OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Stiven King. Dahshatli yomg‘ir (hikoya)

Kunduzgi soat besh yarimda er-xotin Jon va Eliza Gremlar nihoyat Mayn shtati (AQSh) markazidagi kichkina shaxarcha, Villoga boradigan yo‘lni topishdi. Shaharcha Hempstid Pleysdan bor yo‘g‘i besh mil uzoqda edi. Biroq ular ikki marta boshqa yo‘ldan yurib adashib ketishgan edi. Shuning uchun ham Villoga yetib kelishganida ular ancha holdan toygan, peshonalaridan ter quyilardi. Bundan tashqari ular Sent-Luisdan yo‘lga chiqishganida mashinalarinig konditsioneri buzilib qolgandi. Lekin Villoda xavo ancha nam edi. –Milli Kozins bizga aytgan bozor shu bo‘lsa kerak deb to‘g‘ridagi binoga ishora qildi Eliza. – Xa, uni zamonaviy supermarket deb bo‘lmaydi deb tirjaydi Jon.

Jon va Elizaning turmush qurganiga ikki bo‘ldi. Ular bir-birini qattiq sevishadi. Jon yozgi tatilni Maynda o‘tkazishni rejalashtirgandi. Biroq Sent-Luisdan bu yerga kelish ancha cho‘zilib ketdi. Jon bosh ko‘cha bo‘ylab sekinlik bilan Villo Savdo Markaziga qarab mashinasini xaydab bordi. Bir bino tepasiga ko‘k burgut shaklidagi belgi osilgan edi. Jon bu bino pochtaligini tushindi.Shaxarda na piyodalar na mashinalar ko‘rinardi. Bu yerda xuddi xayot to‘xtagandek jim-jitlik hukm surardi. – Men yozgi tatilni Maynda ajoyib tarzda o‘tkazamiz deb o‘ylagandim deb eriga ming‘irladi Eliza. – Shuncha yo‘l bosganimizga yarasha Villoda oz bo‘lsada dam olamiz deb umid qilaman dedi Jon atrofni tomosha qilib. Ular mashinadan tushib Savdo Markazi binosi tomonga yurishdi. Bino yonidagi poxol shlyapali, katta yoshdagi bir kishi o‘tkir moviy ko‘zlari bilan ularni kuzatib turardi. U qo‘lbola sigaretasini tutatib o‘tirar, oyoqlari ostida esa uning katta, sariq zoti nomalum iti dumini likillatganicha u yoqdan bu yoqqa aylanar edi. – Salom yoshlar! dedi qari janob xushmuomalalik bilan. – Salom dedi Eliza. – Salom dedi Jon xam. Men... – Janob Grem deb Jonning gapini bo‘ldi qariya. Janob va xonim Grem. Sizlar bu yerga yozgi tatilda dam olish uchun kelgan bo‘lsangiz kerak. Kitob yozganingiz haqida xam eshitgandim. – Ha, “O‘n sakkizinchi asrdagi frantsuz imigratsiyasi haqida” deb uning gapini tasdiqladi Jon. – Atrofga gap yo‘q! Shundaymi? –Albatta! Dam olish uchun zo‘r joy! Siz bilmaydigan kichkina shaharcha. Shunday deb qariya sigaretasini tutatdi.. – Xotinim bunaqa sigareta chekishimni istamaydi. Aytishicha bu narsa saratonga olib kelar ekan. – Biz shaxringizga yegulik va yoqilg‘i olish uchun keldik dedi Eliza. – E! Xa, esim qursin! Sizlarga aytishni unitibman. Men Genri Edenman. Sizlar bilan tanishganimdan xursandman. Sizlarni bir yarim soatdan buyon kutaman. Aftidan bu kichik shaharchaga olib boradigan barcha yo‘llardan birma-bir yurib chiqqanga o‘xshaysiz. Shunday deb u xirillab kuldi. Uning bunday betakallufligidan Jonning qovog‘i uyildi. – Xo‘sh nega bizni kutayotgan edingiz? – Lyusi Dosette ismli bir ayol bu yerga yangi sayohatchilar kelayotgani xaqida xabar qilgandi. Siz Lyusini tanimaysiz ammo aytishicha uning jiyanini yaxshi bilar ekansizlar. – Milli Kozinsning xola-buvisini aytmayapsizmi mabodo ? deb so‘radi Eliza. – Xuddi shunday. Villoda barcha biri biri bilan aloqada bo‘lib turadi. Lyusi yo‘l bo‘yidagi tepalik etagida yashaydi dedi Eden. U biroz o‘ylanib qoldi. – Siz ikkalangiz bugun tunni shaxar tashqarisida o‘tkazganingiz maqul deb o‘ylayman dedi Genri nixoyat. – Shaxar tashqarisida? Nega