OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Xurshed Atovullo. Oltin qurbonlik istaydi (hikoya)

Jamshid Habib yangi farzandlik bo‘lgan hamkasbi Shamidani ko‘rib kelish uchun tug‘-ruqxonaga shoshardi. Bir yil oldin qomati ozg‘in, lekin chiroyli bu qiz takror-takror yo‘q, bo‘lmaydi, deyishiga qaramasdan baribir o‘zi bilan hamqishloq bo‘lgan bir tojirga turmushga chiqdi. Uning qattiq qarshilik ko‘rsatishiga sabab tanlagan kasbini nihoyatda yaxshi ko‘rishi va oppoq kelinlik libosi yurak orzulari uchun kafanga aylanishidan cho‘chi-shi edi. U eri boshqa ishlashga qo‘ymasligidan yo o‘zi oilaviy mas’uliztlar ostida qolib ketishidan xavotirda edi. Ana shuning uchun ota-onasi va qarindoshlarining kinoya-kesa-tiqlariga, singillarining yarim hazil-yarim chin qilib «opajon, qachon bizning navbati-mizni oldinga surasiz», deyishlariga ham e’tibor bermasdi.
 … o‘tgan yili to‘ydan bir oy oldin Shamidaning otasi - o‘rta bo‘yli, hali sochlariga qormisol oq tolalar yog‘ilmagan kishi Jamshidning ishxonasiga keldi. Avvaliga jurna-listning osilgan qosh-qovog‘ini ko‘rib, gapni nimadan boshlashni bilmasdan taraddud-lanib qoldi. Jamshidning chehrasi ochilib, hech kutilmaganda undan mehribonlik ila hol-ahvol so‘ragach, o‘zini qo‘lga oldi:
 - Inim, men sizning oldingizga allanechuk bir kulgili tuyuladigan iltimos bilan keldim. Shamida yigirma beshga qadam qo‘ydi, lekin sovchilarni umidsizlantirib kuzat-gani-kuzatgan. Men uning kasbini yaxii ko‘rishini bilaman, hozir demokratiya zamoni ekanligini, hech kimni majburlash mumkin emasligini yaxshi tushunaman. Lekin Siz meni tushuning, qishloq odamlari qizimning turmushga chiqmayotganligi sababini bosh-qacha, o‘zlaricha izohlashadi. Shamida o‘zini ishga bag‘ishlashni istaydi, lekin shaxsiy hayoti nima bo‘ladi? Agar Tojikiston Ovrupo mamlakati bo‘lganda edi, men uning amali-ni jon-dilim bilan qo‘llab-quvvatlardim. Lekin bizning urf-odatlarimiz qizimning istaklarini o‘z doirasiga sig‘dirmaydi. Hozir qizimizga loyiq, har tomondan o‘ziga tinch, o‘zimizning qishloqlik bir yigit sovchi qo‘yib turibdi. Qizimning ham u yigitga oz bo‘l-sada ko‘ngli bordek. Agar Siz Shamidaga bir marta nasihat qilib qo‘ysangiz, zora to‘yini yesak.
 Shamidaning otasi jim qoldi. Jamshid bundan besh yil oldin birinchi marta oldiga kelgan Shamidani ko‘z o‘ngiga keltirdi. Ha, o‘sha paytda jurnalist bu nozanin qizga hus-nidan foydalanib qolgan holda yaxshigina er topishni tavsiya etgandi. Jurnalistlik in-sonning jinsiga qaramasligini, erkak va ayol birdayin azob-mashaqqat tortishiga to‘g‘ri kelishini ta’kidlagandi. Oilaning og‘ir yukini birday ko‘tarib va kasb mashaqqatini birday yengib, yaxshi jurnalist bo‘lib, maqsadiga erishadigan ayollar oz topiladi, degan-di. Aslida ham bundayin baxtli ayollarni barmoq bilan sanash mumkin. Hayotini kasbiga bag‘ishlagan ko‘pchilik jurnalist ayollar turmushda osudalik bilishmaydi.
 o‘shanda Shamida uning so‘zlarini indamasdan tingladi-da, ruxsat so‘rab chiqib ketdi. Jamshid endi qaytib kelmaydi degan xayolda edi. Lekin oradan picha vaqt o‘tgach Shamida qaytib keldi. U jurnalistning sinovchan nazarini sezib, dedi:
 - Muallim, men kasbni tanladim.
 o‘shandan buyon besh yil o‘tdi. Shamida asta-sekin jurnalistlar doirasida o‘z «men»ini paydo qildi. Lekin haligacha o‘rganish uchun vaqt zarur edi, vaqt…
 - Agar menga biron narsa bog‘liq bo‘lsa, Shamida bilan suhbatlashaman, - Jamshid xayrlashish maqsadida mehmonning qo‘lini do‘stona siqdi.
 - U Sizning so‘zingizni ikki qilmaydi, - Shamidaning otasi jilmaydi.
 … Jamshid kechqurun Shamidani ishxonalari yaqinidagi bekatda ko‘rdi. U odatiga ko‘ra yuzining bir tomonini qo‘li bilan to‘sgan holda gavdali, lekin biroz qorin qo‘ygan yigit bilan gaplashib turardi. Ulardan sal narida xorijda tayyorlangan mashina turar va eshigi ochiqligidan yigitniki ekanligini sezish mumkin edi. Mashina ichidagi magnito-fondan Manija Davlat aytayotgan qo‘shiq eshitilardi. 
 Jurnalistni ko‘rgan qizning quloqlarigacha qizarib ketdi. Uning avzoidagi o‘zgarish-ni sezgan Jamshid oshiqona suhbatga xalal yetkazdimmi degan o‘yga bordi.
 - Allaqachon kuyovbo‘lmish sening qaysi hofizni yoqtirishinggacha bilib olibdi, qoyil! – Jamshid yigitning qo‘lini sovuqqina siqar ekan, unga tahsin aytayotgandayin yelka tek-kizdi va tezda ikkovidan uzoqlashdi.
 Ertasiga Shamida o‘ziga berilgan topshiriqni bajarayotib, ustma-ust uch marta xato qildi va Jamshidning jahli chiqib, uni oldiga chaqirdi.
 - Bor, tezda erga teg. Sen endi hushingniyam, aqlingniyam yo‘qotgansan. Vaktida seni joying beshikning yoni, jurnalistlik emas, o‘zingni o‘zing qiynamagin deya ogoxlantir-maganmidim.
 Qiz achchiq-achchiq yig‘ladi. Chunki jurnalist unga gapirayotganda bir o‘zi emas, bir necha hamkasbi ham bor edi. Hamkasblar qizga istehzoli qarab turishardi.
 Kechga yaqin qiz Jamshidning oldiga kirdi.
 - Muallim, men ishdan ketaymi?
 - Ha.
 - Boshqa yo‘li yo‘qmi?
 - Yo‘q va bo‘lmaydi ham. o‘zingniyam qiynama, meniyam.
 Jamshid Shamidaning ko‘zlaridan duv-duv oqayotgan yoshni ko‘rib, biroz yumshadi.
 - Muddatsiz ta’tilga chiqish uchun ariza yoz. Keyin ko‘ramiz.
 Ikki haftadan so‘ng Shamida to‘yga taklifnoma ko‘tarib keldi. Uni o‘z qo‘li bilan Jamshidga berish uchun hech jur’at qila olmasdi. Turdi-turdi-da, stol ustiga qo‘yib ketdi. Jurnalist unga bir nazar tashladi-da, bir chetga otib yubordi. To‘yga ham bormadi.
Aslida to‘yga borish uchun hafsalasi ham yo‘q edi. Lekin to‘yning ertasi Shamidaning otasi katta dasturxon ko‘tarib keldi.
 - Sizning ishingiz ko‘pligini bilaman. Manovi Sizning nasibangiz.
 Jamshid hatto dasturxonni ochib ko‘rmadi. Uni hamkasblariga tutqazib, dedi:
 - Bugun oshxonaga bormasliklaring mumkin.
 … Ana o‘sha Shamida bugun o‘g‘ilchalik bo‘libdi. Uning eri erta tongda gazeta idorasida paydo bo‘ldi.
 - Muallim, Shamidaning xohishiga ko‘ra o‘g‘limizning otini Jamshid qo‘ydik.
 - Sodda! – Jamshid achchiq tabassum qildi, lekin tug‘ruqxonaga albatta borishga va’da berdi.
 
