OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Mehnat — rohat va baxt

Mehnat va rohat inson hayotining ikki muhim sharti — shaxsiy va ijtimoiylikni tashkil etadi.
V. VEYTLING

Mehnatning samaradorligini anglab yetish eng zo‘r lazzatlardan biridir.
L. VOVENARG

Mehnat va huzur-halovat tabiatan turlicha bo‘lsa ham, baribir ular orasida qandaydir tabiiy bog‘lanish mavjud.
TIT LIVIY

Rohatning otasi ko‘pincha mehnatdir.
F. VOLTER

Mehnat oddiy kunlarni ham bayramga aylantirib yuboradi.
Ya. RAYNIS

Faqat mehnatgina odamning qalbiga tiniqlik, mutanosiblik va o‘z-o‘zidan qanoat tuyg‘usini olib kirib, uni baxtiyor qiladi.
V. G. BELINSKIY

Hayotda eng asosiysi mehnatdir. Hamma kasofatlardan, hamma qiyinchiliklardan faqat bir yo‘l — mehnat bilan qutilish mumkin.
E. XEMINGUEY

Dunyodagi hamma shodlik, hamma ezguliklarning manbai mehnatdir.
M. GORKIY

Boqmasa dehqon chamanin tunu kun, Naql tarin ongla qurug‘on o‘tun.
A. NAVOIY

Faqat ichki, ma’naviy, orom-baxsh mehnat kuchigina inson qadr-qimmatining, shu bilan birga axloqiy poklik va baxtiyorlikning manbai bo‘lib xizmat qiladi.
K. D. USHINSKIY

Faqat mehnat, qat’iy, astoydil qilingan mehnatgina kishiga ma’naviy barkamollik bag‘ishlaydi.
A. I. GERTSEN

Mehnat baxt padaridir.
B. FRANKLIN

Ishdan bir daqiqa ham bo‘shamagan soatlaringda o‘zingni g‘oyat baxtli sezasan.
J. FABR

Kishi mutlaqo jiddiyat bilan mehnat qilmasa, ya’ni o‘zi yeydigan bir burda nonini o‘z mehnati bilan ishlab topmasa — u baxtli bo‘lolmaydi.
D. I. PISAREV

Kishini tang qoldiradigan gumrohliklardan biri — inson baxti uning hech narsa qilmasligida, deb tushunilishidadir.
L. N. TOLSTOY

Baxtning eng zarur sharti — mehnat: birinchidan, sevimli va ozod mehnatdir; ikkinchidan, ishtaha ochadigan va qattiq, tiniqtirib uxlatadigan jismoniy mehnatdir.
L. N. TOLSTOY

Mehnat, mehnat! Mehnat qilayotganimda o‘zimni qanchalar baxtiyor his etaman.
D. N. TOLSTOY

Mehnat odamlar uchun huzur-halovatdir.
EZOP

Ish mening birinchi huzur-halovatimdir.
V. MOTSART

Huzur-halovatga erishmoq uchun mehnat qil.
J. J. RUSSO

Jismoniy mehnat ma’lum sharoitlarda «mushaklarning shodligi»ga aylanadi.
I. P. PAVLOV
 
Faqat mehnatgina hayot safosini suring huquqini beradi.
N. A. DOBROLYUBOV

Baxt mehnatni takomillashtirib borishdadir.
Ya. RAYNIS

Dala, dastgoh, stol uzra bo‘lmasin
Ter to‘kmoqlik, mehnat — muazzam shodlik!
Tandan qaynoq ter chiqquncha bilma tin,
Ishla, tirish, mehnatda bo‘l otashin,
Mehnat bilan dunyodagi obodlik!
V. Ya. BRYUSOV

O‘z ishini topa olgan odam saodatlidir, u boshqa saodatni axtarmay qo‘ya qolsin. Uning qiladigan ishi va yashashdan maqsadi bor.
T. KARLEYL

Agar siz ishni o‘rinli tanlay bilsangiz va unga o‘zingizni, butun qalbingizni baxsh etsangiz, baxtning o‘zi sizni qidirib topadi.
K. D. USHINSKIY

Har doim o‘z sevgan ishi bilan mashg‘ul bo‘lish insonning nodir baxtidir.
V. I. NEMIROVICH-DANCHENKO

Baxtga mehnat to‘g‘ri yo‘l solgay,
Boshqa yo‘l baxt sari bormagay.
A. SHUKUR

Doimiy ravishda va izchil olib boriladigan biron-bir ish turmushdagi qolgan hamma narsalarni ham tartibga soladi, hamma narsa shuning atrofida aylanadi.
E. DELAKRUA

Mehnat qilgan va sabr qilgan — Kishiga oshnodir chin baxtiyorlik.
I. GYOTE

 Sevgan ish g‘amga davo.
V. SHEKSPIR

Jismoniy mehnat ruhiy iztiroblarni unutishga yordam beradi.
F. LAROSHFUKO

Ko‘ngling g‘ash bo‘lsa ishla, bug‘amdan qutulishning yagona vo-sitasidir. Iztirobga tushmas-lik uchun ishla: ishdan boshqahech narsa bu g‘amnok bo‘shliqdan
xalos etolmaydi.    Omading yurishganda ham ishlayver: dimog‘dor bo‘lib ketishning oldini oladigan ishdan ham zo‘rroq dori-darmon yo‘q.
I. BEXER

Halovatga qaraganda har qanday ish ham ko‘gilliroqdir.
DEMOKRIT

Dunyoda o‘zi uchun munosib ish topolmagan odam eng baxtsiz odamdir.
T. KARLEYL

Ishni xohlagan, lekin o‘ziga ish topolmagan odam — yer yuzida baxt hammaga birdek taqsimlanmaganini ko‘rsatuvchi eng noxush manzaradir.
T. KARLEYL

Kommunizmda eng tuban qilmish uchun mehnatdan chetlashtirishdan ko‘ra og‘irroq jazo bo‘lmaydi.
L. M. DEONOV

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.