bunday qilar ekanmiz? Axir bu shaxarga endi keldik. Biz shu yerda dam olmoqchimiz dedi Jonning jaxli chiqib. – Bu yaxshi fikr emas! degan ovoz eshitildi Edenning orqasidan. Gremlar atrofga alanglashdi va do‘kon ichidan chiqib kelayotgan ozg‘in, qari bir ayolni ko‘rishdi. U ancha tushkun kayfiyatda edi. – Men Laura Stentonman deb o‘zini tanishtirdi u. Odam isi yoqmas ekan deb o‘ylamang ammo bugun tunda bu yerda daxshatli yomg‘ir yog‘adi. Shuning uchun bu yerda qolishingiz xavfli. Eliza osmonga qaradi. Kichkina bulutchalarni xisobga olmaganda osmon musaffo edi. – Xayron qolishingiz tabiiy. Ammo xozir ko‘rib turganingiz xech nimani anglatmaydi dedi Laura Stenton. – Kechirasiz. Gaplaringizning birortasiga xam tushinmadim. Bu maxalliy xalq hazillaridan birimi? deb so‘radi Eliza uning gaplaridan boshi qotib. – Villoda xar yetti yilda bir daxshatli yomg‘ir yog‘adi deb gapida davom etdi Laura. – O‘n yettinchi iyunda! Oraga suqildi qariya Genri. – Bu daxshatli yomg‘ir xar yetti yilda bir, o‘n yettinchi iyunda yog‘adi. Faqat o‘n yettinchi iyunda, boshqa kunda emas. Shuningdek faqat bir kechagina yog‘adi. Nega shundayligini bilasanmi, Laura? – Yo‘q, bilmayman. Gapga aralashishni bas qil Genri! Qarib aqldan ozibsan! deb unga shang‘illadi Laura Stenton. – Xa, bo‘pti uzir deb undan ranjidi qariya. Eliza Jonga biroz qo‘rquv bilan qaradi. – Bu odamlar ustimizdan kulishyaptimi? Yoki ikkovi xam aqldan ozganmi? dedi u eriga. Jon xam xech narsaga tushinmayotgan edi. – Xo‘sh, gaplarimni eshiting dedi Laura Stenton muloyimlik bilan. Agar istasangiz Vulvich Roddagi Vondervyu mexmonxonasidan sizlarga xona gaplashib beraman. U yerda xozir joy to‘lgan lekin mexmonxona boshqaruvchisi mening xolavachcham , u men uchun bitta xona topib berishiga ishonchim komil. – Buning barchasi shunchaki hazil, shundaymi? Men xech narsaga tushunmayapman dedi Jon. – Yo‘q, bu xazil emas. Xar yetti yilda yog‘adigan bu yomg‘ir oddiy yomg‘ir emas, qurbaqalar yomg‘iri! – Qurbaqalar?! dedi Eliza xayron qolib. Men go‘yoki tush ko‘rayotgandekman. Jon atrofga najot bilan qaradi. Lekin ko‘chada xech kim yo‘q edi. “Bu yerda bir baloga yo‘liqishimiz aniq” deb o‘yladi u. “Agar bu odamlar chindan ham aqldan ozishgan bo‘lsa aniq muammoga uchradik.” – Hozir sizga aytayotgan gaplarim axmoqona tuyilayotgan bo‘lishi mumkin biroq men xam Genri xam shunchaki o‘z ishimizni bajaryapmiz dedi Laura Stenton. – Buyoqqa kel! Jon xotinining bilagidan ushlab chetga tortdi. – Sizlar bilan uchrashganimdan xursandman shunday deb u Genri va Lauraga soxta tabassum qilganicha Elizani oldiga solib olib ketdi. – Bunga ishonishingiz biroz qiyin dedi Laura ularning ortidan. – Extimol bizni aqldan ozgan tentak deb o‘ylayotgandirsiz lekin bu ayni xaqiqat.Villoda xar yetti yilda bir qurbaqa yomg‘iri yog‘ishi haqida eshitgan insonlar ham bo‘lsa kerak. “Ey xudoyim nega Sent-Luisdan ketdim-a?” deb o‘ziga o‘zi ming‘irladi Jon.Buzilgan konditsionerli mashinada deyarli o‘n besh ming chaqirim yo‘lni mana shu ikki telbani ko‘rish uchun bosib o‘tgan ekan-da, sho‘rlik. – Eliza! Ketdik bu yerdan! Jon mashinasiga o‘tirdi. Er-xotin Gremlar chol-kampir bilan xayrlashishdi va mashinalariga o‘tirib jo‘nab ketishdi. – Ketib to‘g‘ri qilishdi. Shunday qilishsa ularga yaxshi bo‘ladi dedi qariya. – O‘zimni juda yomon xis qilyapman. Yomon ish bo‘ldi. Ular juda yaxshi insonlarga o‘xshaydi deb afsus bilan ularning ortidan qarab qoldi Laura.