* * *

 Shamida Jamshidni ochiq chehra bilan kutib olgan bo‘lmasin, lekin uning ko‘zlariga qandaydir anduhmi, tashvishmi parda tashlab turganini sezish qiyin emas edi. Jurna-list shogirdining bunday ruhiy holatga tushishini ilgarilari ham ko‘rgandi. Ana shun-day holatlarda Shamida kechgacha labida zo‘raki jilmayish bilan yurar, faqatgina uyiga ketish oldidan ustodini yolg‘iz topib, gap ochardi:
 - Muallim, bir qiyin tashvishim bor, - u gapini davom ettirmasdan noma’lum nuqtaga ko‘z tikkancha qolardi.
 Bu gal ham erini kuzatib turar ekan, ma’noli qarash qildi, lekin u hech narsani sez-masdan, ularni yolg‘iz qoldirishni o‘ylash nari tursin, balki buyruq berayotgandayin ovozini ko‘tardi:
 - Men muallimni kuzatib qo‘yaman.
 Jamshid tuyg‘ularini zo‘rg‘a yig‘ishtirib oldi. Agar manovi kelinchak oldingi Shamida bo‘lganda edi erini gap bilan uzib-uzib olgan bo‘lardi. Lekin xuddi shu asno shogirdning erga tegishini o‘shanda qanchalik og‘ir qabul qilganini sezganga o‘xshadi. Endi u faqat-gina kimningdir aytganini qiladigan buyrug‘ini bajaradigan odam bo‘lib qolmasdan, Jamshidning hayotida yopishmagan yamoqqa o‘xshardi.
 Shamida eriga boshqa e’tibor bermasdan jo‘shib-toshib hikoya qilishga tushdi:
 - Kecha yosh bir ayolni olib kelishdi. Birinchi marta tug‘ishi bo‘lgani uchun ancha azob chek-di. Ko‘p qon yo‘qotdi. Tungi o‘n birlarda o‘g‘ilchalik bo‘ldi. Aka-ukalari allaqaerlardan qon topib kelishdi. Lekin qon berish paytida hamshiraning uyqusi keladi va ayolning tomiriga ko‘p havo kirib, u o‘lib qoladi.
 Shamida jim qoldi. Jamshid ma’nosiz qo‘l siltadi. Aniqrog‘i, u bu ishorasi bilan «bunday baxtsiz hodisalar tez-tez yuz berib turadi», demoqchi edi.
 Lekin birdaniga shogirdining ovozi balandlashdi:
 - Bilasizmi, muallim, hamshiralarning aytishlaricha go‘yo u kelinchak sal oldin oltin topib olgan ekan…
 - Nima? – Jamshid qattiq kulib yuborishdan o‘zini to‘xtatib qoldi. – Oltin?! Qaer-dan? Balki javohirlar orolidan kapitan Flintning oltinlarini topib olgandir?
 -Rost aytyapman. Ertalab o‘likni olib ketishga kelishganida u kelinchakning onasi bir o‘g‘lining yoqasidan olib «qizimning o‘limiga sen sababchisan, agar begunoh qizni o‘ldir-maganingda bunday bo‘lmasdi», dedi.
 - Qaysi begunoh qizni?
 - Bunisini bilmayman.
 - Muallim, Shamida anchagina qo‘rqqan. Shuning uchun og‘ziga kelganini aytaveradi, - Shamidaning eri xotiniga qarab norozi jilmaydi.
 Shamida eriga oshkora nafrat bilan javob berdi:
 - Qo‘rqmang, mening qayta ishga chiqish niyatim yo‘q va bunday qotilliklarning chigili-ni yozishga hunarim ham yo‘q.
 Jamshid er-xotinning janjal ko‘tarayotganliklarini ko‘rib, tezda orga kirdi:
 - Ering seni ehtiyot qilyapti. Seni ayashi esa, yaxshi ko‘rishining belgisi. Men kecha tun-da qanday voqea yuz berganligini aniqlash uchun urinib ko‘raman. Sen xotirjam bo‘laver-gin.

 * * *

 Jurnalist hali tug‘ruqxona eshigidan chiqishga ulgurmasdan notanish ovoz eshitildi:
 - Jamshid!
 U ortiga qaytdi. Qarshisidan oq kiyimdagi chiroyli bir qiz kelardi. Garchi u tanish tuyulsada, lekin Jamshid qizni qaerda ko‘rganligini hech eslay olmadi.
 - Tanimadingizmi? Men Sitora bo‘laman. «Orzular o‘ladigan paytda» degan kechinma qissangiz bor-ku, o‘shaning qahramoni – hamshira qiz men bo‘laman-da. Endi esladingiz-mi?
 Jamshid qizarib ketdi. Ha, u yosh umri xazon bo‘lgan san’atkor Shahromning o‘limi sirlarini ochishga yordam bergan qiz edi.
 - Salom! Bu yerda nima qilib yuribsan? – Jamshid jilmayishga urindi.
 - Filologiya kulliyotining ikkinchi bosqichida o‘qiyman. Sirtqida.
 - Ikki yildan buyon shu shaharda ekansan, bir martagina qo‘ng‘iroq qilsang bo‘lmasmidi.
 - Men Sizning hayotingizda boshqa paydo bo‘lmaslikka ahd qilgandim. Lekin nima qilib yurganlaringizni bilaman. Shogirdingizdan xabar olishga keldingizmi?
 - Ha. Farzandli bo‘libdi.
 - Yaxshi qiz. Lekin bitta aybi bor. Haligacha kasbini jinnilardek yaxshi ko‘radi. Hatto eridan ham yaxshiroq ko‘radi.
 - Xayr, vaqt topsang, bizning idoramizga ham bir borgin.
 - Yo‘q, idorangizga bormayman, lekin agar yo‘q demasangiz, kechqurun Sizni o‘zingniz suygan «Kant» restoraniga taklif qilaman, - qiz chiroyli jilmaydida, qo‘shib qo‘ydi. – Hammasi mening hisobimdan, Siz hech tashvish tortmang.
 Jamshid bir zum ikkilandi-da, so‘ng beparvo javob berdi:
 - Qabul. Kechqurun soat oltida «Kant»da uchrashamiz.
 
 * * *

 Go‘yo begonalar yuzma-yuz o‘tirishgandayin har ikkovi ham og‘ziga suv olgandayin edi. Birinchi bo‘lib so‘z boshlash uchun na unisi, na bunisi jur’at qila olmasdi. Nihoyat Jam-shid chuqur oh tortdi-da, qadahlarni to‘ldirib, siniq jilmaydi:
 - Endi aytchi, hijron, ayriliqning qadri ne?
 - Boshqa davom ettirmasligingizni so‘rayman, - allanechuk bir qat’iyat bilan dedi Sitora.
 - Nega?
 - Ikki yil davomida bironta odamga ko‘ngil qo‘ya olmaganim sababini bilasizmi? Nega Sizni unuta olmayapman? Bilasizmi? – qiz ko‘z qiri bilan suhbatdoshiga qaradi.
 - Yo‘q. To‘g‘risi, bu borada o‘ylab ham ko‘rmagan ekanman.
 - o‘sha birinchi va so‘nggi uchrashuvimizdan keyin men o‘z-o‘zimga Sizni yoshlik davri-mizning g‘amgin xotira puchmoqlariga topshiraman, albatta topshiraman, deya va’da ber-gandim. Lekin bir voqea yuz berib, Sizga bo‘lgan mehrim ikki karra oshdi.
 - Balki azayimxonning oldiga borib-kelganimdan xabaring yo‘qdir? – Jamshid hazil-ga oldi.
 Qiz bu gapni eshitmagandayin hissiyotga berilgancha so‘zida davom etdi:
 - Singlim Habiba menga qaraganda chiroyliroq, hushyorroq edi. Unga uylanishni istay-diganlar ko‘p edi. Lekin Habiba avval oliy o‘quv yurtiga kirib o‘qishni, so‘ng turmush qurishni orzu qilardi. Ammo o‘n birinchi sinfda o‘qiyotganda bir haromzodaga oshiq bo‘lib qoldi. Men u la’nati singlimning ko‘nglini qanday topganligini bilmayman, lekin undan o‘n yoshga yaqin katta bo‘lishiga qaramasdan hammaga ma’qul edi. Hatto men ham uning oshiqlik haqidagi to‘qimalariga ishongandim. Lekin boshga kelganni ko‘z ko‘rar ekan. U la’natining xotini, to‘rtta bolasi bor ekan, Habibani homilador qildi-yu, qora-sini ko‘rsatmay ketdi, yaramas.Uni qidirishlarim behuda ketdi, aytishlaricha Rossiyaning allaqaysi bir go‘riga ketgan ekan. Men singlimning u la’natidan orttirganini yo‘qo-tishini va boshidan o‘tganlarni tezroq unutishini qanchalik istamayin, bo‘lmadi. Bir kuni erta tongda uyg‘onib, Habiba yotgan o‘rinni bo‘sh ko‘rdim. Yuragim hovliqqancha uni qidirishga tushdim. Hech qaerda yo‘q edi. Nihoyat, egasi yo‘q, buzilib yotgan bir og‘ilga kir-sam… U o‘zini osibdi. Hatto o‘lim bilan yuzma-yuz kelganda ham singlim ochilmay xazon bo‘lgan yoshlik ishqining nishonasi – olti oylik bolasidan ayrilishni istamabdi. Bir tobutda ikki o‘lik ko‘tarildi. Bir qabrga yoshgina qizning pokiza ishqi va bir nomarddan qolgan nishonani ko‘mib kelishdi… Bu hodisadan so‘ng anchagacha o‘zimga kelmadim. Uy meni chaqib-chaqib olardi, qaerga qaramayin, yosh umri xazon bo‘lgan singlim haqida so‘z-lardi. Toqat qilib-qilib, Dushanbega keldim. Ikki yildan beri shu yerdaman, - qiz bir zum jim qoldi-da, so‘ng gapida davom etdi.- Men she’rning davomini o‘qimasligingizni nega so‘radim, bilasizmi? Bilasizmi, keyingi misrasi qanday?
 - Xudo haqi bilmayman, - Jamshid g‘amgin hikoyani eshitib allanechuk parishonxotir o‘tirardi. – Men bir misrani bilaman, xolos.
 - Davomi « Kel, bir-birimizning qadrimizga yetaylik». Men Sizning ikkiyuzlama bo‘lishingizni istamayman, men tirik ekanman, ishqingiz qalbimda bo‘lishini istayman, lekin hech qachon bundan foydalanishni istamang.
 Jamshid mavzuni o‘zgartirish uchun va bunday musibatlar oz emas, degan ma’noda so‘zni boshqa tomonga burdi:
 - Kecha tunda farzand ko‘rayotib, dunyodan o‘tgan ayolning ham baxti qora ekan. Tib ham-shirasining aybi bilan dunyodan o‘tdi, deyishyapti.
 Jamshidning nazarida Sitora o‘zining xayolidan titroqqa tushayotgandek tuyuldi. Lekin u xotirjam, beparvo qo‘l siltadi-da, javob berdi:
 - Bunday hodisalar bo‘lib turadi. Qon berayotgan paytda hamkasbim Nodirani uyqu bosadi. Ayolning qon tomiriga ortiqcha havo kiradi-da, u o‘ladi. Aytishlaricha u oltin topgan ekan va biron bahona bilan dunyodan o‘tardi-da.
 - Sen bu afsonalarga ishonasanmi? - Jamshid sinovchan so‘radi.
 - Shamol bo‘lmasa, daraxtning shoxi qimirlamaydi.
 - Nega sen u ayol haqida bunchalik ayovsiz gapiryapsan? Balki sening singling haqida ham kimdir shunday rahmsizlarcha gapirar.
 - Men bunday odamning tirik bo‘lishini istamayman, - Sitora sovuqqonlarcha dedi. – Mening unga kuyinmayotganligimning sababi… u o‘sha haromzodaning singlisi ekan. Singlimning xuniga xun to‘lashdi. Men buni ertalab o‘likni olib ketishayotganda bildim. U la’nati shu yerda edi.
 - Bir kishining gunohi uchun boshqa bir insonni gunohkor deb bilish yaxshi emas, - Jamshid xayolga berilgancha pichirladi.
 - Turadigan vaqtimiz bo‘ldimi, deyman. Men kecha navbatchi edim. Uyqum kelyapti, - dedi Sitora birdaniga keskin-keskin.
 Ular shu tarzda boshqa bir so‘z demasdan, bosh qimirlatib xayrlashishdi. Jamshid ik-kovining orasida tubsiz jar paydo bo‘lganini his qilardi, lekin bu sovuqlik, ayriliq-ning sababi kim yo nima ekanligi haqida bir so‘z deya olmasdi.
 
