background
logotype

Mustafo Mahmud. O‘rgimchak (qissa)

1

Ismim Dovud, neyroxirurgiya bo‘yicha Berlin universitetida doktorlik ishini himoya qilganman. O‘zi ellikka to‘ldim, ammo shkaf oynasiga qarab mutlaqo boshqacha manzarag guvoh bo‘laman: chuqur ajinlar, salqi yuzlar, burishqoq teri, oqargan sochlar, qizargan ko‘zlar... meni xuddi saksondan oshgan, munkillagan choldek ko‘rsatadi.
Bu bejiz emas. Buning zamirida katta bir sir yotibdi. Men uzoq yillar og‘ir mas’uliyat sabab ichimda saqlab kelgan mudhish bir sir...
Bu yana qancha davom etarkin? Yo‘q, boshqa chidolmayman. Mana shu oppoq sahifalarga yuragimni ezib kelgan dahshatli sirni to‘kib soladigan payt keldi. Bu bitirklarni o‘qib, tushunarli ilmiy jumlalarga duch kelgan o‘quvchilar meni kechirishsin; Matndagi xatolar, shoshma-shosharlik uchun ham uzr so‘rayman. Axir mening kam, judayam kam urim qoldi.
Sezyapman, o‘lim har qadamimda meni ta’qib qiyapti. Har bir soniya men uchun intiho bo‘lishi mumkin. Ammo bu qo‘rqinchli haqiqatni fosh etmay turib o‘lmasligim kerak. Birdan o‘lib qolsam-chi? E Xudo! Balki insoniyatga bu qimmatli haqiqatni bilish uchun bir asr kerak bo‘lar? Hayot esa, avvalgidek jumboqligicha qolaveradi.
Bu voqani uzoqdan boshlashimga to‘g‘ri keladi. Xullas, hammasi olti yil avval boshlangandi.
1958 yilning tumanli, nam yakshanbalaridan biri edi. Endigina odatimga ko‘ra bir finjon qahvani ichib bo‘lganimda, dastlabki mijoz eshish qoqdi. (Misrda yakshanba ish kuni hisoblanadi – tarj.)
Bo‘sag‘ada paydo bo‘lgan o‘ta ozg‘in yigitning yuz-ko‘zlaridan oshqozon va jigari bezovta qilayotgani ko‘rinib turardi. Men hatto undan bir og‘iz gap so‘ramay, tekshirmay kasaliga tashxis qo‘yishim va dori yozib berishim mumkin edi. Uning yuzlari baayni ochiq kitob edi: u o‘t pufagi, oshqozon-ichak tizimida aziyat chekadi -tamom-vassalom! Bunaqa kasallikda yurtimizda uch kishidan bittasida uchraydi.
Ammo u butunlay boshqa narsadan shikoyat qildi. U qo‘limga juda mashhur doktor tanishimning tavsiyanomasini uzatdi. Tanishim bemorni aynan menga yo‘llagan edi. Qog‘ozga ko‘z tashladim: “Miyada o‘simta bo‘lishi mumkin, tekshirish va davolash kerak!”
Miyadagi o‘simta? Tanishim nima sababda bunday xulosaga keldiykin? Men mijozni so‘roqqa tutdim. U muttasil bosh og‘rig‘i va ko‘zi xiralashayotganidan nolidi. Bu hech narsa emas, bosh og‘rig‘ining ming bitta sababi bo‘lishi mumkin. Ovqat xazmining buzilishi, zo‘riqish, kamqonlik, sinusit, karies, qon bosimining ortishi, ichkilikka berilish, asabiylik, migren... hammasi bosh og‘rig‘iga sabab bo‘ladi.
Nega shifokor birdan miya o‘simtasi degan tashxis qo‘ydiykin? Uzoq surishitrish va o‘ylab o‘tirishga vaqtim yo‘q edi. Oddiy tekshiruvlarga o‘tdim: ko‘z soqqasini tekshirish, boshni rentgenogrammasini chiqarish, elektroentsefalogramma qilish kerak. dim, . Oftalmoskop bilan optik nerv tolalari va ko‘z soqqasini kuzatdim. Aytganimdek hech qanday o‘simta yoki orqa miya suyuqligi bosimining ortishi sezilmaydi. Hammasi joyida. Bemor yuzimdagi tabassumni ko‘rib, xiyla dadillandi:
- Doktor, menga nima bo‘pti?
-Hammasi joyida, biror qo‘rqinchli narsa yo‘q.
Bemor biroz jim qolib, yana so‘radi:
-Haligi shifokor biroz shubhalangandi...
- Shubhali narsaning o‘zi yo‘q. Har qalay, tinchlanishingiz uchun birrov rentgen qilib qo‘yaman.
Hamshira rentgen xonasini to‘g‘irlaguncha, men dastlabki xulosalarimni qog‘ozga tushira boshladim. U hamma savollarimga bosiqlik bilan javob berardi.
- Ismim Rog‘ib Domiyon. Muhandis-elektrotexnikman. Qubba tumanida, Ibn al-Valid ko‘chasi 15-uyda turaman. Hozirda Qasr al-Ayniydagi radiatsiya masalalarini o‘rganish ilmiy-tekshirish institutida ishlayman.
-Uylanganmisiz?
U kulimsirab, o‘ng qo‘lidagi nishon uzugiga qarab qo‘ydi:
-Yaqinda uylanaman.
-Boshingiz anchadan beri og‘riydimi?
-Ikki oy bo‘lyapti.
-Qanday boshlangandi?
-Yakshanba kuni edi chamamda. Hammasi soati, daqiqasigacha esimda. Yakshanba kuni kinodan qaytayotgandim. Atrof zim-ziyo edi. Men kinodagi manzaralar haqida o‘ylab borardim. Men o‘tib borayotgan ko‘chalar,atrofimdagi uylar, minoralar nazo‘arimda xuddi kitob sahifalaridag suratlardek jonsiz tuyulardi. Xuddi tush ko‘rayotgandek yoki xayoliy tasavvur ichida uchib yurgandek edim.
Uning gaplarini qisqacha yoza boshladim. U jdim qolgan payti boshimni ko‘tarib unga qaradim. Shu payt bemor yuzini tirishtirib, ko‘zlarini ushladi. Keyin esa, yerga ahdarilib tushdi. Shartta tepasiga bordim. U hushini yo‘qotgan, sezalar-sezilmas nafas olar, nimanidir gapirishga urinardi. Uning ko‘z qorachiqlari dahshatdan kengayib ketgan, qo‘l-oyoqlari bezgak tutgandek qaltirardi. Birdaniga uning qaltirog‘i bosildi, nafas olishi ham ravonlashdi, ko‘zlari ohista yumildi va tiniq ovozda gapira boshladi.
Lekin, uning arab tilida gapirmayotgani aniq edi. So‘z ohangida sezdim – ispancha! Ha, u behush holatda, sof ispan tilida allaqanday Don Sebastyan Kamilo ismli toreador sherigiga nimalarnidir uqtirardi. Nazarimda u hozir yig‘lab yuboradigandek tuyuldi. Keyin uning ovozi pasaya boshladi, yana nafas olishi qiyinlashdi. Ko‘zlari yoshlandi. Keyin esa, jimib qoldi.
Men bu sirli hodisadan tamomila hayratda qolgancha, undan ko‘z uzmay turardim. U bir necha daqiqa o‘tgach, ko‘zlarini ochdi va xuddi o‘zga olamdan kelib qolgandek menga taajjub ila boqdi. Keypin esa, qarashlari ma’noli tus oldi. Keyin esa, uzrli qiyofada qo‘limdan tutib, jilmaydi:
-Ko‘rdingizmi, xuruj tutib qolsa shunaqa bo‘ladi. Kutilmaganda tutib qoladi.
-Siz muhandislik diplomini Ispaniyada olganmisiz?
U savolimda ajablandi:
-Yo‘q, Misrda o‘qiganman. Qohiradan tashqariga chiqmaganman.
-Ispan tilini maktabda o‘qiganmisiz yo institutda? – so‘radim hayrpatimni yashirmay.
-Ispan tilida bitta ham so‘zni bilmayman, - uning hayrati ham menikidan kam emasdi. – Nega so‘rayapsiz?
- Siz xuruj payti ispancha gapirdingiz.
U xuddi meni tushunmagandek ko‘zlarimga baqraydi. Chamasi u xuruj payti nimalar deganini o‘zi ham eslolmasdi. Men bu g‘alati asab xurujini ham kasallik tarixiga muhrlab qo‘ydim. Uning xarakatlarida bezovtalik sezilardi.
Bunaqasiga birinchi duch kelishim. O‘sha kuni boshqa birorta bemorni qabul qilolmadim. Bu g‘ayrioddiy hodisa xayolimdan ketmay qolgandi. Har qancha o‘zimni chalg‘itsamda, xayol meni yana o‘sha, Rog‘ib Domiyon tarafga sudrardi.
Uyga qaytganimda ham shu xayol meni tark etmadi. Kechasi uxlamadim hisob. Shunaqasi ham bo‘larkan-da? Biro bir tilni umuman o‘rganmay turib, unda shunaqa ravon so‘zlash mumkin ekan-da? Balki gapirgan u u emasdir? Unda kim? Bitta tanada ikkita odam joylasha olmaydi-ku? Balki, ayrimlar aytganidek, uning tanasiga jin-ajinalar in qurgandir? Yo‘q, atom asrida bunaqa xurofotlarga ishonib bo‘lmaydi.
Tan olaman, men ruhlarga umuman ishonmasdim. O‘qiganlarimdan shunday xulosaga kelganmanki, hayotda faqat sezgi organlarimiz bilan anglash mumkin bo‘lgan narsalar bor xolos. Ko‘rish, eshitish, hidlash, paypaslash mumkin bo‘lmagan narsalar mavjud emas, deb bilardim.
Hayotning o‘z tartibldari, qonunlari, sabab va oqibatlari bor. Allaqanday yondosh olamlar, ko‘irnmas mavjudotlar shnchaki xurofotlar yig‘indisi... Bu mening ayni paytgacha ishonib kelgan aqidam edi. Endi bu qarashlarimga o‘zim qarshi chiqyapman. Bu hayot biz bilmagan sir-sinoatlarga to‘la.
Manavi kichkina tranzistorni olaylik. U gugurt qutisichalik kelmaydi. Ammo, u havodagi ko‘rinmas tovushlarni, so‘zlarni tutib olyapti-ku? Agar men uni o‘chirsam, atrofda hech narsa ko‘rmayman. Tovushlar, so‘zlar yo‘qoladi. Men bu tovush to‘lqinlarini ko‘rolmayman, eshitolmayman. Bu sehrli quticha ixtiro qilinmasdan avval ham mana shu ko‘zga ko‘rinmas to‘lqinlar bor edi-ku? Faqat biz ularni ko‘rmas, eshitmas edik. Lekin shunga qaramasdan ular mavjud edi. Faqat bu to‘lqinlarni tutib, ularning kodlarini yechib, ma’nosiga yetmasdik, xolos. Demak, inson sezgi organlari ilg‘amaydigan narsalar ham ko‘p ekan-da?
Tranzistor qulog‘ini buraganim sari turfa tushunarsiz signallar, shovqinlar ham eshitiladi. Aslida bu bema’ni shovqinlarning ham qandaydir ma’nosi bordir? Men ham ularning kodini bilganimda bormi?
Miyamga urilgan fikrdan o‘zim qo‘rqib ketdim. Tashqarida momoqaldiroq gumburlardi. Balki bu guldiros ham qandaydir noma’lum tildagi hayqiriqdir? Kim bilsin? Ehtimol bu samoviy tilning ma’nosini biz hech qachon anglab yetolmasmiz?
Deraza tavaqasi ochilib ketdiyu, xonaga kuchli shamol oqimi yopirilib kirdi. Qo‘qqisdan sapchib turib ketdim va ustimga adyolni tortdim. Yashin tun zulmatini tilib o‘tmoqda edi.
Balki yashin ortida ham biz bilmagan allaqanday sir-sinoatlar, yashirin daraklar bo‘lar? Koinot kengliklarida biz tutib ololmaydigan qanday tovush va signallar, ilohiy mujdalar, qancha mavjudotlar, ruhlar, ajinalar bordir?
Dahsha ichida adyolimning bir chetini ko‘tarib, xonamga ko‘z tashladim. Qarshimdagi shkaf ham qandaydir sirli tilga ega bo‘lgan mavjudot bo‘lib ko‘rindi. Qo‘lim bilan paypaslab chiroqyoqqichni topgunimcha soatlar o‘tgandek bo‘ldi. Xona chiroq nuridan charaqlab ketdi. Men hamon ter ichida yotardim. Hamma narsa o‘z joyida. Yo rabbiy!
Xiyla tinchlandim. Mavhum tasavvurlar ham chekingandek bo‘ldi. O‘z ahvolimga o‘zimning kulgim qistadi. Odam yolg‘iz qolsa, ne xayollarga bormaydi?
Lekin... baribir Rog‘ib Domiyon bilan bog‘liq tahlikali o‘ylarni nari quvolmadim. U men uchun hamon javobsiz jumboq bo‘lib qolayotgan edi. Bu sirning tagiga yetmasam tinchlana olmasam kerak. Sigaret tutatgancha, o‘zimcha o‘sha hodisaning ilmiy yechimini qidira boshladim.
Koinotdagi har bir tovush o‘z davomiyligiga ega. Energiyaning barcha shakllari muttasil bir ko‘rinishdane boshqasiga o‘tib turadi. Masalan elektr toki harakatni, harakat esa, issiqlik, issiqlik yorug‘likni yuzaga keltiradi. Chaqilgan gugurt bir yonib o‘chgani bilan u tamomila yo‘qolib ketmaydi. Oltingugurt parchasi gazga, olovga va tutunga aylanib havoga singadi. Hech narsa yo‘qolgani yo‘q, balki shakli o‘zgardi xolos. Agar biz koinotdagi hamma energiyani to‘pla va ularni dastlabki, oddiy priyomnik bilan tutish mumkin bo‘lgan to‘lqin holatiga qaytarish imkoniga ega bo‘lganimizda, biz juda ko‘p sirlarni ochgan bo‘lardik. Masalan, Iskandar Maqduniyning o‘limi oldidan aytgan muhim gaplarini ham koinot bo‘shlig‘idan “yulib” olgan bo‘lardik. Bu har qalay, shunchaki taxmin xolos, ilmiy asoslangan nazariya emas.
Balki, anavi g‘alati bemor – Rog‘ib Domiyonning miyasida xuddi radipriyomnikka o‘xshash, ko‘rinmas tovush to‘lqinlarni tutib, qayta talaffuz etishga yordam beradigan mexanizm bordir? Shu bois uning miyasidagi mehanizm fazodagi ana shunday sochilib ketgan tovush to‘lqanlarini to‘plab, yuzaga chiqargandir? Garchi bu fikr uncha ishonchli ko‘rinmasa-da, har qalay biroz taskin topshim uchun kifoya qildi.
Ancha yengil tortib, xirgoyi qilgancha, derazaga yaqinlashdim. Keyin qurilmani tokka ulab, uyqu oldidan eshitadigan plastinkamni disklar qutisidan qidira boshladim. Beixtiyor bir dasta disk qo‘limdan yerga tushib, sochilib ketdi. Eski plastinkalardan biri chil-chil bo‘ldi. Shu topda uning bir parchasi ustidagi yozuvga ko‘z tashladim: “Mashhur ispan toreadori Don Sebastyanga marsiya”
 Don Sebastyan? Rog‘ib Domiyon behush paytda shu ismni tilga olmaganmidi?
Yana mavhum hislar komida qolgancha plastinkaning yerda sochilib yotgan siniqlariga qaradim. Qo‘llarim titrardi.