Er-xotin Gremlar qo‘shni shaxarcha Vulvichga borishdi. Bu yerda Villoga qaraganda ancha yaxshi edi. Ko‘chalar mashinalar va odamlar bilan gavjum, shaxarda xayot qaynardi. Jon va Eliza istiroxat bog‘idagi maysa ustida ovqatlanishdi. – O‘sha odamlar xaqida nima deysiz, Jon? – Menimcha bularning barchasi bemani xazillar. Bu yerlardagi maxalliy xalq sayyohlar bilan o‘yin qilishni yoqtiradi dedi Jon. – Ammo ular menga jiddiy ko‘ringandi dedi Eliza biroz o‘ylanib. – Axir shaxar xuvillab yotgandi. Sizningcha o‘sha shaxarchadagi qolgan aholi qaerda? – Biror bir muassasaning ochilish marosimiga yoki boshqa birorta ziyofatda bo‘lishsa kerak dedi Jon va Elizaning idishiga qaradi. – Xech narsa yemabsanku sevgilim! – Och emasman dedi Eliza biroz xomush tortib. – Axir senga aytdim-ku ularning gaplari barchasi bemani xazil deb. Shunday deb Jon rafiqasinig qo‘llaridan ushladi. – Siz chindan xam shunday deb o‘ylaysizmi? – Xa, men shunday fikrdaman. Daxshatli qurbaqa yomg‘iri emish, shu xam gapmi? – Nega bunday deb o‘ylayapsiz? – Chunki bu odamlar o‘zlarini tinchligini o‘ylab shunga o‘xshash cho‘pchaklarni tarqatishadi. – Lekin o‘sha kampirning gaplari xazilga o‘xshamasdi. To‘g‘risini aytsam uning gaplari meni vaximaga solib qo‘ydi. – Xa , bu ko‘rinib turibdi dedi Jon bu safar jiddiylashib. Ochig‘i bunday axmoqliklarga toqatim yo‘q lekin kimdir rafiqamning yuragiga vaxima solibdimi bu men uchun daxshat. Men bu gaplarning tagiga yetaman. Xo‘sh, ortga qaytishga tayyormisan? –Xa , biroq endi u yerni topa olamizmi? – Tashvishlanma! Men non ushoqlari bilan ortimizdan iz qoldirib kelganman chunki u yerga qaytishga undashingni bilardim. – Oh, qanday aqllisiz azizim!Eliza o‘rnidan turdi. Uning yuzida yana tabassumni ko‘rganidan Jon xursand edi.

Yo‘ldagi tepalikda faqat bittagina uy bor edi. Jon va Eliza uyning yonidan o‘tib ketayotishganida Jon derazadan qimir etmay ularga qarab turgan bir ayolning sharpasini ko‘rdi. – Qara! Dugonang Millining xola-buvisi. Uning vazifasi anovi ikki jinniga qo‘ng‘iroq qilib bizning borayotganimizni yetkazish bo‘lsa kerak deb Jon kuldi. Ular besh daqiqadan so‘ng Villoga yetib kelishdi. – Quloq sol! dedi Jon Elizaga. Hamma yoq jim-jit faqat atrofdan baqalarning tovushi eshitilardi. – Bular shunchaki baqalar dedi Eliza. – Qurbaqalar emas deb kuldi Jon va Zuhro yulduzi charaqlab turgan musaffo osmonga termildi. – Ular shu yerda, Eliza! Osmonga qara! Qurbaqali bulutlar! Jon xoxolab kuldi. – Ustimdan kulishni bas qiling deb Eliza uni tirsagi bilan turtdi. Ular bir uyga kirishdi va to‘g‘ri yotoqxonaga borishdi. Eliza uxlay olmadi. U o‘rnidan turib deraza oldiga bordi. Derazadan osmonga qaragan Eliza unda bulutlar suzib yurganini ko‘rdi. Shu payt birdaniga tomga “gurs” etib nimadir kelib urildi.

