OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Iltifot

Hukmdorlardan Bahromgo‘r bir kuni ovga chiqdi. Bir kiyikni uchratib uni ovlamoqchi bo‘lganda, kiyik qochib ketdi. Bahromgo‘r uning orqasidan quvlay-quvlay, nihoyat bir qabila yashaydigan yerga yetib keldi. U qabilaning Qabiysa ismli bir sardori bor edi. Kiyik tashnalikdan betoqat bo‘lib Qabiysaning chodiriga kirib keldi, hob tili bilan undan panoh istadi. Qabiysa unga suv berdi, qornini to‘ydirdi. Shu topda Bahrom chodir eshigi yoniga yetib keldi. Qa-biysaga do‘q qilib:
— Ey arab, mening ovim sening chodiringga kirdi. Darhol uni chiqarib menga topshir!—dedi.
— Ey suvoriy, yaxshi yigit, mendan panoh istab chodirimga kirgan jonivorni sening qo‘lingga topshirishim muruvvatdan emasdir,— deb javob berdi Qabiysa.
Bahromgo‘r qattiq so‘zlab, unga hujum qilib, kiyikni chiqarib berishni talab qildi. Qabiysa uning siyosatidan qo‘rqmay, aytdi:
—    Ey yigit behuda so‘zlarni so‘zlama, mendan panoh istab chodirimga kirgan bechora jonivorni nechun sening qo‘lingga topshiray? Qo‘lingdagi o‘q-yoy bi-lan meni o‘ldirsang, o‘shandagina kiyikni olishing mumkin bo‘ladi. Agar meni o‘ldirsang qabilam ahli seni tirik qo‘ymaydi. Kel, o‘z joningga rahm qilib, bu bechora jonivorni qo‘lga olib, o‘ldirish savdosidan kech. Agar hirsing tomiri tinch turmasa, eshigim yonida bog‘liq turgan go‘zal va chopqir otimni egar, jabdug‘i bilan senga beray.— Bahromgo‘r Qabiysaning hamiyatiga tahsinu ofarin qildi. Uning otiga iltifot qilmay o‘z saroyiga qaytib ketdi. Ertasi kuni Qabiysani o‘z saroyiga chorladi, unga ko‘p iltifotlar qilib, e’zozladi.

Bayt:
Istagach bir qatra daryodin panoh,
Ayladi unga sadafdan takyagoh.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.