background
logotype

V. Vereshchagin. 1868 yilda Samarqand (rassom xotiralari)

I

Biz hammamiz, ya’ni Samarqandni «zabt etuvchilar», general Kaufman[1] izidan borib, amir saroyiga joylashdik; nihoyatda baland va keng xonalardan iborat asosiy binoni general, saroy atrofidagi uylarni[2] biz — qarorgoh a’zolari egalladik; mening qadrdonim, general Golovachevning[3] chekiga esa amirning sobiq harami tushdiki, ilgarilari har qanday mard, jasur jangchining ham bu yerga qadami yetishi amri mahol edi, tabiiyki, biz kelguncha barcha qushchalar qafaslardan bo‘shalib, uchib ketishga ulgurishgandi.

Ko‘pchilik o‘quvchilar V. Vereshchaginni faqat rassom sifatida bilishadi. Darvoqe, uning mo‘yqalamidan chiqqan katta-kichik rasmlari sanat muxlislari orasida tilga tushgan. U chizgan Turkiston mavzuidagi turli maishiy lavhalar hamda jang manzaralari tasviri shafqatsiz realizmi bilan ajralib turadi. Ularda rang-barang bo‘yoqlar, sharq xalqlari hayoti, sanati, turmushiga doir xilma-xil lavhalar, naqshlar, bezaklar, koshinlar jilosi ancha tiniq aks ettirilgan. Ayniqsa, V. Vereshchaginning «Temurlang darvozasi» deb atalgan rasmi haqida ko‘p yozil-gan. Unda chiroyli naqshlar bilan ziynatlangan ulkan darvoza oldida dong qotib turgan ikki soqchi tasvirlangan, ularning qo‘lida uzun nayza, jangovar kiyimlari boshdan-oyoq zirhga o‘ralgan: qalqon, sovut, boshlarida dubulg‘a... Rasm shunchalik jonli chizilganki, tasavvurimizda hozir eshik ochiladi-yu, jahonga dovrug‘i ketgan buyuk Temur ichkaridan chiqib keladigandek tuyuladi...

Men bu rassom ijodi bilan ana shu surat orqali ilk bor tanishgan edim. Yanglishmasam, u bir paytlar kichik bir maqola bilan «Guliston» oynomasi zarvaraqlarida e’lon qilingandi. Keyinchalik uning kesilgan kalla uyumlari ustida g‘ujg‘on o‘ynayotgan qora kalxatlar tasvirlangan «Urush dahshati» hamda ko‘knorixonada kayf qilib o‘tirgan nashavandlar qiyofasi chizilgan asarlarini ko‘rganman. Keyingi ikki surat noxush kayfiyat uyg‘otadi, ayniqsa, isqirt odamlar, ro‘dapo, juldur kiyimlar tasvirini ko‘rganda ochig‘ini aytganda, jirkanish hissi paydo bo‘ladi.

Moskvadagi mushhur Tretyakov suratgohida bo‘lganimda bu rassom qalamiga mansub «G‘oliblar bazmi» asarini ko‘rib, seskanib ketgan edim. Unda Samarqanddagi Registon maydoni tasvirlangan. Tun. Gulxan lovullab yonib turibdi. Turli kiyimdagi olag‘ovur odamlar to‘dasi... Qator qadab qo‘yylgan xodalarning uchiga... rus askarlarining kallasi sanchib qo‘yilgan... Bu rasmni ko‘rgan har qanday kishining dahshatga tushmay iloji yo‘q. Unda yovuzlik, shafqatsizlik qattiq qoralangan. Ammo rasm zamirida rus zobitining boshqa pinhoniy niyatlari ustalik bilan zimdan ifodalangan. U Samarqandning chinakam xo‘jayinlari — o‘zbeklarni yovuz, bosqinchi, qonxo‘r odamlar sifatida gavdalantirib, ularga nisbatan yevropalikklarda qattiq qahr-g‘azab, nafrat uyg‘otmoqchi, «sharqqa madaniyat eltayotgan» rus askarlarining ayanch qismatini bo‘rttirib ko‘rsatib, ko‘z yoshi to‘kmoqchi bo‘lgan... Men mana shu rasmni ko‘rgunimcha, V. Vereshchaginni chinakam realist rassomlar qatorida sanar edim. Nogoh fikrim o‘zgardi. U oddiy tarafkash, chor Rossiyasining boshqa xalqlarni bosish, qul qilish, talash siyosatini maddohlik bilan kuylagan, unga sadoqat bilan xizmat qilgan sotqin ijodkorlardan biri sifatida ko‘z o‘ngimda namoyon bo‘ldi. Ajdodlarimiz qiyofasini isqirt: ro‘dapo qilib tasvirlashga zo‘r bergani bejiz emas ekan uning!

Rassomying «Jivaya starina» oynomasida (1888 yil, sentyabr) bosilgan xotiralari ham bu fikrimizni to‘la isbotlab beradi. Aslini olganda, bu asar Samarqand qal’asida qisqa muddat qamalda qolgan bosqinchi askarlarning «mardligi», «jasorat»inni ulug‘lash uchun yozilgan. Bu jang-jadalda shaxsan ishtiroq etgan va qo‘liga qalam emas, qurol ushlab, o‘z ona yurtini yovdan himoya qilish uchun otlangan ajdodlarimizdan qanchadan-qanchasini yer tishlatgan rassom o‘zi ko‘rgan, guvoh bo‘lgan voqealarni, qirg‘in va qatli om manzaralarini batafsil tasvirlaydi. Tarixning taqozosini qarangki, V. Vereshchagin o‘zi xohlamagan va aslo kutmagan holda chorizmning bosqinchilik siyosatini bevosita amalga oshirgan qonxo‘r rus zobitlari basharasini fosh qilib qo‘yadi. Qonli qilmishlarini, talonchilik, zo‘ravonlik, o‘g‘rilik, muttahamlikdan iborat yovuz kirdikorlarini fosh etadi.

Asarda bir qancha rus zobitlari tasvirlangan. Bular orasida Turkiston o‘lkasining birinchi general-gubernatori, rus armiyasining bosh qo‘mondoni general fon Kaufmanga bag‘ishlangan sahifalar alohida ajralib turadi. Keyinchapik xalqimiz orasida «quturgan yo‘lbars» laqabi bilan nom chiqargan bu «yarim poshsho» murakkab qiyofaga ega. Samarqand shahri deyarli qarshiliksiz taslim bo‘lgan paytda u «olijanobligi», «saxovati»ni ko‘rsatish uchun talonchilikka yo‘l qo‘ymaydi. Bu bilan yaxshi nom qozonib, chor Rossiyasi hukumati mavqeini mustahkamlash hamda xalqni osonlikcha tobe etishni mo‘ljallaydi. Chor qo‘shinlariga qarshi isyon ko‘tarilgandan keyin esa Kaufmanning soxta niqobi tushib, manfur basharasi yaqqol ko‘rinadi. Samarqanddagi tinch aholini ayovsiz qirishga, mol-dunyosini talab, shaharni vayron qilishga buyruq beradi. Ayniqsa, asar xotimasida bu generalning shafqatsizligi, yovuzligi ta’sirli manzaralarda chizilgan.

Xotiralarda polkovnik Nazarovning qilmishlari tasviri uchun ancha keng o‘rin berilgan. Uchchiga chiqqan maishatboz, aroqxo‘r bu zobit begunoh kishilarni qirish, ko‘hna machitlarni, buyuk obidalarni yondirib, yer bilan yakson qilish uchun katta «jonbozlik» ko‘rsatadi.

O‘ziga bino qo‘ygan bu makkor zobit o‘ljaga olingan bayroqni askarlarga paytava qilib ulashadi. «Samarqandni yondiruvchisi» bo‘lib «tarixga kirish», «nom qozonishpdek manfurlikdan o‘zini tiyolmaydi u. V. Vereshchagin bu manzaralarni «xolis» tasvirlaydi: «qaerdan o‘tgan bo‘lsak, orqamizdan qora tutun burqsib ko‘tarilardi», — deb ochiqchasiga yozadi.

Bosqinchilar o‘lkamizni qilich va to‘p bilan, zo‘ravonlik bilan zabt etganini bugungi kunda tilga kirgan turli-tuman hujjatlar, dalillar isbotlab bermoqda. V. Vereshchagin asarida tasvirlangan o‘liklarni toptab, yanchib o‘tayotggan, murdaning ko‘ziga nayza sanchayotgan, keksa kampir bilan navjuvon o‘smirni ayamay qilichdan o‘tkazayotgan, begunoh mullani minoraning uchidan uloqtirib yuborgani haqida maqtanayotgan, buyuk obidalarga o‘t qo‘yayotgan bag‘ritosh askarlar haqli ravishda o‘quvchi nafratiga uchraydi. Bu sahifalar chorizm bosqini haqidagi tasavvurlarimizga aniqlik kiritadi, fikrimiz ufqlarini kengaytirib, tarix haqiqatini qaytadan tiriltiradi.

Chor armiyasining sadoqatli zobiti bo‘lgan V. Vereshchagin Samarqand shahridagi «mardligi va jasurligi uchun» o‘z zamonasidagi eng oliy mukofotlardan biri «Georgiy kresti» nishoni bilan taqdirlangan.

Afsuski, iste’dod va insoniylik o‘rtasida ba’zan o‘tib bo‘lmas g‘ovlar, chuqur jarliklar mavjud bo‘lar ekan. V. Vereshchaginning hayot yo‘li va ijodi buning eng yaxshi misoli. Kitobxon bu fikrimizga yanada ishonch hosil qilishi uchun rassom xrtiralarining davomi bo‘lmish «1877 yildagi Andrianapol bosqini» («Jivaya starina», 1888, M-son) ocherkidan bir lavha keltiramiz. Muallif bir o‘rinda bulg‘orlarning chaquviga ko‘ra ikki alban yigiti qamoqqa olinib, bog‘lab qo‘yilgani haqida yozadi.

Tomoshatalab rassom general Strukovdan, bularni dorga osing deb iltimos qiladi. General bunga ko‘nmaydi, Hatto hayron qolib: «Vasiliy Vasilevich, sizni bu darajada qonxo‘r deb o‘ylamagandim. Nega bunchalik yovuz bo‘lib ketdingiz!»— deb ta’na qiladi ham. Rassom esa dorga osish manzarasini ko‘rishni xohlagan edim, deb bamaylixotir javob beradi.

V. Vereshchaginning rassomligi, iste’dodi o‘z yo‘liga. Ammo qanday odamligi, ma’naviy dunyosi, qalbi qanchalik puch ekanligini, zo‘ravonlik, o‘zgalarni ezish, tahqirlash ruhi qon-qoniga singib ketganini yuqoridagi achchiq manzara ko‘zguda ko‘rsatgandek aniq namoyon etib turibdi. Afsus! Xalqimiz topib ayttanidek, «Olim bo‘lish oson, odam bo‘lish qiyin!»

V. Vereshchagin va u mansub bo‘lgan guruh bosqinchilik siyosatini mufassal avj oldirayotgan chorizmning sadoqatli (aslida, manfur) qullari sifatida tarixda qoldi. Ularning o‘zga xalqlarni ezish, talash, yo‘q qilishdan iborat yovuz kirdikorlari ilg‘or insoniyat vakillari tomonidan hamisha qoralanadi.

Shu o‘rinda yana shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, chorizm siyosati butun rus xalqining asl manfaatlari uchun butunlay yot, begona edi. O‘z vaqtida ilg‘or rus ziyolilari bosqinchilik va talonchilikka qarshi faol munosabat bildirdilar. Gertsen va Ogaryovlar Londonda turib rus imperializmining istilochilik faoliyatini fosh etuvchi maqolalar e’lon qildilar. Buyuk rus adibi L. N. Tolstoy bir qancha qissa va hikoyalarida («Hojimurodni eslang) o‘z ozodligi, erki uchun rus zobitlariga qarshi mardona kurashayotgan tog‘lik qahramonlarning olijanob siymosini katta mehr, xayrixohlik bilan tasvirlaydi. M. Yu. Lermontov otashin she’rlarida «yuvuqsiz Rossiya» ustidan ayovsiz hukm chiqaradi. Amerika jurnalisti Mak-Gaxan o‘z xotiralarida chor istibdodining qonli manzaralarini haqqoniy chizib beradi. Turkistondagi harbiy harakatlarda bevosita ishtirok etgan V. Nalivkin begunoh qon to‘kishlarga chiday olmasdan chor armiyasini tashlab ketadi va chekka Nanay qishlog‘ida yer sotib olib, qo‘sh haydab, o‘z mehnati, bilak kuchi bilan tirikchilik qilishni ma’qul ko‘radi. Bunday fidoyilar ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin. Afsuski, ular orasida V. Vereshchaginning nomi yo‘q.

Mazkur xotirani o‘qigan o‘quvchida yana bir savol tug‘ilishi tabiiy. Odamlarimizni kamsituvchi tahqirlovchi rasmlar chizgan, qonli urush manzaralarini «ilhom bilan» tasvirlagan bosqinchi rus zobitining ismi Toshkent ko‘chalaridan birida nima uchun hamon o‘zgarmay turibdi! Bu savolning adolatli yechimini jamoatchilik hukmiga havola etamiz.

TARJIMON

General Kaufman xonalari bilan bizning uylarimiz Temurlangning[4] mashhur taxt zaliga tutashib ketgandi. Muhtasham saroy aylanasi hashamatli yo‘lakdan iborat bo‘lib, to‘rda chiroyli bo‘rtma naqshlar bilan zeb berilgan katta oq marmar bo‘lagi — ulug‘vor taxt — Ko‘ktoshning ayni o‘zi turardi. Bu yerga — mana shu saroyga butun Osiyo va Ovruponing ko‘pgina joylaridan hukmdorlar hamda elchilar ta’zim bajo etgani tashrif buyurishar, tobelik va sadoqat ramzi sifatida qimmatbaho sovg‘a-salomlar keltirishardi. Temurlang (so‘zma-so‘z Oqsoq Temur ma’nosida) bu taxtda viqor to‘kib o‘tirib, ko‘p sonli vassallarini qabul qilardi. Men ko‘pincha general Kaufman bilan hozir biz zabt etgan joylarning tarixi, bu yerga kelishga ulgurgan sayyohlar, kitoblar va hokazolar haqida fikr almashgan holda zalda aylanib yurardim. Biz, ayniqsa, mashhur Vamberi asarida uchraydigan noaniqliklardan hayratga tushdik, masalan, u Ko‘ktosh taxti haqiqatan ham yashil deb qayd etgan, taxt ustiga o‘rnatilgan temir taxtachaga bitiklar yozilgan deb ta’kidlagan edi, aslida taxt oq, yanayam to‘g‘rirog‘i kulrangga moyil bo‘lib, yozuvlar toshga o‘yilgandi va hokazo. General Kaufman bunday oldi-qochdilarni ko‘rgach. Vamberi umuman Samarqandda bo‘lmagan degan mulohazani bildirdi.