– Jon! Jonni! Turing! - Ha? Nima? Jon sapchib o‘rnidan turib ketdi. – Boshlandi! Baqalar yomg‘iri boshlandi! – Qurbaqalar yomg‘iri! Uning gapini to‘g‘irladi Jon. – To‘g‘irlab aytsang bo‘... “Gurs-gurs.” Jonning gapi og‘zida qoldi. – Bu bemanilik dedi Jon jahl bilan. “Chars-churs”! Bu safar shisha jaranglashi eshitildi. – Ey lanati! Jon baqirganicha o‘rnidan turib, kostyumini kiydi. – Yetar! Hozir... Tomda va xovlida bir necha marta gursillagan tovush eshitildi. Eliza eriga qo‘rquv bilan qaradi. – Aniq bilaman bu o‘sha esi past chol va kampirning ishi. Ular bir nechta qariya oshna-og‘aynilari bilan xovliga bir balolarni otib bizni mazax qilishyapti deb baqirdi Jon. “Gurs, qars-qurs!” Bu safar tovush oshxonadan eshitildi. – Xudo haqqi hozir... deb dodlaganicha Jon zalga yugirib chiqdi. – Meni yolg‘iz tashlab ketmang! Chinqirganicha Eliza ham uning ortidan yugurdi. Jon yugirib mexmonxonaga chiqdi. U yerda katta deraza bo‘lib u sinib yotardi. Jon singan shisha bo‘lagini qo‘liga olib, unga yaxshilab razm soldi. “Yo‘q buni tosh sindirmagan” deb o‘yladi u. “Bu...” – Jon nima bu? deb Eliza uning ortidan kirib keldi. – Qurbaqa dedi Jon garangsirab. U singan shisha parchasiga tikilganicha o‘ziga o‘zi allanimalarni gapirardi. Derazadan tashqariga qaragan Jon aqlga sig‘mas dahshatli manzarani ko‘rdi. Havodan bir to‘da g‘alati shakldagi niarsalar yog‘ardi. Ulardan uchtasi siniq derazadan ichkariga kirib ketdi. Bittasi to‘g‘ri poldagi shisha bo‘lagiga borib urildi va tanasidan qop-qora suyuqlik otilib chiqdi. Buni ko‘rgan Eliza chinqirib yubordi. Qolgan ikkitasi esa gilam ustiga borib tushdi. Ulardan biri o‘zini o‘nglab olib qaltirab devorni paypaslayotgan Jonga qarab sakradi. O‘sha sakragan narsa qurbaqa edi. Lekin u odatdagi qurbaqalarga umuman o‘xshamas, uning yashil-qora tanasi ancha katta va dumaloq edi. Uning tillarang ko‘zlari g‘ayrioddiy tuxumga o‘xshardi. Og‘zida esa ignaga o‘xshash o‘tkir tishlari bor edi. Biroz fursat o‘tib yana boshqa ko‘plab qurbaqalar ichkariga otilib kirdi. – Bu yerdan ket! Jon zal eshigi oldida qo‘rquvdan qotib qolgan xotiniga baqirdi va o‘zi tomonga sakrab kelayotgan qurbaqani tepdi. Qurbaqa uning oyoq barmoqlariga o‘tkir tishlarini sanchdi. Daxshatli va kuchli og‘riqdan Jon devorni bor kuchi bilan tepdi. Atrof qurbaqalarning xunuk vaqillashiga to‘lib ketgandi. – Bu yerdan tezroq qoch, Eliza! J on yana xotiniga baqirdi va qonayotgan oyoqlariga qaradi. Qurbaqa o‘lgan ammo uning katta, o‘tkir tishlari Jonning oyoq barmoqlariga sanchilgandi. Jon uni siltab yubordi va nixoyat undan xalos bo‘ldi. Xona ichi qurbaqalarga to‘lib ketgandi. Jon eshikka qarab yugurdi. Eliza o‘ziga keldi va erini ushlab tortdi. Ular zalga yiqilishdi. Jon eshikni yopishga ulgirdi. Jon do‘kon oldida o‘tirgan o‘sha qariyani esladi. “Ey Xudoyim nega unga ishonmadim? Qanaqasiga ishonay, axir umrimda bunday dahshatga uchramagandim!” Jon Elizaga tashqarini ko‘rsatdi. Ammo Eliza u yerga chiqishdan qo‘rqib orqaga chekindi. – Eliza! Jon