 * * *

 Tongda Shamidaning qo‘ng‘irog‘i Jamshidni uyg‘otib yubordi:
 - Muallim, vafot etgan Gulniso degan ayol chindan ham arxeologik qazilmalar uchun aj-ratilgan maydonda oltin topib olgan ekan. o‘sha yerga ekin ekishgan ekanda. Gulnoz yer chopayotgan ekanmi, ishqilib, o‘sha yerda ishlayotgan ekanda. Zarkent tumanining Shoddara degan qishlog‘ida. Bir ko‘zacha oltin topgan ekan. Uni eriga ko‘rsatib, akalariga olib boribdi. Bu yerda yana bitta qotillik qissasi bor, - hayajonlaganidan Shamidaning ovozi titrardi. 
 - Hozir yetib boraman, - Jamshid uyqusirab javob bergach, o‘rnidan turdi. Kiyimini kiydi-da, shosha-pisha yuz-qo‘lini yuvib, tug‘ruqxonaga otlandi.

 * * *

 Bosh hakim Jamshidning savollariga qovoq uygancha javob berdi:
 - Biz bu hodisani tekshirib chiqdik. Aslida qon berish paytida va u tugagach, bemor o‘l-maydi. Lekin Gulniso hushsizlarcha qo‘lini cho‘zadi va naycha uzilib, tomiriga havo kiradi.
 - Agar nayza uzilgan bo‘lsa, balki qon quyish moslamasi ag‘darilib ketgandir?
 - Ha. Moslama ag‘darilib, hatto stol ustidagi choynakni pastga tushirib yuboradi.
 - Tib hamshirasi bu ag‘dar-to‘ntardan chiqkan ovozdan ham uyg‘onmaydi, shundaymi?
 - Yo‘q… Xayr, aka, hamshirani sovuqqonligi uchun ishdan haydadik, yana nima qilaylik? - hakim zarda qildi.
 Jamshid hech narsa demasdan Shamidaning xonasi tomon ketdi.
 -Kimdir barcha duxturlar va hamshiralarga Gulniso to‘g‘risida gapirishni ta’qiqlab qo‘yibdi. Hamma qo‘rqa-pisa gapiradi. Bu yerda biron-bir dahshatli sir bor. Aytishlari-cha Gulnisoning yangasini bir hafta oldin o‘ldirib, daryoga tashlashgan ekan.
 Xuddi shu lahza Shamidaning eri xonaga kirib keldi. U erta saharlab jurnalistni xotinining oldida ko‘rib, avzoi o‘zgardi. Lekin hech narsa demasdan sovuqqina salomlash-di. Jamshid bu munosabatga ahamiyat bermasdan tashqari chiqdi.
 Sitora hali ishga kelmagan ekan. Jurnalist uning telefon raqamini olmaganiga pushaymon chekdi. Navbatchi hamshiradan uning qachon ishga kelishini so‘rar ekan, ajoyib bir ma’lumot oldi.
 - Kecha qo‘ng‘iroq qilgandi, qandaydir ishi chiqib qolibdi, tug‘ilgan yeriga – Zarkent-ga ketar ekan.
 Jamshid ishxonasiga kelib, hamkasblari bilan xayrlashib Shoddaraga otlanayotganda yana Shamida qo‘ng‘iroq qilib qoldi:
 - Muallim, mening erim ham Zarkentga bormoqchi, Siz bunga hayron bo‘lmayapsizmi?
 Shamida shunday deya qandaydir bir qo‘rqqandayin gapini davom ettirdi:
 - o‘zingizni ehtiyot qiling, iltimos…
 
 * * *

 Jamshid avval xotinining ishxonasiga bordi. No‘shofarin kutilmagan hodisa haqida-gi qisqa hikoyani eshitgach, iltijoga tushdi:
 - Iltimos, bormang! Ko‘nglim qandaydir bir yomon hodisa yuz berishidan xavotirda. Axir bugun katta o‘g‘limizning tug‘ilgan kuni…
 Lekin jurnalist odatiga ko‘ra o‘jarlik qildi.
 - Men bog‘chaga borib, o‘g‘limni tabriklayman. Sen hamma narsadan xavotirlanaverma. Anchadan buyon tuzukroq narsa yozganim yo‘q. Biron yaxshiroq detektivga mavzu chiqib qolar. Bordi-yu… Sitoradan xavotirlanayotgan bo‘lsang, - Jamshid ko‘zlarini o‘ynatdi. – Bu gal uni armonda qoldirish gunoh.
 - o‘sha Sitora qurib ketsin. Siz bunday noma’qulchiliklarni birinchi marta qilayot-ganingiz yo‘q. Lekin mening baxtimga qo‘lga tushira olmayapman.
 - Ruslar aytganlaridek « Ne poyman, ne vor», ya’ni qo‘lga tushmagan o‘g‘ri, o‘g‘ri emas.,- Jamshid kulganicha No‘shofarin bilan xayrlashib, safar anjomlarini olish uchun uyiga jo‘nadi.
 Bog‘chaga borganida katta o‘g‘li otasi olib kelgan sovg‘aga g‘amgin qaragancha dedi:
 - Onam otangning xotini ish, onasi ish, singlisi ish, deydilar. Bugun uyga borsam onamga otamning bolalari ham ish, deyman…
 Jamshid ovozi boricha kulib, o‘g‘lini quchdi, osmonga otib, erkaladi va xayrlashdi.
 Kichik o‘g‘li u olib borgan mashinachani o‘ynagancha xursandligidan otasining ketayot-ganligiga e’tibor bermasligini ko‘rib, u bilan xayrlashganda soat kunduzgi birga yaqin-lashib qolgandi.
 Bog‘chadan chiqishi bilanoq u yerda turgan taksi belgisi tushirilgan mashinani ko‘rib, quvongancha o‘tirdi. Shu on ko‘nglidan bir shubha vizillab o‘tdi: «Bu yerda biron marta taksi to‘xtab turganini ko‘rmagan edim. Shaharda bo‘lsa, bironta taksi Sug‘d viloyatiga tegishli «02» raqami bilan yurmaydi».
 Lekin baxtiga qarshi bu shubha juda tez tarqadi. Haydovchi yo‘lovchining xavotirini sezgandayin dedi:
 - Men aslida Zarkent tumaniga bormoqchi edim. Ikkita yo‘lovchim bor. Uchinchi odam mana shu bog‘cha oldiga kelmoqchi edi. Haligacha daragi yo‘q.
 - Shundaymi? Agar yo‘lovchilaringiz tayyor bo‘lsa, birga ketar ekanmizda. Men ham Zarkentga bormoqchiman.
 - Zarkentning qaeriga? –haydovchi shunchaki so‘raganday bo‘ldi.
 - Shoddaraga.
 Jamshid haydovchining qanchalik xunuk tirjayganini ko‘rmadi…