Men har kuni shahar va uning atroflarida kezib, machitlar, bozor, maktablarni, ayniqsa, g‘alati tasodif bilan saqlanib qolgan ko‘pdan-ko‘p eski machit namunalarini ko‘zdan kechirardim; o‘rganish va rasm chizish uchun shunchalik manba ko‘p ediki, ishni qaysi biridan boshlashni bilmay odam shoshib qolardi: tabiat, imoratlar, qiyofalar, kiyim-kechaklar, urf-odatlarning hamma-hammasi yangi, asl ajoyib edi.

Buxoro amiri shaharni qaytarib olish uchun 30—40 ming kishilik qo‘shin bilan biz tomonga kelayapti, degan mish-mishlar tarqagandi. Kaufman qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘ra boshladi, birinchi navbatda aholini tinchlantirish va havfsizlikni ta’minlash uchun yangi zabt etilgan shahar atroflariga qo‘shin yubordi. Sharqning eski va yangi shoirlary tomonidan tinimsiz madh etilgan, dabdabali, tengi yo‘q, ilohiy Samarqand haqidagi turli sifatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilmaslik kerak, chunki Samarqand ham barcha Osiyo shaharlari kabi yetarli darajada iflos va badbo‘y edi.

General Golovachyov Kattaqo‘rg‘on qal’asini qo‘lga olish uchun otlandi, men ham jang manzaralarini jilla qursa endi yaqindan ko‘rayin degan umidda bu kichik safarga birga bordim, ammo changdan boshqa hech narsani ko‘ra olmadim, chunki otryaddagi zobitlarni haddan tashqari afsuslantirgan hodisa yuz berdi — qal’a jangsiz taslim bo‘ldi. Suvoriylar boshlig‘i Shtrandman ishning bunday tinch yakunlanganidan nihoyatda g‘azablandi va qal’aning taslim bo‘lganini bildirib, sadoqat izhor etib kelgan elchilarni menga topshiring, ularga dovyuraklikni o‘rgatib qo‘yaman, deb generaldan talab qildi. Otryad otashinlik bilan kutgan ish qo‘ldan ketdi — mukofotlar, nishonlar, martabalar boy berildi — alam qilmaydimi?!

Boyagi suvoriylar boshlig‘i o‘z kazaklarini go‘sht bilan qanday ta’minlaganini eshitib, kulgidan o‘zimizni tiya olmadik. Aholi yo‘l atrofidagi hamma molni haydab ketganligidan hech narsa topib bo‘lmasdi, shunda polkovnik qat’iy choralarni qo‘llashga qaror qiladi va vaxmistrni chaqiradi.

— Nega bizning buqalar uzoqda boqilayapti? U hang-mang bo‘lib qoladi.

— Qanday buqalarni aytyapsiz, janobi oliylari?

— Bizning buqalarimiz deyapman-ku senga, nima, ko‘rmayapsanmi?—U qo‘li bilan qarshimizda yastanib yotgan badavlat Zarafshon vodiysida o‘tlab yurgan mollarni ko‘rsatadi.

— Ko‘rayotganim yo‘q!..

— Gap qaytarilmasin! Hoziroq bu yoqqa haydab kelinsin!

Bir necha buqani otryadga haydab kelishadi va ularni bir zumda shunchalik paqqos tushirishadiki, egalari generalga shikoyat qilib kelishganda, ularning na suyagi, na terisidan nom-nishon qolgan edi. General kazaklarning nayrangini sezdi va tovon to‘lashga majbur bo‘ldi.

Kavkazlik jasur zobit Pistolkors janubi-sharq tomondan kelayotgan Shahrisabz va kitoblik o‘zbek askarlari to‘dasini tig‘ga tortish uchun yuborilgan edi. U qo‘shinni yengishga yengdi, hatto barcha g‘oliblar kabi jang maydonida tunab ham qoldi, ammo manzilga qarab yurishi bilanoq, dushman yana birlashib, shunday zarba berdiki, ta’bir joiz bo‘lsa, uning naq yelkasiga minib olib, Samarqandgacha quvib keldi. General Kaufman va biz qaytib kelayotgan otryadni kutib olish uchun otlandik, shahardan tashqariga chiqishimiz bylan bizni o‘qqa tutishdi, atrofdagi daraxtzorlar orasida shunday qizg‘in otishma boshlandiki, qo‘mondonning xavfsizligini ta’minlash uchun yonimizdagi barcha kazaklarni shu zahotiyoq qarshi hujumga tashlashga to‘g‘ri keldi; biz yaradorlarni olib, qaytishga majbur bo‘ldik. Oqibati chekinish bilan yakunlangan boyagi g‘alaba ko‘pchilik zobitlar orasida norozilik uyg‘otdi, botir zobit, uchiga chiqqan maishatboz polkovnik Nazarov Samarqandga qarab qilingan bu keyingi harakat juftakni rostlashdan boshqa narsa emas, deb baralla gap tarqatgani uchun Kaufman tomonidan qamoqqa olingani va bo‘lajak harbiy harakatlarda qatnashishdan mahrum qilingani haqida eshitdim.

Yerli aholi buni chinakam muvaffaqiyat deb o‘ylab, xursandchiligini yashirib o‘tirmadi, aslida esa u bizni yov hali batamom majaqlab tashlanmagani, bor-yo‘g‘i lat yeganidan ogohlantirdi, sharqda bunday hodisa tez-tez uchrab turadi. Tezlikda o‘zini o‘nglab olgan raqib hali kurashga qodirligini bildirib qo‘ygandi. Nima bo‘lganda ham shaharni dushman qurshab oldi, degan xabar bir zumda tarqalib ketdi. Biz, yoshlar, parvoyi-palak edik, otryadga oz yoki ko‘p darajada biron-bir havf tug‘ilishi yoki o‘zimga qandaydir ziyon-zahmat yetishi mumkinligini xayolimga ham keltirmagan edim. Har kuni bir kazak hamrohligida bozor va shahardagi ko‘chalar va yo‘lkalar bo‘ylab aylanardim, hayotim har soat, har daqiqa qil ustida bo‘lganligini keyingina anglab yetdim. Qo‘shin qo‘mondoni shahardan tashqariga chiqayotgan paytda ayrim ko‘chalarda mullaning va’zini jon qulog‘i bilan tinglayotgan aksari o‘rta yashar odamlar to‘dasi uchrab turardi; Pistolkors otryadi qaytgan kuni esa bunday va’z o‘qiyotganlar soni ko‘paygan, chamamda xalqni kofirlarga qarshi jangga otlanishga chorlashayotgan edi. Qal’aga tezroq yetaqolay, deb bozorga boradigan katta ko‘chadan burilib, tor, qing‘ir-qiyshiq yo‘lkadan ketayotganimda, muyulishlardan biridagi machitning katta darvozasi ochilib ketdi, ichkarida odam to‘la edi, qizil kiyimli kishi — Buxoro amirining ayg‘oqchilaridan bo‘lsa kerak — nutq so‘zlab turardi. Xaloyiq tarqalayotgan paytda eng keyinda ovozi va qo‘l harakatlari bilan xalqni qo‘zg‘alishga da’vat etib mening tanishim — Sherdor machitining katta mullasi borardi.

— Salom, mulla!— dedim men; u juda darg‘azab bo‘lsa-da, hammaning ko‘z o‘ngida o‘ziga uzatilgan qo‘lni olib ko‘rishishga majbur edi.

General Kaufman shahardan chiqishi[5] bilanoq aholi qo‘zg‘olon ko‘tarmoqchi, degan gap aylanib qoldi. Ammo men tunu kun yerli aholi orasida kezib yurar ekanman, xuddi shunday bo‘ladi degan fikrga allaqachon kelgan edim, boshqa hayol, hatto tasavvurimga ham sig‘masdi. Shu kunlarda men shahar tashqarisidagi Shohi Zindaga — Temurlangning yozlik saroyi shunday atalardi — eltadigan yo‘ldan borib, u yerdagi machitlardan birida saqlanib qolgan, bir vaqtlar unga tengsiz ko‘rk bag‘ishlab turgan mo‘‘jizakor naqshlar tasvirini chizayotgan edim. Urush manzaralari o‘rniga hammayoqda nuqul qum, changu g‘uborni ko‘raverish me’damga tegib ketganidan birinchi okaziya[6] bilanoq Samarqanddan qaytib, Qo‘qonga sayohatga jo‘nashga qaror qilganim uchun hatto general Kaufman bilan xayr-xo‘shlashib ham qo‘ytandim. Baxtga qarshi, ertasi kuni, u ketgandan keyin shaharni qurshab olgan shahrisabzliklarning tahdidi tufayli hali-beri okaziya bo‘lmasligini ma’lum qilishdi, buning ustiga shahar madadga muhtoj edi, 3 chaqirimga cho‘zilgan devorni qo‘riqlash uchun qal’amizda bori-yo‘g‘i 500 odam bor edi.

Yana bir kundan keyin, erta tongda saroy hovlisidagi men istiqomat qilayotgan xonaga yerli-aholini boshqarish uchun qoldirilgan urallik kazak, mayor Serov chopib kirib keldi. U qurollangan xaloyiq bizga ochiqdan-ochiq dushmanlik kayfiyatida turganligi vajidan bundan keyin shaharga bormasligimni tayinladi. Shahrisabzliklar shahar ostonasiga kelib, ichkarida isyon ko‘tarilishi va qal’aga hujum boshlanishini kutishayotgan emish.

— Xudo haqqi, qal’a devoridan tashqari chiqa ko‘rmang,— deb meni ogohlantiradi u, o‘ldirib qo‘yishlari mumkin, izsiz gumdon qilishadi, kim o‘ldirganiniyam aniqlab bo‘lmay qoladi.

Afg‘on otryadimizdagi bir forsning suratini kuni kechagina chiza boshlagandim. Agar shu qo‘limni ushlamaganda, tan olamanki, bu gal ham hech qanday xavf-xatardan qo‘rqmasdan shaharga otlangan bo‘lardim.

Dushman Buxoro tarafidan bostirib keladi, degan taxmin to‘g‘ri chiqdi, ertasi kuni, tong saharda hujramdan[7] chiqqanimda qo‘llariga durbin va kuzatuv asboblari ushlagan qal’a ma’murlarini ko‘rdim.

— Nima gap?

— Mana bu yoqqa qarang!

Durbinda ham, durbinsiz ham shahar uzra yuksalgan Cho‘pon-ota tepaligi qo‘shinga to‘lib ketgani aniq-taniq ko‘rinib turardi, miltiq nayzalari quyosh nurida yarqirardi. Askarlar orasida otliq boshliqlar aylanib yurishar, choparlar serharakat bo‘lib qolishgandi. Oramizdagi ba’zi yoshi katta zobitlar hozir qal’aga hujum boshlanadi, degan qat’iy fikrda edilar, boshqalar esa bunday bo‘lishiga mutlaqo ishonishmasdi, men ham ana shu keyingilar qatorida edim. Munozara qilayotganlar ichida qal’a qutvoli, mayor Shtempel, boyagi Serov hamda yuqorida aytganimizdek, tili zaharligi uchun jazoga duchor bo‘lib, Samarqandda qoldirilgan polkovnik Nazarov bor edi, men u bilan shu paytgacha tanish emasdim.

Shu kuni afg‘onning suratini deyarli bitirayozgandim, faqat oyoqlarini chizishim qolgandi, ammo bugun buni uddalay olmasligimga ko‘zim yetdi. Yodimda bor, kechqurun sapyor B.ning taklifiga muvofiq dushman shahar tomondagi qal’a devoriga tutash ko‘tarmani qanday qo‘porayotganini ko‘rgani bordim, General Kaufman ketishidan oldin eski devorning buzilib, bemalol o‘tish mumkin bo‘lib qolgan joylarini tuzatishni mana shu zobitga topshirgan, ammo muhandislar jiddiy hujum bo‘lishiga ishonishmaganligidan bu ishni qo‘l uchida bajarishayotgandi, Cho‘pon-otaga to‘plangan yov qo‘shinini qo‘rgandan keyingina ular g‘ayratga kirib ketdilar. Shunisigayam shukur, shaharga o‘tish mumkin bo‘lgan eng katta o‘pirilgan joyni jang boshlanguncha tuzatib ulgurishdi, agar yarim soat kechikishganda bormi, butun qal’a qo‘ldan ketgan bo‘lardi.

 

II

Ertasi kuni afg‘onning chala qolgan suratini bitirmoqchi edim, xizmatimdagi kazak endigina olib kelgan choyni ichayotgan paytimda uzundan-uzoq otishma bo‘lib. «ur! ur!» degan dahshatli qiyqiriqlar eshitildi va u kuchaygandan kuchayib bordi. Ahvol jiddiyligiga aqlim yetdi: qal’aga hujum qilishardi!—revolverimni changallab, jonim boricha otishma bo‘layotgan joyga — Buxoro darvozasiga yugurdim. Qarasam, o‘zi tushgan uy oldida rangi oqarib Serov   turibdi,   hadeb   mo‘ylovini   asabiy   holda   yulqib   burayapti — bu   jasur, ketvorgan kazak og‘ir ahvolga tushib qolganda doim shunday qilardi.

— Mana buni qarang-a, mana buni qarang!— deb takrorlardi u.

— Nima, ishimiz yomonmi?

— Hozircha yomon emas, ammo keyin nima bo‘ladi? O‘zingiz bilasiz, garnizonimizda 500 odam bor, ular esa, mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, 20.000 dan ortiq.

Men oldinga qarab chopib ketdim. Mana, Buxoro darvozasi. Tepadagi maydonchada tutun ichida qolgan askarlar dushman tomonga tinimsiz o‘q yog‘dirishadi, yugurib borar ekanman, himoyachilarimiz ozligini ko‘rib, birinchi duch kelgan, o‘q yeb o‘lib yotgan jangchining miltig‘ini oldim, cho‘ntagimni o‘q-doriga to‘ldirib, harbiy do‘stlarim bilan birgalikda 8 kun qal’a mudofaasida turdim, bu azbaroyi qandaydir qahramonligimdan emasdi, garnizonimiz oz sonli edi, shuning uchun gospitaldan endigina tuzalib chiqqan, hali kuchga kirmaganlar ham hech bo‘lmasa nayzalar sonini ko‘paytirish uchun xizmatga safarbar qilindiki, sog‘lom odamning bir chekkada tomoshabin bo‘lib turishi gunohi azim hamda tasavvurga sig‘maydigan hol edi.

