OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Tuzli qahva

Qiz bilan bir oqshomda uchrashgan edi. Ajoyib bir kecha edi. Yoshlar bilan to’la…

Oqshom so’ngida qizni qahva ichishga taklif qildi.

Qiz shu vaqtgacha o’ziga jalb qilmagan, bir og’iz gaplashmagan yigitning taklifidan hayron bo'ldi. Lekin tarbiyalilik belgisi sifatida besh daqiqaga birga o’tirishga rozi bo’ldi. Shundoqqina burchakdagi qahvahonaga kirdilar. Yigit shu qadar hayajonlanardiki, yuragi urishidan hatto gapiraolmadi. Uning bu holi qizni ham noqulay ahvolga solib qo’ydi…

Men endi ketishim kerak deyishga chog’lanib turgan ham edi-ki, yigit birdan ofitsiantni chaqirdi.

Menga ozroq tuz uzatvorolmaysimi dedi. Qahvamga qo’shish uchun. Hatto yonidagi stolda o’tirganlar ham yigitga hayron bo’lib qarashdi. Qahvaga tuz! Yigit uyatdan qip-qizil holga keldi, lekin tuzni qahvasiga soldi va icha boshladi.

Qiz, ajabsinish bilan Ajoyib odatingiz bor ekan dedi… Yigit tushuntira boshladi: Yoshligimda dengiz bo’yida yashardik. Doim dengiz bo’yida va dengizda o’ynardim. Dengizning tuzli suvi ta’mi og’zimdan hech ketmaydi. Shu ta’m bilan katta bo’ldim. Shu ta’mni sevdim. Qahvaga shuning uchun tuz qo’shib ichaman. Har doim tuz ta’mini sezsam, bolaligimni, dengiz bo’yidagi uyimizni va baxtli oilami hotirlayman… Ota-onam hozir ham o’sha dengiz bo’yida yashashadi. 
Ularni va uyimni shunday sog’ndimki…

Bularni gapirarkan, yigitning ko’zlari yoshlandi… Qiz eshitganlaridan judayam hayajonlangan edi. O’z tuyg’ularini bunday samimiy aytgan, uyini, oilasini bunday sog’ingan odam, uyi, oilasini sevgan bir inson bo’lishi kerak edi. Uyini o’ylagan, uyiga intilgan, uyidan panoh topa olgan bir odam… Tuyg’usi bor bir odam…

Qiz ham suhbatlashisha boshladi. Uning ham uyi uzoqlarda edi. Bolaligi kabi … U ham oilasi haqida gapirib berdi. Juda ham shirin bir suhbatlashdilar, Iliq va maroqli. Va bu suhbat ikki qalb bog’lanishining shirin bir boshlanishi bo’ldi, tabiiyki…

Uchrashishni davom etdilar va har bir yahshilik bilan tugagan ertaklardagi kabi, malika va shahzoda turmush qurdilar. Va umrlarining ohirigacha judayam baxtli hayot kechirdilar. Malika shahzodasiga qachon qahva tayyorlasa ichiga bir qoshiq tuz solardi, butun umr bo’yi… 
Tuzli qahvani yoqtirishini bilardi, chunki…

40 yildan keyin, yigit bu dunyo bilan vidolashdi. Vafotimdan keyin o’qiysan deya suyukli ayoliga bir maktub qoldirdi. Satrlarda shunday yozilgan edi:

“Suyukligim, yolg’izginam. Iltimos meni kechirgin. Butun hayotimizni bir yolg’on so’z ustiga qurganimiz uchun kechir. Senga hayotimda bir marotaba yolg’on gapirdim. Tuzli qahvada. 
Birinchi marta ko’rishgan kunimizni eslay olasanmi? Shunday hayajonlangan va shunday shoshib qolgan edimki, shakar deyishni o’rniga tuz chiqdi og’zimdan. Sen va atrofdagilar menga qarab turganlaridan, adashib kettim deyishga juda ham uyaldim, yolg’onimni davom ettirdim. Bu yolg’onni bizning munosabatlarimizning tamali bo’lishi mumkunligi hech hayolimga kelmagan edi. Senga bir necha bora haqiqatni aytishga harakat qildim. Ammo har safar qo’rqqanim uchun fikrimdan voz kechdim. Seni ranjitishdan qo’rqqanim uchun.

Hozir ulayapman va endi qo’rqishim uchun hech bir sabab yo’q…

Haqiqat shuki: Men tuzli qahvani yoqtirmayman, Uning ta’mi judaham bemaza va axmoqona ta’m. Va bu bilan birga zarracha bo’lsa ham pushaymon emasman. Sen bilan bo’lish hayotimdagi eng katta baxtim edi va bu baxt uchun men tuzli qahvaga qarzdorman.

Dunyoga yana kelish, hammasini boshqattan yashab ko’rish, sen bilan yana tanishish va butun hayotimni sen bilan yana o’tqazishni xohlar edim, buning uchun ikkinchi bir hayot bo’yi tuzli qahva ichish majburiyatida qolsam ham…

Keksa ayolning ko’z yoshlari qog’ozni uyutib yubordi.

Bir kuni nabiralari bilan suhbatlashib o’tirganida ular undan bobosi ichgan tuzli qahva qanaqa edi deya so’rab qolishdi.. 
Ayolning ko’zlari namlandi…

Juda mazali! … dedi…

Turk tilidan Muhammad Alixon tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.