Qalbingizni ma'rifat ziyosi munavvar etsin!
- Подробности
- Опубликовано: 26.10.2013 16:28
Assalomu alaykum!
Ziyouz portalini tashkil etishdan maqsad insonlarga haqiqiy ma'noda ziyo ulashishdir. Zero, ziyo deb jismning o`zidan chiqqan yorug`likka aytiladi. Ilm ziyodir, ma'rifat ziyodir, iymon ziyodir, sabr ziyodir. Bekorga xalqimiz ilm-ma'rifatli, iymon-e'tiqodli insonlarni ziyoli deb atamaydi. Ular ilm-ma'rifat orqali insonlarga ziyo ulashadilar va ikki dunyo saodatiga erishadilar. Jamiyatni faqat ma'rifat ziyosigina zalolatdan saqlab qoladi. Haqiqatni anglash, bilish va uni tarqatish bilan inson ziyoga erishadi. Qalbida ziyo bo`lgan zotlar hech nimadan qo`rqishmaydi. Ularning yo`llarini ziyo yoritadi. Ziyo ularni ulug`likka yetaklaydi.
Hozirgi zamonda yoshlarimizning ilm-ma'rifatdan og`ib ketishayotganlari, o`tkinchi orzu-havaslarga berilib, haqiqatni unutayozganlari bor gap. Informatsion dunyoda taraqqiy etgan texnologiya insonni dangasa qilib qo`yayapti. Insoniyat tobora ilm-ma'rifatdan, ziyodan bebahra qolmoqda. Ota-bobolarimiz erishgan ilmiy-ma'rifiy yutuqlarga bugun erishish ertakka aylanib ulgurgan. Bashariyat faqatgina bugungi kuni bilan yashashga o`rganib qolmoqda…
Ilm-ma'rifatning oramizdan ko`tarilishi dahshat emasmi? Nega yoshlar orasida kuchli tafakkur egalari kam? Navoiylar, Ulug`beklar bizning yoshimizda erishgan ilm cho`qqilarining 10 dan biriga biz ham yetdikmi? Nima uchun 10 yoshgacha Qur'oni karimni yodlab mukammal bilish, ming-ming misra she'rni yoddan aytish, ma'lum kashfiyotlarni yosh bo`laturib amalga oshirish, juda ko`p tillarni mukammal bilish va unda bemalol ijod qilish kabi holatlar oddiy hodisa emas? Nega uyimizda kutubxonalarimia yo`q? Nega ilm, kitob talash emas? Nima uchun kutubxonalarimiz gavjum emas, bozorlarimizdek? Olgan kiyimimizni maqtaymizu, nega yangi o`qigan kitobimizdan, olgan bilimimizdan maqtamaymiz? Biz - yoshlar nega dangasa bo`lib qoldik? Turli xil komputer o`yinlari, video bilan hamnafas o`sayotgan kichik yoshlilardan keyin nimani kutish mumkin? Nima uchun ilmga rag`bat so`nib bormoqda? Bu kabi minglab savollar ziyo istagan ko`ngillarni doimo bezovta qilishi aniq. Zero, bizning maqsadimiz ham yoshlarimizni ilmga, ziyoga chorlashdir.
Saytimizning hozirgi - kambag'algina ko`rinishidan ranjimang. Zero, saytni qiziqarli xabarlar, maqolalar, she'ru hikoyalar, kitoblar, boringki ziyo bilan to`ldirib borish bizning vazifamizdir. Berilgan materiallar sizlarda ham qiziqish uyg`otib, ozgina ma'rifiy ziyo ulashgan bo`lsa, o`zimni baxtiyor his etardim.
Qalbingizni ma'rifat ziyosi munavvar etsin!
Sizlarga cheksiz hurmat ila,
Davronbek Tojialiyev,
Ziyouz portali Bosh muharriri
Tavsiya etamiz
Сўнгги мақолалар
- Ўзбекистон–Туркманистон: стратегик ҳамкорлик янада мустаҳкамланади
- Маҳмадиёр Асадов. Ҳақиқат излаб (Стендаль)
- Ҳафта воқеалари №5: «Вақф» жамоат фонди, ўзгарган диний қўмита, норози талабалар, сохта ДХХ ходим ўмарган ярим миллион $
- Дунёнинг буюк романлари: Франсуа Рабле. Гаргантюа ва Пантагрюэль
- Шаҳло Аҳророва. Худонинг меҳмони (ҳикоя)
- Опера санъатининг ислоҳотчиси (Фёдор Шаляпин)
- Миллион-миллион шамнинг шуъласи (Озод Шарафиддинов билан суҳбат) (1999)
- Альфонс Доде. Сўнгги сабоқ (ҳикоя)
- Кастамонуда 9-Турк дунёси адабий нашрлари конгресси бўлиб ўтди
- Ли Шан-Ин. Ҳикматли мансуралар
- Қиёмиддин Назаров. Кўҳна тарих нидолари
- Гулноза Одилова. Эдгар Понинг тахайюл олами
- Шуҳрат Ризаев. Ойбек ҳақида сўз
- Шойим Бўтаев. “Шукур, айт-чи, бу ҳаёт нима?” (эссе)
- Польшадан чиққан даҳо (Фредерик Шопен)
Facebook sahifamiz
2004-2018 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.
.