 * * *
 
Nazorat nuqtasidan o‘tishayotganda haydovchi yo‘l nazorati xodimiga o‘n somoniy uzat-ganda , u pulni indamasdan olib, mashina, haydovchi va yo‘lovchilarning hujjatlariga zarracha e’tibor bermasdan o‘tkazib yuborar ekan, Jamshid ikki yo‘lovchi va haydovchiga tuzukroq razm solib, ularning aftlari o‘xshashligini sezib, ko‘nglida g‘ashlik hukm sur-ganida allaqachon kech bo‘lgandi. Varzob tumanining Zardeh qishlog‘i yaqinida haydovchi qandaydir bir bahona topib mashinani to‘xtatdi. Jurnalist sigaret chekish uchun pastga tushdi va atrofdagi chiroyli manzaraga tikilib qoldi. Ikki yil oldin Shahrom mana shu mintaqada o‘z joniga qasd qilgandi. Jamshid xotiralarga berilib ketib, oq do‘ppili yo‘lovchining ortidan pusib kelib, boshiga uzun temir bilan qattiq tushirganini sezmay qoldi. Jurnalist bukchayib qolar ekan, yo‘lovchi oldiga o‘tib qattiq tepdi. Yo‘ldoshlari-dan qaysi birining qo‘lida pichoq yaltillardi. Bittasi tizzasiga temir bilan urdi. Jam-shidning ko‘kragi qattiq og‘rib, qo‘li issiq qonga tegdi.
 «Shahromning o‘lgan yeri. Bir paytlar qani edi men ham mana shunday ko‘rkam bir yerda jon bersam, deya orzu qilardim, - Jamshidning ko‘nglidan alamli o‘ylar o‘tardi. – Lekin Shahrom nima uchun o‘layotganini bilardi, men-chi, nima sababli jon berayotganimni ham bilmasdan o‘lib ketyapman».
 U butunlay hushidan ketayotganda haydovchining ovozi arang qulog‘iga chalindi:
 - Tezda jarga tashlanglar, orqadan qandaydir mashina kelyapti.

 * * *
 
Poytaxtdagi «N» tumani jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i polkovnik Shohin Azizov va tergovchi Omonov Jamshidning eshigi oldida bir zum to‘xtab qolishdi. Ichkaridan bolalarning o‘yin-kulgilari ovozi eshitilardi.
 - No‘shofarinni chaqirib, voqeani tushuntiramiz va bayonotini olamiz, - dedi Omonov.
 - Agar shunday qilsangiz, mendan katta bo‘lishingizga qaramasdan peshonangizga bitta o‘q joylayman, - Azizov sovuq va qahr aralash gapirdi. – Bolalarning nima gunohi bor? Nega ularning zavqli o‘yinlarini buzamiz?
 - Axir ularning otalari jon beray deb yotibdi, u o‘limidan oldin bir marta bo‘lsada bolalarining diydoriga to‘yib olsin, - tergovchi allanechuk cho‘chigandayin gapirardi.
 - Agar Jamshid jarrohlik amaliyoti paytida vafot etsa, bilib qo‘y, bugunning o‘zi-dayoq Shoddaralaring go‘ristonga aylanadi.
 -Unda nima qilamiz?
 - Men bolaning tug‘ilgan kuni uchun sovg‘a olib keldim. Go‘yo tabriklash uchun keldim, boshqa hech narsa.
 Agar Omonov Azizovning fe’l-atvoridan xabardor bo‘lmaganida, agar uning kimsan «shef»ning o‘ziga kuyovligini bilmaganida, agar bu odamning Jamshidga nisbatan qancha-lik mehru muhabbati borligini eshitmaganida edi, balki hozir voqea butunlay boshqacha tus olishi mumkin edi. Lekin hozir itoat qilgancha Azizovning qo‘lidan kattagina ayiq-chani oldida, eshik qo‘ng‘irog‘ini bosdi.
 No‘shofarin avvaliga ularning ikkoviga xavotirlik bilan tikildi, lekin sovg‘ani ko‘rib, xijolat tortdi.
 - Kelinglar, kelinglar, Jamshid akamning to‘satdan zarur ishlari chiqib qolib, Zar-kentga ketdilar.
 Uy to‘la mehmon edi. Jamshidning katta ukasi bir zumda mehmonlarning oldini noz-ne’matlarga to‘ldirdi. Omonovning tomog‘idan hech narsa o‘tmas va u turli bahonalarni ishlatib, hamsabog‘i bo‘lgan ayoldan Jamshidning qaerga va qachon ketganini so‘rardi. Azizov bo‘lsa, beparvogina bolalar bilan suhbatlashib o‘tirardi.
 - Keyin sen meniyam olib borgin, tomosha qilib kelaman, demadingmi? – polkovnik Jamshidning kichik o‘g‘lini bag‘riga bosib, mehribonlik bilan so‘radi.
 - Yo‘q, dadam menga moshincha olib keldilar. Keyin bitta taksiga o‘tirib ketdilar.
 - Taksi?
 - Ha, qizil taksi. Soqoli oq bitta odam dadamning sumkalarini moshinning orqasiga qo‘ydi. Buni xolam ham ko‘rdilar.Dadam xolamga bog‘cha puli berdilar. Xolam dadamlarni kuzatib ko‘chagacha chiqdilar.
 - No‘shofarin, menimcha bu o‘g‘ling senga qaraganda bog‘cha xolasini yaxshi ko‘radi. Nuqul xolasini gapiradi, - kuldi polkovnik va shunday gap orasida so‘rayotganday so‘radi. – U chiroyli xolangning oti nima ekan?
 - Sodiqova Salima Xudoyiyevna, - bola burro javob berib, hammani kuldirdi.
 Azizov va Omonov yana picha o‘irishgach, xayrlashib chiqib ketishdi.
 Shohin Jamshidning uyidan uzoqlashishgach qo‘l telefonidan hamkasblariga ko‘ng‘iroq qildi, hol-ahvol so‘radi va tezda Salima Sodiqovani topishlarini tayinladi.
 - Maorif mudiriga qo‘ng‘iroq qilib, bog‘cha mudirasining yashash manzilini aniqla. U Sodiqovani yerning tagidan bo‘lsayam topib beradi.
 Shundan so‘ng Azizov «Qariyai bolo» bemorxonasiga qo‘ng‘iroq qilib, kim bilandir gaplashdi-da, Omonovga o‘girildi:
 - Jamshidning joni haligacha qil ustida ekan. Pichoq urganlaridan tashqari ustiga bitta oyog‘ini sindirishgan va boshiga qattiq urishgan. Haligacha hushiga kelmabdi.
 Azizov bu gaplarni aytgach, aybdorlardek jilmaydi:
 - Mening qo‘polligim uchun kechir, lekin bolaning tug‘ilgan kunini motamga aylan-tirish uchun ma’naviy huquqim yo‘q edi.
 - Shoddaraga borish uchun Jamshid nima degan bo‘lsa, men No‘shofarindan bilib ol-dim. Biz hozir tug‘ruqxona bosh hakimi bilan ham suhbatlashishimiz zarur. Menimcha, kalavaning uchi shunda, - dedi Omonov go‘yo Azizovning uzr so‘raganini eshitmagandayin.
 - Qo‘ng‘iroq qilaymi? – dedi Shohin.
 - Hali Jamshidning uyiga bormasimizdan oldin men yigitlarga bosh hakimni topish to‘g‘risida topshiriq bergandim. U ish joyida bizni kutib o‘tiribdi. Shuningdek, Ayniy tumanidagi nazorat nuqtasidan Jamshidni olib kelgan mashina haydovchisi ko‘rsatma-lari bo‘yicha o‘sha mashina va yo‘lovchilar haqida ma’lumot yetib kelgan bo‘lsa kerak.
 - Unday bo‘lsa, bemorxonaga boramizmi? - so‘radi Azizov va Omonov tasdiqlagandayin bosh tebratdi.