2

Oldimdagi yozuv stolida rentgen suratlari, o‘zim o‘tkazgan tekshiruvlar va tahlil natijalari sochilib yotardi. Men rentgen suratidagi miya tasvirining har bir chizgisiga e’tibor qaratdim. Biror aniq tashxis qo‘yishning imkoni yo‘q edi. Ular xuddi qon tahlili natijalari singari odatiy edi. Barcha xulosalar bemorning sog‘lom ekaniidan dalolat berardi. Faqat elektroentsefalogramma natijalarini bilish qolgandi. Men bu apparatni bir necha kun avval Amerikadan oldirib kelgandim. Uning yordamida miyaning elektrik faolligini aniqlash mumkin. Tasmani apparatdan chiqarib, yoydim va lupa bilan diagrammani sinchiklab qaray boshladim. Shu payt yuragim hapriqib ketdi.
Va nihoyat! Kutilmagan kuchli impuls butun diagrammani o‘chirib yuborayozdi. U 90 mikrovoltli amplitudani tashkil etgan va turli vaqt oralig‘ida takrorlangan edi. Bu belgi hech qanday o‘simta, tutqanoq, entsefalit yoki biror miya xastaligi alomati emasdi.
Men tibbiy kitoblarni titkilab, xuddi shunga o‘xshash holat haqida ma’lumot qidira boshladim. Men hamon bu jumboqning dastlabki nuqtasidan siljiy olmasdim. Qarshimda biror miltillagan yorug‘lik ko‘rinmasdi. Ammo, chuqur tekshiruvlardan so‘ng, nimadir borligiga ishona boshlagandim.
Elektroentsefalogramma uning miyasida nimadir o‘zgarish borligini ko‘rsatardi. Garchi tibbiyotga ma’lum biror kasallik alomatlari ko‘rinmasa-da, bu oddiy odamning odatiy miyasiga o‘xshamasdi. Yana o‘sha, o‘zimnging falsafiy xulosalarimga qaytdim. Chindan uning miyasida mavhum to‘lqinlarni tutib qoladigan nimadir bor. Ehtimol unaqamasdir? Rog‘ib muttasil ravishda birorta ispancha plastikani tinglab, uning matnini ong ostida saqlab qo‘ygan, hushsiz holatda, beixtiyor o‘sha so‘zlarni qaytargandir? Axir bizning tushlarimiz ham o‘ngdagi xotiralarning in’ikosi-ku?
Yo‘q-da! U shunchai alahsiragani yo‘q, aniq-tiniq, sof ispanchada gapirdi. Qandaydir Don Sebastyan Kamilo haqidagi voqealarni hikoya qilib berdi. U xuddi o‘z ona tilida gapirgandek silliq, bexato, ravon gapirgani aniq esimda. Bu shunchaki alahsirash emasdi. Alahsirayotgan odam tushunarsiz, g‘o‘ldirab gapiradi.
Klinikadagi boshqa bemorlarni tekshrish asnosida ham ana shu savollar girdobida edim. Tezroq, Rog‘ib Domiyon bilan belgilangan kun kelishini kutardim. Mana o‘sha kun keldi, ammo Rog‘ibdan darak yo‘q edi. U juda qat’iyatli yigit edi, aytilgan vaqtda kelishi lozim edi. Ammo, kechgacha kutsam-da, undan darak bo‘lmadi.
 Axiyri toqatim toq bo‘ldi. Kabinetimdan chiqib, paltoni yelkamga ildim-da, uning manzilini izlab yo‘lga tushdim.
Qubba tumani, Ibn al-Valid ko‘chasi 15-uy yoniga yetib borgach, mashinamdan tushib, atrofga alangladim. Tibbiyot varaqasida aynan shu manzil qayd etilgandi. Qorovul menga Rog‘ibning 12-kvartira yashashini aytdi. Lift ishlamas ekan. Har qavatda to‘xtab nafas olarkanman, oltinchi qavatga yetganimda, zinalardan ilozini bo‘lib oqiyotgan suv irmoqchalariga ko‘zim tushdi.
Suv qaerdan oqayotganini aniqlash uchun tepaga qaradim. Vaqt o‘tgani sari suv oqimi kattalashayotganini sezdim. Bug‘lanib turgan issiq sus aynan 12-kvartira eshigi tagidan sizib chiqardi. Ha, bu o‘sha, Rog‘ibning xonadoni. Qo‘lim titrab, eshik qo‘ng‘irog‘ini bosdim. Javob kelmagach, yana bosdim. Oxiri kutishga toqatim yetmay. Eshikni do‘pposlashga tushdim.
Javob yo‘q edi. Ichkaridan esa, ochitq krandan sharillab oqayotgan suv ovozi eshitilib turardi. Men joyimda qotib qolgan, miyamda esa, turfa xayollar charx urardi. Nima bo‘ldi ekan? Kvartira ichida kimdir bormikin? Eshikni sindirsammi? Balki politsiya chaqirarman? Ha, eng to‘g‘ri yo‘l shu edi.
Politsiyachi bilan eshikni sindirib, ichkari kirdik. Oyoq ostini suv bosgan, vannaxona eshigidan esa suv varaqlab chiqib turardi. Gaz isitkichi yoqiq turar, suv esa, vanna jomidan toshib chiqayotgandi. Vannaxona ichida esa, egnida xalat, qo‘lida qosh teradigan mo‘ychinak ushlab olgan qiz boshini pardoz stoli ustiga qo‘yib yotganini ko‘rib, tosh qotdik.
Politsiyachi ehtiyotkorlik bilan uning oldiga bordi va boshini ohista ko‘tarib ko‘rdi. Qizning rangi oqarib, yuzlarida dahshat qotib qolgandi. U o‘lgan edi. Sherigim darhol prokuratura va sud-tibbiyot ekspetriga qo‘ng‘iroq qildi. Bu qotillikmi? Qanaqasiga? Qanday qurol yordamida? Nima maqsadda? Bir tomchi qon, birorta jarohat izi yo‘q, bo‘g‘ilish, kurash yoki qarshilik alomatlari sezilmaydi.
Hamma jihozlar o‘z joyida, ayol esa, cho‘milishga hozirlik ko‘rayotgan bo‘lgan. Shu sababli gazli isitkichni yoqib, suvni ochgan. Ana shu vaqt ichida u oyna qarshisida qosh termoqchi bo‘lgan. Kutilmaganda, noma’lum bir dahshatga ro‘baro‘ kelgan.
U ko‘zguda nimani ko‘rdiki, yuzlari qo‘rquvdan bunchalik qiyshayib ketdi? Ha, uning yuzlari og‘riqdan emas, dahshatdan tosh qotgandi. ShO‘u payt qo‘lidagi oltin uzukka qo‘lim tushdi. Bu Rog‘ib Domiyonning qallig‘i edi. Axir u tez kunda to‘yimiz bo‘ladi, demaganmidi? Ammo uning o‘zi qaerda? Bu paytda u nima bilan mashg‘ul edi?
Pardoz stoli ustida Rog‘ib Domiyoning anchagina yosh va xushbichim chehrasi tabassum bilan boqib turardi. Bu surat ancha eski bo‘lsa kerak. U xonadonida yuz bergan bu fojiadan xabardormikin? Hozir qaerda bo‘lsa?
Boshqa xonalarni ham ko‘zdan kechira boshladim. Mehmonxona, oshxona... Kabinet xuddi laboratoriyani eslatardi. Xonaning katta qismini turli moslamalar, kimyoviy eritmalar, probirkalar terilgan kattakon stol egalagandi. U yerda turgan kattakon qurilma nima vazifani bajarishini bilolmadim.
Mikroskop ostida laboratoriya oynasi turadi. Mikroskop oyynagidan qaraganimda, allaqanday tirik to‘qima parqasiga ko‘zim tushdi. Embrion xujayrasiga o‘xshardi. Qiziq, Rog‘ib Domiyonga kimyo, bakteriologiya, anatomiya, patologiya borasidagi izlanishlar nimaga kerak bo‘ldiykin? Axir u klinikada Qasr al-Ayniy radiatsiya muhandis-elektrik ekanini aytmaganmidi? Meni hayrat va shubhalar izmiga solgandi. Kim o‘zi bu Rog‘ib Domiyon? Qanday yashagan? Nima bilan shug‘ullangan? Nazarimda o‘zimning miyamda o‘simta paydo bo‘lgandek boshim shishib qolgandi.
Bu paytda politsiyachi to‘rtoyoqlab xonaning polini ko‘zdan kechirar, qandaydir raqamlarni daftarchasiga qayd etardi. Men esa o‘z savollarimga javob izlardim. Rog‘ib Domiyon o‘simta masalasida yonimga kelgani haqida politsiyachiga aytsammikan? Bu bilan o‘z kasb srimni ochb qo‘ymasmikinman? Axir bemorning shifokorga aytgan gaplari ham uning roziligisiz boshqalarga aytilmasligi kerak.
Men ayolning dahshat qotib olgan yuzlariga qarab, beixtiyor Rog‘ibning behush paytdagi qiyofasini ko‘z oldimga keltirdim. Qanchalar o‘xshashlik? Har ikkisining nigohlarida o‘zga bir olamning dahshatovar sirlaridan ogohlik ifodasi zohir edi. Ayolning qo‘rquvdan kengayib ketgan qorachchiqlariga qarab titroqqa tushdim.
-Uni tanirmidingiz? – Bu politsiyachining savoli edi. Beixtiyor unga qaradim.
-Kimni aytyapsiz?
-Kvartira egasini.
-Yo‘q... – bu yerga birinchi kelishim. – Politsiyachining taajjubli nigohidan xatoyimni to‘g‘irladim. – Meni telefonda chaqirishgandi. Bir erkak qo‘ng‘iroq qilib, shu manzilga yetib kelishimni so‘radi.
-Uning ovozi qanaqa edi?
-Eslolmayman. Oldimda odam ko‘p edi. Telefondan ko‘chaning shovqini ham eshitilib turgandi. – Nega aldaganimni o‘zim ham bilolmayman. Men bu sirni ochishni istamasdim. Negadlir bu sirni faqatgina men bilishim, prokuratura ham, politsiya ham xabar topmasligi kerak deb hisoblardim. Men ohista qadamlar bilan yana o‘sha, ilmiy muhit izmidagi laboratoriyaga kirdim. Yana mikroskopni sozlab, unda turgan xujayrani sinchiklab ko‘zdan kechirishga tushdim. Bu rostdan ham embrion xujayrasimikin? Politsiyachiga sezdirmay, mikroskop oynagini cho‘ntagimga solib qo‘ydim. Mikroskopning yonidagi qizil yondaftarchani ham. Bu albatta mayda o‘g‘irlikka kirardi. Meni bilisho‘ga bo‘lgan ishtiyoqim shunga undardi. Vijdonimga xilof ish qilmayapman-ku? Maqsadim haqiqatni bilish. Chamamda bu vijdoniy nuqtai nazardan noto‘g‘ri ko‘rinmasdi. Politsiyachi oshxonadan turib, meni chaqirdi:
-Mana bu yerdan qon tomchisi chiqdi.
Oldiga kirganimda, qo‘lida zarra bilan cho‘kkalab, kattaroq no‘xatdek keladigan qizg‘ish dog‘ni ko‘zdan kechirardi. Garchi bu dog‘ qon emas, gilamga to‘kilgan yod tomchisi ekanini sezsam-da, indamadim. Mayli, u o‘z ishin qilaversin.
Mashinamda uyga qaytarkanman, Rog‘ib Domiyonning uyidan olib chiqilgan yon daftarcha va noma’lum to‘qimani o‘ylab xiyda yengil tortdim. Tezroq laboratoriyamga yetib borish uchun gaz tepkisini bosdim. Nazarimda mikroskop orqali bu to‘qimani yaxshilab tekshiruvdan o‘tkazsam, jumboqning javobini topadigandek edim.