Birinchi hujumni daf qilib, darvozani amallab yopib oldik, dushman orqaga siljib, deyarli devorlarga tutashib ketgan uylarga joylashib oldi va biz tomonga tinimsiz o‘q yog‘dirishda davom etdi, ulardagi miltiqlar, tabiiyki, juda yomon bo‘lib, o‘qi yirik edi, ammo merganlik bilan otishardi, buning ustiga biz o‘q uzib, mo‘ljalga tegizishga qiynalardik, sababi ular uylardagi kichik-kichik tuynukchalar orqali bizni bemalol nishonga olishardi. Biz tomonda bunday tuynuklar yo‘qligi uchun devorning nuray boshlagan bo‘g‘otidagi pana joylardan turib otardik, talafot ham shunga yarasha ko‘p edi. Yoshroq askarlardan biri beg‘amlik qilib uydan boshini chiqargan o‘zbekni mening ko‘z o‘ngim-da qulatdi, yana botirligi qo‘zib, tuynuklardan biriga qaratib chaqqonlik bilan o‘q uza boshladi, raqibning miltig‘i ishdan chiqdimi yo tumshug‘idan o‘q yedimi, har qalay talay vaqtgacha u tomondan o‘q otilmadi. Ruhlanib ketganidan zavqlanib kulib, o‘zicha hazil-mutoyiba qilib turgan askar nogoh kesilgan daraxtdek quladi, naq manglayidan o‘q yegan edi, uning otilmay qolgan patronlarini meros qilib oldim. Qovurg‘asiga o‘q tekkan yana bir askar qo‘lidan miltig‘ini tushirib yubordi, u ko‘kragini changallagancha maydonchada zir aylanib qichqirar edi:

— Ox, birodarlar, o‘ldirishdi, oh o‘ldirishdi! Oh, ajalim yetdi!

— Nega baqirasan, tentak, yotsang-chi!—xitob qildi unga yaqinroqda turgan o‘rtog‘i, ammo bechora hech narsani eshitmasdi, yana bir marta gir aylanib chiqqach, gandiraklab yonboshiga quladiyu o‘ldi, o‘q-dorisi ham mening zahiramga qo‘shildi.

Ko‘p o‘tmay mayor Albedil kelib, kichik zobitdan qo‘mondonlikni qabul qilib oldi, dushman egallagan marrani sinchiklab kuzatgach, u-bu deb buyruq berdi, ammo u ham uzoq rahbarlik qilolmadi, yodimda bor, nimanidir gaplashayotgan edik, u birdan o‘tirib qoldi va «yaralandim» dedi. Uni yelkamda suyab, askarlardan birini chaqirdim-da, avval pastga olib tushdim, so‘ng darvozadan bir chaqirimcha uzoqlikdagi amir saroyiga joylashgan shifoxonagacha olib bordim. Albedil oxirgi buyruqlarni ham mardona berdi, dovdirab qolgan askarlarni qattiq turishga, chekinmaslikka da’vat qildi, so‘ng shunday bo‘shashib, shalpayib osilib qoldiki, uni soldatlarga berib yuborishga ko‘nglim bo‘lmasdan turar joyigacha eltib qo‘ydim. Yarador yo‘lda nihoyatda toliqdi, zambil yo‘q edi, manzilga bir amallab yetdik.

— Sezib turibman, yaram juda og‘ir,— dedi u.— Kunim bitganga o‘xshaydi. Men, albatta, unga tasalli berdim, o‘q oyog‘ining yumshoq joyiga tekkanini

aytib, o‘tib ketadi, hali tuzalib, o‘yinga ham tushib ketasiz, deb ko‘nglini ko‘tardim. Darhaqiqat, u tuzaldi, o‘yinga tushadigan bo‘ldi, ammo buxoroliklarning o‘qi baribir kuchini ko‘rsatdi, u men o‘ylagandan ko‘ra ko‘proq zarar yetkazdi, suyakni teshib o‘tmagan bo‘lsa-da, majaqlab tashlagani uchun unga necha yillargacha azob berib yurdi.

Albedilni doktorga topshirgach, yana orqaga — otishma va «urho-ur» qaynab yotgan darvoza tomonga chopdim. Ozgina yurmasdan, chapda, devor muyulishida turgan bir guruh askarlarga ko‘zim tushdi: ular to‘da bo‘lishib jur’atsiz ovozda «ura!» deb qichqirishgancha hujum qilayotganlarning boshlari har lahzada ko‘rinib turgan bo‘g‘otlarga qarab tartibsiz o‘q uzishardi.

— Hammamiz shu yerda o‘lib ketamiz,-— ta’kidlashardi qovog‘i soliq, askarlar.— Parvardigor gunohlarimiz uchun jazo berdi! Tirik chiqolmaydigan bo‘ldik. Kaufmangayam balli-e, istehkom qurmadi-yu, bizni tashlab ketdi-qoldi...

Qo‘limdan kelgancha dalda berdim:

— Shunchalik obidiyda qilishga uyalmaysizlarmi? Hali turib beramiz, nahotki tiriklay taslim bo‘lsak?

Devor osha biz tomonga uloqtirilgan noma’lum olov jism askarlarning o‘takasini yorib yuborayozdi.

Bir guruh askarlar zobit boshchiligida devor bo‘ylab ancha narigacha borishdi — yuqorida nomi tilga olingan polkovnik Nazarov qal’aga yopirilgan falokatni ko‘rgach, qamoqqa olinganini darhol unutib, qurol ushlashga madori keladigan shifoxonada yotgan o‘z bataloniga qarashli askarlarni to‘plab eng xavfli nuqtaga yetib kelgandi. Uning yoniga butunlay dovdirab qolgan jangchilar chopib kela boshlashdi.

— Janobi oliylari, yorib o‘tishyapti, yorib o‘tishyapti!

— Qo‘rqmanglar, birodarlar, men yoningizdaman.— Uning xotirjamlik va ishonch bilan bergan javobi tinimsiz hujum va shovqin-surondan gangib, o‘zini yo‘qotib qo‘ygan askarlarga juda tez ta’sir ko‘rsatdi.

Shu daqiqadan boshlab O‘rta Osiyoga doir harbiy harakatlar solnomasida batafsil bayon etilgan va sakkiz kun davom etgan mudofaa chog‘ida ikkimiz doim birga bo‘ldik.

Yana «ur! ur! ur!» degan qichqiriqlar tobora yaqinlasha boshladi va devor uzra hujum qilib kelayotganlarning kallalari ko‘rindi, ular qal’aga o‘tishga tayyorlanishayotgan edi, chamamda. Askarlar buyruqni kutib o‘tirmasdan. birva-rakayiga o‘q yog‘dirishdi, kallalar g‘oyib bo‘ldi va atrofga sukunat cho‘kdi, osongina kirib olishni mo‘ljallagan olomon kuchli qarshilikka duch kelgach, devordan uzoqlashdi. Gap shunda ediki, devorning nuragan mana shu joyida har ikki tomonga bemalol o‘tiladigan so‘qmoq bo‘lib, uni hali yopib ulgurishmagandi, qal’aga kiriladigan maxfiy yo‘llarni besh qo‘ldek yaxshi biladigan mahalliy aholi hujumchilarni bu yoqqa to‘g‘ri boshlab kelishgani aniq edi.

Komandaning bir qismini qoldirib, boshqa tomonga ketdik. U yoqdan oldinma-keyin bir necha rangi bo‘zargan, harsillab qolgan askarlar Nazarovning oldiga chopib kelishardi. Ular yetib kelmasdanoq uzoqdan turib:

— Janobi oliylari, u yoqda yorib o‘tishayapti, u yoqda!— deb qichqirishardi. Darvozadan   o‘ngga   qarab  tashlandik,   bir  to‘da   qoramag‘iz  o‘zbeklar   devorning o‘pirilgan va yog‘ochlar bilan nari-beri to‘sib qo‘yilgan joyini endigina buzishayotgan ekan, ular nayzabozlik tugul uzoqdan o‘q uzishimizni ham kutmagan chog‘i, birinchi hamladayoq qochib ketishdi.

Uch chaqirimga cho‘zilgan bu qal’aning hamma yog‘i  ilvillab qolgan, xohlagan joyidan yorib o‘tish mumkin edi, buning ustiga ichkaridagi son-sanoqsiz uychalar unga tutashib ketgan ediki, mabodo dushmanning ozgina qismi kirib olsa, ularni haydab chiqarish juda qimmatga tushgan bo‘lardi.

Odam aytishga ham, hatto eslashga ham uyaladi: biz orqaga endigina burilgandik. Nikolay Nikolaevich Nazarov karam sho‘rva ichib olsak yomon bo‘lmasdi, deb og‘iz juftlagan ediki, avvalgi joyimizdagilar izimizdan chopib kelib qolishdi:

— Janobi oliylari, avf etasiz, hujumga o‘tishyapti.

Yana yugurib ketdik. Hech kim ko‘rinmasa-da, kuchli shovqin-suron eshitilar va kuchaytandan-ko‘chayib borardi, hatto qichqirayotgan alohida ovozlarni ajratish mumkin edi, ular juda yaqinda bo‘lib, tabiiyki, devorni buzishga tayyorlanishayotgandi, biz damimiz ichimizga tushib, kuta boshladik.

— Devor ustiga chiqaylik, nima qilishayotganini ko‘ramiz,— deb shivirladim Nazarovning qulog‘iga, kutaverib, tbqatim toq bo‘lganidan.

— Jim! — xitob qildi u.— Qani, kirishsinchi.

Mana shu holatni suratlarimdan birida aks ettirganman. Naq boshimiz ustida qiyqiriqlar eshitilib turibdi, dovyurak sarbozlarning kallasi bo‘g‘ot labida ko‘rina boshladi ham, «ura!» sadolari yangradi va biz tomonimizdan shunday kuchli o‘q yog‘dirildiki, yana nayzabozlikka ehtiyoj qolmadi, dushman orqaga chekindi.

Bu beto‘xtov hujumlar askarlarga kuchli ta’sir qilib, gangitib qo‘yganligi ko‘rinib turardi, hamma joyda «makonimizni shu yerdan topamiz» deb takrorlashardi ular. Vaqti-vaqti bilan hazil-mutoyiba qilib, odamlarning kayfiyatini ko‘tarib Turish uchun Nazarov anchagina kuch-g‘ayrat sarfladi. Umuman, hujum pallasida askarlar matonat bilan turib berishganini yaqqol his qildim. Hujumlar orasidagi ozgina tinim chog‘ida ham raqiblar tez-tez g‘ashga tegib turishardi: allaqanchasi devor bo‘ylab yashirinib kelar va ko‘z ochib yumguncha mil-tiqlarini bo‘shatishib, dovdirab qolgan askarlar javob qaytarguncha g‘oyib bo‘lishardi, ularning o‘qlari onda-sonda nishonga tegsa-da, odamlarning kayfiyatini buzardi, biznikilar doim dog‘da qolishar, otgan o‘qlari esa devor bo‘lakla-rini ko‘chirib tushirardi, xolos. Buni ko‘rib nihoyatda g‘azabim qo‘zidi, mil-tig‘imni shaylab, qoraboshlardan biri kelarmikin, deb ancha vaqt poylab tur-dim, hatto sabrim chidamasdan yomon so‘zlar bilan so‘kinib yubordim ham — askarlar shu zahotiyoq tanbeh berishdi:

— Endi so‘kishdan foyda yo‘q, fursat o‘tdi.

Askarlar oldiniga meni «hazratlari» deb atashdi, ammo Nazarov Vasiliy Vasilevich deb murojaat qilayotganini eshitgach, darhol uni ilib olishdi va tez orada, butun garnizon — kasalxonadagi bemorlargacha — «Vasiliy Vasilevich» kimligini biladigan bo‘ldi.

Shu payt qal’adagi artilleriya boshlig‘i, omadli jasur kapitan Mixnevich hammamizga devordan oshirib, dushman to‘dasiga uloqtirish uchun qo‘l granatalari tarqatib chiqdi. Baxtga qarshi tashqaridagi g‘ala-g‘ovur tinib, ularni qaysi tarafga uloqtirishimizni bilmay qoldik, buning ustiga yana qandaydir hiyla o‘y-lashayaptimikin, degan xavotir ham bor edi — devor ustiga chiqib, dushman qaer-daligi va nima qilayotganini bilish juda zarur bo‘lib qoldi. Ofitserlar bir necha askarni yuborishdi, ammo ular bir-birini turtib, oldinga unda-shar, muqarrar o‘limga borishni hech kim xohlamasdi.

— To‘xtanglar, men gimnastikani bilaman!—dedimu yuqoriga yugurdim, Nazarov: «Vasiliy Vasilevich, sizga nima bo‘ldi, qayting, bunday qila ko‘rmang!» degancha qolaverdi.

— Tushing! Pastga tushing! — shivirladi Nazarov, men orqaga qaytmadim, rostini aytsam, vahima bossada, oriyat qo‘ymadi. Bo‘g‘ot labida yotganimcha: «Endi u yoqqa qanday qarayman, o‘rnimdan turgan zahotiyoq otib o‘ldirisha-di-ku», deb o‘ylar edim, bunday paytlarda har qanday xayol miyaga bir-ikki lahzadayoq keladi-qoladi — shartta o‘rnimdan turdim. Qarshimda — devor bilan uylar orasini tumonat odam bosib ketganini ko‘rdim — hammasining nigohi sallali kishiga qaratilgandi — qandaydir kengash qilishayotgandi. Ular nogoh boshlarini burib men tomonga qarashdi va ilk daqiqada hayratdan dong qotib qolishdi — ana shu holat meni qutqardi; es-hushlarini to‘plab: «Mana! Mana!» deb baqirishganda yashirinib ulgurgan-dim,— men to‘rgan joyga o‘nlarcha o‘q yog‘ildi, chang-to‘zon ko‘tarildi.

— Tushing, xudo haqqi, tezroq!— fig‘on qilardi pastda mehribon Nazarov, albatta, endi buni ta’kidlashga hojat yo‘q edi; odamlar to‘planib turgan tarafni ko‘rsatdim, ko‘p o‘tmay granatalar portlab u yoqda shunaqangi Dahshatli qiychuv, to‘polon ko‘tarildiki... Mo‘ljal aniq olingan edi.

Nazarov o‘ziga-o‘zi xo‘jayin bo‘lganligi uchun xohlagan joyga borishi mumkin edi, shundan foydalanib, devorning hamma tomoni bemalol ko‘rinib turadigan qal’a burchagiga joylashdik. Tan olish lozimki, Samarqand qal’asining devorlari baland va keng edi, u yuz yillar qa’ridan yemirilmasdan omon chiqqandy, ozgina soqchilar yordamida himoya qilsa bo‘lardi-yu, ammo baxtga qarshi uning ko‘p joylari nurab ketgan, birvarakayiga bir necha yerni qo‘riqlashga to‘g‘ri kelardi, mudofaadagilar ozchilik bo‘lib, noilojlikdan oyoqqa turg‘azilgan kasallar va yaradorlarni hisobga olmaganda bor-yo‘g‘i 500 ga yaqin odam bor edi. Kasallarning ayrimlari shunchalik quvvatdan qolgan ediki, hatto «ura» deb qichqirishga holi kelmasdi; miltiqni zo‘r-bazo‘r ushlab turishardi; yonginasidagi sherigi o‘q yeb o‘lsa yoki yaralansa, nariroqdagilar g‘azablanib qichqirib qolishardi: «Hoy, nega og‘zingni ochib qarab turibsan, ko‘tarishib yuborsang-chi!»

— Kuchi-chim yet-may-di, quv-va-tim yo‘q.

— Qimirlay olmasang, nega kelding?!

— Qaydan bilayin, buyruq shunday bo‘ldi, hammamizni devor yoniga haydab kelishdi.