xotinini ushlab qolishga urindi. Xotini esa chinqirganicha undan uzoqlashdi. Qurbaqalar zalga xam o‘tishdi va ular tomonga sakray boshlashdi. Jon xotinini ushlab oldi. – Eliza! Xudo haqqi gapimni eshit! - Biz yerto‘laga berkinishimiz kerak! U yerda xavfsiz bo‘lamiz! Jon uni siltadi. – Yo‘q! Baqirdi Eliza. Ayni paytda jentelmenlik qilib, uni tinchlantirib o‘tirishga vaqt yo‘q edi. Jon uni siltab tortdi va oldinga sudradi. Zalning yarimiga borishganida Eliza es-xushini yig‘ib eriga ergashdi. Ular yerto‘la eshigi oldiga borishdi. Jon eshik tutqichini tortdi biroq eshik ochilmadi. – Lanati! Jon baqirganicha eshik tutqichini jon xolatda tortdi ammo eshik qilt etmadi. – Jon tezroq! Eliza ular tomon sakrab kelayotgan qurbaqalarni ko‘rdi. – Jon iltimos! Ilti... Qurbaqalardan biri Elizaning tizzasiga sakradi. Eliza dodlab uni otib yubordi. – Jon! Ey Xudoyim, Jon! Jon Grem birdaniga xato qilayotganligini tushindi. U eshikni itarish o‘rniga uni tortib yotgandi . Eshikni oldinga itargandi u ochilib ketdi. Jon va Eliza ichkariga yuz tuban yiqilishdi. Qurbaqalar esa ochiq qolgan yerto‘la eshigi tomonga sakradi. Jon o‘zini tutib eshikni qarsilllatib yopdi lekin qurbaqalardan o‘n ikkitasi ichkariga kirishga ulgirdi. Jon qorong‘uda devorni paypaslab chiroqni yoqqanida Eliza yana dodlab yubordi. Uning sochlariga qurbaqa yopishib olgandi. U qichqirganicha boshini yerto‘ladagi qutilardan biriga urdi. Qurbaqa sochlaridan tushib majaqlanib ketdi. Jon va Eliza ortga chekinishdi. Jon devorga suyab qo‘yilgan zanglagan belkurakni ko‘rdi va tezda uni qo‘liga olib ular tomonga sakrayotgan qurbaqalarni ura boshladi. Jon yerto‘la ichiga kirib olgan xamma qurbaqalarni belkurak bilan urib o‘ldirdi. Er-xotin Gremlar biri birlarini mahkam quchoqlab olishganicha tashqarida to‘xtovsiz yog‘ayotgan qurbaqalar yomg‘iriga quloq solishdi. Jon yerto‘laning mitti derazasidan hovlida sakrab yurgan qurbaqalarni ko‘rdi. – Derazalarni berkitishimiz kerak. Ular derazalarni sindirib kirishi mumkin. – Nima bilan berkitamiz? dedi Eliza. Jon atrofga qaradi va devorga tiralgan fanerlarni ko‘rdi Ko‘p emas ammo yetadi. – Manavilar bilan deb fanerlarni ko‘rsatdi Jon. – Qani, menga bularni maydaroq bo‘laklarga bo‘lishga yordamlash. Ular tezda ishga kirishishdi. Yerto‘laning to‘rtta derazasi bor edi. Jon bilan Eliza oxirgi derazani faner bilan yopishganida birinchi derazaning shishasi singani eshitildi biroq faner joyida mustaxkam turardi. Gremlar yerto‘laning o‘rtasiga borib o‘tirishdi. Bu orada yerto‘la eshigi ortidan eshikni g‘ajishni boshlagan qurbaqalarning ovozi eshitildi. – Agar ular eshikni yeb ichkariga kirishsa nima qilamiz? Shivirladi Eliza. – Bilmayman dedi Jon qo‘rquv to‘la ko‘zlari bilan eshik tomonga boqarkan. Shu payt eshikning o‘rtasidan katta teshik ochilib undan qurbaqalar to‘dasi yopirilib kirdi. Eliza bu safar chinqiriadi. Uning dodlashga holi qolmagandi. Qurbaqalar galasi ular tomonga tashlanganida Jon Gremning faryodi butun atrofga eshitildi...