 * * *
 
Jarroh-professor Azizov va Omonovga Jamshidning oldiga kirishga ruxsat berganida soat millari kunduzgi 12 ni ko‘rsatib turardi. Jurnalistning butun badani bog‘lab tash-langanini ko‘rgan har ikki milisa xodimi bir-biriga xijolatli boqdi. Lekin Jamshid-ning har doimgiday sokin ovozi ularni bu noqulay holatdan qutqardi.
 - Menimcha, bu vaziyatimdan foydalangan holda Omonov bu gal otini olg‘a choptiradi-yov.
 Omonov jilmaygancha so‘radi:
 - Biz bilan gaplashishga kuching yetadimi? Mabodo sog‘liging yomonlashadigan bo‘lsa…
 - Men bir soatdan buyon telefonda gaplashyapman. Aslida senda bor ma’lumotni men oldinroq bilib olganman. Bu gal ham ziyofat sening hisobingdan bo‘ladi, deb qo‘rqaman.
 - Siz sog‘ayib ketib, o‘rningizdan turing, bitta emas, beshta ziyofat mendan, - Azizov eski do‘stlarning suhbatiga xushhollik bilan qo‘shildi. – Xudo haqi, agar biron noxush hodisa yuz berganda Shoddarani yer bilan yakson qilardim.
 - Yaxshi, Jamshid, kel, qartalarni ochaylik, - Omonov kursiga o‘tirib, papkasini ochdi. Shohin bo‘sh karavotga, bemor bilan yuzma-yuz o‘tirdi. –Hamma fojianing boshlanashi, aniqrog‘i bu shum hodisaning markazi - bemorxona. Sen yangi ko‘zi yorigan hamkasbing Sha-midadan tunda hamshiraning aybi bilan vafot etgan ayol to‘g‘risida eshitgansan. Kechqurun bir tib hamshirasi bilan bu borada gaplashgansan. Biz u hamshirani topa olmadik. Lekin No‘shofarinning aytishicha bu suhbatdan so‘ng senga Sitoraning singlisi haligi bemor-xonada o‘lgan ayol – Gulnisoning akasi aybi bilan o‘zini osgani ma’lum bo‘lgan. Bu ikki fojianing bir-biriga bog‘liqligi haqida isbot topilganicha yo‘q. o‘sha tunda Sitora Gulnisoning xonasiga biron marta kirgan emas. Bu dalilni Sitora davolayotgan, tuni bilan mijja qoqmagan bemor ham tasdiqladi. Ertasi kuni tongda sen Shamidaning qo‘n-g‘irog‘idan so‘ng Zarkentga yo‘l olding. o‘sha telefon suhbatidan bizga qanchalik ma’lum bo‘lishicha Gulniso ekinzorda ishlayotib, oltin topib oladi. Zarkent ichki ishlar bo‘limi-ning barcha xodimlari u yerdagi odamlarning uylarini tekshirib chiqishadi, lekin hech kim oltin haqida eshitmagan, bu gaplardan sira xabari yo‘q. Sen taksiga o‘tirib Shod-daraga jo‘nading. Biz sen ketgan taksini topdik. Uni o‘sha tongda, taxminan soat o‘nlarda bir noma’lum odam Sug‘d viloyatida yashaydigan kishidan ikki baravar narxiga sotib ola-di. Mashinani sening jonigga qasd qilingan yerdan taxminan uch kilometr yuqoriroqdagi yerdan topdik. Haydovchi va yo‘lovchilar mashinani jarga itarib yuborib, o‘zlari g‘oyib bo‘lishadi. Hozircha biz ularni topa olmadik.
 - Mashina jarda, men bemorxonada, haydovchi va aka-ukalari Rossiyada mardikorlik qilishyapti, - kesatdi Jamshid. – Balki men uyquda yotganimda o‘zimni o‘zim shu holga solgandirman?
 - Aka-ukalari? Buni qanday isbotlaysan? – Omonov o‘rtog‘ining kesatig‘ini sezmagan-dayin so‘radi.
 - Ularning uchoviyam yo aka-uka edilar, yo yaqin qarindoshlar, - dedi qat’iylik bilan Jamshid. – Bir-birlariga judayam o‘xshashishardi.
 - Taksini bog‘cha tarbiyachisi, o‘sha mashinani sotgan sug‘dlik odam ko‘rishgan. Qizig‘i, u taksi Siz bog‘chaga kirishingiz bilan paydo bo‘lgan. Balki ortingizdan tushishgandir? – Shohin luqma tashladi. – Shuningdek Sizni bemorxonaga olib kelgan haydovchi va uning mashinasining orqa kabinasida o‘tirgan qiz Sizning joningizga qasd qilishayotganini aniq ko‘rishgan. Haydovchi qo‘rqib, orqaga qaytmoqchi bo‘ladi, lekin yo‘lovchi qiz ular uri-shayotganlari yo‘q, suhbatlashishyapti, deydi. Orqadagi mashina yaqinlashib kelgach, anovi-lar Sizni jarga tashlashadi-da, qochib qolishadi.
 - U qiz kim ekan? U hozir qaerda? Oti nima ekan? – xayolchan so‘radi Jamshid.
 - o‘zini Shohista Kabirova deb tanishtiribdi. Afsuski, uni boshqalar so‘roq qilib, javob berib yuborishibdi. Men haydovchini so‘rash bilan band edim. Lekin qizning yashash manzilini yozib olishgan.
 - Ertaga ko‘ribsizki, u yerda boshqa odam yashaydi va u qiz Rossiyaning qaysi bir bozori-da kabob yo somsa sotayotgan bo‘lib chiqadi. Sening o‘rningda bo‘lganimda u qizga javob ber-masdim. Surati bormi?
 - Baxtimizga surati bor, - javob berdi quvonch bilan Shohin, - mening bir odatim bor, suratini olmasdan burun bironta guvohga javob bermayman.
 Polkovnik qo‘lidagi papkadan surat olib, jurnalistga uzatdi. U va Omonov ikkov sinchkovlik bilan Jamshidning chehrasiga tikilishdi. Jurnalist suratga sovuqqina qaradi-da, pichirladi:
 - Men u ekanligini bilardim.
 Omonov tezda qo‘l telefonida kimnidir chaqirdi-da, buyruq berdi:
 - Guvoh Kabirovani tezlikda toping!
 - Uni topolmaysan, Omonov, topolmaysan! Ziyofatga va’da ber, mening ayrim qonun-buzishlarimga ko‘z yum, bu mojaroning sirini ikki kunda topib beraman.
 - Jinoiy ish generalning qo‘lida, - Omonov Shohinga qarab g‘uldulladi. - Qo‘limdan hech qanday yordam kelmaydi. Agar aybing bo‘lsa, bu gal javob berasan, do‘stim.
 - General Junaydovning kuyovi yordam bera olmaydimi? – Jamshid Shohinga sinovchan boqdi.
 - Agar og‘ir gunoh bo‘lmasa, hal qilamiz, - javob berdi polkovnik.
 - Bolalarimning quvonchini motamga aylanishiga yo‘l qo‘ymagani va ziyofat va’dasini bergani uchun mana shu Shohinni deya u fojialar turkumining asl sababini topaman, - Jamshid g‘amgingina kuldi. – Siz bir necha kechirib bo‘lmaydigan xatoga yo‘l qo‘ygansiz.
Birinchisi, fojia markazi bemorxona emas, balki bir hafta ilgari noma’lum odamlar tomonidan o‘ldirilib, daryoga tashlangan ayol - to‘rt bolaning onasi. Bu ish qotillar tomonidan pul berilib, sud ekspertining og‘zi yopilgach, o‘z joniga qasd qilish deya e’lon etildi. Ikkinchisi, Siz tezlikda Shoddaraga borishingiz kerak edi. Allaqachon general Junaydovning bevosita himoyasi ostida, men u kishiga jinoiy ish haqida telefon orqa-li hikoya qilgandim, bir necha nafar jurnalist tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan birgalikda ish olib borishyapti va har soatda tekshirish natijalari haqida menga bildirib turishibdi. Uchinchisi, ko‘p narsani bilgan, bir qotillik va hamda bir sui-qasdga bevosita guvoh bo‘lgan odamga nima uchun javob berib yuborganliklaringni bil- mayman. Ko‘nglim sezib turibdi - hozir u ham Shoddarada. Meni bemorxonaga olib kelgan qizni nazarda tutyapman. Sitora tug‘ruqxonada tib hamshirasi bo‘lib ishlaydi va bo‘lib o‘tgan voqeadan boshdan-oyoq xabardor. To‘rtinchidan avvalgi ikki ayolning qotillari va suiqasd qilganlar Shoddarada bo‘lishlari turgan gap, ular bir necha kun oldin qishloq-dan chiqib ketishmagan edi. Ular yolg‘iz emas, balki oltinga xaridor bo‘lgan odamlarning uch-to‘rttasi ham ular bilan birga chiqar. Men uch qotillik va suiqasd bitta guruhning qo‘li bilan qilingan va ularning markazda suyanganlari bor, deb o‘ylayman. Beshinchidan, agar bemalol bo‘lsa, menga ikki-uchta qo‘riqchi bering. o‘sha uch odamning afti menga yaxshi tanish bo‘lgani uchun ularning meni «ko‘rib ketish» uchun kelib qolishlariga ishonaman.
 Jamshid bir zum tin oldi va yana so‘zlay boshladi:
 - Uch qotillik va bir odam o‘ldirishga urinish, - Jamshidning ovozi baland yangradi. – bularning hammasi qaerda ekanligini hech kim bilmaydigan oltinlarni deb! Oltinlar siri o‘sha birinchi qabrga ko‘milgan. Agar qabr ochilsa… - shu payt Jamshidning qo‘l tele-foni jiringlab qoldi va har ikki suhbatdoshi jurnalistning rangi oqarib ketganini ko‘rishdi.
 Jamshid telefonni bir chetga qo‘yib, Shohindan so‘radi:
 - Azizov, sen «Xazinalar oroli» kitobini o‘qiganmisan?
 -U mening sevimli asarim, - dedi polkovnik.
 - Unda bir ajoyib she’r, qaroqchilarning oltin topishga bag‘ishlangan she’ri bor.
 Yo, xo-xo, bir shisha rom,
 Ich, senga iblis yordamchi bo‘lishi uchun.
 Yo, xo-xo, bir shisha rom.
 Bilasizmi, to‘rt bolaning onasi bo‘lgan ayolning o‘ligi qabr yo‘q. Ishonasizmi? Jasad yo‘qolibdi! Kimdir oltin jasadning qornida deb ishonibdi., - Jamshid birdan qattiq kulishga tushdi. Ko‘krak qafasi ustidan sal yuqoriroqqa sanchilgan pichoq yarasi ustiga bog‘langan oq doka qizil tusga kira boshladi. Professor yugurgancha kirib, har ikki ter-govchini chiqarib yubordi.
 