3

Tanish mikrobiolog do‘stimdan olib turilgan mikroskop ob’ektivi ostiga haligi to‘qia parchasini qo‘yib, uni sinchiklab kuzata boshladim. Man avval uni embrion to‘qimasi deb o‘ylagandim. Yo‘q, chamasi kometasimon bu to‘qimalar bosh miya yoki orqa miya to‘qimalariga o‘xshab ketar, ammo protoplazma va yadroning ko‘rinishi miya xujayrasinikiga o‘xshamasdi. Mutlaqo boshi brek ko‘chaga kirib qolgandim. Yadro xuddi saraton xujayrrasinikidek shaffof tusda edi. Lekin to‘qimadagi qon tomirlarda saraton alomatlari sezilmasdi.
Bo‘lmasa bu nima ekan-a? Ilkis yodimga qizil yondaftarcha tushib, uni sumkamdan oldim-da, varaqlashga tutindim. Hafsalam pir bo‘lganini bir ko‘rsangiz edi. Unda kundalik hisob-kitoblar, xaridlar va yana allambalolar bor edi xolos.
Boshim g‘uvillab ketdi. Chiroqni o‘chirdim-u, tamaki tutatgancha, xayolga cho‘mdim.
Prokuratura uch marta meni guvoh sifatida ko‘rsatma berishga chaqirdi. Biroq, tergov umuman oldinga siljimasdi. Rog‘ib Domiyon esa, izsiz g‘oyib bo‘lgandi. Politsiya hamma yoqni to‘s-to‘polon qilsa-da, uning daragini topolmadi. Sud tibbiyot eksperti o‘likni ko‘zdan kechirib bo‘lgach, o‘lim kuchli qo‘rquv va hayojon tufayli, yurakning to‘xtab qolishi va asablarning falajlanishi natijasida ro‘y bergan, deya xulosa berdi. Masalan yashin urganda ham ana shunday o‘lim yuz berishi mumkin. Lekin, sho‘rlik qiz nimadan qo‘rqdiki, yashin urgandek asablari ishdan chiqib, yuragi to‘xtab qoldiykin? Bu savollarga har qancha o‘ylasam ham aniq javob topolmasdim. Har qalay Rog‘ib Domiyonning o‘zi meni izlab kelishiga ozgina bo‘lsa-da, umid bor edi. Ammo... yana kim bilsin? Balki uning o‘zi ham bu bevafo dunyoni tark etgan bo‘lsa-chi? Axir uning o‘zi ham qandaydir falokat yoqasida yashamasmidi? Har bir xuruj paytida. Hushini yo‘qotib, tubsiz tuynukka tushib qolardi-ku? Uning o‘sha holdagi qiyofasini ko‘z oldimga keltirishga urindim. Uning ham yuzida allaqanday dahshat bilan yuzlashgan chog‘dagi ifoda bor edi. O‘sha holda u nimani his etdi ekan? Qanday qilib u ispan tilida bu qadar ravon va xatosiz gapira oldi? Nahotki, bugung tibbiyot bu sirning tagiga yetishga ojizlik qilsa?
Men yana o‘sha kuni tasvirga olingan rentgen suratlariga e’tibor qaratdim. Ularni birma-bir yoruqqak solib ko‘ra boshladim. Dastavval, bu tasvirlarda shunchaki sog‘lom odamning odatiy bosh miyasi aks etardi xolos. Endi nazarimda tasvirlar boshqacharoq ko‘rindi. Suyaklar odatdagidan ko‘ra ancha ingichka, yupqaroq ekanini angladim. Nahot u suyak xastaliklaridan azob chekkan bo‘lsa? Yo‘q, suratda aks etgan o‘mroq va umurtqa suyaklarida o‘zgarish yo‘q. Faqat bosh chanog‘i....
 Bu bosh miyaning favqulodda kattalashishi bilan bog‘liq bo‘lishi kerak. Miya kengayib, bosh chanog‘ini yupqalashtirib yuborgan. Demak, miyada nimadir bor.
Miyamga g‘alati fikr urildi: balki, Domiyon va uning qallig‘i aynan bir xil darddan aziyat chekishgandir? Axir har ikkisining qorachiqlarida bir xil dahshat qotib qolgandi-ku? Aytgancha, qizning miyasini olib, o‘rganish mumkin-ku?
Shu fikrdan so‘ng sapchib turdim-da, bu ishga jalb qilingan tibbiyot ekspertiga qo‘ng‘iroq qildim va go‘yoki mutaxasis sifatida murdani yorib ko‘rish natijalari bilan qiziqqan bo‘ldim.
Ekspertdan gap olish qiyin kechmadi. U qisqagina qilib, qizning jasadi uch kun Qasr al-Ayniydagi o‘likxonada yotgani, uch kungacha hech kim uni so‘rab kelmaganini aytdi. Uchinchi kuni kechqurun bir chol kelib, bu uning qizi ekanini aytibdi. Achchiq ko‘z-yosh to‘kib, daftarga Avad Ibrohim deb imzo chekibdi-da, jasadni olib ketibdi.
Keyin ekspert gazetalarda Mari Ibrohimning o‘limi munosabati bilan chop etilgan xabarni o‘qib berdi. Xabarda qizning barcha yaqinlariga ta’ziya izhor etilib, uning o‘zi bugun yunon-katolik qabristonida dafn qilinishi aytilgandi.
Menga shuning o‘zi kerak edi. Demak, qizni dafn qilishgan. Men miya chirib bitmasidan turib, uni olishim va o‘rganishim lozim edi. Vaqtni o‘tkazmaslik kerak. Darhol turib kiyindim va nasroniylar qabristoniga yo‘l oldim.
Tungi soat bir, sovuq shamol esar, ko‘chalar bo‘m-bo‘sh edi. Bundan picha yengil tortdim. Bunaqa xilvatda ishimni tez va oson bitiraman. Qabriston eshigi oldidagi kulbada qorovul dong qotib uxlardi. Qabrin topish uchun menga uning yordami kerak edi. Eshikni uzoq taqillatishimga to‘g‘ri keldi.
Baxtimga qorovul u qadar begona emasdi. U mening eski mijozlarimdan bo‘lib, bolaligidan tuqanoq bilan og‘rigan, mendan muolaja olib turardi. Shu bois u bilan iliq so‘rashdik. Tabiiyki bemavrid tashrifimdan taajjublandi.
Unga prokuraturaning maxsus topshirig‘i bilan qabrni ochib ko‘rishim lozimligini aytdim. Bu o‘ta maxfiy ish bo‘lgani bois, boshqa xodimlari biriktirilmaganini ma’lum qildim. Qorovul menga chippa-chin ishondi va ortidan ergashtirib ketdi.
Qabr toshini surib, qabrni ochgunimizcha ancha vaqt o‘tdi. Belkurakning gursillashi tungi sukunatni buzib turardi. Mana nihoyat yulduzlar yog‘dusida tobut ko‘rindi. Hamma sir ana shu tobut ichida yashiringan, bunga faqat tobut qopqog‘i monelik qilardi xolos. Qo‘limdagi fonor yorug‘ida qopqoqni ochdim.
Dahshat! Murdaning boshi... yo‘q. Kesib ketishibdi. Toshdek qotib qolgandim. Shubhali nigohlarimni qorovulga qaratdim. Ammo uning ham ahvoli menikidan farq qilmasdi. U ham tobutga lol bo‘lgancha tikilib turardi. Chamasi, u ham qanday voqea yuz berganini idrok eta olmasdi. Xuddi o‘zimning boshimni kesib ketishgandek, yuragim bezovta dukillardi.
Rog‘ib Domiyon haqidagi fikrlar meni tinch qo‘ymasdi. Uning murdani bo‘g‘izlayotganini ko‘z oldimga keltirdim, nazarimda tobutda uning barmoq, yerda esa oyoq izlari qolib ketgandek edi. Ha, bu ishni undan bo‘lak odam qilmasligiga ishonchim komil. U bilan men baayni bitta o‘ljaning iziga tushgan tozi itlar edik. Har ikkimiz bitta sirning ortidan quvardik. Bu gal o‘lja unda ketdi. Men esa, og‘zimni ochib qolaverdim.
 Tobutning qopqog‘ini yopdim-da, qorovulga qabrni tekislab, qabrtoshini yana o‘z o‘rniga joylashni topshirdim.
Qabrlar oralab ketarkanman, oyoqlarim o‘zimga bo‘ysunmasdi. Nazarimda yelkamni og‘ir yuk bosib qolgandek edi. Sezib turardim, Rog‘ib Domiyon tirik va bir kuni o‘zi yonimga yordam izlab keladi. Bunga shubham yo‘q.
Yana kim bilsin?

4

Rog‘ib Domiyon haqidagi o‘y-xayollar hayotimning ajralmas qismiga aylandi. Ertadan kechgacha uning ozg‘in yuzi va parishon nigohlari ko‘z oldimdan, ovozldari qulog‘im ostidan ketmasdi. Yechalari tushimga ham kirib chiqardi. O‘z laboratoriyasida o‘zi kesib olgan boshga soatlab, zavq bilan tikilib o‘tirganini ko‘z olimga keltirardim. Unga nima kerak bo‘ldiykin o‘z qallig‘ining boshi?
Darhaqiqat miya nima o‘zi? Ruhmi yoki ong? U ne sinoatlarni o‘zida mujassam etadi? Biz qo‘rquv, og‘riq va huzurni uning yordamida qanday his etamiz? Turgan bitgani jumboq. Darhaqiqat, bu borada tibbiyot anglab yetmagan sinoatlar ko‘p. Bizga bu haqda juda oz bilim berilgan.
Asab tolalari o‘ta sezgir, ular bosh miyadagi markazlarga quloqqa urilgan nutqni xuddi telefon simlariga o‘xshab yetkazib beradi. Markazlarga yetib borgan bu so‘zlar aniq ma’no kasb etadi va ular asosida ma’lum tasavvurlarga ega bo‘lamiz. Lekin bunga qanday erishamiz? Miyamiz yetkazib berilgan oddiy tovushlar yig‘indisini bizga “tarjima” qilib beradimi? Balki hammasi biz o‘ylagandan boshqacharoqdir? Yana sirlar silsilasi... Va sirlar hammasi inson miyasi bilan chambarchas bog‘liq.
Ha ana shu sirlarni kashf etish uchun o‘z miyamizni chuqurroq tadqiq etishimiz, o‘rganishimiz kerak. Rog‘ib Domiyon ham ana shu fikrda bo‘lsa kerak. Ehtimol u ana shu maqsadda bosh chanog‘i ichidan miyani sug‘urib olib, uning ichidagi xujayralarni mikroskop ostida ko‘zdan kechirayotgandir? Ehtimol u allaqachon menga noayon bo‘lgan sirlarning tagiga yetgandir?
Soat tungi bir. Men esa hamon uxlolmay to‘lg‘onib yotardim. Uxlashim kerak. Tezroq uxlab qolish, bu tizginsiz xayollardan xalos bo‘lish uchun eski usulimni qo‘llamoqchi bo‘ldim. Biror zerikarli narsani o‘qish kerak.
Karavotim tagida turgan eski gazetalarni ko‘zdan kechirishga tushdim. Reklama e’lonlari, nekrologlar, zerikarli maqolalar va turfa xil xabarlarga ko‘z yugurtira boshladim. Men bu xabarlarning ko‘pini avval ham o‘qib chiqqanman. Turfa harflarga tikilishdan ko‘zlarim toliqib, tezroq yumila qolsa edi.
Mana, uyqu elita boshladi chog‘i... Xuddi shu asnoda eski gazeta sahifasidagi bir sarlavha meni ilkis hushyor torttirdi. So‘z Qasr al-Ayniydagi radiatsiya masalalarini o‘rganish institutidan qiymati 20 ming funtga teng bo‘lgan, radiydan yasalgan o‘n dona ignaning o‘g‘irlab ketilgani haqida borardi. Bu o‘g‘rilik haqida politsiyaga institut muhandisi Rog‘ib Domiyon tomonidan xabar berilgan...
Shu zahoti ko‘zimdan uyqu qochdi va o‘rnimdan sapchib turdim. Men xabarni bir necha marta o‘qib chiqdim. Ha, xato o‘qiganim yo‘q. Rog‘ib Domiyon. Gazeta esa, uch yil avval chop etilgan. Nega shu paytgacha asrab kelganimga hayronman. Ehtimol, bu gazetada Misrda asab kasalliklari statistikasi bilan bog‘liq maqola borligi uchundir? Men bu jumboqning yechimiga buncha tez va oson yo‘l topaman, deb o‘ylamagandim.
Rog‘ib Domiyonning o‘zi sodir etgan bu o‘g‘irlikni. Bo‘lmasa, radiy ignalarni o‘g‘ri boshiga uradimi? Tilla emas-ku? U faqat tadqiqotchi olimlarga kerak bo‘lishi mumkin. Lekin uradiyni qaerga yashirdi ekan? Unga bu radioaktiv modda nima uchun kerak bo‘ldi ekan? Ha, radiy uning yashirin tadqiqotlari uchun kerak bo‘lgan.
Shu bois men gazetaning shu xabar bosilgan qismini qirqib, cho‘ntagimga solib qo‘ydim. Nazarimda men bir qadam ilgarilagandek edim.
Rog‘ib Domiyon bu ignalar politsiya tintuv qilgan uyida yoki laboratoriyasida saqlamagan bo‘lsa kerak. Qaerdadir uning yot ko‘zlardan panada, yashirin tadqiqotlar olib boradigan boshqa laboratoriyasi bo‘lishi kerak. Aytgancha, ignalar o‘zidan radioaktiv nurlar taratadi, men esa, ular yordamida o‘g‘irlangan ignalarning manzilini topib olishim mumkin. Buning uchun menga Geyger hisoblagichi kerak bo‘ladi. Bir amallab o‘sha moslamadan topishim kerak. U juda past darajadagi nurlanishni ham qayd eta oladi va Domiyonning yashirin “ustaxona”sini topishga ko‘maklashadi.
Ertasi kuni birinchi qilgan ishim o‘shanda hisoblagich sotib olish bo‘ldi. Keyin puxta ish rejasini ishlab chiqdim: Qohirani o‘zimcha o‘nta hududga bo‘lib, har kuni bittasini mashinamda, hisoblagich bilan birga kezib chiqadigan bo‘ldim. Hisoblagich esa, radiylli ignalarni qaerda, qai uy va qaysi seyfda saqlanayotganini aniq ko‘rsatib berishiga ishonardim. Buning uchun mendan biroz chidam va iroda kerak bo‘ladi, xolos.