Biz yangi kuzatuv o‘rnimizga juda yaxshi o‘rnashib oldik. «Barin»dan ajralishni xohlamasdan meni izlab kelgan kazagimni sigaretalarimni olib kelishga yubordim, Nazarov non va aroq keltirishni buyurdi. Tamaddi qilib, sigara chyokdik — rohatijon bo‘ldi! Sigara shunday quvnoq kayfiyat bag‘ishladiki, men yana bir qutisini sotib oldim va yon-atrofimizdagilarga ulashib chiqdim — hammayoq tutunga to‘ldi. Karam sho‘rva tarqatildi, hamma qornini to‘yg‘azib oldi, ertalab-ki ichilmay qolgan choydan keyin kun bo‘yi qo‘limga tekkan ovqat shu edi. Nazarov butun komandasi bilan tomning soyasiga joylashdi, men esa devordagi qorovul yoniga bordim u yerda o‘qtin-o‘qtin miltiq otilib turar, o‘qqa uchgan ayg‘oqchini qanday yiqilayotganini bemalol ko‘rish imkoni bor edi. Yodimda, qo‘shnimning o‘qi birini yiqitdi, ammo u o‘lmadi, g‘imirlay boshladi, askar uni birato‘la saranjomlab qo‘ymoqchi bo‘lgan edi, sheriklari yo‘l berishmadi.

— Qo‘y, Seryoga, otma!

— Axir ketib qoladi-ku.

— Ketsa-ketaversin, endi u jangga yaramaydi!

Darhaqiqat, u ketdi, bizni g‘aflatda qoldirganiga to‘la ishongan holda ustalik bilan jila boshladi, u devor yaqinida, ko‘cha o‘rtasiga yiqilgan edi, tez harakat qilib sezdirib qo‘ymaslik uchun yotgan joyidan sekin yonboshiga ag‘anadi va shu alfozda ohista surila-surila to‘siq yoniga yetib bordi, bir necha qo‘l cho‘zilib uni darhol tortib olishdi, ular o‘risni laqillatdik deb o‘ylashdi, o‘ris Seryoga hamda boshqa ko‘pchilik o‘rislar o‘ldirishni xohlamagani hech kimning xayoliga ham kelmadi, albatta.

Mana shunday ta’sirchan manzaralarni hisobga olmaganda, biznikilar hech kimni yaqin keltirishmadi; ammo bizni ham «siylab» turishardi! O‘qlar hamon uylardan otilardi, qal’aning ma’lum nuqtalari kichkina shinaklar orqali har doim nishonga olingan, bosh ko‘tarsang bas, o‘qqa uchishing tayin edi. Ularning o‘qlari sapyorlarimiz yaqinginada qurib ulgurgan to‘siqlarga vizillab kelib urilardi. Bir marta, endigina tepkini bosaman, deb turganimda, o‘q naq to‘siqqa kelib tegdi, ustimga qum va qamish yog‘ildi. Chidab turolmasdan qo‘llarim bilan yuzimni bekitdim.

Meni yaralandi, deb o‘ylagan Nazarov:

— Darrov olib tushing! — deb baqirdi pastdan turib. Boshqa safar, nishonni poylab yotgan ko‘yi, yonimdagi qo‘shnilarim bilan gaplashmoqda edim — yumshoq bir narsa kelib urilganini eshitdim — atrofga olazarak ko‘z tashladim, qarasam, qo‘shnim qo‘lidagi miltig‘ini tushirib yubordi va og‘zidan ko‘pik sachratgancha devordan umbaloq oshib quladi...

Nazarov ikki yosh ofitser bilan, ularning ismi yodimda yo‘q, o‘z uyidagidek bemalol joylashib olgandi. Bir idishdagi araqni bo‘shatgach, askarlarga yana keltirishni buyurdi, odatiga ko‘ra xushchaqchaq bo‘lib, hazilkashlik qila boshladi, askarlarning qattiq kulgisi va biz egallagan to‘siqqacha eshitilib turgan tilga olib bo‘lmaydigan iboralarga qaraganda, uning mutoyibalari ham o‘ta kamtarona edi. Go‘e xavf-xatar o‘tib ketgandek tuyulardi.

Ammo bu omonat xomxayol uzoqqa bormadi. Ko‘p o‘tmay, shaharning Buxoro darvozasi tomonda bizga tanish bo‘lib qolgan hujumga chorlovchi xitoblar eshitildi va otishma boshlandi, so‘ng «juda qisib qo‘yishdi» deb yordam so‘rab, bir askar yugurib keldi. Nazarov burchakdagi manzilgohida bir guruh soqchilarni qoldirib, o‘zi ildam yurib, darvoza tomonga ketdi: bu yerda boshchilik qilib turgan ofitser o‘z ixtiyori bilan rahbarlikni unga topshirdi, sapyorlar   boshlig‘i   shtabs-kapitan   Cherkasov   ham   qo‘l   ostidagilar   bilan   uning izmiga o‘tdi. Yana hujum daf etildi. Qorong‘ilik tusha boshladi. Mis choynak qaynatib, , endi ichamiz, deb taraddud ko‘rganimizda ulgurolmay qoldik — yana hujum boshlandi. Men beixtiyor ertalabki ichilmay qolgan va chamamda, hali ham xonamda turgan choyni hamda oyog‘i chizilmagan, endi qayta qo‘l urishim dargumon bo‘lib turgan afg‘onni esladim[8]. Bu gal dushman juda tez ortiga qeytdi, ular ketishi bilanoq darvoza orqasida tutun ko‘rindi. «Voy ablahlar-ey, yondirib yuborishmoqchi-ku!» Xuddi shunday bo‘ldi. Tezda kuchli alanga g‘ira-shirz osmonni yoritdi. Darvoza ag‘darilib tushishi bilanoq kuchli hujum bosh-landi va u surunkasiga uzoq dzvom etdi. Deyarli yuzma-yuz otishishga to‘g‘ri keldi. Ahvol tang bo‘lib, g‘ala-g‘ovur, shovqin-suron kuchayib borardi, shu ahvolda bekordan-bekorga duch kelgan tomonga o‘q otayotgan askarlarga qarab baqirib berdim:

— Osmonga nega o‘q uzasizlar, u yoqda nishon yo‘q-ku!

— Qo‘rqitayapmiz, Vasiliy Vasilevich, — javob berdi bittasi nihoyatda jiddiy alfozda.

Yodimda, hujum qilayotganlardan ikkitasini, ta’bir joiz bo‘lsa, professorlarcha otib qulatdim. «O‘q uzishga oshiqma,— dedim men,— stvolni mana bunday to‘g‘rilab, poylab tur», miltiqni devorning do‘ng joyiga qo‘ydim, xuddi shu payt chopon kiygan, miltiq osgan kishi shundoqqina darvoza yonida ko‘chadan chopib o‘tib qoldi; o‘q uzdim, u ag‘darilib tushgancha joyida qotdi. O‘q juda yaqindan uzilgani uchun bechoraning choponi tutay boshladi va u, ya’ni qurbon, bir kecha-kunduz davomida asta-sekin yonib, qora ko‘mirga aylandi, jon achchig‘ida og‘zini ushlab qolgan eken, qo‘li shu ko‘yi qotib qoldi, bu qora sharpa deyarli bir hafta davomida ko‘z o‘ngimizda yotdi, asosiy qo‘shinlarimiz shaharga qaytib kelishayotganda uni, ya’ni mening sho‘rpeshona qurbonimni bosib-yanchib o‘tishdi. Ikkinchisi ham xuddi shu taxlitda o‘qqa uchib o‘ldi.

— Qaranglar, Vasiliy Vasilevich biz uchun qanchalik jon kuydiradi-ya,— deyishardi eskarlar.

Yomonlik ketidan yashilik keladi, deganlaridek darvoza o‘pirilishi bilan Cherkasov qum-tuproq solingan qoplarni qalashtirib juda ajoyib to‘siq yasadi-da, yirik pitra otadigan zambarak o‘rnatdi. Shundan keyin ishimiz butunlay o‘nglanib ketdi.

Qorong‘i tushgandi, qulagen darvozaning ustun va taxtalari laqqa cho‘g‘ bo‘lib yotardi. Nazarov askarlarni qorong‘ida ko‘rinmaydigan qilib joylashtirdi, faqat neyzalergine yalt-yult etib qolardi. O‘rtadagi zambarak hamda to‘pchilar va alanga shu’lasida oq ko‘ylagi bilan kamzuli tovlanib turgan zobit yaqqol ko‘zga tashlanib turardi. Tashqaridagi shovqin tobora yaqinlashib kelaverdi, minglab hir-qiroq ovozlar: «Olloh! Olloh!» deb tinimsiz xitob qilishardi. Nihoyat, oldindagilarning qiyofasi ko‘rindi, ular orqadagilarni rag‘batlantirib chorlashardi, hech biri o‘q uzmasdi, qo‘llaridagi qurol qilich va kaltakdan iborat edi; xuddi qo‘y podasiga o‘xshab darvozaga va zambarakka yopirilishdi... Birinchi!— poruchik Slujenkoning ovozi jarangladi. To‘p dahshat solib gumburladi, pitraning qanday chirsillab sochilayotganigacha aniq eshitdik. So‘ng sukunat cho‘kdi — hech narsani ko‘rib bo‘lmay qoldi, hammayoqni tutun cho‘lg‘ab olgandi, bir-ikki daqiqadan keyingina uzoqdan ovozlar kela boshladi, ular chekinishgan, chamasi, o‘zaro hisob-kitob qilishar, so‘kinishar, bir-biriga dashnom yog‘dirishardi, biz esa o‘zimizda yo‘q shod edik. Bunday shiddatli hujumlar ketma-ket bo‘lib turdi; qanday qilib bo‘lsa-da qal’ani egallashga ahd qilishgani sezilib turardi, ammo tartibsiz bu olomon yaqin masofadan otilayotgan to‘p o‘qlariga bardosh berolmasdan chekinishga majbur bo‘lardi, Ayni zamonda, ular chekinayotib halok bo‘lganlarni suyab, ko‘tarib olib ketishzyotganini sezib turardik, devor yaqinida qulaganlarni esa olib ketish imkoni yo‘q edi — tong yorishganda dushman nechog‘lik ko‘p qurbon berganligini ko‘rdik, quyoshning o‘tkir tig‘ida ulardan badbo‘y hid chiqardiki, shu kezlarda biron-bir yuqumli kasallik tarqalib ketmaganigz hali-hali hayron qolaman.

Hammayoq tinchigandan keyin biz ham uncha uzoqda bo‘lmagan machitga hamla qildik, uni istehkomgz aylantirib olishgani va barcha hujumlarni shu yerdan boshlashayotgani bizga ma’lum edi. Dushman uzoqqa ketganiga ishonch hosil qilgach, tun qorong‘iligidan foydalanib bu yaramas machit ichiga ohista kirib oldik, zudlik bilen yog‘och, shox-shabbalarni to‘pladik-da, yondirib yubordik. Bizning zararimizga xizmat qilgan darvoza yaqinidagi bir necha uyga ham xuddi shu tarzda o‘t qo‘ydik. Hovlilardan birida turkmani saman arg‘umoqqa duch kelib qoldik; uni menga sovg‘a qilmoqchi bo‘lishdi, emmo men bu inoyatdan voz kechib, otni ertelga topshirdim, keyin esa erteldan 40 so‘mga sotib oldim. Bu yerda ham yonadigan narsalarning hammasini yoqdik. O‘zaro shivirlashib gaplashardik, qorong‘ida faqat: «Nikolay Nikolaevich!, Vasiliy Vesilevich! Tutatqini bu yoqqa bering, tez, tez!» degan xitoblargina eshitilardi. Yana bir qizig‘i, Nazerov hamlaga tufli kiyib chiqqandi, o‘ylashimcha, bu parishonxotirlikdan emasdi, u hech qanday xavf-xatarni pisand qilmaganidan, kechqurun yechib qo‘ygan etigini qayta kiyishga eringan edi chamasi.

Olov tillari ko‘tarilgach, juftakni rostlab qoldik, fursat ham yetgan edi, yong‘inni sezgan olomonning shovqin-suroni yaqinlashib kelardi. O‘tni o‘chirishga urinib ko‘rishdi, ammo endi buning imkoni yo‘q edi, alanga kuchaygandan kuchayib borardi.

Yana hujumga o‘tishdi, ammo yaqin atrof yaqqol ko‘rinib turganligi tufayli bu urinish ham muvaffaqiyatsiz tugadi.

 

III

Tun bo‘yi zambaragimiz va yoqimtoy komandir Slujenkoga tinim bo‘lmadi. Uning «Birinchi! Birinchi!» deya jaranglab turgan buyruqlari ostida uyquga ketdim. Shundoqqina ko‘cha yuzasiga taxtalarni to‘shab, miltig‘imizni taxt qilgan holda yonboshladik, bunday g‘alati sharoitga ko‘nikmaganim hamda burgalarning ayovsiz talashiga ham parvo qilmay, dong qotib uxladim.

Tun yarmidan oqqanda g‘alati ovozdan uyg‘onib ketdim — biz o‘t qo‘ygan machit ag‘daralib tushgan edi. Hammamiz devor ustiga chiqib, ishimizning natijasini tomosha qildik; ajoyib kecha edi, havo mayin, osmon to‘la yulduz; qorovullar o‘z joyida hushyor, atrofni ziyraklik bilan kuzatishadi, birpas gurunglashib turgach, yana uyquga ketdik.

Erta tongdan goh biz tomonga, goh kechagi joyga, undan ham nariroqdagi shaharga kiriladigan asosiy yo‘l tomonga tinimsiz hujum qilib turishdi. U yoqdagi darvozalar oldiga ham zambaraklar qo‘yildi, qulay marrani egallashgandi, bu tomondan qal’aga faqat xandaq ustiga qurilgan ko‘prik orqaligina kirilardi, shu tufayli u yoqlar ancha bexavotir edi. Mabodo adashmasam, Jizzax darvozasi deb atalgan mazkur marraga chnnakam xoxol, ajoyib inson kapitan Shemetilo rahbarlik qilgandi. Ahvol tang bo‘lib qolgan paytda Nazarov har ikki tomonga ham madad kuchlari yubordi; biz kecha jang qilgan joyga hujum qilishayotgani yaqqol ko‘rinib turardi, hujumga o‘tgan olomon «ur» degan qiyqiriqlar ostida bo‘g‘otlargacha chiqib kelishar va bir qanchasi o‘lib, yarador bo‘lgandan keyingina chor-nochor orqaga chekinishardi.