Yarim tun. Villoda qurbaqalar yomg‘iri sharros quyardi. Tungi soat bir yarimda ko‘l yaqinidagi qarag‘ay daraxtiga oxirgi qurbaqa kelib tushdi va yerga tushib sakrab-sakrab qorong‘uda g‘oyib bo‘ldi. Erta tongda butun Villo shaxarchasi chor atrofga sakrab, vaq-vaqlayotgan qurbaqalarga to‘lib ketgandi. Maxalliy fermerlarning xar yetti yilda bir bo‘ladigan ushbu daxshatli yomg‘irdan xabardorligi uchun chorva mollarini xavfsiz joyga olishga ulgirishgandi. Axir sug‘urta kompaniyasidagilar qurbaqa yomg‘iri xaqidagi gaplarga ishonisharmidi?! Quyosh ufqqa bosh ko‘targach uning nurlari qurbaqalarni eritib yubordi. Ularning terisi oqarib, “paq-paq” etib yorilib ketdi va oppoq suyuqlikka aylandi. Villo shaxarchasi xuddi so‘nayotgan vulqon makoniga o‘xshab qolgandi. Ertalab soat sakkizlarda mashinasida Laura Stenton Savdo markazi oldiga kelib to‘xtadi. U mashinadan tushganida ancha xorg‘in ko‘rinishda edi. Qayoqdandir Genri Eden xam iti bilan yetib keldi. – Ichkaridagi ahvolni qara, shartta ortimga o‘girilib uyga qaytib ketgim kelyapti dedi Laura boshini qimirlatib. – Lekin bu foyda bermaydi, Laura deb unga yaqinlashdi Eden. – Elonlaring yozilgan peshtaxtang sinibdi dedi Laura. – Xa, ko‘rib turibman, Xudoga shukrki bu lanati yomg‘ir yetti yilda bir yog‘adi. Qariya yana bir nimalarni ming‘irladi. – Nima deding? Yaxshi eshitmadim? – Bunga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak edi deyapman dedi Genri afsuslanib. – Ular xali juda yosh edi. Biz bunga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak edi Bu ikki yosh xaqiqatdan xam ajoyib juftlik edi. Axir o‘zing shunday deganding-ku deb ko‘zlariga yosh oldi qariya Eden. – Xa to‘g‘ri, biroq endi qo‘limizdan xech narsa kelmaydi. Laura Genrining yelkasiga qo‘lini qo‘ydi. – Biz ularni majburlamadik, aksincha bunga qarshi bo‘ldik. Ularni xatto ogohlantirdik. Ular o‘zlari shu yerda qolishni istashdi. Ulardan oldin boshqalar xam shunday qilishgan. Bu narsa odat bo‘lib qolgan. – Xa bilaman deb xo‘rsindi Eden. – Bu shaxarning xididan ko‘nglim ayniydi. Ishqilib yetti yildan so‘ng bu yerlarga yana boshqa begona insonlar kelmasin. – Extimol so‘nggi marta shunday daxshatli yomg‘ir yog‘ishidir yoki bu yerga keyingi safar xech kim kelmas dedi Laura Stenton. – Bunday bo‘lmasa kerak. Ammo yetti yil uzoq muddat ungacha bir gap bo‘lar dedi Genri. Birozdan so‘ng Genri Lauradan elonlar yozilgan peshtaxtani osib qo‘yishga ko‘maklashishini so‘radi. Ular ishni tugatishgach – Mana endi yetti yi tinchgina yashaymiz dedi Genri Eden. – Xa, shunday deb o‘yladi Laura. Lekin yetti yildan so‘ng yana daxshatli qurbaqa yomg‘iri yog‘adi va aynan o‘sha kuni ikki yosh er-xotin xam kelishadi. Biz esa ularni qayta-qayta ogohlantiramiz lekin ular bunga ishonishmaydi, keyin esa... Bu narsa davom etaveradi.

Havo ochilib quyosh charaqlab chiqdi va shu taxlit Villoda dahshatli yomg‘ir kechasi yakuniga yetdi.

Ingliz tilidan Feruz Ziyodulloнev tarjimasi

7x7 gazetasi, 2015-yil, 8-yanvar soni

© 2004-2019 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.