Birinchi kun Domiyon o‘z uyiga yaqinroq hududni tanlagandir, degan xayolda Qubba Garden sektorini aylanib chiqdim. Biroq, izlanishlar naf bermadi. Hisoblagich milidan ko‘zimni uzmasdim, ammo u xuddi qotirib qo‘yilgandek joyidan jilmasdi. Keyingi kunlar Meadiy, Daqqiy, Jiza, Geliopolis kvartallarini ham kezib chiqdim. Shu tariqa butun shaharni izg‘idim. Ammo, o‘zgarish yo‘q. Demak, u ignalarni radiatsiya nurlarini o‘tkazmaydigan, ikki qavat himoyali seyfda saqlayotgan bo‘lsa kerak. Axir, u radiatsiya masalalari bo‘yicha mutaxassis, o‘zi o‘g‘irlaganidan keyin qanday asrashni ham biladi.

Unda mening Halokuning itiday lo‘killaganim behuda ekan-da? Yana yuragimni umidsizlik qopladi. Shundan so‘ng ko‘chama-ko‘cha ig‘ishni bas qildim.
Kutilmaganda yana esimga qizil yon daftarcha tushib qoldi. Unda qassob,, baqqol, darixonchi bilan bog‘liq allaqanday hisob-kitoblar to‘lib toshgandi. Xo‘sh, unda nima uchun bu daftarchani mikroskop bilan yonma-yon qo‘ydi ekan? Shu sabab daftarchsani olib, varaqlashga tushdim. Dastlab e’tibolr qilmagan ekanman. Ichki sahifalarda qalam bilan yozilgan tenglamalar ko‘p ekan. Bitta sahifada esa, antiqa qaydlarga ko‘zim tushdi:
“Neytronlardagi akkumilyatorlar qanday qilib quvvatni saqlab qoladi? Ular qabul qilish va uzatishga har djoim yaroqlimi? Yurak muskullari bir daqiqada o‘rtacha yetmish marta qisqaradi. Ustritsa yoki chig‘anoqning muskullari esa, bir necha soatda bir martagina qisqaradi. Ayrim hasharotlar esa, bir soniyada 500 martagacha qanot qoqarkan Chunki bu hasharotlarning ektomitsindan borat qanotida protein moddasi ko‘p uchraydi. Ularning qanot muskullaridagi bu qadar aniqlik va mukammallikning boisi nima? G‘uddasimon bez. Xromosomalardagi radiolaktiv harakatlar...”
 Men daftarchadagi kimyoviy tenglamalar ustida har qancha bosh qotirmay, hech narsani tushunolmadim. Lekin bu yerda nega g‘uddasimon bezga urg‘u berilgan. Tagiga chizib ham qo‘yibdi. Anatomiyadan shu narsa ma’lumki, miyadagi g‘uddasimon bez xuddi ko‘richakka o‘xshaydi. Biror tayinli vazifasi yo‘q. Bir paytlar bu a’zo insonning ruhoniy hislarini boshqaradi deyilgan, keyinchalik bu fikr olimlar tomonidan inkor etilgandi. Keyin bu odam nima u3chun ektomitsin, protein, xromosomalarning radioaktiv xususiyatlariga qiziqib yuribdi.
 Balki bu tenglamalar orqali ektomitsinning tarkibini bilmoqchi bo‘lgandir? Rog‘ib Domiyon kim o‘zi? Uning maqsadid nima? U nimani o‘rganmoqchi o‘zi?

5

Hayot siri! Rog‘ib Domiyon aynan shuni anglab yetmoqchi edi. Daftarchadagi uzuq-yuluq fikrlar shundan dalolat berardi. Darhaqiqat uning e’tiborini tortgan hamma narsa chindan sir-sinoatlarga to‘la: ,oddiy hasharotning samolyot parragidan tez qanot qoqishi, xromosoma atalmish mitti zarar ichida joylashgan nasliy belgilar. Xo‘sh, nima uchun Domiyon loviyadekkina keladigan g‘uddasimon bezga bungcha qiziqib qoldi? Balki Domiyon shu bezning asl funktsiyasini kashf etgandir?

Biroq u qotil va o‘g‘ri ekanini ham unutmaslik kerak. Bir qarashda o‘lim tabiiy ravishda yuz bergandek. Ammo, aniqki, Domiyon sevgilisining miyasini olish uchun uni o‘ldirgan. Qanday dahshat! U ehtimol yana bir jinoyatga bel bog‘lagandir?
...O‘shanda men Qohira va Iskandariya o‘rtasidagi katta trassadan oilaviy muammolarim yuzasidan Tantoga ketayotgandim. O‘z fikr-xayollarimga berilib, oyog‘imni gaz tepkisidan uzmay ketarkanman, ilkis yo‘ldan burilib chiqayotgan yuk mashinasini ilg‘ama qolibman, Tormozni bosishga ulgurmadim, shiddat bilan rulni haydalgan dalaga burdim.
Xudo bir asradi. Yer ancha yumshoq ekan. Aks holda halokat muqarrar edi. Mashinam yonboshi bilan turib qolgandi. Chamasi hamayoqg‘im butun, apmmo jiqqa ter ichida qolgandim. Bir zumda yaqin atrofda ishlayotgan dehqonlar yordamga shoshilishdi. Bir amallab mashinani o‘nglab yo‘lning chetiga chiqardik.
Xayriyat, mashina ham jiddiy shikastlanmabdi. Motor darhol o‘t oldi. Xuddi shu asnoda beixtiyor Geyger hisoblagichiga ko‘zim tushdi. Yo alhazar! Hisoblagich ishga tushgandi. Demak moslama yaqin orada radioaktiv nurlanish borligini qayd etgan. Har qalay bu atrofda radioaktiv moddalar bilan ishlaydigan biror bir inshoot yo‘q. Buni aniq bilaman. Demak, Domiyonning yashirin maskani shu orada bo‘lishi kerak. Albatta bu taxmin Domiyonni qo‘lga tushirish uchun yuz foizlik kafolat bermasa-da, har qalay chiqmagan jondan umid qilsa bo‘ladi.
Yaqion oradagi qasabalarni kezib chiqishimga to‘g‘ri keladi. Atrofga ko‘z yugurtirdim. Katta yo‘l yoqasida deyarli turar-joylar ko‘rinmaydi. Yarim chaqirim narida ichikroq villa ko‘zga tashlanadi. Menimcha, men qidirayotgan joy ham shu villa bo‘lishi mumkin. Kuchli radioaktiv nurlanish shundan dalolat beradiki, radiy qalin ihotalangan seyfda emas, ochiq joyda turibdi.
Uy derazasidan ko‘rinib turgan qoramtir pardalarga qarab, yuragimni vahm chulg‘adi. Mashinamni boshqalarda shubha uyg‘otmaydigan darajadagi masofada qoldirib, villa sari yurdim. Zinapoyadan ko‘tarilib, eshik oldida bir muddat to‘xtab qoldim. Qo‘ng‘irq chalsammi yo yo‘qmi? Yo‘q, kimdir kelganini bilsa, Rog‘ib Domiyon bekinib olishi mumkin.
Uning yoniga daf’atan kirib borish kerak. Buning uchun eshikni taqillatish yaramaydi. Mashinani villaning orqa tarafiga aylantirib o‘tsam, mashina tomiga chiqib, balkondan ichkari kira olaman. Aytilgan so‘z – otilgan o‘q. Endi balkon va villaning ichki qismidan meni yupqagina ipak parda ajratib turardi xolos.
 Pardani ohista ko‘tarib, ichkariga nazar tashladim. Bu yotoqxona balkoni ekan, ichkarida hech kim ko‘rinmasdi. Mehmonxona orqali koridorga chiqish mumkin ekan. Koridor oxiridagi eshik ochiq bo‘lib, chiroq yoniq turar, to‘g‘rida avtoklav – yuqori bosimda qizdirish uchun ishlatiladigan idish turardi.
Bu katta laboratoriya edi. Shubhasiz men mo‘ljalni to‘g‘ri olgandim. U shu yerda. Ishlayotgan bo‘lishi kerak. Endi nima qilsam? Kirsammi yo yashirinsammi? Uning ko‘ziga ko‘rinmasligim kerak. Yotoqxonaga kirib, karavot tagidan joy oldim. Bu yerdan xonadagi ojizgina shitirlashni ham bemalol eshitsa bo‘lardi.
Juda qo‘rqinchli daqiqalarni yashayotgan edim. Tanam muz qotayotganini his etdim. Hammayo suv quygande jimjit. Balki rostdan ham uyda .emasdir. O‘g‘rilar uyda odam bor deb o‘ylashi uchun chiroqni yoqiq qoldirgandir? Shu xayol bilan yashiringan joyimdan chiqdim. Mehmonxonadan chiqib ochiq eshik tomon yurdim. Ichkariga bosh suqib qaradim. Hech zog‘ ko‘rinmasdi. Demak men bu yerga kirganimdan beri hali hech kim villaga kirmagan, chiqib ham ketmagan.. Demak, bir soniyani ham yo‘qotmaslik kerak.
Laboratoriyaga kirib, atrofga ko‘z yugurtirdim. Ko‘rinarli yerda, eshikdan o‘ng tomonda o‘sha, men qilirgan miya, formalin eritmasi ichida turardi. Bir qarashdayoq miyaning ikkiga bo‘lingani va uning ichidan g‘uddasimon bez ajratib olinganini aniqlash mumkin.
Uning yonida turgan stoldagi idishda yana bitta miya turardi. Keyin ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi idishda ham, formalin eritmasi ichida inson miyalari solib qo‘yilgan. Va ularning barchasi yorilgan va g‘uddasimon bezlari olib qo‘yilgandi. Daxshatdan tosh qotdim. Ehtimol men o‘z insonlarni mudhish tajribalari uchun qurbon qiladigan manyak bilan to‘qnash kelgandirman? Yoki u o‘z oldga qo‘ygan maqsadi, jumboqlar yechimini insonlar hayotidan ham ustun qo‘y oldimi?
To‘g‘rija statik elektr generatori, ko‘plab filtrlar, qizartiruvchi eritmalar, kislotalar, ishqorlar to‘la shishalar, tirik to‘qimalarni o‘stirish uchun bir qancha mikroskop vayana allambalolar turardi. Burchakda radiyli ignalarni saqlangan ikki qavatli seyf turar, ammo uning eshigi ochiq edi. Qarama-qarshi burchakda esa, tish do‘xtiri kursisiga o‘xshash ko‘tarma o‘rindiq bor edi. Kursi suyanchig‘ida rentgen moslamalarini eslatuvchi uchta oynavand vakkumli chiroqlar o‘rnatilgan edi. Kursida o‘tirgan odamga uch tarafdan chiroq nurlari tushib turardi. Har uchala chiroqdan tushadigan nur o‘tirgan odamning miyasida, bitta nuqtada kechishishini taxmin qilish mumkin. Juda g‘alati qurilma!
Men ilgari bunaqasini ko‘rmagandim. Uskunaning ayrim qismlari o‘zimizda yasalgandi. Biroq u baribir allaqanday maxfiy maqsadlarga xizmat qilishi aniq. Undan taraladigan nurlar-chi? Radioaktiv nurlarmikin? Unda radiyli ignalarning o‘rni ko‘rinmasdi. Har qalay manavi chiroqladan taraladigan nurlar ham gamma yoki beta nurlariga o‘shash yuqori chastotali va qisqa to‘lqinli bo‘lishi mumkin. Biroq, u radioaktiv izotoplarni atom reaktorisiz qanday qo‘lga kiritdi ekan?
Shu payt ortida kiyim ilgich turgan pardaga ko‘zim tushdi. Parda ortida yana bir eshik bo‘lib, u chorxori hujraga olib kirar, bu yerda esa, xuddi kichikroq atom reaktorini esga soluvchi qurilma o‘rnatilgan edi. Qurilmaning markazida o‘g‘irlangan radiy ignalar joylashtirilgan edi. Demak, ignalar unga radioaktiv nurlarni hosil qlish uchun kerak bo‘lgan, bu nurlar esa, tirik miyani o‘rganish uchun ishlatilgan! Unda manvi ishqor vakislotalar, har qil trubalar, eritmalarning nima keragi bor ekan? Demak, yana qandaydir kimyoviy jarayonlar amalga oshiriladi.
Mikroskop oynagidan qaragnimda sanoqsiz spermatazoidlar va tuxum xujayralarga ko‘zim tushdi. Bir qarashda ular qurbaqaga tegishli ekanini ham angladim. Demak, u tuxum xujayralarning urug‘lanishi va bo‘linishi, bu jarayonda yadro va xromosomalarning ishtiroki bilan qiziqqan. Mikroskopdan tuxum xujayraning yadro va xromosomalari ham ko‘rinib turardi. Mikroskop yonida allaqanday moviy suyuqlik solingan shishacha turardi. Qasam ichib aytamankiYu bu haqiqiy olimning laboratoriyasi edi.
Stol ustida qayd jurnali yotardi. Uni qo‘lga olgan chog‘imda pastda tovushlarini eshitib, sergak tortdim. Yashirinish kerak! Miyamga shu fikr urilishi bilan boyagi parda ortiga o‘zimni urdim. Ko‘p o‘tmay Domiyon qandaydir xumkalla odamni ergashtirib kirdi. Domiyon yanada ozib-to‘zib ketgandek ko‘rindi. U xumkalla odamga haligi kursini ko‘rsatdi.
-Mana shu uskuna sizni kallik balosidan qutqaradi.
-Alloh umringizni uzun qilsin, shu boshimga jun chiqsa bo‘lgani...
-Inshoolloh, chiqadi, - Domiyon haligi odamni kursiga chiqishiga yordamlashdi. – Marhamat qilib, kulohingizni yechib qo‘ysangiz.
Erkak kulohini yechdi. Uning boshi tap-taqir kal edi. Men shu zahotin Domiyonning aldaganini tushundim. Demak, u sho‘rlik erkakni kallikdan qutqazaman deb, o‘z kushxonasiga olib kelgan. U o‘zining dahshatli unlari bilan bechoraning miyasi ustida allaqanday tajribalarini o‘tkazadi, keyin esa, uni o‘ldirib, miyasini sug‘urib oladi. Xumkalla ichidagi miya anavi idishlarda turgan inson miyalari yonidan joy oladi.
Men qo‘rqinchli bir jinoyatning shohidi bo‘layotgan edim. Kal kusiga o‘tirgancha miyamga ming xil o‘y kelib urildi. Bu paytda Domiyon o‘z o‘ljasining boshini allaqanday o‘lchovchi moslamalar bilan o‘lcharYu, natijasini yondaftarchasiga tushirardi. Keyin chiroqlarni nurlari bir nuqtada kesishadigan qilib to‘g‘irlab chiqdi. Keyin esa qutidan sterillangan shprits olib, uni shishadagi moviyrang suyuqlik bilan to‘ldirdi. Keyin esa, uni mijozning venasiga yubordi.
-O‘n daqiqadan keyin muolajani boshlaymiz, - dedi Domiyon soatiga ko‘z tashlab.
“Nega aynan o‘n daqiqadan keyin?” bu savolga javob topishda tibbiy bilimlar yordam berdi: Tomirga yuborilgan suyuqlik qon bilan aralashib, miyaga, g‘uddasimon bezga yetib borishi uchun aynan o‘n daqiqa kerak bo‘ladi. Shundan keyin Domiyon uch tarafdan anavi la’nati nurlarini sho‘rlikning aynan o‘sha, g‘uddasimon beziga yo‘naltiradi.
Mudhish jinoyat sodir etilishiga bir necha daqiqa qolgandi. Nimadir qilish kerak! Nimadir qilishim kerak!