Nihoyat, hammayoq Tinchidi. Nikolay Nikolaevich meni nordon ovqat yeb olishga ko‘n-dirdi, ular karam sho‘rvani shunday atasharkan. Bizga ergashib kelgan savdogarlar xohlagan vaqtimizda, hatto xavf-xatar yog‘ilib turgan paytda ham ovqat topilishini ko‘pdan beri qulog‘imizga quyib kelishardi. Savdo-sotiq ishlarini yo‘lga qo‘yish uchun Samarqandga birga kelgan rus savdogarlari bunday mushkul ahvolga tushib qolganimizdan norozi edi, albatta. Ulardan biri — mashhur Nemchaninovning choy savdosi bo‘yicha ishonchli vakili Trubchaninov sheriklariga qaraganda mard chiqib qoldi, u qizil ko‘ylak kiyib, ov miltig‘ini ko‘targancha yonimga keldi; qolganlari shunchalik qo‘rqoq ekanki, otishma boshlanishi bilanoq sham yoqib, ikona yoniga tiz cho‘kib olishar va tangriga iltijo qilishdan boshqaga yaramasdi. O‘qlar yog‘ilib, eshiklarni teshib o‘tgan paytda ular xonaning boshqa burchagiga chor-nochor surilishar, kichik kalibrli zambarak o‘qlari tom ustida yorilganda uchinchi joyga o‘tib, ibodat qilishda davom etishardi.

Ular bizni yedirib, ichirishar, askarlarga araq va qutilab sigaretalar yuborib turishardi, bir gal devor bo‘ylab yurib, savdogarlarning tuhfasini xohlaganlarga tarqatib chiqdim. Bechoralar otishma vag‘ala-g‘ovurdan, o‘lgudeq qo‘rqishar, «kutilmagan mehmonlar» ana keladi, mana keladi degan vahimada kun o‘tkazishayotganini ochiqchasiga tan olishardi.

Bemorlar va yaradorlarimizni marosimlar zaliga joylashtirgandik, ammo tomni teshib tikkasiga tushgan to‘p o‘qi bir qancha yaradorlarga shikast yetkazib, doktorni ham o‘ldirishiga sal qolgandan keyin ularning bir qismini uylarga, boyagi savdogarlar yoniga yotqizishga to‘g‘ri keldi. Boyaqishlar endi butunlay oromdan mahrum bo‘lishdi, chunki Trubchaninovning aytishiga qaraganda, yaradorlarning kechayu kunduz qilgan nolayi zoriga toqat qilib bo‘lmas edi.

Temurlang yashagan zalga bir qancha juhud oilalar joylashib olishgandi. Men Nazarovga bularni muqaddas tarixiy joydan ko‘ra boshqa yerga ko‘chirish ma’qul bo‘lmaydi-mi, deb aytgan edim, u; «Nima uchun,— deb javob berdi.— Men hali ularga...[9] ham ruxsat beraman!» Juhudlar ham ancha-muncha ekan, ular bola-chaqa, qozon-tovog‘i bilan ko‘chib kelishgandi, shaharga ruslar kirgach, ular yayrab, o‘zlarini erkin his qila boshladilar, beliga arqon o‘rniga qayish bog‘lab yuradigan, hatto bemalol ot minadigan (va hokazo) bo‘ldilar; bular ilgari qat’iy man etilardi, agar ular shaharda qolishganda, qirib yuborishlari aniq edi. Menga aytishlaricha, qattiq otishma paytlarida ular dahshatli dod-faryod ko‘tarishar, xudoga iltijo qilib, yuzlarini yulishar ekan. Juhudlardan boshqa forslar, hindilar, tatarlar ham bor edi. Bularning hammasi biz kirib kelgan paytimizda istiqbolimizga chiqishib, endi nima bo‘ladi, deb so‘rashgan, minnatdorchilik bildirishib, etagimizni o‘pishgan edi.

Nazarovga yana qo‘shin to‘planyapti, hademay hujumga o‘tishsa kerak, deb xabar qilishdi, biz jadallab devor tomonga yurdik va hujumchilar ozligini ko‘rib tinchlandik. Askarlar yechinmasdan tuni bo‘yi tuproq ichida yotib, hasharotlarga rosa yem bo‘lishgandi, Nazarov ulardan bir bo‘lagini ajratib, yaqinimizdagi machitning hovuzida yuvinib kelish uchun jo‘natdi. Ular ketishayotganda: «Yaxshilab yuvininglar, sizlarni ko‘rganda...» deb shunday bir ibora ishlatdiki, uni hech qaysi tilda ifodalab bo‘lmaydi. Askarlar xaxolashib: «Harakat qilamiz, janobi oliylari!» deb qichqirishdi.

Otryadimiz endi ancha ko‘payib qoldi, chunki bu darvozada xavf kuchli bo‘lgani uchun qutvol to‘plagan odamlarini bu yoqqa yuborgandi. Tuzalayotganlardan boshqa kazaklar hamda raznochinetslar ham bor edi, ular «ura» deb qichqirishardi-yu, nariroqda, uylarning panasida turishni ma’qul ko‘rishardi. Ikki-uch batalon zobitidan tashqari, Nazarov ixtiyorida yana ikkita sapyorlik zobitlari yuqorida tilga olingan Cherkasov va butunlay g‘o‘r, do‘mboqqina, yaqinda bilim yurtini bitirgan Voronets ham bor edi. Ko‘pchilik yosh bo‘lganligi uchun oradan kulgi va hazil-huzul arimasdi, faqat falonchi o‘ldi yoki yaralandi degan xabar kelgandagina sukut saqlanardi. Darvoqe, bizning Slujenko ham og‘ir yarador bo‘lgan edi. Men yo‘q edim, keyin Voronets aytib berdi, bu jangovar zobit oq kitel kiyib, ogohlantirishlariga quloq solmay, tashqaridagilarga yaxshigina nishon bo‘lgan holda qora arg‘umoqda devor bo‘ylab aylanib yurgan ekan. «Qarasam, egar ustiga engashib qoldi,— deb hikoya qilardi Voronets,— Slujenko, senga nima bo‘ldi, deb so‘rasam, javob bermaydi. Otdan tushirib oldik, qornidan o‘q yegan ekan».

Osoyishtalik bo‘lib turganidan foydalanib, hamla paytida o‘lja olingan turkman samanini sinab ko‘rmoqchi bo‘ldim. Ammo hali 100 sarjin yurmasimdanoq naq jahannam ichiga tushib qolgandek bo‘ldim — qal’aga qilingan hujumlar ichida eng dahshatlisi boshlangan edi.

Duch kelgan kazakka otimni berib, jangga tashlandim. O‘zbeklar tutash uylardan o‘tib, bizga sezdirmasdan xuddi mana shu yerda, ya’ni darvoza oldida allaqachon devorga chiqib olishgan ekan, biz loaqal biron-bir sas-sado eshitmabmiz ham, ular binolar ichidan o‘tib, zambaraklarimizga qarab yugurishdi. Shu daqiqada tom ustidan biz tomonga o‘qlar bilan birga sanoqsiz toshlar yog‘ildi, oldindan tayyorlab qo‘yishgan ekan. Men uchun birinchi siylov shu bo‘ldiki, chap oyog‘imga kuchli zarb bilan otilgan katta tosh kelib tegdi, og‘riqdan dodlab yubordim, oyog‘im sindi deb o‘ylagandim, yo‘q, o‘tib ketdi. Hamma «ura!» deb baqiradi-yu, ammo oldinga hech kim yurmaydi. Ko‘rib turibman, g‘azabdan qip-qizarib ketgan Nazarov askarlarni qilich dastasi bilan turtib, ilgariga undar, ular esa tixirlik qilishardi. «Cherkasov!—uning ovozi gurillab eshitilardi.— Bu ablahlarni boplab savalang!..» Bunday vaqtlarda miyada fikr chaqmoqdek tez tug‘iladi, xayolimga kelgan birinchi mulohaza shu bo‘ldi — borishni xohlashmayaptimi, demak kimdir ularni yetaklashi kerak; ikkinchisi — oldinga yurish qanday bo‘lishini ko‘rsatib qo‘yadi-gan fursat keldi; uchinchisi— axir, o‘ldirib qo‘yishadi-ku; to‘rtinchisi — balki o‘ldirisholmas! Bu o‘ylar ikki daqiqagina davom etdi; oldimda qandaydyr xarilar uyulib yotardi, egnimda tilga olishga arzimaydigan kostyum, kulrang paltomning oldi ochilib ketgai, boshimda kulrang momiq shlyapa, miltig‘imni dast ko‘targancha xari ustiga saqrab chiqdim, askarlarga qarab: «Birodarlar, orqamdan olg‘a!» deb qichqirganimcha dushman to‘dasi joylashib olgan uyga qarab yugurdim, ular tezda bu yerni tark etib, orqaga chekinishdi. Shu paytdagi barcha xatti-harakatlarim, kechinmalarimni aqlimda chamalab ko‘raman, dastlabki ishim — uy oldiga eson-omon yetib olgach, derazalar oralig‘idagi devorga qapishib oldim, qochishga shaylangan dushman do‘ldek o‘q yog‘dirardi, o‘q tegmaydigan joyda edim; mendan keyin o‘limni bo‘yniga olib chopib kelgan Nazarov ham shunday qildi, ammo orqamizdan ergashgan askarlarning ko‘pchiligi shu yerda makon topdi; ba’zilari til tortmay o‘ldi, ko‘pchiligi yaralandi, ta’qibga qiziqib, ilgarilab ketganlarning aksariyati dushman qo‘liga tushdi, ularning kallasini kesib, o‘zlari bilan olib ketishdi.

Yosh akarlarning biri meni mayib qilib qo‘yishiga sal qoldi; boshiga o‘q tegib ustimga shunday gursillab quladiki, paltom boshdan-oyoq qonga belandi. U xirillab yotardi, bir chekkaga olib chiqishim bilanoq o‘lib qoldi. «Nega bizni bu yoqqa boshlading?» degandek ta’naga to‘la ayanchli nigoh tashladiki! O‘layotgan odamning bunday qarashlarini bir umr unutib bo‘ladimi?!

Yodimda bor, 1 may kuni Samarqand ostonasida — Cho‘pon otada bo‘lib o‘tgan va shaharni zabt etish bilan yakunlangan birinchi jangdan keyin general Kaufman yaralanganlarni ko‘rgani borgan edi, u boshidan jarohatlangan, shifokorlarning xulosasiga ko‘ra o‘lishi muqarrar bo‘lgan yosh zobitga yaqinlashdi. Generalning mehribonlik va yoqimtoylik bilan bergan barcha savollariga yarador ohista, bama’ni va xushmuomala javob qaytarganini eshitib turdim. Kaufman asosiy ish qilingani, dushman mag‘lub bo‘lib, shahar ishg‘ol etilgani haqida gapira boshlagan edi, bemor hech qanday javob bermadi, ammo shunday tikildiki, nigohida qanchalik alam, nafrat yashirin edi!

Dushman chekinganiga qaramay, hali ketmagan, o‘q uzib bizni bezovta qilib turardi, Nazarovni hujumga o‘tishga ko‘ndirdim: to‘siqdan sakrab o‘tdik va kuchli «ura!» sadolari ostida raqibning o‘ng qanotiga qarab tashlandik. Men oldinda chopib borardim, baxtimga orqamga burilib qaradim. Qarangki, hech kim izimdan kelmayotgan edi, askarlar qo‘y podasiga o‘xshab bir joyda g‘uj bo‘lib olishgan, «ura!» deb baqirishar, o‘q otishar, ammo joyidan qimirlashmasdi. Nazarovning do‘pposlashlari, ablahlar, qo‘rqoqlar deb so‘kinishlari behuda ketdi, mening: «Birodarlar, orqamdan olg‘a!» deb kuchim boricha qich-qirishlarim behuda ketdi — orqamdan hech kim bormadi; butunlay tomog‘im bo‘g‘ilib, sabr-toqatim toq bo‘lgandan keyin Nazarovga murojaat qildim: «Borishmaydi, Nikolay Nikolaevich, qaytishga buyruq bering!» Nog‘orachi hordiqqa chorladi, izimizga qaytishga majbur bo‘ldik. Askarlar nega borishdan voz kechishdi? Biz oz emas, yuz ellik chog‘lik edik, dushman ham nari borsa ikki yuz kishi atrofida, buning ustiga to‘zg‘ib ketgan, ruhsiz ahvolda edi, aniq esimda qolgani shuki, oldingilar hadeb orqaga yashirinishga urinishar, yuzlariga dahshatli qo‘rquv ifodasi muhrlanib qolgandi, to‘la ishonch bilan ayta olmayman-ku, ammo taxminimcha, askarlarimiz tashqariga chiqib, qal’adan uzilib qolishdan va shahardagi behisob ko‘chalar, torko‘chalarda adashib, yo‘q bo‘lib kyotishdan qattiq hadiksirashgandi. Nima bo‘lganda ham dushman uloqtirib tashlandi, so‘nggi hamlamiz bejiz ketmadi, shundan keyin biz tomonga kamroq o‘q otiladigan bo‘ldi.

Shu yerda aytib o‘tishim kerakki, men qo‘rqoqlik sifatida baholayotgan boyagi holatni tushunish va avf etish lozim, deb hisoblayman, sababi hali bundan ham kuchli xavf-xatarga duch kelishimiz mumkin edi. Ba’zan shunday bo‘ladiki, «Ko‘nglim sezyapti, falon narsa mana bunday bo‘lmasaydi, deb qo‘rqyapman», singari taxmin bilan qiynalib, gapirib yurasan. Aslida, butunlay boshqacha bo‘lib chiqadi va boyagi holatni unutib yuborasan. Yosh zobitlardan biri to‘siq ortida tomlardan yog‘ilayotgan o‘q va toshlardan yashiri-nib yotgancha, qo‘rquv bosib, qaltirab qoldi. Oldiga emaklab borganimda, qulog‘imga shivirladi:

— Bugun meni o‘ldirishadi, sezib turibman.

— Bema’ni gaplarni qo‘ysangiz-chi!—- jerkib berdim men.

— Ishonmayapsizmi? Mana, hali ko‘rasiz...

Munozara qilib o‘tirishga fursat yo‘q edi, lekin u oxirgi so‘zlarni qanchalik ishonch bilan aytayotganiga hayron qolganim esimda.

— «Bechora». Xayolimdan shu fikr o‘tdi. Bunday keraksiz tuyg‘u qanday qilib ko‘ngli-dan shu qadar mustahkam joy oldi ekan? Xo‘sh, keyin nima bo‘ldi deysizmi? U soppa-sog‘ qoldi, hatto yaralanmadi ham.

Janglar paytida biz anchagina odamimizni yo‘qotdik. Keyinchalik o‘zim ikki arava murdani sarjin qilib taxladim. Ba’zilari tayoqdek qotib qolgan, boshqalarining og‘zidan pufakchalar hamon chiqib turardi, bu jang oldidan bir qadah ortiqcha araq ichganidan nishona edi. Shu payt negadir zambaragimiz o‘q otmayotganini sezib qoldik. Nazarov surishtirib ko‘rdi, ma’lum bo‘lishicha, har doim o‘z burchini a’lo darajada ado etib kelgan to‘pchi g‘alabani ertaroq nishonlab qo‘ygan ekan; u bir necha qadahni ortiqroq otib olib, shirakayflik bilan granatani quvurga shunday joylashtiribdiki, uni na otib, na olib bo‘lardi! Vaqtixushlik bilan tarqalishdik. Hammamiz shunchalik toliqqan edikki, hatto o‘lgan va yaralanganlarni yig‘ishtirib olishga ham hafsalamiz kelmadi.

