OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Mordva xalq maqollari (153)

Mordvalar — Mordoviyaning tub aholisi (284 ming kishi, 2002). RFda 843 ming kishi (2002). Umumiy soni 900 ming kishi. Erzya va moksha, karatay va teryuxanlar etnik guruhlariga bo‘linadi. Mordva tillarida so‘zlashadi. Dindorlari — pravoslavlar.


• Bolaning qo‘li shilinsa, onaning yuragi shilinadi.
• Xudodan umid qilib, bekor yotma.
• Tug‘ilmagan o‘lmaydi.
• O‘z onangdan ko‘ra yaxshi do‘st yo‘q.
• Qarining ham, yoshning ham aqli bir xil (moksha).
• Me’yorida yeb-ich ― qorning og‘rimaydi.
• Qamoqqa yo‘llar ko‘p, undan chiqish yo‘li bitta (moksha).
• Kelinni qo‘lingga chiqarsang, bo‘yningga o‘zi chiqib oladi.
• Xudo qo‘lda qadoq paydo bo‘lgandan so‘ng yordam beradi.
• Maqol qushning tumshug‘ichalik bo‘lsa-da, unda dengizday ma’no bor.
• Sigirning tili katta bo‘lsa ham, yalashga yaraydi xolos (moksha).
• Bahorda bo‘ri terisini tashlaydi, fe’lini esa tashlamaydi (moksha).
• Yaxshi mish-mish yotar, yomon mish-mish chopar.
• Hayotda yashash ― savat to‘qish emas.
• Ishlaydigan o‘roq doim yaltiraydi (moksha).
• Bug‘doyda ham chiqindi bo‘ladi.
• Chug‘urchuq ham ba’zida bulbul kabi sayraydi (moksha).
• Mish-mish o‘qday uchadi.
• Kalavani aylantirsang oxirini topasan (moksha).
• Emanda jo‘ka bargi o‘smaydi.
• Birovning pechkasida orqangni isitolmaysan (moksha).
• Olma daraxtidan olma, archadan g‘udda.
• Tandir bitta, lekin nonlari har xil, ota-ona bitta, lekin bolalari har xil (moksha).
• Uzun til yalashga yaraydi, xolos (moksha).
• Bir xo‘rozni yetti kishi so‘ymaydi.
• Eski daraxt yangi nihollarni suyab turadi.
• Ukki bo‘lib tug‘ilgan bulbulga aylanib qolmaydi.
• Balo bir o‘zi kelmaydi (erzya).
• Aka-ukasiz yashash mumkin, qo‘shnisiz yashab bo‘lmaydi (moksha).
• Bevaqt uzilgan olma ― nordon (moksha).
• Bekasiz uy g‘arib.
• Qiyshiq daraxtsiz o‘rmon bo‘lmaydi.
• Yomonsiz yaxshi yo‘q, yaxshisiz ― yomon.
• Maqolsiz yashab bo‘lmaydi.
• Katta kichikka yuqoridan qaraydi.
• Mehmonda yaxshi, uyda undan yaxshi (erzya).
• Boshida kulsang, oxirida yig‘laysan.
• Itning og‘ziga qo‘lingni tiqma.
• Birovning uyidagi non shirin (moksha).
• Shamol bo‘lmasa, o‘rmon g‘uvillamaydi.
• Kun qanday bo‘lganini tun ko‘rsatadi (erzya).
• O‘z vaqtida aytilgan so‘z oltindan afzal.
• Qorindan baland sakrolmaysan.
• Enaga ko‘p bo‘lsa, bola kasaldan chiqmaydi (moksha).
• Chaqmoq qayerda bo‘lsa, guldurak ham o‘sha yerda.
• Enaga ko‘p bo‘lsa, bolalar oyoqsiz.
• Olov bor joyda tutun ham bor.
• Qaynab boshlangan sovub tugaydi (moksha).
• Ikki asr yasholmaysan.
• Qiz begona uchun, o‘g‘il beka uchun.
• Daraxt niholligida egiladi (moksha).
• Bolalar yiqilib katta bo‘ladi.
• Hayot ― daladan yurib o‘tish emas.
• Sog‘lik ― boylik.
• Qishda malina termaydilar.
• Yomon odam har yerda yomonlik qiladi.
• Bilim puldan kuchli.
• Arava ham o‘z o‘qida aylanadi (moksha).
• Yaxshi ham, yomon ham unutilmaydi (moksha).
• Ozdan ko‘p yig‘iladi.
• Qo‘shiqdagi so‘zni yulib bo‘lmaydi.
• Ba’zida axmoqdan ham aqlli gap chiqadi.
• Har boshlanishning oxiri bor (moksha).
• O‘rmondagi hamma daraxtlar bir xil bo‘lmaganidek odamlar ham har xil.
• Ko‘p ko‘rsang, ko‘p eshitasan (erzya).
• Onasi qanday bo‘lsa, qizi ham shunday.
• Ichi qanday bo‘lsa, tashi ham shunday (erzya).
• Savolga qarab javob.
• Ildiziga qarab yaproq.
• Otaga qarab bola.
• Ekkaningni o‘rasan (erzya).
• Fikrga qarab nutq (moksha).
• Do‘stlaring qanday bo‘lsa, sen ham shundaysan; sen qanday bo‘lsang, do‘stlaring ham shunday.
• Boshlanish qanday bo‘lsa, xotima ham shunday.
• Er qanday bo‘lsa, xotin ham shunday.