6

O‘n daqiqa o‘tdi. Domiyon elektr tokini yoqib, qurilmaning tugmalarini birin-ketin bosa boshladi. Uchta katodli chiroq xira nur sochardi. “Do‘zax mashinasi” esa g‘uvillay boshladi. Men dahshat ichida atrofga qaradim. Orqamda elektr tokini yoqib-o‘chiradigan kattakon dastak turardi. Darhol dastakni pastga tushirishim bilan butun xona zulmatga cho‘mdi.
-Obbo, yana tok o‘chdi, - to‘ng‘illadi Domiyon. – Jin ursin, eng kerak Xonada jimlik cho‘kdi. Chamasi ular ikkovi yana chiroq yonishidan umid qilishardi. Men xiyla yengil tortdim. Oradan bir soat o‘tdi. Domiyon cho‘ntak fonarini yoqdi.
-Chamamda ertalabgacha tok bo‘lmaydiganga o‘xshaydi. Balki muolajani ertaga qoldirarmiz?
-Bugun tugatib qo‘ysak yaxshi bo‘lardi-da, - ming‘irladi kal. – Bemalol amimni olardim.
-Nachora, boshqa ilojimiz yo‘q.
Ikkovlashib eshik tomon yurishdi. Keyin zinapoyadan pastlab borayotgan qadam tovushlari eshitildi. Demak, men bu parda ortida turib hammasini kuzatishim, zarurart tug‘ilganda tokni uzib qo‘yishim, narigi xonada, qorong‘ilik bag‘rida yashirinishim mumkin. Bu yerda men hamisha voqealar markazida his qila olaman o‘zimni. Tabiiyki, men Domiyon bilan yuzma-yuz kelishni istamasdim. U laboratoriyada begona odam borligini umuman sezmasligi kerak. Shundagina u erkin harakat qilishi mumkin. Demak men bu yerdan chiqib ketmasligim kerak.
Mana oradan bir necha daqiqa o‘tib, Domiyon yana xolnaga qaytib kirdi. Uning qo‘lidagi cho‘ntak fonari xonaning bir qismini doira shaklida yoritib turardi. Shunda men sezdirmasdan turib dastakni ko‘tardim. Xona birdan charog‘on bo‘lib ketdi. Domiyon afsus ila labini tishlab bosh chayqadi.
-Yana ozgina kutsak bo‘larkan-da, chiroq ham yondi.
Keyin u qurilma tepasidagi uchta chiroqqa alam bilan ko‘z tashlab qo‘ydi-da, daftarini ochdi. Spermatazoidar namunasi surilgan oynakni bo‘sh chanoqqa uloqtirib, burchakda turgan yashiklarn birining ichidan tirik qurbaqani oldi. Qo‘liga skalpelni olib, o‘ta hassoslik bilan ikkiga bo‘ldi va ichidagi urug‘larini yangi mikroskop oynagiga bo‘shatdi. Keyin mikroskopga qarab, allanimalarni tez-tez daftariga yozishga tushdi. So‘ngra oynak ustiga moviyrang suyuqlikdan bir necha tomchi tomizdi va yana kuzatishlarini davom ettirdi.
Bir soat davomida tinimsiz ishlagach, domiyon biroz tin oldi. Uyqusini qochirishi uchun bo‘lsa kerak, ko‘zlarini ishqaladi. Keyin u katta tog‘orada qaynoq suv ichda turgan shpritslardan birin olib, uni moviyrang suyuqlik bilan to‘lg‘azdi va o‘z tomiriga yo‘lladi. Keytsin saotga qaradi. O‘n daqiqa o‘tishi bilan “do‘zax mashinai” tomon yurdi. Kursiga o‘tirib, chiroqlardan birini peshonasiga, yana ikkitasini ikki chakkasiga o‘ngladi. Tugmani bosishi bilan chiroqlar yana xira nur socha boshladi. Qurilma g‘uvillab ishga tushdi.
Bu manzarani ko‘rib, tomirimdagi qon ham to‘ngib qolgandek bo‘ldi. Domiyon endi bu dahshatli tajribani o‘z ustida sinab ko‘rayotgan edi. Bu o‘sha, boyagi kalning tomiriga yuborilgan suyuqlikning baayni o‘zi edi. Hozir u o‘sha kursiga o‘tirgancha, ajal nurlarini o‘z miyasiga to‘g‘irlagandi.
Shu topda uning bilagidagi tomirlar bo‘rtib chiqa boshladi. Ko‘zlarida xuddi do‘zax darvozasi bilan yuzma-yuz kelganga o‘xshash cheksiz qo‘rquv ifodasi chaqnadi. Keyin esa butun vujudi bo‘shashib, hushini yo‘qotdi. Keyin tiniq va ravon ohangda gapira boshladi. Ha, u xuddi mening klinakamda bo‘lganidek, sof ispan tilida gapirardi. Ispanchadan xabarim borligi uchun bu gal har bir so‘zning ma’nosiga yetishga harakat qildim. Uning xitoblari bu gal ham o‘sha, Don Sebastyan Kamiloga qaratilgan edi.

-Do‘stim, o‘sha kungi voqea xotiramda umrbod saqlanib oldi. Minaning aynan o‘sha paytda portlashi meni mutlaqo ajablantirmadi. Hammasini tushundim... Ha, men minani o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rdim.
Shu payt uning ovozi butunlay boshqacha shaklga o‘tdi. Ha, endi tamomila boshqa odam uning tilidan gapirardi.
-Ishonmayman, e Xudo, nahot bu mumkin bo‘lsa?
-Faqat uzoq muddat urushda bo‘lgan odamlargina biladigan ayri ruhiy holatlar mavjud. Bu tuyg‘u askarni tamomila mahv etadi va uni o‘limga tik boqib, unga qarshi chiqishga undaydi va u qo‘rqmasdan ajal o‘qlariga ko‘ksini ochadi.
-Don Migel Vargas, sen bizni atayin mina ko‘milgan maydonag olib boribsan-da?
-Ha, men o‘zimni bilib qilganman.
 -Don Migel Vargas, seni qamoqqa olaman!
Don Migel kulib yubordi.
- Sen meni qamaysanmi? Ko‘rmayapsanmi? Ikki oydan beri men mana shu gipsdan yasalgan “ko‘ylak-ishton”ga xibs qilinganman. Oyoq-qo‘limni qimirlatolmay yotibman. – Yana guldiros kulgi xonani tutib ketdi.

-Sen meni qanday qilib qamoqqa olishi mumkin, Sebastyan Kamilo? Sen ham menga o‘xshab to‘shakka mixlanib qolganingni, ikki qo‘ling yo‘qligini, hammayog‘ing gipda ekanini unutdingmi?
-Seni qonun nomi bilan xibsga olaman, - qichqirdi Don Sebastyan.
Don Vargas kulib e’tiroz bildirdi:
- Yo‘q, serjant, heqch qanday qonun yo‘q endi. Biz urushda yutqazdik. Endi butunlay boshqa qonunlar kuchga kiradi. Atrofingga qara, biz qahramonlar emas, asirlarmiz. Endi tepamizda boshqa bayroqlar hilpirab turibdi. Biz ham, dunyo ham tamom bo‘ldi endi.
 -Sen tentaksan, ahmoqsan, - baqirdi Don Sebastyan. – Endi nima qilamiz, nima qilish kerak?
 -O‘lish kerak...
-Men o‘lishni istamayman, - chinqirdi Sebastyan, - men yashashni istayman, eshityapsanmi?

