanjoq uezdlardan tashkil topilib, bahor viloyatg‘a harbiy voliy (voennoy gubernotir) mansub bo‘lub, va butun Turkiston muzofotini bir bosh voliy general-gubernotir idora etib, markazi hukumat Toshkand shahridur.

Turkiston muzofotining hozirgi taqsimoti ushbudur:

Viloyat va uezd yeri

Murabba’ chaqirim

1902 yildagi barcha xalqi

Zakaspiyskiy (Movarobahri hazar)

501 696

409 000

Ishqobod uezdi

86 650

102 000

Krasnovodskiy

101 000

59 000

Mang‘ishloq

160 254

67 000

Marv

110 795

131 000

Tajand

33 997

50 000

1910 yilda

Samarqand viloyati

81 891

900 202

Samarqand sanjoqi

17 060

362 217

Dizzax

43 410

241 343

Kattaqo‘rg‘on

4 994

135 567

Xo‘jand

14 477

221 245

1904 yilda

Sirdaryo viloyati

441 837

1 629 000

Toshkand uezdi

48 090

492 000

Avliyoota

62 144

307 000

G‘azzoliy

58 528

155 000

Oq masjid (Serovskiy)

90 134

148 000

Chimkent

95 820

314 000

Amudaryo qit’asi

97 098

213 000

Farg‘ona viloyati

140 668

1 726 000

Marg‘ilon sanjoqi

14 069

359 000

Andijon

13 333

386 000

Xo‘qand

13 110

402 000

Namangan

15 273

392 000

O‘sh

24 880

174 000

Pomir

60 000

2 700

Semirechinskiy (Yettisuv viloyati)

228 966

1 090 000

Verniy (Olmati uezdi)

45 588

248 000

Jarkent

25 587

136 000

Lepsinskiy

43 876

200 000

Qapol

75 797

150 000

Pishpak

77 683

194 000

Prjevalskiy

40 435

163 000

Jami

1 395 057

5 604 362

Turkistonda xaloyiqdan yuzda to‘qson beshdan ziyodasi musulmon bo‘lub, har bir yuz nafar odamdan to‘rt nafar qadari nasoro va yahudiydur.

Turkiston xalqini(ng) yuqoridagi adadi ozdur. Oriy, 1897 yilinda Rusiya hukumati amri ila umumi tahriri nufus bo‘lub edi. Ammo bir tarafdan, ro‘yxatchi mirzolarni(ng) tanballigi, digar tarafdan musulmonlarni «Rusiya hukumati askar oladur» yoinki «Jon boshidan soliq oqcha oladur» deb haqiqiy adadni ko‘rsatmaganlari sababli hisobni natijasi oz zohir bo‘lgandur. Bolodagi raqamg‘a bir suls va aqlan bir rab’ yana qo‘shmoq kerakdur.

«Oyna» jurnali, 1913 yil, 1-son, 2—5-betlar.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.