OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Buyuklar so'zi

 Odam o`z qilmishini oqlash uchun bir sababdan boshqa har qanday sababni topadi, o`z jinoyatlarini oqlash uchun bir bahonadan boshqa har qanday bahonani topadi, o`z tinchini ta’minlash uchun bir vajdan boshqa har qanday vajni topadi-yu, faqat o`zining QO`RQOQligini o`ylamaydi.
Shou

Yutganing o`zingniki, chaynaganing – gumon.
Cho`lpon

Hammaga do`st bo`lgan odam hech kimga do`st emas.
Arastu

Qisqalik – iste’dodning singlisi.
Chexov

Dunyodagi eng sergap odamlar bekorchilardir.Pavlenko

O`zgalar sirini oshkor etish – sotqinlik, o`z sirini oshkor etish axmoqlikdir.
Valter

Haqiqiy do`st boshga kulfat tushganda bilinadi.
Ezop

O`rganish hech qachon kech emas.
Kvintilian

Hechdan ko`ra kech.
Tit Liviy

Keldim, ko`rdim, g’alaba qozondim.
Sezar

Chehra – qalbning oynasi.
Sitseron

Aflotun – do`st, lekin haqiqat ulug`roqdir.
Arastu

Davlat – bu mening o`zim.
Lyudovig XIV

Suqrot – do`st, lekin eng yaqin do`st – haqiqat.
Aflotun

Sen pashshadan fil yasamoqchimisan?
Lukian

Insonni qidiryapman.
Diogen

Donishmadlik – fanlarning eng anig’i.
Arastu

Kishi o`zganing baxtidan baxt topsa, u haqiqiy yashagan hisoblanadi.
Gyote

Yolg`on ham ichkilikbozlikning o`zi. Yolg`onchi o`layotganda ham yolg`on gapirib o`ladi.
Chexov

Haqiqatni yomon ko`radigan odamlar uni dadil aytadiganlarni ham yomon ko`radilar.
Felenon

Taraqqiyot tasodif emas, zaruratdir.
Spenser

Eng katta xato odam o`zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.
Karleyl

Haqiqatdan qo`rqmaydigan odamning yolg`ondan qo`rqishiga asos yo`q.
Jeferson

Xayol bilimdan muhimroq.
Enshteyn

G`oya faktdan yuqori turadi.
Balzak

Ko`pgina buyuk haqiqatlar avvaliga masxaralangan.
Shou

Vaqti kelib fan xayoldan o`zib ketadi.
Vern

Inson o`ziga-o`zi bo`ysunishni va o`z qarorlariga itoat qilishni o`rganmog`I lozim.
Sitseron

Jangda o`lgan emas biror bahodir, Bari halok bo`lgan xiyonatlardan.
Shavkat Rahmon

Hayotning har lahzasi go`zal, Umrning har dami g`animat.
Anvar Obidjon

Kim agar do`stlar ila yakdil bo`lur,
Barcha maqsudi aning hosil bo`lur.
Farididdin Attor

Biron-bir narsani bajarolmayman deb ko`ngilga keltirdingizmi, shu paytdan boshlab uni amalga oshirish g`oyat mushkul bo`lib qoladi.
Benedikt Spinoza

Inson qanchalar ajoyib? Agr u chinakam inson bo`lsa.
Menandr

Harakatsizlikda baxt yo`q.
Fedor Dostoyevskiy

Odam tushunishi iloji yo`q narsani ham tushunmog`i kerak: aks holda u haqda bosh qotirmagan bo`lar edi.
Iogan Gyote

Yaxshi ishlarning yana bir afzalligi shundaki? U qalbni yuksaltiradi va uni yanada ezgu ishlarga moyil qiladi.
Jan Jak Russo

Birovni o`rgatishingga o`zing o`ganishing uchun lozim bo`lgandan ko`ra ham ko`proq aql kerak.
Mishel de Monten

Aqlli bo`lish kifoya emas, muhimi uni ishlata bilishdir.
Rene Dekart

Bilim — kuch? Kuch esa bilimdadir.
Frensis Bekon

Masalaning bilimning butunligida emas, aqlning butunligida.
Demokrit

Biz ham yuksaklarga tikkandik ko'zni,
Bizda ham bor edi matonat, bardosh.
Arslon chorlagandi qoshiga bizni,
Lekin qumursqalar bo'ldi safardosh.
Jami tiriklikka tanish shu xatar,
Qumursqa yaralgan yoppa talarga.
Do'stim, alam qilar, arslon bexabar,
Em bo'lib ketsak shu qumursqalarga.
Abdulla 
Oripov

Agar ba’zi birlar seni ranjitsa, 
Azob otashida o‘rtanma butkul!
O‘zing bilasanki, hammani esa
Ko‘nglini bir hilda olmoqlik mushkul. 
Ba’zida joningni jabborga berib, 
Asl haqiqatni so‘zlaganing dam, 
Ba’zi birlar sendan butunlay ranjib
Mumkin seni nodon deyishlari ham.
Bordi-yu, yaxshini desang ham yomon, 
Aminman topilur senga tarafdor.
Dunyoda bor ekan haqiqat, yolg‘on,
Hammaga teng yoqish mumkinmas zinhor. 
Demak, shunday ekan, yolg‘on gap sotib,
Nopoklar ko‘ngliga bo‘lgandan ma’qul.
Do‘stim, haqiqatu rostini aytib,
Faqat, vijdoningni buyurganin qil!

Shukrullo

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.