Baqir-chaqirlar yo‘qolib, o‘rnini allaqanday tushuniksiz g‘o‘ng‘illash egalladi. Domiyonning gavjasi ilkis silkina boshladi. Aniqki, u ayni paytda havodan tutib olingan ovoz to‘lqinlarini “o‘qiy” oladigan qurilmaganga aylangandi.
Don Kamilo bilan Don Vargas kim bo‘ldi? Ruhlarmi? Ular rostdan ham yashab o‘tishganmi? Rog‘ib Domiyon shu payt og‘ista ko‘zlarini ochib, keyin qo‘lini ko‘tardi va qandaydir tugmani bosdi. Mudom g‘uvillash ovozlari tindi. Keyin e’tibor berdim: u magnitofon tugmasini bosib qo‘ygan, shu taxlit hamma gaplarini yozib qoldirgan ekan.
Domiyonning rangi oqarib, ko‘zlari qonga to‘lib ketgandi. U termosdan qandaydir ichimlikni yutoqib ichdi va komaga tushgan payti aytgan gaplarini tinglab ko‘rish uchun magnitofon tugmasini bosdi.
Keyin nimalarnidir yondaftarchasiga yozib olishga kirishdi. Keyin qiynalib kursidan turdi, peshonasilan chiqqan terni artib, chiroqni o‘chirdi va yotoqxonaga yo‘l oldi.
Miyamga kenlgan birinchi fikr bloknotni o‘g‘irlab ketish bo‘ldi. Ammo bu fikrimdan voz kechdim. U yarim kechasi laboratoriyaga qaytib, daftarcho yo‘qlganidan xabar topsa, shubhaga tushi qoladi. Keyin bu boshpanasiga ham umuman kelmay qo‘yadi va men uning izingi yo‘qotaman.Yaxshisi, hammasi joyida turgani ma’qul. Oyoq uchida xonadan chiqib, villani tark etdim.
Men mashinamga o‘tirib uyga qaytarkanman, miyamga bir fikr keldi: Yaqin do‘stim Ispaniyadag Misr elchixonasida ishlaydi. Undan Don Migel Vargas va Don Sebastyan Kamiloning kimligi haqida so‘rab ko‘rsammikin? Ularning taqdiri nima kechdi ekan? Albatta bundan biror ish chiqishiga ko‘zim yetmasa-da, umid qilsam bo‘ladi.

Ertasi kuni pochtaga kelib, Ispaniyaga yo‘llangan telegrammaning so‘nggi so‘zni bitayotganimda tepamda turgan soat o‘nga bong urdi. Mashinamga o‘tirib uyga qaytayotganimda, yomg‘ir xuddi chelakdan quygandek yozayotgandi. Yo‘l yomg‘ir ostida yaltirab ko‘rinardi. Miyamda ming xil o‘y charx urardi.
Balki bular hammasi aloq-chaloq tushlardir? Anavi ikki ispan ham hayotda umuman bo‘lmagandir? Ular palatada yotgan ikki yarador askarlar edimi?
Shunisi aniqki, hozir Ispaniyada urush yo‘q. Lekin haligi ikki askarning suhbatida yakunlangan urush haqida so‘z borardi. Ularning suhbatini Domiyon o‘z tajribasiga asosan qayta tikladi. Shunaqa bo‘lishi ham mumkinmi? Ovozlar havoda muallaq suzib yurishi mumkin ekan-da? Yoxud haligi yarador akarning hayotga tashlnalik tuyg‘usi uning ovoziga barhayotlik baxsh etdimi?

7

Eshikni ichkaridan berkitib, xonaning u boshidan bu boshiga borib kelardim. Keyin stol yoniga o‘tirib, nimadir bitishga urindim. Har qancha bosh qotirsam-da, bu jumboqlar silsilasidan biror yechim topolmasdi.
Bu silsilaning boshidan oxirigacha ko‘z olldimga keltirishga urindim. Hammasi Domiyonning yonimga o‘zini tekshirtirish uchun kelgan kunidan boshlandi. Avval Ibn al-Valid ko‘chasi 15-xonadondagi qotillik, yunon-katolik qabristonida, tobut ichidagi jasadning boshi kesib ketilishi, ichidan g‘uddasimon bez yulib olingan inson miyalari, moviyrang suyuqlik...
Anavi savdoyi o‘zining dahshatovar nurlari bilan sho‘rlik odamlarning miyasini ne kuyga solmqchi? Uning asl maqsadi nima? Tirik qurbaqalarni yorib olingan urug‘lar unga nima uchun kerak? Haligi noma’lum tovushlar-chi?
O‘nlab shu kabi savollarga javob izlardim. Ammo, bu kimsa halokat tomon yo‘rg‘alab ketayotganini ham bilardim. Kech bo‘lmasdan turib bu sirlarning yesimini topish lozim edi.
Ammo qay tarzda?
Men xonamda asabiy borib kelarkanman, eshik taqillab qoldi. Xizmatchi qo‘limga ispaniyadan yuborilgan telegrammani uzatdi. Matn qisqa va lo‘nda edi:
“Don Sebastyan Kamilo, toreador, Ispaniyada fuqarolar urushi davrida halok bo‘lgan. Don Migel Vargasning shaxsini aniqlashning imkoni bo‘lmadi”.
Demak, hammasi haqiqat ekan-da? Demak Domiyonning tilidan uchshgan so‘zlar shunchak ma’nisiz alahsirash emas. Qachondir haqiqatda aytilgan xitoblarning takrori... Men eshitgan suhbat ham ancha yillar muqaddam ispaniyada, fuqarolar urushi so‘ngida qaysidir harbiy gospitalda o‘lim bilan kurashayotgan ikki harbiy o‘rtasida bo‘lib o‘tgani aniq. Ularning xitoblari havo bo‘shlig‘ida suzib yurgan, Domiyon esa bu so‘zlarni “tutib” olgan.

Bu mo‘‘jiza qanday yuz berishi mumkin? Bunda miyaning bizga u qadar tanish bo‘lmagan, deyarli biror vazifa bajarmaydigan qismi rol o‘ynasa kerak. Bu shubhasisz o‘sha – g‘uddasimon bez. Domiyon elektr quvvati va o‘z tomiriga yuborgan kimyoviy eritmalar yordamida uni qo‘zg‘ata olgan. Shunda bezning sezuvchanligi ortgan va shu orqali vaqt to‘siqlavri osha eshitish va ko‘rish xusuiyatlariga ega bo‘lgan. Aql borvar qilmaydi.
Biz kelajakni ko‘ra olmaymiz. Biroq miyamizda o‘tmishni ko‘rish va eshitish imkonini beruvchi moslamaning homilasi mavjud. Xuddi hozirgi jarayonni ko‘rib eshitib turganimizdek, tarixdagi yubarcha hodisalarni aslidagidek ko‘rishimiz, eshitishimiz mumkin! Axir bunday imkoniyatni qo‘lga kiritsak, biz xuddi farishtalarga, avliyolarga, hatto (astag‘firulloh) ma’budlarga tenglashar edik. Lekin bunga qanday erishish mumkin? Bu kimsan anglab yetgan sirni bilishning imkoni bormikin? Bor! Faqat buning uchun o‘ta extiyotkeorlik bilan ish tutishga to‘g‘ri keladi.
 Men endi yo‘lni yaxshilab o‘rganib olgandim. Men eshik qulfining qolipini oldim-da, undan o‘zimga kalit nusxasini yasattirdim. Domiyon yo‘q paytda villaga kirib oldim. Laboratoriyadagi hamma narsalar o‘z o‘rnida turardi. Faqat bitta narsadan qattiq xavfsiragandim. Ishqilib haligi kalni allaqachon o‘z qurboniga aylantirmagan bo‘lsa bas. Laboratoriyada, frmalin eritmasi ichida turgan miyalar soni ko‘paymaganidan sezdimki, bu fojia yuz bermabdi. Xayriyat!
Elekt plitkasi ustida turgan sterilazitorda shpritslar qaynab turibdi. Yorug‘lik generatorini ushlab ko‘rdim – iliq! Demak, yaqinda yoqilgan.
Hali fikrlarimni jamlashga ulgurmasimdan zinadan Domiyoyonning oyoq tovushlari eshitildi. Darhol parda ortiga chekindim. U katta paket bilan xonaga kirdi. Paket ichidan esa shisha bankaga sonigan kattakon o‘rgimchakni chiqardi. Bu issiq o‘lkalarda uchraydigan yirik o‘rgimchak edi. Hasharotning sanoqsiz ko‘zlari menga qadalib turgandek tuyuldi-Yu, badanimda titroq uyg‘ondi.
O‘rgimchak banka ichida harakatlanib, sanoqsiz ko‘zlari bilan xonani tomosha qilardi. Shu payt Domiyon qutidan sanchqismion kesumchi buyumni oldida o‘rgimchakni tiriklayin ikkiga ajratdi. Keyin chaqqonlik ila uning boshini ajratib oldi. Keyin esa mitti boshchaning ichidan shilimshiq moddani siqib, qandaydir eritmali probirkaga to‘kdi. Shu payt probirka ichidagi suyuqlik oqish tusga kira boshladi. Domiyon bu aralshamagan yana qandaydir moddalarni qo‘shdi. Keyin esa maxsus suzgich yordamida aralashmasining quyqasini ajratib oldi.
Biroz tinidirib qo‘ygach, quyqani shisha idishga solib, djistillangan suv bilan to‘ldirdi. Men bunday aralashma nima uchun ishlatilishi mumkinligini har qancha mulohaza qilmay, tayinli xulosaga kelolmay turardim. Bunday kimyoviy amallardan so‘ng u ozroq miqdordagi sarg‘ish suyuqlikni qo‘lga kiritgandi.
Keyin u holil bo‘lgan suyuqlikni menga tanish bo‘lgan kattakon idish – avtoklavga solib bir mudat atrofga qoniqish bilan ko‘z tashladi-da, taymerni ma’lum vaqtga to‘g‘irlab, keyin mamnun xirgoyi qilgancha yotog‘iga yo‘l oldi. Uning harakatlaridan har bir ishni o‘ziga ishonch va qat’iyat bilan bajarayotganini anglash mumkin edi.
Bir necha daqiqadan yotoq jimib qoldi. Domiyon uxlardi. Qiziqishim ustun kelib, avtoklav taymeriga qaradim. Taymer sota o‘nda signal berishi kerak. Demak, Domiyon ikki sot mizg‘ib olmoqchi. Ana shu ikki soat mening foydamga xizmat qilishi mumkin. Ikki soat. Bu ham ko‘p, ham oz edi.
Keyin stol ustida turgan, o‘rgimchakning o‘yib olingan boshiga ko‘z tashladim. Yo‘q, men o‘ylaganimdek u o‘rgimchakning bosh miyasini emas, balki so‘lak bezini sug‘urib olgan ekan. Xo‘sh, so‘lak beziniu nima qilarkin? Men stol ustida turgan qaydlar jurnalini qo‘lga oldim. Juda ko‘p sahifalar allaqanday notanish belgilar bilan to‘la edi. Bir sahifada esa, mushmula (tropik o‘lkalarda o‘sadigan mevali daraxt) kurtagidan olingan ekstrakt, tuxum-xujayraning ishqorli-tuzo‘li eritmada ko‘payishi, katalizator-gormonlar, eritmani 40 darajan ortiq qidirish spermatazoidalrinng nobud bo‘lishi olib keladi, singari qaydlarni uchratish mumkin edi.
Aniqki, u o‘z izlanishlarini ko‘pgina yo‘nalishlarda olib borgandi. Xo‘sh, o‘rgimchakning so‘lak bezi, spermatazoidlar, tuxum-xujayra va mushmula kurtaklari orasida qanday bog‘liqlik bo‘lishi mumkin? Lekin aloqasi bo‘lishi kerak. Lekin qanday? Menimcha ular o‘rtasida o‘xshashlik juda tez o‘sishi va ko‘payishidadir? Daraxt tanasidagi eng tez o‘suvchan qism bu uning kurtaklari, spertamatoid va tuxum-xujayra ham xuddi shunday. O‘rgimchak ham o‘z so‘lak bezlari orqali o‘ziga tezlikda to‘r to‘qiy oladi,
Demak, Domiyon hayotbaxsh quvvat, o‘sish va yangilanish sirini ochish uchun ana shu talablarga javob beradigan moddalardan foydalanmoqchi. Uning maqsadida hayot, o‘sish va quvvat berish xususiyatiga ega bo‘lgan kimyoviy ekstraktlarni jamlash bo‘lgan.
Avtoklav qopqog‘ini ko‘targanimda, har biri raqamlangan va kodlangan ekstraktlarga ko‘zim tushdi. Burchakda Domiyon tomiriga yuborgan moviyrang suyuqlik turardi. Probirkani qo‘limga olib, hidlab ko‘rdim. Dimog‘imga sarimsoq hidi urildi.
Suyuqlikni ko‘zdan kechirayotganimda, allaqanday sharpani sezib, ortimga o‘girildim. Qarasam... ortimda Domiyon turibdi. Uning ko‘zlari qonga to‘lgan, qovoqlari shishgan, sochlari dikkayib ketgandi. U xuddi atatk-chechak yura boshlagan boladek arang qadam tashlardi. Uning lang ochilgan og‘zidan biror kalima chiqmasdi. Keyin dahshat ichida men ushlab turgan probirkaga qo‘l uzatdi. Og‘zi ko‘piklana boshlagandi. ONazarimda unga havo yetmyotgandek edi. Kutilmagandla u gursillab polga quladi.
Yugurib uning tepasiga bordim. Bir muddat xirillab yotdi, keyin ko‘zlarini arang ochib, atrofga alangladi.
-Men hech kimni o‘ldirganim yo‘q.- shivirladi u. – Men o‘zimni o‘ldirdim xolos. O‘lganlarni esa men o‘ldirmadim. Ular hayotlarini yashab o‘tishdi. Ularning har biri million yildan yashab qo‘ygan. Men ham million yoshdaman. Men sizning ilk tug‘ilishingizni ham ko‘rganman. Siz ham bir necha marotaba tug‘ilgansiz. Siz hatto, hatto Xeops ehromidan ham keksaroqsiz.
Uning nigohlari tuyqusdan o‘tmaslashdi. Nazarimda u xuddi boshqa olamga o‘tib qolgshandek edi. U menga xuddi bo‘shliqqa qarayotgandek ma’nosiz tikilib turardi.