Kallasi kesib olingan bir necha murda qarab bo‘lmaydigan holatda edi, avval aytganimdek, o‘ljadan quruq qolmaslik uchun ular yelkadan juda chuqur kesib olingandi. Askarlar murdalar atrofida uymalashib, marhum «Sidorov yoki Fyodorov» ekanini aniqlashardi, faqat jasaddagi ayrim nozik belgilarga ko‘ra hamyurtlari bittasini zo‘rg‘a tanishdi. Ma’lumki, dushmanning har bir kesilgan boshi uchun, asosan qimmatbaho to‘n bilan taqdirlashadi, bu odat faqat O‘rta Osiyodagina emas, Yevropadagi turklar, albanlar, chernogorliklar va boshqalarda ham mavjud. Bu narsa mening suratlarimdan biri uchun mavzu bo‘ldi, unda o‘ldirilgan dushmanning boshini qopga solish manzarasini aks ettirdim.

O‘sha hamla paytida bir o‘q boshimdagi shapkani uchirib tushirdi, ikkinchisi ko‘kragimda turgan miltiq dastasini pachaqladi — bir mo‘‘jiza bilan omon qoldim. Keyingi kunlarda zobitlik furajkamning oq g‘ilofini kiyib yurdim, u hozir ham buyumlarim orasida saqlanadi. Nazarov ziyon-zahmatsiz chiqdi. Bu odamda qandaydir favqulod-da jasorat bor ediki, askarlar tilida u bebosh jasorat deb ataladi. Hujum chog‘ida raqiblarimiz ancha ichkariga kirib borishgan, hatto darvozaga tutashgan uylardan birining peshtoqiga,— nimalardir yozilgan, nazarimda Ollohning nomi bo‘lsa kerak,— katta qizil bayroq tikib ketishgan edi, qarama-qarshi ko‘chadagi uylardan hamon o‘q uzib turishgani uchun uni olib tashlash qiyin edi. Butun qal’a ahlini isnodga qoldirgan bu bayroqni yechib tushishga ahd qildim, Nikolay Nikolaevich bilan maslahatlashib olgach, yon-atrofga o‘q yog‘ilib turganiga qaramay, bu vazifani muvaffaqiyat bilan ado etdim. Qo‘lga tushirgan o‘ljamni dastasidan baland tutgan holda tantanali ravishda otaxon komandirimizga, ya’ni Nazarovga topshirdim. U nima qildi deng? Qutvolga berdimi? Safar cherkovi ostonasiga qo‘ydimi?—Yo‘q, meni tang qoldirgancha, bayroqni paytava qilish uchun askarlarga oshirib yubordi. Keyinroq Kaufman chodiri atrofiga qo‘yilgan bayroq va nishonlarni ko‘zdan kechirgach, meniki ulardan ko‘ra kattaroq va chiroyliroq ekaniga ishonch hosil qildim. Bundan ham ayanchlisi shu bo‘ldiki, otimni zo‘rg‘a qidirib topdim, uni arqonlab qo‘yishibdi, men vatan uchun qon to‘kib yurgan paytimda yordamga haydab kelingan kazaklardan biri yuganni shilyb ketibdi. Tan olamanki, bunaqasini kutmagan edim!

— Vasiliy Vasilevich,— meni chaqirdi Nazarov hamma ish saranjom bo‘lgach,— yuring, nordon narsalardan tamaddi qilvolayliq.

Saroy hovlisiga kirib borganimizda, hamma minnatdorchiliq bildirish uchun yopirildi, juhudlar, tatarlar, forslarni qo‘yavering, hatto yaradorlar ham emaklab kelib Nazarovni tabriklashdi. Dahshatli otishmayu qichqiriqlarni eshitib jim o‘tirish va har daqiqada to‘g‘on yorilib, hammayoqni sel bosishi mumkinligini his qilib turish qanchalik og‘irligini angladim. Bizdan ko‘ra, chetdagilarga qiyin bo‘lgani aniq.

Tanish savdogarlar esa naq bo‘ynimizga osilib, shu paytgacha bunaqangi otishma va urho-ur bo‘lmaganiyu har daqiqa biz uchun toat-ibodat qilib turishganini tan olishdi.

— Yaralandingizmi?— deb so‘rashdi paltomdagi qon dog‘larini ko‘rib, qo‘shnim meni qanday qilib qonga bo‘yaganini aytib berishimga to‘g‘ri keldi.

Oyog‘imni ko‘zdan kechirib, suyakdagi kichkina jarohatdan ancha-muncha qon ketganini sezdim. Mehribon Trubchaninov vahimaga tushib, doktorga borishga undadi, ammo na ko‘ylagim, na shim, na ich kiyimlarim yirtilmagan, oddiy lat yeyish ekanligi shundoq ko‘rinib turardi, tosh tegib yaralandim, deb yurishning o‘zi uyat edi. Spujenkoni ko‘rgani kirdik. U bizni tanigandek bo‘ldi, ammo gapirolmadi. Yonidagilarning aytishicha, u og‘-riqdan qattiq qiynalardi. Bir kundan keyin o‘lganini eshitdik. Darvoza oldiga qayta-yotib, bir necha zobitga duch keldik, ular jang tafsilotlarini bilgani kelishibdi, qan-day olishganim, jonimni jabborga berib harakat qilganimni orqavarotdan eshitish-gan ekan, meni samimiy qutlashdi.

— Birinchi mukofot sizniki, Vasiliy Vasilevich,— dedi B- meni xursand bo‘ladi, deb o‘ylab. Ammo bunga qat’iyan qarshi chiqdim, sababi, tan olamanki, bunday olqishlar garchi shuhratparastlik sari yetaklasada, u baribir tabiiy nafrat tuyg‘ulariga yo‘g‘rilib ketadi, sababi, hayotimning eng yaxshi daqiqalari sanaladigan mana shu ikki kunni eng yuksak do‘stlik, samimiy qardoshlik ruhida o‘tkazdik, hammamiz bir jonu bir tan bo‘lib yagona maqsad — qal’ani saqlab qolish uchun kurashdik. Men yaxshi eslayman va astoydil aytamanki, jang paytida qandaydir mukofot olishni xayolimga ham keltirmaganman, endi dabdurustdan kim qanday xizmat qilgani-yu, kim nima olishi (olarmikin?) mumkinligini hisoblay boshlashibdi. Birodarlar! Shafqat qilinglar... Diqqatim oshib, miltig‘imni oldim-da, «quyon»larni otish uchun, yo‘q, yo‘q, o‘qlar ostida sayr qilish uchun darvoza tepasidagi minoraga qarab ketdim.

Kechga yaqin bizdagi ahvolni bilgani boshqa darvozalar oldidan ikki zobit keldi. Osoyishtalik hukm surayotgani uchun ularni darvoza ortidagi «xiyobon»ga, ya’ni murda-lar qalashib yotgan ko‘chaga taklif qildim. Qo‘llaridan ushlab to‘siqdan tashqariga olib o‘tdim; Nazarov, Cherkasov va boshqa zobitlar, bizga hamroh bo‘lishdi. Ochig‘ini aytsam, hozirgi sukunat yurakni siqib yuboradigan darajada og‘ir edi, yaqin joyda it hurar, yonib tamom bo‘layotgan uylarda olov chirsillardi; mendan bir gaz naridagi qum uyumi-ga shipillab tekkan o‘q bizni kuzatib turishganini anglatsa, yaqinlashib kelayotgan ovoz-lar vaqt g‘animatda juftakni urish lozimligini bildirardi, buning ustiga qurollan-magan edik. Qorong‘i tushgandan keyin Nazarov bizni yana hamlaga boshlab bordi: devor yonidagi uylarning hammasini yondirib, bu gal anchagina uzoqqa, dastlab manzil qilga-nimiz burchakkacha bordik, yong‘in shu’lasi qahramonligimizni qamal qiluvchilarga bildiradigan darajaga yetgandan keyin bironta odamimizni ham yo‘qotmay, qochib qolishni ma’qul ko‘rdik.

Nazarov butal ham tuflida ekan, oyog‘ini kuydirib olishiga sal qoldi, nima ham deysiz, tarki odat — amri mahol ekan-da!

Navbatdagi — uchinchi kunda otishmalar goh zo‘rayib, goh kamayib tursa-da, qal’aga kuchli hujum bo‘lmadi. Nazarov devor bo‘ylab ketgan ikkinchi ko‘chadagi uylarni ham yondirib yuborish uchun shahar ichkarisiga hamla uyushtirdi, bu oddiy xavfsizlik uchun zarur bo‘lib, bosh qo‘mondon uni ancha ilgari amalga oshirishi kerak edi, tabiiyki, u azbaroyi oqko‘ngilligi tufayli hamda aholiga ortiqcha zarar yetkazmaslikni o‘ylab bun-day qilmagandi — oqibatda ancha odamimiz qirildi, buning ustiga, qal’adan ajrali-shimizga sal qoldi, mabodo yengilganimizda butun O‘rta Osiyo xalqi qo‘zg‘alib ketgan bo‘lardi. Agar qal’a atrofi vaqtida tozalanib, xavfsizlik sarhadi vujudga keltiril-ganda, hujum bo‘lgan taqdirda ham ishimiz hozirgiga qaraganda besh baravar oson ke-chardi. ..

Hamlaga shaylangan otryadimiz bir qism askar va zobitni Buxoro darvozasida qoldirib, Jizzax darvozasiga yo‘l oldi. Zambarakdan o‘q uzilgandan keyin yalpisiga «ura»! deb qichqirganimiz zahoti Nazarov mushukdek epchillik bilan devorga tirmashdi. Men uni tezda quvib yetdim, oldinga chopib o‘tdim va birinchi ko‘cha muyulishiga borga-nimdan keyin, do‘kon oldida to‘xtab sheriklarimni chaqirdim: to‘zg‘ib ketgan bir to‘da olomon ko‘z oldimda qochib borardi, ba’zilari orqasiga o‘girilib o‘q uzishar, ko‘pchiligida miltiq ham yo‘q, qo‘llaridagi batik[10] yoki qilich bilan o‘zlarini himoya qilishardi. Shu yerda bir ko‘ngilsiz ish bo‘lib o‘tdi: «ura!» deb qichqirgancha ko‘cha bo‘ylab chopib borardik, men hammadan oldinda edim, qochayotgan ikki sartni quvishga berilib ketib ko‘chaning o‘ng yuziga o‘tdim, ular ham o‘ng tomonda edi, izma-iz chopaverdim. Oldindagisi darvozaga kirib ulgurdi, orqadagisiga yetib oldim, u burchakka qapishgan holda kaltagini shay qilib, meni poylab turardi, zarb bilan nayza sanchdim, ammo paxtalik to‘ni qalin ekan, buning ustiga u jon-jahdi bilan nayzaga chang solib, hamlani qaytardi, o‘z navbatida qo‘lidagi kaltagi bilen tushirib qoldi. Yoqa bo‘g‘ishib, olisha ketdik. Boshiga musht tushirishdan boshqa chora topolmadim, changalimda uylarni yoqishga mo‘ljallangan gugurt bor edi, u alanga olib, qo‘limni kuydirdi. Bunday uquvsizlarcha olishayotganimni ko‘rgan raqibim, (u soqoli oqara boshlagan baquvvat kishi edi) qo‘lidagi qurolini tashlab, menikini tortib olishga urina boshladi, baxtga qarshi darvoza ortiga yashiringan sart ham qaytadan mo‘ralab, burnini chiqarib qoldi. Hozir meni o‘ldirishlariga eqlim yetdi, atrofda hech kim yo‘q edi, kuchim boricha: «Birodarlar, qutqaringlar!» deb qich-qira boshladim, yordam kelishiga ishonmagandim, emmo eskarlar eshitishibdi: bittasi chopib kelib qoldi, qo‘lida miltiq, qulochkashlab urdi, ammo sart bu gal ham jon-jahdi bilan yopishib, nayzadan omon qoldi, shunda soldat yana sanchdi, bu safar nayza o‘z kuchini ko‘rsatdi— raqibim bukchayib qoldi. Men askarga chin dildan minnatdorchilik bildirdim va qutqargani uchun 10 so‘m va’da qildim. Ammo bu saboq ko‘zimni ochmagan ekan, askarlar orqasidan yugurib borib, ikkinchi marta oldinga o‘tib ketdim. Uzluksiz «ura» sadolari ostida siyraklashib qolgan dushmanni ta’qib qilar ekanmiz, bir nechtasi do‘konga kirib olganini ko‘rdim, yana sheriklarimdzn o‘zib ketib, ularning orqasidan o‘zimni urdim. Ko‘pchilik bo‘lib menga tashlanishdi, bittasi nima bilandir tushirdi, boshqalari miltig‘imni tortqilashardi. Tan olamanki, birodarlar, miltiqni oldirib qo‘ysam sharmanda bo‘laman, deb o‘yladim. Tag‘in askarlar jonimga ora tushdi, hemmasi-ni nayzage sanchib, meni qutqarib qolishdi. Vaqti-vaqti bilan to‘xtab, bordonlarni yoqib bordik: tez orada butun ko‘cha alanga bilan qoplandi, qaerdan o‘tgan bo‘lsak, orqamizdan qore tutun burqsib ko‘tarilardi.

Hemmzyoq do‘konga to‘la bo‘lsa ham eskarlar o‘zlarini tiyib borishdi, talonchilik qilish xayolda ham yo‘q edi, o‘ldirishga kelganda-ku, elbette, kimki duch kelsa hammasini o‘ldirib ketaverishdi, ammo ortiqcha shafqatsizlikka yo‘l qo‘yilmadi. Bir marta ko‘rib qoldim, eskarlardan biri cho‘zilib yotgan o‘likning ko‘ziga nayza sanchdi va shunday tort-qilab ag‘dardiqi, hatto qirsillagan ovoz chiqib ketdi, men: «Nima qilayapsan, o‘zi», deyishga og‘iz juftlagan ham edimki, Nazarov uning basharasiga sharaq etkazib tarsaki solib yubordi: «Hoy ablah, o‘likkayam tegasanmi!» Shu taxlitda Buxoro darvozasigacha yetib bordik, ikki-uch kishigina safdan chiqdi, ular ham yaralangan edi, xolos.

Qaytib kelsak, bizni qutvol bir necha zobit bilan kutib turgan ekan, Nazarov jude oz odam bilen tavakkal qilib hujumga o‘tdi, degan xabarni eshitib, qattiq qo‘rqib ketibdi, talafot ko‘rmagznimizni bilgandan keyingina u tinchlandi. Biz safga tizildik, men o‘ng qanotde turdim; Shtempel ta’sirli iboralar bilan hujumlarni qaytarganimiz va dadil hamla uyushtirganimiz uchun minnatdorchilik bildirdi, sha’nimga aytilg‘on bir necha juft maqtov so‘zlarini yig‘idan o‘zimni zo‘rg‘a tiygan holda to‘lqinlanib eshitdim.

