OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Buyuklar ta'lim va tarbiya haqida

 Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado, oning haqin yuz ganch ila.
Alisher Navoiy

Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir.
Abu Rayhon Beruniy 

Jahonda bo‘lmasa muallim agar,
Hayot ham bo‘lmasdi go‘zal bu qadar.
Abdurahmon Jomiy

Hayot yo‘lida birinchi masala — maktab masalasidir. 
Fitrat

Sizdan boshlanadi asli tafakkur,
Munis muallimlar, sizga tashakkur! 
Abdulla Oripov

Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,
Shunda bilursankim, ilm bepoyon.
A.Firdavsiy

O‘quv qayda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘lur,
Bilim qayda bo‘lsa, buyuklik bo‘lur.
Yusuf Xos Hojib

Ilmdan yaxshiroq xazina bo‘lmas,
Qo‘lingdan kelgancha tera olsang, bas.
Abu Abdullo Rudakiy

O‘quv qunt beradi, bilim – sharaf-shon,
Shu ikkov tufayli ulug‘dir inson.

Baxt belgisi ilm va aqldir.
Mahmud Koshg‘ariy

Aql – aqldan quvvat oladi.
Jaloliddin Rumiy

Ilmsiz gap shamoldir.
Maqol

Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir.
Abu Rayhon Beruniy

Bilimga eltuvchi yagona yo‘l bu –faoliyatdir.
B.Shou 

O‘z shogirdlarida mehnatdan zavqlanish xislatlarini uyg‘ota bilgan muallim sharaflarga loyiq.
E. Xabbard

O‘qituvchining butun fikri o‘quvchilarida, o‘zi sochgan urug‘larning o‘sishidadir.
D.I.Mendeleev 

O‘qitish ikki barobar o‘qish demakdir.
J.Juber

Bilganlarimizning cheki bor, bilmagan narsalarimizning esa had-chegarasi yo‘q.
P.Laplas

Inson dunyoni qanchalik bilsa, o‘zligini ham shunchalik anglaydi.
I.Gyote

Fikr! Buyuk narsa! Insonning ulug‘vorligi ham fikrdan bo‘lmay nimadan?
A.S.Pushkin

Barcha kashfiyotlar ichida eng go‘zali yaxshi tarbiya olgan insondir. 
Epiktet

Har qanday ta’lim va tarbiyada eng asosiy omil — muallim, uning tafakkur dunyosidir.
A.Disterveg

Birovni o‘rgatishing uchun, o‘zing o‘rganishing uchun lozim bo‘lganidan ko‘ra ham ko‘proq aql kerak.
M.Monten

Muvaffaqiyatli tarbiyaning siri — o‘quvchiga hurmatda.
R.Emerson

Noqobil o‘qituvchi haqiqatni shunchaki aytadi-qo‘yadi, yaxshisi esa uni topishga o‘rgatadi.
V.O.Distervig

Oz bo‘lsa ham bilmoq uchun ko‘p o‘qimoq zarur.
Sh.Monteske

O'qitish ikki baravar o'qish demakdir.
J.Juber

Tarbiyadagi eng katta xato o'ta shoshqaloqlikdir.
J.J.Russo

Qiyin fanlar yo'q, faqat hazm etilishi qiyin bo'lgan izohlargina bor.
A.I.Gersen

Haqiqiy ta'lim odamni odamiylikka tayyorlashdir.
N.I.Pirogov

Tarbiya ta'limdan ustun turadi. Insonni tarbiya voyaga yetkazadi.
G.Spenser

Inson tarbiyasining bosh yo'li ishonchdir.
K.D.Ushinskiy

Ilm o'qub amal qilmag'on, kariz qazib tuxum solmag'ong'a o'xshar.
Alisher Navoiy

O'rgatmoq uchun so'kish, yordam bermoq uchun haqorat qilish shart emas.
F.Laroshfuko

Kimki hech narsani qiziqib so'ramasa, hech narsani o'rganmaydi ham.
T.Fuller

Faqat diqqat qilgan odamgina xotirasida saqlay oladi.
S.Jonson

Chinakam shogird bor narsalar negizida mavhum narsalar rivojini o'rganadi va shu yo'l bilan ustoziga yaqinlashib boradi.
I.Gyote

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.