8

Domiyonning holati meni taajjubga solgandi. Yo‘q, u komada emasdi. Uning es-hushi joyida. Ko‘zlarida esa, qandaydir notanish ifoda chaqnardi. U menga xuddi yosh boladek ma’sum jilmaygan kuyi tikilib qolgandi.
 -Sizni qaysi ism bilan atasam ekan? – pichirladi u. – Axir sizning mingdan ortiq ismlaringiz bor. Balki Mamluklar zamonidagi ismingiz bilan atarman? Yoki usmoniylar davridagi ismingiz bilan chaqirsammi? Fotimiylar davridagisi-chi? Tasavvur qilasizmi, o‘sha paytda sizni Bahlul al-Halabiy deb chaqirishardi.
U kulib yubordi. Garchi bu ism g‘alatiroq bo‘lsa-da, menga tanish tuyuldi.
-Bahlul, - dedi u kulishda davom etarkan. – Ha, xalifaning saroyida siz masxaraboz edingiz. Uning oldida sakrab, dumalab, vaqtini chog‘lab yurardingiz. Bo‘yingiz juda past edi, yelkamdan kelmasdingiz. Ha, siz o‘tmishda rosa tomoshaqovoq bo‘lgansiz. – uyana qahqaha otdi. – Lekin juda yoqimtoy edingiz, Bahlul!
Keyin uning qarashlari ham, ssho‘ ohangi ham o‘zgardi:
-Janob Dovud, Miya jarrohligni bo‘yicha Berlinda doktorlik darajasini olgan yetuk shifokr! Ha, uni ko‘rishi bilan hamma oyoqqa qalqadi. Xalifaning masxarabozi bilan uning o‘rtasida qanchalik katta tafovut bor. Har birimizinng tariximiz million yillarni o‘z ichiga oladi. Siz million yashashni istarmidingiz? Mendagi sehrli sharbatni ichgan odam million yil yashashi, tarixix sahifalarini qayta varaqlab, o‘zining uzoq o‘tmishini qaytadan yashashi mumkin. Miya mo‘‘jizalarga kon. Siz miya jarrohligi bo‘icha mutaxassis bo‘lsangizda, hech baloni tushunmaysiz. Miya bu – ibtidosi bo‘lmagan cheksiz ma’lumotlar manbai. Hayotning ibtidosidan to hozirga qadar har kun, har daqiqa unda muhrlangan. O‘z sahifalaringizni birma-bir varaqlashni istarmidingiz? Barcha davrlarga oid hayotingizo‘ni qaytadan yashashni xohlamaysizmi?
U boshini changallagancha bir lahza jim qoldi. Aftidan uni kuchli og‘riq qiynayotganga o‘xshardi. Qarashlari tundlashdi, yana xirillashga tushdi, qorachiqlari kengaydi.
-Boshqa umid qolmadi. Men o‘laman. O‘lyapman. Ko‘zlarimdan nur qochyapti. Dunyo zulmatga g‘arq bo‘lyapti. Zulmat... zulmat... nur... nur... Doktor Dovud... sirli sharbat...
  So‘ng kimdir uning tomog‘idan bo‘g‘ib olgandek qo‘llarini yoqasiga olib borib, tipirchilay boshladi.
- Men hech kimni o‘ldirmadim, - dedi u pishillab. – Sizgap aytyapmanku, hech kimni! Haqiqiy qurbon bu – men, o‘zi uchun yashashga bir lahza ham vaqt topolmayotgan bir bandai ojiz. Dovud... sharbat...
Meni uning tepasida cho‘kkalab, boshini tizzamga oldim. Tilim tanglayimga yopishib qolgandi. Nihoyat tilga kirdim:
-Qani o‘sha sharbat?
-Sharb...
-Uning formulasi qaerda? Tarkibi qanaqa?
U ko‘zlarini yumib, jim qoldi. Men kuch bilan uni siltay boshladim.
-Formulani ayting?
-Uning form... form... – deya g‘uldiray boshladi u.
Keyin boshi yon boshga shilq etib tushdi. U o‘lgan edi. Aqlim borvar qilmasdi. Ko‘zlari yirib ko‘rdim. Ularda hayot asari sezilmasdi. Ha, Domiyonning hayoti intihosiga yetgandi. Mening eng so‘nggi umidim uning lablari orasida jon berdi.
Dahshat ila atrofimga alangladim. Bir soniya ichida men qo‘rqinchli bir haqiqatni angladim. Men bu sirning yagona vorisi edim. Mendan boshqa hech kim Domiyonning hayoti va o‘limidan voqif emasdi.
Endli men nima qilishim kerak. Ayni paytda men uning jasadi bilan birga qishloq yo‘lidagi villada yolg‘iz qolgandim. Shu paytda miyamga bir fikr keldi. To‘g‘ri Domiyon bir og‘iz ham gap ayoytolmadim. Ammo uning jasadi, miyasi mening ixtiyorimda-ku? Menga bitta skalpel bo‘lsa kifoya, Uning miyasini o‘rganish imkoni mavjud.
Demak, to‘qimalar qotmasidan tezroq ishga kirishish kerak. Men qutini kovlashtirib, boya Domiyon o‘rgimchakni nimtalagan skalpelni topdim. Qiziqishim qo‘rquvdan ustun keldi. Menga suyakni ochish uchun arra kerak edi. Qutidan uni ham topdim. Demak, Domiyon bu yerda ko‘p bosh suyaklarini arralagan. Yarim soat deganda Domiyonning miyasi qo‘limda edi. U miyaga qon quyilishidan vafot etgandi. Qon tomirlari ham kengaygan.
Miyani qoq ikkiga bo‘lib, g‘uddasimon bezni topdim. U odatdagidan uch baravar kattalashgan edi. Men uni ehtiyotkorlik bilan tuzli eritmaga soldim. Hammas ir danakdek keladigan ana shu bezda yashiringan edi.
Endi men ushbu bezdan kesmalar olib, uni mikroskop ostida tekshirishim va o‘zgarishlarni aniqlashim kerak edi. Buning uchun kerakli hamma anjomlar yetarli edi. Burchakda zarur to‘qimalarni ajratishda kerak bo‘ladigan asbobni topdim. Ularni mikroskop ortida yaxshilab kuzatish uchun to‘qimalarni biroz bo‘yab qo‘ydim. Birinchi kesma menga tanish manzarani eslatdi. Xujaryralar saraton xujayralariga juda ham o‘xshab ketardi. Men Domiyonning kvartisida ko‘rgan xujayralar ham aynan shuning o‘zginasi edi. O‘shanda men ularni urug‘langan tuxum xujayra deb o‘ylagandim. Demak o‘shanda ham g‘uddasimon bez kesmalarini ko‘ribman-da? G‘uddasimon bez hujayralari ham xuddi saratonnikiga o‘xshaydi. Juda tez o‘sadi va bo‘yovchi moddalarga o‘ch bo‘ladi. Hvar ikki turdagi xujayralar ham juda faol bo‘ladi.
 Men bir narsani tushungandim. Domiyon o‘z sirli sharbatini tayyorlashda nahotki ochilayotgan kurtaklar, o‘rgimcha k so‘lak bezi va spermatazoidlar foydalangan bo‘lsa? Ha, aynan shunday. Radioaktiv nurlar esa, tomirga yuborilgan sirli suyuqlikni qo‘zg‘atish uchun kerak bo‘lgan. Lekin baribir bu sirli sharbatni kimyoviy qayta ishlash jarayonidan bexabar edim. Haligi daftardagi tushunarliz qaydlar shu sharbatning shifrlangan tarkibi emasmikin? Bu shifrlarning kalitini biladigan odam esa endi yo‘q. Nima bo‘lgandaa sharbat shu yerda va uning tarkibini zamonaviy tekshiruvlar orqali aniqlash mumkin edi. Nurlarni yo‘naltiruvchi qurilmaning ishlash mexanizmini bemalol o‘rgansa bo‘ladi. Demak, umid bor.
 Biroq, bu umidlardan ham muhimrog‘i, hammasini jonli tajribamda sinab ko‘rish imkoni bor edi. Demak men hammasini o‘zim ko‘rishim, his qilishim mumkin. Demak men hg‘am million yil yashab, butun o‘tmishni o‘z ko‘zim bilan ko‘rishim mumkin.
Ana shu g‘oya meni qo‘rqitar, imkoniyatimni cheklar, hislarimni mahv etardi. Men hammasini unutib, faqat bir narsa haqida o‘ylardim: bu siril sharbatni qabul qilib, sehrli nurlarni miyamga yo‘naltirish, hech kim ko‘rmagan, eshitmagan sirlardan ogoh bo‘lish...
Bu g‘oya meni butunlay o‘ziga rom etdi. O‘zimni xuddi zaharlangan pirog oldida turib, uning zararini bbila turib, baribir uni yeyishga oshiqayotgan bolakayga o‘xshardim. Ehtimol Odam Ato ham taqiqalangan jannat ne’mati oldida o‘zini xuddi mendek tutgandir? Ha, men qayta-qayta tug‘ilishni, o‘z o‘tmishimni batamom anglashni, million yillik hayot haqiqatini anglashni istardim.
Keskin harakat bilan moviy suyuqlik – sirli sharbat to‘lg‘azilgan shpritsni tomirimga sanchdim. Shu asnoda badanimga allaqanday g‘ayritabiiy quvvat oqib kirayotganini payqadim. Nazarimda o‘zimni xuddi uzoq kutilgan yomg‘ir ostida jonlanayotgan niholdek sezardim. Yoqimli hissiyotlar og‘ushida boshim aylanardi.
Taymer jiringladi. Ha, aytgancha, bu suyuqlik qonimga singib keishi uchun menga o‘n daqiqa kifoya qilardi. Demak radiatsiyaga tayyorlanishim uchun menga shuncha vaqt berlgan. Miyani rentgen nuridan o‘tkazish qoidalaridan xabardor edim. Kompasni sozladim va richaglarni har uchala katodli trubkalardan taralayotgan nurlar miyamning markazida, g‘uddasimon bez ustida kesishadigan qilib moslashtirdim. Endi faqat hammasini hal qiluvchi qizil tugmani bosishim qolgandi.
Nihoyat qizil tugmani bosdim. Qurilma bo‘g‘iq tovushda g‘uvillay boshladi.

9

Yuz berganlarni so‘z bilan ifodalab bo‘lmasdi. Bu yerda har qanday lug‘at ojizlik qilardi. O‘sha asnoda o‘zim hisgan daho‘hshat va qo‘rquvni ham sizga ta’riflab berolmayman. Inson qanday holatda ana shunday g‘ayrioddiy hissiyotni boshidan kechirishi mumkinligini ham bilmayman.
Nazarimda xuddi miyam bug‘lanib, tafakkurim to‘zg‘ib ketayotgandek edi. Nazarimda ro‘paramda barcha fikrlar va g‘oyalar erib ketadigan sirli olamning pardasi ochilgandek edi. Butun atrofni xira, qirmizi bo‘shliq egallab olgandi. Ana shu xira tuman orasidan men juda ko‘p tog‘lar, daryolar, dengiz, shaharlar, ko‘chalar, antiqa kiyimdagi odamlar tasviri ko‘rina boshladi.
 Men esa, hammasini kuzatib turar, ammo tilim shishib og‘zimni to‘ldirib qo‘ygandek birorta so‘z aytolmas, butun vujudim harakatsiz qotgandi. Shunda men butunlay boshqa olamga, vaqt chegaralarini oshib, o‘tmishga bori qolganimni angladim. Bu olam ma’lum daraja menga tanish ham edi. Men bu noma’lum dunyoda ko‘rayotgan har bir buyumni tanirdim, u yerda har qadamda uchrayotgan odamlar ham menga begona emasdi. Ha, men bu olamda bo‘lganman, qachonlardir yashaganman...
Men bu olamni sizga tushunarli bo‘lishi uchun qanday tasvirlasam ekan-a? Tasavvur qiling, siz qarshingizda turgan buyumni, shu bilan birga uning ortida ikkinchi, uchinchi... shu tariqa sanoqsiz bumlarni ko‘rish imkoniga ega bo‘ldingiz. Har bir buyum o‘z shakli va rangiga ega, ayni paytda shaffof... Siz uning ortidagilarni ham ko‘ra olasiz. Shu tariqa har bir inson siymosida bir nechta boshqa-boshqa odamlarni ko‘ra olasiz. Bu g‘aroyib olamda bir paytning o‘zida bir qancha tovushlarni inglab, ilg‘ab olish, ko‘rish va anglash mumkin.
Men tushib qolgan bu antiqa olamda har bir insonning o‘tmishini va uning muayyan davrlar bilan bog‘liqligini ko‘rish mumkin. O‘z navbatida vaqtni hissiy sezib bo‘lmasdi bu yerda, u o‘zining muayyan o‘lchovlariga ega edi. Yo‘q, bu heech qanday afsona emas, real, haqqoniy olam. Bu olam meni, men esa, bu olamni yaxshi tanirdim.
Ha, olomon ichida ketib borayotgan mana bu kimsa ham yeni taniydi. U menga isaak deb murojaat qldi. Rost, bu yerda mening ismim Isaak. Va bu ism meniki ekanini ham aniq bilaman. U bilan qaerdadir bir piyolana may sipqorish uchun ketyapmiz. Mana, qandaydir eski uyga yaqinlashdik. Bu mayxona ham menga tanish. Uning xizmatchilarini ham taniyman. Bu yerda hamma meni tabassuma bilan kutib oldi. Chunki ularning hammasi tanish.