 * * *

 Azizov va Omonov yelib borayotgan xizmat mashinasida Shoddaraga kirib borishgani-da, bir guruh jurnalistlar yuk mashinasiga o‘tirib qishloqdan ketishdi.
 - Biz kech qoldik, kech. Jamshid shu yerda ham bizdan o‘zgirlik qildi. Bu jurnalistlar behuda qishloqdan chiqib ketishmayapti. Bundan chiqadi, endi hamma narsa ma’lum.
 - Ularni to‘xtatib, so‘rab ko‘rsakchi, - dedi Shohin.
 - Qora kunga qolma tag‘in. So‘z erkinligiga hujum, jurnalist huquqlarining topta-lishi va yana boshqa o‘nlab qoralashlar yil bo‘yi gazeta sahifalaridan tushmaydi, - osh-kora nafrat bilan dedi Omonov.
 - Adashasan. Oltin qaerdaligini hech kim bilmaydi. Ammo men bilaman, - Shohinning labiga g‘olib tabassum yugurdi. – Tib hamshirasi Sitoraning singlisi qabrini ochishi-miz zarur. Mantiqqa ko‘ra u ham oltin qurboni bo‘lgan. o‘sha tunda Gulnisoga qarab turgan hamshira Nodira qiziq bir ma’lumot berdi. To‘g‘risi, Jamshid o‘zi bilgan barcha dalil-larni ochiq-oydin aytmayotganligini sezgan bo‘lsamda, hech narsa demadim. Gulniso go‘yo o‘limini sezgandek ekinzorda ishlab yurganida oltin to‘la ko‘zacha topib olganini hikoya qiladi. U ko‘zachani o‘ziga yaxshi munosabatda bo‘lmagan eridan yashirib, akalariga olib borib beradi. Singillarining oltin topganidan akalarining hammasi xabardor bo‘ladi. Gulnisoning katta akasi – Samandar oltinni ma’shuqasi Habibaga – Sitoraning singlisiga olib borib beradi. Habiba Samandarning xotini borligini eshitgach, yo‘lini topib u ayol bilan uchrashadi. Gap kelganida Samandar o‘ziga qattiq ishonishini, agar ishonmaganda shuncha oltinni olib borib bermagan bo‘lishini qistirib o‘tadi. Ayol bu borada erining ukalariga aytadi. Ular Samandarga oltinni topib berasan deya tahdid qilishadi. Samandar Habibadan oltinni qaytarib berishini, yo‘qsa uni o‘ldirishini aytadi. Lekin qiz agar unga uylansagina, oltinlarni qaytarib berishi haqida shart qo‘ya-di. U kishi Rossiyaga qochib ketadi. Uning xotini qilgan ishlaridan pushaymon chekib, yana Habibaning oldiga boradi. Samandarni bir dunyo boylik bilan ham o‘ziga og‘dirib ola ol-maganini ko‘rgan Habiba oltinlarni uning xotiniga berib yuboradi. Ana shundan so‘ng noma’lum odamlar Habibani tunda uyidan olib chiqib ketishadi va osishadi. Ular oltin-ni Habibada deb gumon qilishgan.
 - Demak, u o‘zini o‘ldirmagan? Sen buni qaerdan bilasan? - so‘radi Omonov.
 - Bu haqda Sitora Nodiraga aytgan ekan. Lekin u nega singlisining qotillarini jazoga tortish uchun urinmagan, bunisi endi menga ham qorong‘u.
 - Balki Samandarning xotini balo keltirgani uchun oltinlarni Habibaning qabriga ko‘mgan chiqar, lekin nega uni o‘ldirishgan?
 - Balki Samandarning xotini oltinlar haqida kimgadir laqillab qo‘ygandir, balki boshqa biron sababi bordir. Haligacha bu bizga ma’lum emas, - mashina qishloq maktabi oldida to‘xtagach Shohin javob berdi.
 Mashinani ko‘rgan ikki nafar milisa yaqin kelishdi. Omonov tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ini so‘radi.
 - Vazir telefon qilgach bundan bir soat oldin besh nafar milisa xodimi, tibbiy-sud ekspertiza hayati va uch nafar qo‘lga olinganlar bilan Dushanbega ketishdi, - dedi mili-salardan biri.
 - Qaysi vazir telefon qildi? - so‘radi polkovnik.
 - General Junaydov, - javob berdi ikkinchi milisa.
 Shohin ichidan otilib chiqayotgan alamni zo‘rg‘a bosib, qo‘l telefonida raqam terdi. U tarafdan Junaydovning xotirjam ovozi eshitildi:
 - Menimcha, senga va Omonovga Shoddarada qiladigan ish qolmagan. Tezda qaytib kelinglar. Ertaga ertalab soat sakkizda ishda bo‘linglar.
 Azizov generalning topshirig‘ini sherigiga yetkazar ekan, dedi:
 - Har holda Habibaning qabriga bir bormaymizmi?
 - Aqlli fikr, - Omonov polkovnikning yelkasiga qo‘d tashladi.- oltinni biz topamiz.
 Omonov milisalardan biriga ularni Sitoraning qishlog‘iga boshlab borishni aytdi.
 Har ikkala tergovchini hayajon bosayotganidanmi, yo‘l bo‘yi bir-biriga ikki og‘iz gap qotmadi. Qabristonga yetib kelishganda qorovul chol g‘uldulladi:
 - Yana milisalar? Yana qabr ochasanlarmi?
 - Nima, birontasi kelgandimi? – Omonov choldan so‘radi.
 - Kallai saharlab ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i bir guruh milisalar bilan kelib bit-ta qabrning tit-pitini chiqarishdi.
 - Qidirgan narsalarini topishdimi? – Shohin sinovchan savol berdi.
 - Yo‘q, boshliq mendan yaqin orada bironta xotin qabr oldiga kelganmidi-yo‘qmidi, deb so‘radi.
 - Siz nima deb javob berdingiz?
 - Bir kuni yoshgina homilador xotin kelgandi. Anchagacha qabr boshida o‘rmalashdi. Ketayotganida boshidagi ro‘moliga nimadir tugib olgandi. U menga qarab marhumning opasi bo‘lishini va uning qabridan tuproq olganini aytdi.

 * * *

 Har ikki tergovchi qabriston yonida lolu hayron turgan bir paytda Jamshidni ko‘rishga boshida katta oq salla, qo‘lida hassa , chehrasi yoqimli bir qariya keldi. U eshik oldida turgan qo‘riqchilarga qarab dedi:
 - Qishloqdan, jiyanimdan xabar olgani keldim.
 Eshik oldidagi qo‘riqchilar hech bir shubhaga bormasdan qishloqdan kelgan cholni ichkari kiritishdi.
 - o‘g‘lim, men sen yozgan narsalarni qayta-qayta o‘qiydigan bir muxlising bo‘laman, -Jamshidning oldiga yaqinlashar ekan qariya mehribonlik bilan dedi, - sening baxtsiz-likka uchraganingni eshitib, joyimda o‘tira olmadim.
 Eshik yonida o‘tirgan oq xalatli qiz cholning harakatlarini diqqat bilan kuzatardi. Jurnalist bo‘lsa jilmaygancha so‘rashish uchun qo‘l uzatdi.Chol unga yaqinlashdi-da alla-nechuk bir chaqqonlik bilan hassasini ko‘tarib Jamshidning tomog‘ini bo‘g‘ishga tushdi. Qarshilik ko‘rsatishga kuch to‘play olmagan jurnalistning boshi yostiqqa tushdi. Qiz o‘rnidan turib o‘tirgan kursisini olib, bor kuchi bilan cholning boshiga tushirdi. Qotil-ning qo‘lidagi hassa uchib ketib, o‘zi g‘uldullagancha yerga yiqildi. U yiqilganda chiqqan ovozni eshitgan qo‘riqchilar ichkariga otilib kirishdi…