Ma’lum bo‘lishicha, shovvoz Shtempelga: «Nazerov odamlarni rosa mast qilib ular bilan shaharga qochib ketdi», deb uni ishontirishgen ekan — u noqulay ehvolda qoldi va bundan qutulishning to‘g‘ri yo‘lini topdi. Boz ustiga, ming eshitgandan bir ko‘rgan yaxshi deganlaridek, istiqbolimizga chiqib hamma shubhayu gumonga chek qo‘yadigan ish qildi.

Mening olishuvlarim haqida rosa hezil-huzul geplar tarqaldi. Birinchi gal-dagisini «xaloskorim» bichib-to‘qirdi, keyin yetib kelganlar bu to‘qnashuvni ko‘rolmay qolishgandi. «Kimdir «Qutqaringlar!» deb baqirayotganini eshitib qoldim,— der edi u.— G‘izillab borsam, Vzsiliy Vasilevich, rangida qon qolmapti, naq ajalning o‘zi deysiz! Keksa bir sart bilan olishib yotipti...» Ikkinchi «hodisa» katta ko‘chada, hammaning ko‘z o‘ngida yuz bergan edi, uni ko‘rgan zobitlar keyinchalik: «Vasiliy Vesilevich, nima gap o‘zi, do‘konga taklif qilishuvdimi?» yoki «Vasiliy Vasilevich, miltig‘ingizni tortib olishlariga sal qoldi deyishadi, shu gap rostmi?» qabilida tegajoqlik qilib kulib yurishdi... Tan olemenki, meni boshqa narsa xuddi vahimali tushdek qattiq azobga solardi, buni boshqalarga bildirmasdim, albetta. Nega revolverimni ishlatmadim o‘shanda? Cho‘ntagimde kichikroq bo‘lsa-da, «Smit i Vesson» bor edi, kalibri unchalik emasdi-ku, ammo yaqin masofadan otilsa odamni o‘ldirishga kifoya qilardi. Nime uchun uni ishlatmedim? Javobi oson, uni unutib qo‘ygan edim. Keyinchalik ham, goho kunduzi, goho uyquga yotganimda yo behos uyg‘onib ketganimde ena shu paytdagi xatti-harakatlarimni ko‘p marta tahlil qilib chiqdim, xayolimdz o‘sha olishuvni jonlantirib ko‘rdim va revolverimdan ikki, hatto uch bor o‘q uzdim yoki xuddi askar qilgeni kabi dushman qo‘lidan nayzani tortib olib, qaytadan sanchib, ich-ichigacha kirgazdim... Har holda, buni eskargina eplay olardi, deb taskin berardim o‘zimga, sababi, men raqibning kaltak tutgan qo‘lini ushlab turgandim. Nima bo‘lganda ham epsizligimni kechirolmay yurdim, faqat yaqindagina bir ishonch tufayli tasalli topdim, eng oddiy narsani amalga oshirishdan qiyini yo‘q ekan...

 

IV

Havo isib ketdi. Xotiralarimni qayd etib bbradigan daftarlarim hozir qo‘limda yo‘qligi uchun oyning qaysi kuni ekanini aniq aytolmayman, ammo mayning oxirlari edi, quyosh ayovsiz qizdirardi, darvozamiz atrofida yotgan murdalar badbo‘y hid tarqata boshladi, chidashdan o‘zga iloj yo‘q, uzluksiz hujum qilib turishgani uchun devordan tashqariga chiqib bo‘lmasdi — ortiqcha qurbon berishni xohlamasdik. Salgina osoyishtalik boshlangach, Nazarov o‘liklarni yig‘ishtirib olish uchun tashqariga chiqishga qaror qildi, bu ko‘ngilsiz ish bilan band bo‘lgan chog‘imizda alohida bir guruh bizni qo‘riqlab turdi, murdalardan chiqayotgan hiddan qattiq jirkanishimga qaramay, asosiy xizmatni tag‘in o‘z zimmamga olishimga to‘g‘ri keldi. Ishonasizmi, hech kim betlab borolmasdi, askarlarning hammasi qusib yuboraverdi. Cherkasov-ku amallab buyruq qilib turdi, lekin qadrli Voronets bir necha urinishdan keyin ko‘zlari qizarib, zo‘rg‘a bir chekkaga chiqib oldi. Iloj yo‘q, men ilinadigan joylarga nayzasanchib, murdalarni sudrab yo‘l chetidagi katta ariq, ya’ni zovurga tashlab kelaverdim. Shundoq devor yonida dahshatli ilk hujum chog‘idayoq o‘q yegan bo‘z ot cho‘zilib yotardi, aftidan egasi boshliqlardan bo‘lsa kerak, mana shu baquvvat tulporni o‘ynatib, oldingi safda kelayotganida o‘qqa uchganini ko‘rgandim, uni shu zahotiyoq suyab olib ketishdi, o‘lik otning esa, mana endi yaqiniga yo‘lash ham qiyin bo‘lib turibdi. Uni joyidan qo‘zg‘atganimizda irib yotgani uchun bo‘g‘im-bo‘g‘imidan titilib ketdi — bu manzarani tasvirlashning o‘zi mashaqqat — hammamiz o‘qchiy boshladik, ba’zilar ikki bukilib, ba’zilar emaklab chekka-chekkaga qochdi —sassig‘iga turib bo‘lmasdi! Axiyri, qat’iy buyruqlar ta’sirida insofli odamlar chiqib, otning sochilgan losh-lushini yig‘ishtirib, bir chekkaga olib ketishdi.

Qayd qilishim kerakki, askarlar orasida yaqqol ko‘rinib turgan xavf-xatarga tikka boraveradigani kam topilardi, ammo ajoyib, botir yigitlar bor edi. Masalan, baquvvat, kallaxum malla Ivanov buyurilgan har qanday topshiriqni tap tortmasdan bajarardi. U qo‘rquvni pisand qilmasdi. Ichida nima borligini bilmayman-u, sirtdan qaragan-da u o‘ta yalqovga o‘xshab ko‘rinar edi. Samarqanddagi jangu jadallardan omon chiqdi, ammo, keyinchalik menga aytishlaricha, bosqinlardan birida o‘qqa uchibdi. Mana shu pahlavon yigitning noshudligi oqibatida minoraga o‘q otish uchun chiqqan 10—20 chog‘li odam o‘lib ketishimizga oz qoldi. Qamal qilayotganlar devor ostida qandaydir ishga zo‘r berishayotgan edi, lahm kavlayotgan bo‘lishsa kerak, deb o‘yladik, buning ustiga poyloqchilar ham qo‘yib qo‘yishgandi, hamla uyushtirib, odamlarimizni xavf ostida qoldirgandan ko‘ra, qo‘l granatalari bilan saranjomlab qo‘ya qolishni mo‘ljalladik. Bu ishni Ivanov qoyillatmoqchi bo‘ldi, u balandlikka o‘rnatilgan xariga osilgancha o‘rtoqlari bilan shivirlashib, so‘kinib gaplasha boshladi. «Nega qarab turibsan, uzat!», «Ma, ol, tag‘in sal balandroq chiq!» «Balanding nimasi, kerak bo‘lsa o‘zing chiq, hali tashqariniyam xohlab qolarsan!» Nihoyat, u qo‘liga granatani oldi, qulochkashlab uloqtiraman deganda, falo-kat bosib, naq o‘rtamizga tushirib yuborsa bo‘ladimi!.. Hamma, shu jumladan men, qo‘r-quvdan dong qotib qoldik, so‘ng ahvol chatoqligini sezib, quyondek sakrab chiqar ekanman, qichqirdim: «Qochinglar, birodarlar!» Hammamiz, shu qatori Ivanov ham, qochib ulgurdik, dahshatli portlash eshitildi, u tor joyda yorilgani uchun bir dunyo g‘isht va toshlarni ustimizga yog‘dirdi. Ivanovning o‘rtoqlariga bahona topildi deng. Ertadan-kechgacha uni mazax qilishardi: «Hammamizni shu yerda o‘ldirib qo‘yganingda nima bo‘lar-di, a, Ivanuf? Yo‘q, hammasiyam mayli-yu, Vasiliy Vasilevichni saranjomlab qo‘yay deganini aytmaysanmi?» Ivanov xijolatdan o‘zini qo‘yishga joy topolmas edi. Doim yoniga tushardim: «Bo‘ldi-da endi, o‘tgan ishga salavot, hadeb xafa qilaverasizlarmi?» Ammo hazilkashlar o‘rni kelishi bilanoq tegajoqlikni boshlashardi: «Qani, Ivanuf, qanday qilib bizni portlatib yubormoqchi bo‘lding, aytib ber-chi!»

Qamalning birinchi kuniyoq qutvol yerlilardan birini general Kaufmanga chopar qilib yuborgan ekan, u qanday qilib bo‘lmasin bizga javob olib kelishga va’da beripti. Topshiriqni bajargani evaziga bu yigitga 100 so‘m pul hamda qo‘shimcha imtiyozlar va’da qilingan ekan, undan darak bo‘lmagach, o‘ldirishgandir, deb o‘yladik, darhaqiqat, shunday bo‘lib chiqdi. Har kuni mayor Serov katta mukofotlar evaziga ishonchli kishilarni izlardi, bizning nochor ahvolimizni bosh qo‘mondonga yetkazishni zimmasiga oluvchilar ko‘payib ketdi. Qutvol nemis tilida qisqagina xat bitib, hujumlar to‘xtamayotgani, toza suv, tuz yetishmay qolayotgani, o‘lgan va yaradorlar ko‘pligini, xullas, ahvol og‘irligini ma’lum qilgandi... Javob yo‘q edi! Keyinroq eshitdimki, kuchli hujumdan so‘ng, ya’ni ikkinchi kuniyoq qutvol harbiy kengash chaqirgan ekan, unda oxirgi imkoniyat qolguncha kurashamiz, m.abodo mag‘lub bo‘lsak, ya’ni qal’aga yorib kirishsa, hammani amir saroyiga to‘plab, oxirgi nafasgacha himoyalanamiz, keyin esa binoni portlatib yuboramiz degan qarorga kelishibdi. Shunisigayam rahmat!.. Nazarov esa, menga aytishlaricha, bunga ko‘nmapti, agar qal’ani topshirishga to‘g‘ri kelsa, garnizonning qolgan-qutgan kuchlari bilan yorib o‘tib, asosiy otryadga yetib olishni taklif qilipti. Mulohazasi inobatga olinmagan bo‘lsa-da, keyinroq menga vaziyat taqozo etsa, baribir shundoq qilaman, ya’ni tavakkal qilib, o‘zim yorib o‘taman, deb gapirib yurdi. Shtempelga kelganda, bu zaif, ajin bosgan, yoqimtoy, kamgap rus nemisi, aslida nemis tilini zo‘r-bazo‘r gapirar-di, buyruqni bekami-ko‘st ado etib, bizlarni avvalo havoga to‘zg‘itib, so‘ngra hech kim qaytib kelmaydigan makonga jo‘natib yuborishdan tap tortmagan bo‘lardi.

Biz, yoshlar, hali hech narsani bilmasdik, komandirlarimiz shunchalik qonxo‘r qaror chiqarib qo‘ygani xayolimizga ham kelmasdi. Uchinchi kunda, Serovning ayg‘oqchilari yetkazgan ma’lumotga ko‘ra, general Kaufman bizni qutqarish uchun kelayapti, degan gap tarqaldi, qutvol ko‘nglimizni ko‘tarish uchun bu xabarni butun garnizonga eshittirib chiqdi, ammo bunga to‘la ishonib bo‘lmasdi. Keyinchalik bildikki, yuqoridagi ma’lumotlarni Kaufmanga eltayotgan yigitlarning birontasi ham uning huzuriga yeta olmapti; ularning hammasini yo‘lda tutib olib, so‘yib yuborishibdi. Piyoda holda, yashirinib, emaklab ketayotganlar ham omon qolmabdi. General esa Zirabuloq atrofida amir qo‘shinini yenggandan keyin hujumni to‘xtatgan ekan, bu xabar odatdagidek shamol tezligida tarqalib, Samarqandni qamal qilayotgan dovyuraklarning shahdini ancha bo‘shashtirib qo‘yibdi.

Amir tor-mor etilgach, Kaufman harbiy kengash chaqirib, olg‘a yuramizmi yoki qaytamizmi degan masalani muhokamaga qo‘yadi. Mening qadrdonim, general Geyns to‘xtovsiz Buxoroga yurish, uni kunpaya-kun qilib, shu yerda amir bilan sulh tuzishni maslahat beradi; general Golovachyov qarshi fikr bildiradi; u Samarqanddan xabar kelmayotganiga diqqatni tortadi, shaharda qo‘zg‘olon ko‘tarilib, ayrim mish-mishlarga qaraganda qal’a qamal qilingan yoki shahrisabzliklar ko‘magida zabt etilgan bo‘lsa kerak, deydi. Bizdan xabar yo‘qligidan qattiq xavotirga tushayotgan general Kaufman ham keyingi mulohazaga qo‘shiladi, shunday qilib biz qutulib qoldik, otryad Buxoroga yurganda, qal’ani ushlab turolmasligimiz aniq edi. Misol uchun, shaxsan o‘zim, jasur va tolmas himoyachilardan biri sifatida dadil ayta olamanki, charchaganimni seza boshlagandim: ikkinchi kungi kuchli hujumdan keyin mutlaqo samimiy holda o‘zimga-o‘zim agar ahvol mana shunday davom etsa, «kuchimiz yetadimi-yo‘qmi?» deb savol bergan va «dargumon» deb javob qaytargan edim.

Xudo bechoralarni o‘z panohida asraydi, Deyishadi. G.larning biri juda aqlli, iste’dodli edi, ikkinchi G. esa botir bo‘lsa-da, qobiliyati yorqin sezilmasdi, qarangki, birinchisi yanglishgandi, ikkinchisi esa vaziyatni to‘g‘ri baholadi, buning uchun rahmat, eng muhimi, uni tangri yorlaqasin, u yaqinda qora-yurishlardan birida halok bo‘ldi.

Asosiy otryad yordamga kelayapti, degan xabarni eshitdik, ammo kunlar o‘tsa-da, undan darak yo‘q edi. Odatdagidek, ertadan-kechgacha otishma to‘xtamasdi, goh u, goh bu yoq-dan hujumga o‘tishardi-yu, ammo u ilgarigidek shiddatli emasdi. Hujumchilar kamayib borayotganini ko‘rib turardik, keyin bilsak, Shahrisabz qo‘shini Yarim podshoh g‘azabidan qo‘rqib, ular general-gubernatorni shunday atashardi, ketib qola boshlabdi va tez orada butunlay g‘oyib bo‘libdi.

Shu vaqt ichida savdogarlarimiz ham ancha tetiklashib qolishdi, bir to‘da bo‘lishib, birga istiqomat qiladigan ta’minot boshlig‘i hamrohligida devor ustiga chiqishdi. Hayhot! Shu zahotiyoq otaxon komandir, ta’minot boshlig‘i o‘q yeb o‘ldi, ta’zirini yegan butun guruh ikkinchi dadillik qilmaydigan bo‘lib, uyga qarab juftakni rostlashdi.