Sherigim Dakron menga yaqinda qul bozoridan sotib olgan cho‘risining nafosatiyu latofati haqida to‘lib toshib gapirardi. Men esa uni havas bilan tinglardim. Xizmatchi bizga qovurilgan go‘sht va shirinliklar olib keldi.
-Ol, bu shirinliklarni maxsus Basrada tayyorlashadi, - dedi sherigim bilagimdan turtib.
Bir payt mayxona eshigi oldida qilich va qalqonlarning jaranglashi, xizmatchining jon vahmida qichqirishi va qadam tovushlari eshitildi. Biz ikkimiz darhol o‘rnimizdan turdik. Ostonada tish-tinrnog‘igacha qurollagan sarboz tutardi.
-Yaramas, Isaak, Qotil, sening qo‘lingdan qon tomib turibdi. – Shu payt sherigim juftakni rostlab qoldi., jangchi esa, davom etardi. – Sen og‘ufurushsan! Sen Bag‘dod ahlining eng xavfli dushmanisan!
-Birodar, Xudo xayringni bersin, - uni insofga chaqirdim. – Men og‘u emas, shifobaxsh giyohlar bilan savdo qilaman.
-Shifaobaxsh giyohdlarbilanmi yo sehr-jodu va manfur tumorlar bilanmi? Sen g‘ayridin murtadsan!
- Men jodugar emasman, Xudo xayringni bersin, meni qo‘yvor! Men eronli bir musofirman. Shafqat qil.
- Yaramas kelgindi! Bu oqshomni zindonda o‘tkazasan! Ertaga seni qozikalonning qoshiga eltishadi! Indin esa, inshoolloh, seni tiriklay yerga ko‘mishad!
-Alloh haqqi! Men aybdor emasman!
-Qaysi Allohni aytyapsan, murtad?
-Odamlar men aybdor emasman!
 -Kofir! Fors!
Men qo‘rquvdan uning qo‘l-oyoqlarini o‘pib titrab-qaqshardim. Hammasi behuda ketdi. Tunni zindonda, zax, sovuq va tor katalakda o‘tkazdim. Atrofimda menga o‘xshaganlar ko‘p, ular qattiq-qattiq yo‘talishar, o‘lim talvqasasida xirillashardi.
Ertasi kuni meni qozikalonni oldiga olib borishdi. Meni jodugarlikda, odamlarni zaharlashda ayblashdi. Qozikalon shu zahoti hukm chiqardi: qatl! Jallod Ummaviylar qasri oldidagi maydonda mening boshimni tanamdan judo qildi. Men o‘lar ekanman, o‘lim bu qisqa umrning mutlaq intihosi emasligiga ishonch hosil qildim. Hamma qayta-qayta tug‘iladi va yashaydi...
Mana, men endi Sino sahposidagi Xurmo ibodatxonasining rohibiman, ismim yepiskop Jan. Mening huzurimdan turli hududlardan duotalab odamlar kelishadi. Men umrini tanholik va oddiylikka baxsh etgan insonman.
Yo‘q... yo‘q bu tush emasdi. Bag‘dodda kechgan hayotim ham haqiqat edi. Jallod boshimni uzayotganini ham yaxshi eslayman. Hamasi o‘lim bilan tugamasligini anglasa, juda oson kecharkan.
Qaytaga men aslida doktor Dovud ekanimni anglagan chog‘imda, bu dunyodagi real hayotm menga xuddi tushdek bo‘li ko‘rindi. Men o‘zimni o‘nlab zamon va makonda, o‘nlab insonlar qiyofasida ko‘rdim. Men har gal bu dunyoga tamoman boshqa inson bo‘lib kelganman. Vaqt butun borlig‘i bilan mening tasarrufimda edi. Men uni kunma-kun yashab borardim. Va bu kunlarning har biri o‘z tarovatiga, o‘z nafosatiga, o‘z quvonch va tashvishlariga ega, bu kunlarning har biri hayotning eng birinchi va oxirgi kuniga o‘xshardi.
Kunlarning birida men Qurdoba bozorida moviyko‘z Matildani uchratib qoldim. U bir savat anjir ko‘tarib borardi. Biz iliq aprel oqshomlaridan birini birga o‘tkazdik. Yengil shabada ehtirosli shivirlarimizni olislarga olib ketdi. O‘sha paytdagi dil titrog‘i, huzur-halovatni tasvirlab berolmayman.
Qalbni tan olgan muhabbatga sanchilgan qilich nima ham qila olardi? O‘lim undan hech narsani tortib ololmaydi. Hech kim, hech narsa abadiyyo‘qolib ketmaydi. Hayotimiz million yillarga cho‘zilgan. Biz yulduzlar bilan tengloshmiz. Biz hech narsani yo‘qotmaymiz. Hayot uzun, abadiy, cheksiz...
Bolaligimdang harbiy sarkarda bo‘lishni orzu qilardim. Chingizxon, Iskandar Maqduniy, Ganniibal yurishlari haqidagi asarlarni zo‘r qiziqish bilan mutolaa qilardim. Men endi bu jo‘shqin janglarning jonli ishtirokchisiman. Mana, Akra shahri qamalda qoldi. Firot ortida ayovsiz jang ketmoqda. Mana qilichlar asabiy jaranglaydi. Men, Ibn Xoza g‘anim bilan qilichbozlik qila-qila Akra devoriga borib taqalganimni bilmay qoldim. Mana, ayyor raqib ko‘ksimga xanjar urdi. Biroq, baribir ular g‘alaba qozona olishmadi. Bizning muzaffar armiyamiz dushmanni kunpayakun qildi. Men jon berayotib, o‘z safdoshlarimning g‘olibona hayqiriqlarini eshitdim...
 Birdaniga yana hamma narsa tuman pardasi ortida qola boshladi. Yana o‘zimni Domiyonning laboratoriyasida ko‘rdim. Mana o‘sha kursi, o‘sha katodli lampalar, o‘sha hisoblagichlar... Mashina o‘z-o‘zidan to‘xtab qolgandi. Soatga qaradim. Atigi yarim soat ichida o‘tmishning uzoq iqlimlarini sayr qilib kelibman. Yarim osat ichida yiz yillarni yashab qo‘yibman.Shu o‘ttiz daqiqa ko‘zrganilarim haqida jild-jild kitoblar yozishim mumkin edi. Demak,Yu men shu yarim soat ichida o‘z vaqt tizimiga, o‘lchovlariga ega boshqa olamlarni kezib chiqa oldim. Demak bizning bir daqiqamiz u yerda bir necha yillarga teng bo‘larkan-da?
Axir bu g‘oyat qiziqarli kashfiyotku?
 Biz bu sirli, antiqa olamda umrbod qola olamizmi? Axir davrlar osha sayohat qilib yurish qanday ajoyib. Siz o‘zingiz istagan, o‘zingizga yoqqan hayotni tanlab, uni qaytadan yashay olasiz. Xo‘sh, o‘sha olamda mudom qolib ketsa bo‘larmikin? Domiyon ham ana shu savol ustida qattiq izlangan, miya atalmish g‘aroyib qurilmaning sirlarini qat’iy o‘rgangan ko‘rinadi.

10

Oldimda juda qiyin masala turardi: sirli sharbatning tarkibini o‘rganish. Dastavval men bu masalani uslubiy jihatdan to‘liq o‘rganmoqchi bo‘ldim. Ayni paytda bu suyuqlik juda oz qolgandi. Bu suyuqlik tarkibini to‘liq tadqiq etishga yetarmikin? Lekin, bu suyuqlikni tajriba uchun ishlatadigan bo‘lsam, undan yana birmarta foydalanishga, yana bir karra ana shu sirli odlamni kezib, uning g‘aroyibotlaridan bahra olishga yetmay qolishi mumkin-ku? Uning har tomchisi men uchun g‘oyat qimmatli va zarur edi.
 Men ayni lahzada taryok kayfiga butunlay bog‘lanib qolgan giyohvanddek sezdim o‘zimni. Ha, men darhol uning lazzatini sog‘ina boshlagandim. Bu bebaho suyuqlik undan foydalangan odamlarga yuzlab yillik antiqa hayot tuhfa etgandi.
Mening qo‘llarim ham o‘zimga bo‘ysunmay qolgandi. Agar bu suyuqlik tugab qolsa, unda nima qilaman? Meni ayni damda o‘z juftiga intilayotgan novvosning shiddatidan-da kuchli bir yovvoyi istak qamrab olgandi.
Shu asnoda ushbu moviyrang suyuqlikni qo‘limda tutib turganimda, uning ko‘zlarida aks etgan telbalik va vahshatni ko‘z oldimga keltirdim. O‘shanda u menga ko‘zi soqqasidan chiqqudek bo‘lib tikilgandi. Yo‘q, bu telbavor ehtirosni mahv etib bo‘lmasdi. Men darhol shprits ignasini shishachaga tiqib, suyuqlikning yana bir qismini so‘rib oldim va uni chanqoqlik bilan tomirimga yo‘lladim. O‘n daqiqadan so‘z qurilma o‘rindig‘iga o‘tirib, chiroqlarimni miyamga to‘g‘irladim. Yana bir zum vujudimni yoqimli hislar, keyin esa kuchli qo‘rqiv tuyg‘usi qamrab oldi...
 
* * *

Yana bu olamga, to‘g‘rirog‘i Domiyonning laboratoriyasiga qaytganimda, hali uncha vaqt o‘tmagandi. Men ikinchi safarim asnosimda o‘z ko‘zim bilan ko‘rganilarimni esimda chiqib qolmasligi uchun zuldik bilan qog‘ozga ko‘chira boshladim. Yozayotib, ko‘z qirim bilan boyagi shishachaga ko‘z tashladim. Suyuqlikning uchdan ikki hissasi tugab bo‘lgandi. Shishada qolgan hissasi esa, o‘z rangini o‘zgartirgan, moviydan yashil tusga kirgandi. Uning nainki rang, hidi ham o‘zgargandi. Undan avvalgidek sarimsoq hidi kelmasdi. Tamom! Endi hech qachon uning tarkibi bilolmayman. Endi uning tarkibi ham, shakl ham, hidi ham, rangi ham o‘zgarib ketdi. U enjdi o‘z xususiyatini ham o‘zgartirgandi. Demak, men anglab yetgan sehrli olamga yana qaytish imkonidan tamomila mahrumman.
Demak, men umrimning qolgan yillarini mana shu nurab borayotgan dunyoning bedil asri singar yashab o‘taman. Boshqa ilojim ham yo‘q. Endi bu zich, mahdud olamdan hech qachon chiqib ketolmayman. Endi men hech qachon zamon va makon sarhadlari osha parvoz etolmayman. Balki, bunday emasdir? Balki hali umid bordir?
So‘nggi umid zarralarini o‘zimda jamlab, rangi o‘zgargan suyuqdlikni yana tomirimga quydim.

 * * *

Bu Doktor Dovud esdaliklarining so‘nggi varaqlari edi. Oradan bir necha soat o‘tib, uni Domiyonning laboratoriyasidan o‘lik holda topishdi. Noma’lum tarafdan yong‘in chiqib, uning xonaisdagi hamma asbob-uskunalar kuyib ketgandi. Sud eksperti yonib bitgan buyumlarning qoldiqlarini ko‘zdan kechirarkan, o‘z bildirgisida doktor Dovudning nihoyatda antiqa fe’l-atvor egasi ekanini ta’kidladi.
-G‘alati deganda siz nimani nazarda tutyapsiz? – so‘radi undan prokuror yordamchisi.
-Uning g‘uddasimon bez haqidagi gaplarini nazarda tutyapman – dedi ekspert. - Keyin kurtaklarning hayotiy kuchi, homila hujayralari, o‘rgimchak so‘lak bezi... yana bir balolar! Bilki bu ilmiy jihatdan to‘g‘ridir, ammo...
-Xo‘sh?
-Ammo, menimcha bular hamma behuda gaplar! Masalan, siz mangu yashashni istarmidingiz?
- Ha, bema’nilik, - dedi ekspert. – bu ahmoqlikdan boshqa gnarsa emas. Lekin, biz o‘zimiz yashab turgan bu olam haqida nimani ham bilardik? Bizning butun umrimiz boshi ham oxiri ham ma’lum bo‘lmagan VAQTning bir parchasi xolos. Binobarin biz bu olamning o‘tmishi vakelajagi haqida nima ham deya olamiz? Dunyo sir-sinoatlarga to‘la! Jumboq!..

Rustam Jabborov tarjimasi

2004-2019 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.