* * *

 Ertasi kuni ertalab Omonov va Azizov generalning topshirig‘iga ko‘ra yana bemorxona-ga kelishdi. Bemorning ko‘rinishi bir kun oldingiga qaraganda biroz yomonroq tuyuldi. Lekin shu ahvoliga qaramasdan og‘iz ochiboq Omonovning izzat nafsiga tegdi:
 - General Junaydov sening joyingni menga taklif qildi. Agar topgan oltinlaring-dan jindaygina bersang, bu taklifni rad qilaman.
 - Agar sen jurnalist bo‘lmaganingda, agar sen bunchalik ayyor bo‘lmaganingda, agar ham-kasblaring seni qahramon qilib ko‘tarishmaganda… - Omonov gapini davom ettirish uchun o‘ylanar ekan, Shohin kulgancha ikki qo‘lini ko‘tarib hamkasbining fikrini yakun-ladi:
 - Xullas, agar sen bunchalik zo‘r bo‘lmaganingda, albatta qo‘lingga kishan solib olib ketardik.
 - Bu gal sen gapirasan, biz eshitamiz. Bu sening do‘sting – general Junaydovning top-shirig‘i, -dedi Omonov o‘zini zo‘rg‘a qo‘lga olar ekan.
 - Mayli, - og‘riqning zo‘ridan Jamshid to‘lg‘andi, - garchi jinoyatning boshdan-oyoq lah-zalari menga ma’lum bo‘lmasada, aytganim bo‘lsin.
 - Uyog‘idan xavotir bo‘lma, men to‘ldirib turaman, - dedi Shohin.
 - Habibaning o‘ldirishlaridan boshlayman. Unda eng muhim ikir-chikir yetishmaydi. Qizni yarim tunda kim uyidan olib chiqib ketdi va osib o‘ldirdi? Bu ishni oshiqdan boshqa hech kim qila olmaydi. Aka-ukalaridan bittasi Samandarni Rossiyadan topib keladi. Samandar Habibaga tunda Rossiyaga qochib ketishlarini, bu borada hech kimga og‘iz ochmasligini aytadi. Habiba tungi qochish haqida hatto opasi Sitoraga ham aytmaydi. Tunda uydan chiqishgach, Samandar Habibadan oltinlar qaerdaligini so‘raydi. Sitora uyg‘onib qolishidan cho‘chigan Habiba oltinlarni buzilib yotgan bir og‘ilga yashirgan-ligini aytadi. Og‘ilga yetib borishgach Habiba oshig‘i bilan janjal ko‘taradi. Sen oltin-larni deb kelgansan, meni deb emas, deydi. Samandar qizga musht ko‘taradi. Habiba dod-laydi. Samandarning ortidan izma-iz kelgan ukalari Habibani urib-tepishga tushishadi, bo‘g‘ishadi. Hushnini yo‘qotgan Habiba o‘ziga kelmasdan o‘ladi. Aka-ukalar qaerdandir arqon topib kelishadi va Habibani osib qo‘yib, o‘zini o‘ldirganga chiqarishadi. o‘sha topda ular bunga majbur edilar…
 Jamshid bir zum tin olar ekan, Omonov so‘radi:
 - Agar urib-tepib, bo‘g‘ib o‘ldirishgan bo‘lsa, qizning badanida izi qolardi. Singli-sining g‘alati o‘limi haqida Sitora nega hech kimga shikoyat qilmagan?
 - Yaxshisi, buni uning o‘zidan so‘ranglar, - dedi astagina toliqqani shundaygina sezi-lib turgan Jamshid.
 - Butun Tojikistonni qidirib chiqdik. Sitora yo‘q, - g‘uldulladi Omonov.
 - Shunday degin. Yana bitta ziyofatga tushib turibsanda, - Jamshid bir chetda o‘tirib so‘z qotmasdan o‘rtadagi suhbatning bir so‘zini qoldirmasdan yozib borayotgan qizga ishora qildi. – Shafqat hamshirasini chaqirib keling. Ha, anov kuni meni jonimni asrab qol-gan, ha, ikkinchi marta asrab qolgan qizni.
 Oradan hech qancha o‘tmasdan oq ko‘ylak kiygan Sitora kirib keldi. Ko‘rinishi biroz o‘z-gargan, ko‘zida ko‘zoynak.
 - Ko‘zoynagingni ol, uni taqish muddati tugadi. Bu o‘rtoqlarning senga bir necha savoli bor ekan, - Jamshid baribir achchiq uchirdi.
 Qizni ko‘rar ekan avvaliga har ikki tergovchining oyoq-qo‘li qaltiradi. Omonov oldin-roq o‘ziga kelib Jamshidga bergan savolini takrorladi.
 Sitora bir zum uzoq bir nuqtaga jimgina tikildi-da, keyin o‘ziga o‘zi gapirayotganday so‘z boshladi:
 - Men tib hamshirasi sifatida Habiba o‘zini osmaganligini, uni o‘ldirishganini dar-rov sezdim. Shikoyat qilmaganimning esa, bir necha sababi bor. Avvalo men tumandagi huquq-tartibot maqomotining adolatni barqaror etishiga ishonmayman. Biz tomonlarda faqat puling yo kuching bo‘lsa, adolatni topa olasan. Ikkinchidan, Habibaning o‘sha payt-dagi holi zoriga qaraganda, meni Xudo kechirsin, o‘lgani yaxshi edi. Garchi bu achchiq haqi-qat, uni qabul qilish o‘ta qiyin bo‘lsada, aslida shunday, – Sitoraning ko‘zidan asta-sekin oqqan yosh oppoq, bejirim yuzini yuva boshladi. – Uchinchidan, boshimizga tushgan fojiadan so‘ng ikki kun o‘tgach ikki nafar notanish erkak meni ko‘chada tutib olib, agar o‘tgan ish haqida birovga og‘iz ochsang… nomusingni bulg‘aymiz, deyishdi. Men singlim-ning ko‘yiga tushishni istamasdim, istamasdim. Men…- qizning ovozi bo‘g‘ildi, - mening nomusim, singlimni o‘ldirishgandan so‘ng qolgan yagona boyligim bir umr siymosi ko‘z o‘ngimdan ketmaydigan insonning nasibasi bo‘lishini istardim. Agar bu orzumga yetma-sam, hech qachon o‘zga bir insonning xayolida yurmayman derdim.
 - Mayli, hozircha Sizga javob, - Shohin ko‘zlarini yumgancha qizning so‘zlarini ting-layotgan Jamshidga qarab qo‘yib dedi. – Lekin uzoqqa ketmang, biz Sizni zo‘rg‘a topdik.
 Sitora tashqari chiqishi zahoti Omonov Jamshiddan so‘radi:
 - Bu qachon paydo bo‘ldi?
 - Sizlar Shoddaraga jo‘naganingizda. o‘zini qidirishayotganini bilib Sizning oldin-gizga boradi. Sizni topa olmasdan bemorxonaga keldi. Men undan menga qo‘riqchi bo‘lib turishni so‘radim. Oltin qidirayotganlar baribir oldimga kelishlarini bilardim.
 - Habibani qanday o‘ldirishganini aka-ukalardan boshqa hech kim bilmaydi. Sen qaer-dan bilasan? - so‘radi Omonov.
 - Bu savolga mening javobim tayyor, - dedi Shohin Jamshiddan ilgariroq so‘z ochib. - Shamidaning eri - Qahramon tug‘ruqxonada Samandar bilan tanishadi. Bu odamning oltini borligini bilib, unga osongina erishishni o‘ylaydi. U Samandarga oltinni qanday qilib pullashni taklif etadi. Aka-ukalar unga Shodmondarada o‘zlarini kutib turishni va Zarkentgacha olib borishni so‘rashadi. Qahramon rozi bo‘ladi. Aka-ukalar Ziddehda Jamshidni o‘ldi deb hisoblab, mashinani dovondan jarlikka itarib yuborisha-di va Qahramonning mashinasida Zarkentga yo‘l olishadi. Yo‘l-yo‘lakay bo‘lgan voqealar-ning hammasini yangi sheriklariga gapirib berishadi. Oltinni olish uchun tunda Saman-dar xotinining qabrini ochib, o‘likni eski bir go‘rga tashlashadi. Qahramon dahshatga tushadi. Erta tongda milisaxonaga borib, bor voqeani tuman ichki ishlar bo‘limi bosh-lig‘iga aytib beradi. U aka-ukalarni qo‘lga olishda katta yordam beradi.
 Shohin so‘zlarini indamasdan tinglayotgan Jamshidga qaradi-da, dedi:
 - Lekin yana bir muammo bor. Sitora qanday qilib dovonga yetib bordi va Sizni bemor-xonaga olib keldi?
 - U eng suygan qahramonini deb, manovi yarimjon bo‘lib yotgan odamni deb, dovon nima degani, dunyoning narigi chekkasiga ham borishga tayyorga o‘xshaydi, - dedi Omonov kinoya aralash. – Uning o‘sha aka-ukalar niyatidan xabari borligi aniq va Jamshidning izidan boravergan.
 - Ikkinchi qotillik oltin birinchi marta yo‘qolganida yuz bergan, - Jamshid o‘ychan gap boshladi. – Samandarning xotini Habibaning o‘limidan xabar topgach, unda kimning qo‘li borligini anglaydi. Bir kuni ko‘zadan bir oltin zanjirni olib, bo‘yniga taqadi. Buni ko‘rgan qaynotasi o‘g‘illariga aytadi. Samandar xotinidan oltin zanjirni qaerdan ol-ganligini so‘raydi. Ayol Habiba ko‘zani berganligiga iqror bo‘ladi. Aka-ukalar bu xabar-ni eshitganlaridan so‘ng yengil nafas oladilar.Lekin ayol ertasi kuni saharda ko‘zani Habibaning qabriga ko‘mib keladi. Aka-ukalar Samandardan oltinni so‘rashadi. U xotinini chaqiradi. Ayol «uni daryoga tashladim», deydi. Meni o‘ldirmoqchi bo‘lgan chol bor-ku, u o‘sha tarixiy hassasi bilan kelinini savalaydi. Ayol «Habibani o‘ldirgansiz-lar, ertaga milisaga borib, hammasini aytib beraman», deya dodlagach, chol menga qo‘llagan klassik usuli bilan kelinini bo‘g‘ib o‘ldiradi. Ana shu mojaro ustiga sho‘rlik Gulniso ham kelib qoladi. Yangasi o‘limidan oldin unga oltin qaerdaligini aytgan bo‘ladi. Gul-niso nega qotillarning changalidan yangasini qutqarish uchun oltin qaerdaligini aytma-di – bu muammoligicha qolmoqda. Qotillikdan so‘ng aka-ukalar o‘likni daryoga tashlashadi va kelinning kiyimlarini qirg‘oqqa qo‘yib ketishadi. Maqsadlari aniq - go‘yo kelin o‘z joniga qasd qilgan. Garchi jasadni topishgach tuman sud-tibbiy eespertiza xizmati ayol daryoga tashlanmasdan o‘ldirilganini aniqlasada, ammo aka-ukalar tiqqan pul og‘izlarni boylaydi. Xullas, yegan og‘iz kulgili xulosa chiqaradi: ayolning bo‘yni daryodagi toshlarga urilib ko‘karib ketgan emish. Gulniso oltinlar ustma-ust baxtsizliklar keltirayotgani-ni ko‘rgach Habibaning qabriga borib, oltinlarni oladi-da, ko‘zani daryoga tashlaydi.
 - Sening bu gaplaringni Qahramonning guvohligi ham, Samandarning bolalari bergan bayonot ham, barcha qotilliklarni bo‘yniga olayotgan cholning aytganlari ham tasdiqlaydi. Ustiga sud-tibbiyot ekspertizasining xulosasi bor. Uning xodimlari ayblarini yengil-lashtirish uchun aslida nima bo‘lganligini yozib berishgan, - dedi Shohin.
 - Eng muammoli qotillik, hammadan ko‘proq ko‘ngilni g‘ash qilayotgan o‘ldirish Gul-nisoning sirli o‘limi, - dedi Jamshid.
 - Kelinglar, bu haqda yaxshisi men gapirayin, - tirjaydi Omonov. – Chunki bu qotil-likda Sitoradan ham gumon borligi uchun Jamshidning hikoyasini eshitish to‘g‘ri emas. Kunlardan bir kun sho‘rlik Gulniso otasiga ko‘za o‘zida ekanligini aytadi. Chol tezda buni o‘g‘illariga yetkazadi. Ularning singillaridan ochiqdan-ochiq oltin qaerdaligini aytishni talab etishga botinolmasliklari tushunarli edi. Chunki avvalo oltinni u top-gan va yangasining o‘limiga guvoh bo‘lgan. Aka-ukalar singillarini o‘ldirish niyatida bo‘lishmagan. Lekin Gulnisoning o‘zini tutishi ularni bu ishni o‘ta mahorat bilan ijro etishga majbur etadi. Hamshira Nodiraning aytishicha Samandar bilan ilgaridan tanish ekan. Samandar singlisini tug‘ruqxonaga olib kelganida Nodira qizga mehribonlik qiladi. Hamshiraning avrayotganini sezmagan sodda kelinchak bo‘lgan voqealarning ipi-dan-ignasigacha, jumladan oltin qaerda ekanligigacha aytib beradi. Gulniso gapining oxirida yoshgina qiz va to‘rt bolaning onasi bo‘lgan yangasining o‘ldirilishi haqida qo‘sh-ni xonada yotgan jurnalist ayolga, ya’ni Shamidaga aytib berishini, undan bu qotilliklar haqida yozishini iltimos qilishga qasam ichganini aytadi. Nodira Gulnisodan eshitgan-larining hammasini oqizmay-tomizmay Samandarga yetkazadi. Aka-ukalar yana bir kishi qilg‘uliklaridan xabardor bo‘lganini eshitib, hamma sirlari oshkor bo‘lishidan cho‘chib qolishadi. Gulnisoga qon berilayotganda Samandar Nodiraga qahva olib kiradi, unga uyqu solib qo‘yilganini hamshira bilmaydi. Nodira qahvani ichib, uyquga ketadi. Samandar bu fursatdan foydalanib singlisi bilan janjallashadi? Nega Nodiraga bor sirimizni to‘kib-sochding, deydi. «Oltin qaerda? Nega hamma hodisani jurnalist ayolga aytmoqchisan?» Singlisi dodlagancha oltinni qabristondan qidirishlarini aytadi. Samandar Gulnisoni tinchlantirish uchun uning og‘zini yopmoqchi bo‘ladi. Ana shunda shosh-ganidan qon quyish moslamasini ag‘darib yuboradi. Samandar bemorxonada navbatchi dux-turni topa olmagach, ikkinchi shafqat hamshirasi – Sitorani chaqirishdan cho‘chiydi. Shu-ning uchun u indamay-netmay ukalarining oldiga ketadi.
 - Hamshira Nodiraning, Gulnisoning jasadi tekshirib ko‘rilgani borasida sud-tib-biy ekspertizasining, qahvaxona xizmatchisi va Samandarga uyqudori sotgan dorixona xodimining bayonotlari bor, - qo‘shimcha qildi Shohin.
 - o‘ldirilgan insonlarning hammasi hech bo‘lmaganda bir marta oltinni ko‘rishgan va ozgina bo‘lsada o‘zlarini uning egasi hisoblashgan. Lekin men baxti qoraning aybim nima? – g‘amgin so‘radi Jamshid.
 - Bu hodisalar ortidan tushganing haqida Qahramon va Nodira aka-ukalarni ogohlan-tirishadi. Oltinga o‘chlik aka-ukalarning ko‘zlarini ko‘r qilib qo‘yadi. Ular singillari-ni tuproqqa topshirishgach, seni qidirib poytaxtga kelishadi. Ularga bironta guvoh kerak emas edi. Bir bahona qilib Nodirani ham yo‘qotishlariga oz qoladi.
 - Ammo aytganlarimizning ko‘pchiligi hali farazdan o‘zga emas! Qotillar gunohlarini bo‘yinlariga olishadimi-yo‘qmi, bunisi ma’lum emas, - Shohin o‘rnidan turdi. – Ertaga uchrashamiz, yo telefonlashamiz. Tezroq tuzalib keting, bu gal men Sizni «Kant»ga taklif etaman.
 Jamshid tergovchilarni dardli bir tabassum bilan kuzatib qoldi.