• O‘qituvchi qanday bo‘lsa, o‘quvchi ham shunday.
• Sevging sabab dunyoning u chetiga ham borasan.
• Xotima boshlanishning qanday bo‘lganini ko‘rsatadi (moksha).
• Go‘zallik ko‘zda emas, qalbda.
• Qiyshiq fikrni to‘g‘rilab bo‘lmaydi.
• Bo‘ri bo‘lib tug‘ilgan bo‘ri bo‘lib o‘ladi (moksha).
• Sukut qilgan ko‘p eshitadi.
• Qayerga kirsang ham avval chiqishni o‘yla.
• Igna qayerga yursa, ip ham o‘sha yerga yuradi.
• Shirin buzoqcha ikki sigirni emadi.
• Ortiqcha tuz ovqatni buzadi, ortiqcha so‘z ― nutqni (moksha).
• Ot bo‘lganda beda yo‘q, beda olinganda ot yo‘qolar (moksha).
• Kichkina ot o‘lgunicha ― toychoq.
• Kichkina qozon tez qaynaydi (moksha).
• Kichkina bolta katta daraxtni yiqitadi.
• Ona aytdi ― Xudo aytdi.
• Yosh aqli bilan kuchsiz, qari ― sog‘ligi bilan.
• Yoshlik ikki marta kelmaydi (erzya).
• Yoshlikni qaytarib bo‘lmaydi, qarilik o‘zi keladi.
• Er va xotin ― bir cho‘g‘ning uchqunlari.
• Bir mixga hamma narsani ilolmaysan.
• Bir oyoq bilan uzoqqa borolmaysan (moksha).
• Ishda ― chumchuq, yeyishda ― burgut (erzya).
• Birovning yerida yozda ham sovuq.
• Xalq so‘zi ― ishonchli so‘z.
• Er-xotin janjaliga aralashma, aybdor bo‘lib qolasan.
• Hamma qo‘shiq ham oxirigacha aytilmaydi (moksha).
• Hamma zina ham oxiriga olib bormaydi.
• Qiyinchilik ko‘rmasdan shodlikni bilmaysan.
• Daraxtlar turli bo‘lgani kabi, odamlar ham har xil.
• Suvga sakramasdan suzishni o‘rganolmaysan (erzya).
• Qarilar ustidan kulma, sen ham qariysan.
• Tuqqan ― ona emas, tarbiyalagan ― ona.
• Tutunsiz olov yo‘q.
• Ko‘p yashagan emas, ko‘p ish qilgan aziz.
• Bitta dard ― dard emas.
• Bitta ari ko‘p asal yig‘olmaydi (moksha).
• Bir ko‘zida kulib, ikkinchisida yig‘laydi (moksha).
• O‘z inini sevmaydigan qushga qiyin.
• Yomonlik yaxshilikka olib bormaydi.
• Yomon boshlanish ― yomon xotima.
• Yomon bolaga otaning so‘zi ham bir chaqa.
• Yomon odamga hamma yomon (moksha).
• Sochiga qarab aqliga baho berma.
• Ikki quyonni nishonga olsang, bittasiga ham tegmaydi (erzya).
• Qizga uylanishdan avval uning onasini ko‘r (moksha).
• To‘g‘ri yo‘l doim qisqa emas (moksha).
• Qush ovozidan bilinadi (erzya).
• Nima bilan o‘ynashsang, o‘sha bilan to‘qnash kelasan (moksha).
• Cho‘chqa osmonga qaramaydi (moksha).
• Aytilgan so‘z ― kumush, sukut ― oltin.
• Aytilgan so‘zni ortga qaytarib bo‘lmaydi (moksha).
• So‘z bo‘r emas, aytiob, so‘ng o‘chirib tashlolmaysan (moksha).
• So‘z qum emas, uchsa, tutolmaysan (erzya).
• So‘z bilan suyak yorolmaysan (moksha).
• O‘lim bir marta keladi.
• Ko‘p it bilan quyonni tutolmaysan (moksha).
• Eski chayono‘t kuchliroq chaqadi.
• Qari yosharmaydi, yosh qariydi.
• Ko‘z hech qachon to‘ymaydi (moksha).
• Hammaga o‘z xotini chiroyli.
• Kimning ishi yurishsa, uning xo‘rozi ham tug‘adi (erzya).
• Onaning qo‘li issiq, qaynonaniki ― sovuq.
• Yaxshi onaning qizi ham yaxshi.
• Tili qo‘shiq aytar, qalbi yig‘lar (erzya).
• Ishning boshida emas, oxirida maqtan.
• Yaxshi ishni bajarish kerak, yomoni o‘zi keladi.
• Yaxshilik unutiladi, yomonlik ― hech qachon (moksha).
• Yaxshilik qilish qiyin, yomonlik qilish oson (moksha).
• Yaxshi so‘z puldan qimmat.
• Yaxshiga har qachon yaxshi, yomonga hamma vaqt yomon (moksha).
• Odamning yaxshiligi ko‘zidan bilinadi (moksha).
• Qarg‘a yuqorida uchsa-da, baribir u burgut emas (moksha).
• Birovning dardi og‘ritmaydi (moksha).
• Birovning ko‘ylagi ― ko‘ylak emas, begona er ― er emas.
• Birovning dardiga hech kim inonmas.
• Olma daraxti tagiga olma tushadi.
• Til suyaksiz ― charchamaydi.

D.Tojialiyev tarjimalari

© 2004-2019 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.