Biz boshqa hamlaga chiqmay qo‘ydik, busiz ham talafot kuchli edi, qutvol tavakkal qilishni ma’qullamadi, ammo devor yaqinidagi uylarni yondirishda davom etdik. Nazarov otryad kelishi kutilayotgan Buxoro darvozasi tarafdagi uylarni bitta qoldirmay yondirib chiqdi, o‘zining tan olishicha, shu yo‘l bilan qo‘mondonga safarga chiqishdan ol-din qal’a xavfsizligini ta’minlamaganini ta’kidlab ko‘rsatib qo‘ymoqchi ekan.

Ko‘pdan-ko‘p fazilatlarga ega bo‘lgan Kaufman yuksak darajadagi olijanob inson ekanini ham aytib o‘tsak zarar qilmaydi: Samarqand zabt etilganda aholiga tirnoqcha ozor yetkazmadi, shuning uchun u qal’a atrofida yashaydigan va bizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarshilik ko‘rsatmagan behisob odamlarni xonavayron qilishni xohlamagan edi, albatta — qal’ani mudofaaga shaylamasdan turib, amirga qarshi yurish boshlaganiga sabab shu edi.

G‘allamiz yetarli edi, eslatib o‘tganimdek, tuz kamayib borardi, go‘shtimiz ham ko‘p edi, ammo ot va mollarga yem-xashak yetishmay qolayotgandi, harbiy holat taqozosiga ko‘ra o‘zimizcha pichan g‘amlashga kirishdik. Devor tagidan qazilgan lahmdan chiqib, poyloqchilik qilib turardik, o‘roqchi askarlarimiz chor atrofdagi bog‘lardan beda o‘rishardi, mo‘ljaldagi miqdorga yetgach, hech qanday ziyon-zahmatsiz tichgina qal’aga kirib olardik.

Tezda xalos bo‘lishimizni kutib yotganimizda artilleriya boshlig‘i minorasidan yaradorlarimizga qarata o‘q otilgan machitni vayron qilmoqchi bo‘lipti. Machitlarga ishqibozligimni bilgan savdogar Trubchaninov meni daraklab keldi:

— Vasiliy Vasilevich, suvoqlarini ko‘chirib yuborishadi-ku!

U suvoq deb machitni boshdan-oyoq bezab turgan va men har doim zavqlanib tomosha qiladigan ganchlarni aytayotgan edi.

— Qaerda? Qanday qilib?!

Men M.ning oldiga yugurib bordim va minoraga zahmat yetkazmaslikka zo‘rg‘a-zo‘rg‘a ko‘ndirdim, ammo bir necha yadro otishga ulgurishgan ekan.

Qamalning beshinchi yoqi oltinchi kuni, yaxshi eslolmayman, darvoza oldida qog‘oz silkitayotgan bir odam ko‘rindi. Nazarov otmanglar, deb tayinladi va uni chaqirdi. Ser-soqoya, o‘limni pisand qilmaydigan bahodir yigit ekan, o‘qtalib turgan miltiqlarimiz-dan tap tortmay maktubni olib keldi, yozuvi boshqacha bo‘lgani uchun Nazarov menga uni qutvolga yetkazishni buyurdi. Men qog‘ozni olib, miltig‘imni yelkamga osdim-da, o‘z iz-zatini bilib, mag‘rur turgan elchini haydab ketdim; amir saroyi bo‘sag‘asida yaradorla-rimiz va boshqa har xil harbiy asbob-anjomlar yotgan edi, dastro‘mol bilan ko‘zini bog‘lar ekanman, unga yerlilar[11] tilida:

— Qo‘rqma,— dedim.

— Hech narsadan qo‘rqmayman, — deb javob berdi u.

Yelkasidan ushlagan holda, qutvolning xonasigacha yetaklab bordim va bog‘ichni yechdim. Shtempel huzurida yerlilar[12] tilini yaxshi biladigan Serov o‘tirgan ekan. U qog‘ozni qo‘liga olib, ko‘z yugurtirgach: og‘ziga olib bo‘lmaydigan eng boloxonador so‘zlar bilan yigitni so‘ka boshladi, ma’lum bo‘lishicha, u taslim bo‘lishga da’vat etuvchi maktub olib kelgan ekan. «Qutulishingizga yo‘l yo‘q,— deb yozishgandi qamal qiluvchilar,— qal’ani topshirsanglar, sog‘-salomat chiqarib yuboramiz».

—- Boshqa keragim yo‘qmi?!—so‘radim boshliqlardan.

— Yo‘q, ketishingiz mumkin.

Men qaytib kelib, taslim bo‘lishga da’vat etishgani va bu taklifdan jazavaga tush-gan qutvol elchini nihoyatda yomon qarshilaganini o‘zimiznikilarga so‘zlab berdim.

Yordam kelayapti, deb eshitgan va hech qanday darak yo‘qligini ko‘rib toqati toq bo‘lgan askarlar orasida yana: «bu yerda qishlaymiz, shekilli, bizni unutib yuborishdi», degan gaplar oralab qoldi. Nihoyat, yettinchi kuni, sahar chog‘ida general huzuriga eson-omon yetib borgan yosh bir yigit javob maktubini olib keldi. Uni naq halaskorimiz sifatida qarshiladik, chang-to‘zonga botgan, afti-basharasi iflos, irkit latta-puttalarga o‘rangan bo‘lsa-da u hammaning ko‘ziga olovdek ko‘rindi. Buning ustiga, uning o‘zi ham qanchalik muhim topshiriqni ado etgani va jasorati uchun 300 so‘m pul mukofoti hamda askarlarga beriladigan avliyo Georgiy nishoni bilan (agar yanglishmagan bo‘lsam) taqdirlanganidan xabardor edi. «Bardam bo‘linglar,—deb yozgan edi general Kaufman qutvolga,—ertaga men oldingizda bo‘laman». Maktub mazmuni bilan tanishganimizdan keyin qal’a bo‘ylab shunaqangi kuchli «ura!» sadolari jarangladiki! Albatta, qo‘zg‘olonchilar yutqizishayotganini anglashdi va bir necha g‘azabnok o‘q uzishdan boshqa chora topisholmadi, endi ular bizni jiddiy tashvishga solmay qo‘yishgandi. Ma’lum bo‘lishicha, boyagi yigitgina otryadga o‘tib olishga va qaytib kelishga ulgurgan ekan, qolgan oltitasini yo‘lda ushlab o‘ldirishibdi.

Otishmalar davom etib turdi, hatto kechasi trevoga ko‘tarildi, qorong‘ida qisqa hujumga o‘tib ko‘rishdi, ammo, baribir, bizning jangnomamiz oxiriga yetgan edi.

Shu tunda otryad shahardan salgina uzoqda tunadi, otishma ovozi eshitilib turar, ayniqsa, zambaraklar tovushi general Kaufmanni xavotirga solipti. Keyinchalik G.ning menga aytishicha, qal’a qo‘ldan ketib qolmasin, deb tuni bo‘yi uxlamay chiqqan ekan.

Keyingi kuni Nazarov va boshqa zobitlar otryadni birga kutib olaylik, deb qistalang qilishlariga quloq solmay hujraga yo‘l oldim va sakkiz kun mobaynida birinchi marta toza choyshab ustida yotib, uxlamoqchi bo‘ldim. Ammo buning uddasidan chiqolmadim, asablar hamon tarang edi. Endi mudray boshlaganimda xonamga Nikolay Nikolaevich Nazarov bostirib kirib keldi.

— Vasiliy Vasilevich! Menga yangi batalon berishdi, yuring, shaharni yondiramiz!

— Yo‘q, bormayman,— javob berdim men.

— Nahotki, bormasangiz?!

— Yo‘q.

— Unda yolg‘iz boraveraman, mayli Nazarov Samarqandga o‘t qo‘ydi, deb hamma gapirsin!!!

Tez orada ko‘tarilgan ulkan qora tutun ustuni Nazarov ishga kirishganidan darak berdi — kattakon bozor gurullab yonar edi.

Olijanob Kaufman keskin choralar zarurligini mutlaqo anglagan holda ataylab Samarqanddan bir necha chaqirim uzoqlikda tunagan, bu bilan ko‘p sonli aholi, ayniqsa, ayollar va bolalar qochib ketishiga imkon qoldirgan edi. Endi bo‘lsa shaharni rosmanasiga vayron qilish, hech kimni va hech narsani ayab o‘tirmaslik to‘g‘risida shafqatsizlarcha buyruq bergandi.

O‘z ixtiyori bilan jazolovchilar to‘dasiga qo‘shilgan harbiy ta’minotchi ma’murlardan biri menga so‘zlab berdi: «Bir qancha askarlar bilan bir uyga bostirib kirdik, qarib qoq suyak bo‘lib ketgan kampir bizni «Omon, omon!» deb qarshiladi. O‘tirgan chiltasining ostida bir narsa qimirlaydi — qarasak, 16 yoshlardagi yigitcha yashiringan ekan! Sudrab chiqdik va, albatta, buvisiga qo‘shib, nayzaga tortdik».

Askarlarga do‘konlarni talashga ruxsat berilgandi, u yoqdan nimalarni olib chiqishmadi deysiz! Ular yerlilarning biri-biridan chiroyli va nafis kiyimlarini kiyib, taqinchoqlarini taqib shunday g‘alati kepataga tushishgandiki, ko‘rgan kishi kulgidan o‘zini sira tiyolmas edi. Bu yerda arzimagan bir-ikki so‘mga etnograf uchun butun boshli hazinaga arziydigan buyumlarni sotib olish mumkin edi.

Yong‘in paytida qanchadan-qancha mo‘‘jizalar: ko‘hna yodgorliklar, o‘ymakor darvoza-lar, ustunlar va boshqa narsalar yonib ketdiki, eslashning o‘zi dahshat!

Nazarov sakkiz kunlik qamal chog‘ida besaranjomlik keltirgan ko‘hna shahar bilan ana shu tarzda hisob-kitob qilib, taskin topayotgan edi: ayniqsa, u minorasidan turib yaradorlarimiz va zambaraklarimizga qarab o‘t otilgan Sherdor madrasasiga butun qahru g‘azabini sochgandi, «La’nati machitdagilarning hammasini nayzaga sanchdim», deb maqtangandi keyin u. Mana shu machitda men taniydigan mulla xizmat qilardi, garchi bizga qarata mash’um o‘q uzilgan paytda u ham ishtirok etgan, deb zimdan tusmol qilsam-da, uning taqdiriga befarq qaray olmadim, Nazarov bilan qirg‘inda birga qatnashgan zobitlarning biridan machitda odam ko‘p edimi, deb so‘radim. «Yo‘q, ko‘p emasdi,—deb javob berdi u.

La’natilar qochib qolishibdi!» Yengil nafas oldim. «Faqat bir keksa mullaga duch keldik, ishonasizmi, u xuddi mushukka o‘xshab qochib, minoraning uchiga chiqib oldi».

— Keyin-chi?

Keyinmi? Albatta, nayza sanchib uloqtirib yuborishdi.

— Uf!!

General Kaufman ko‘z o‘ngimda aniq jonlanib turibdi, shuncha alg‘ov-dalg‘ovdan keyin u yonida qurol topilgani uchun ushlangan yoki boshqa noxush ishlarda gumonsirab qo‘lga olingan turli-tuman odamlarni saroyda sudlab, jazoga hukm qilardi. Zobitlar qurshovida safar o‘rindig‘iga yastanib olgan olijanob Konstantin Petrovich to‘xtovsiz papiros chekar va mutlaqo shafqatsiz ohangda: «Otib tashlansin, otib tashlansin, otib tashlansin, otib tashlansin!» degan gapni takrorlardi, xolos.

Shu yerdan o‘tib ketayotib, tasodifan bu manzaraga ko‘zim tushib qoldi: mahkumlar orasida sulh taklif qilib darvozamiz oldiga kelgan tanish elchi ham bor edi.

— Nahotki uni ham otib tashlashsa,— so‘radim shu yerda turgan general G.dan,— bu odamni mard va intizomli kishi deb bilaman.

— Konstantin Petrovichga ayting, — javob berdi u. — Siz uchun qo‘yib yuborar. General-gubernatorga murojaat qilishdan oldin qutvoldan so‘rash uchun o‘zimda

jur’at topdim:

— Mayor, nima uchun elchiga jazo berilayapti yodingizda bo‘lsa, u o‘zini juda sipo tutgan edi-ku?!

— Aksincha, u nihoyatda surbet edi, marhamat qilib, menga boshqa narsalarni aniqlashda ko‘maklashing.

Ko‘rdimki, aralashuvdan hech qanday natija yo‘q, chekinishga majbur bo‘ldim: bitta ko‘p o‘ldi nima-yu, bitta kam o‘ldi nima!..

Shu fursat ichida elchiga ham «otib tashlansin!» degan mash’um hukm o‘qildi, u hamma gapni anglab turgan bo‘lsa kerak, jiqqa terga botgan edi. Saroydan chiqar ekan, bechora suv so‘radi, unga suv berishdi, u ichdi, yengi bilan labini artdi va «hech qanday g‘am-g‘ussa, nolayuzor» yo‘q bo‘lgan makonga qarab itoatkorlik bilan yurib keta boshladi.

«Russkaya starina» oynomasining 1888 yil 9-sonidan olindi

Ortiqboy Abdullayev tarjimasi.

«Sharq yulduzi»jurnali, 1991 yil, 4-son.

__________________

[1] Turkistonning birinchi general-gubernatori, bosqinchi rus armiyasining bosh qo‘mondoni.
[2] Rassom bunday muhtasham uylarni avval ko‘rmagani uchun hatto ularning nomini ham bilmaydi va Kavkazdagidek «Sakla» deb ataydi. Zobit bunday atama Turkiston shaharlarida umuman ishlatilmagani haqida o‘ylab o‘tirmaydi ham. (Maxsus ko‘rsatilmaganidan boshqa barcha izohlar tarjimonniki — Tahririyat).
[3] Shafqatsizligi bilan nom chiqargan chor zobiti. Ayniqsa, Xiva urushida, Qo‘qon xonligini zabt etishda «o‘zini ko‘rsatgan». Yovmut turkmanlarini qatli om etgan chor qo‘shinlariga qo‘mondonlik qilgan.
[4] Rusiya va ovrupoliklar Amir Temurni kamsitib, ana shu tahqirlovchi nom bilan ataganlar.
[5] Gap bu yerda rus qo‘shinlarining Buxoroga hujumga otlangani haqida ketayapti.
[6] Oziq-ovqat, qurol-yarog‘ va boshqa narsalarni eltadigan hamda pochta tashiydigan maxsus qism.
[7] Bu yerda ham «sakla» deyilgan.
[8] Bu afg‘on surati chala holda I. N. Tereshchenko qo‘lida saqlanmoqda — V. V.
[9] Matnda aynan shunday.
[10] Batik — uchiga temir zo‘ldir va igna o‘rnatilgan kaltak — V. V. Vereshchagin izohi.
[11] Bu yerda ham «tuzemets» so‘zi ishlatilgan.
[12] Bu yerda ham, shunday.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.