 * * *

 Ayblanuvchilar ishni cho‘zishmadi. Faqat Samandar avvaliga «bilmayman, men qilma-ganman», deya jonini xalos qilishga urindi. Shohin eshikni qattiq yopib, uni shunday savaladi-shunday savaladi, ana keyin mumdek yumshadi-qoldi. Aka-ukalar ixtiyoriy ravishda qilmishlarini bo‘yinlariga olishsa, jazo yengillashishi haqida eshitishgach, bulbuldek sayrashga tushishdi. Ularning har biri zo‘r berib aybni ikkinchisiga ag‘da-rishga urinardi.
 Nihoyat tergov tugadi. Tergovchilar toliqqan, bo‘shashgan holda Jamshidni ko‘rishga borishdi. Jurnalistning sog‘ligi qiyinchilik bilan bo‘lsada, asta-sekin tiklanayotgandi. Tergovchilar xonaga kirib borishganida Shamida yo‘rgaklik bolasini bag‘riga bosgancha bemorning yonida o‘tirardi.
 - Muallim, men uning … uning bahridan o‘taman, - Shamida ko‘z yoshlarini to‘xtata ol-masdi. – Men ishga qaytaman.
 - Kech bo‘ldi, qizim, kech, - Jamshid chaqaloqqa ishora qildi. – Ering yaxshi ishlar ham qilibdi. Buni hisobga olishar.
 Shamida bir tergovchilarga qaradi-da chaqaloqni bag‘riga qattiqroq bosgancha chiqib ketdi.
 - Sen aytgan bir dalil butunlay yolg‘on chiqdi. U tergovni noto‘g‘ri yo‘lga boshlashiga sal qoldi, - dedi Omonov.
 - Nahotki? Axir bu ishni o‘rgangan jurnalistlar aytgan gaplarning hammasi bir-biridan aslo farq qilmasdi, - Jamshid o‘rtog‘ining so‘zini jiddiy qabul qildi.
 - Cholning ikkita hassasi bor ekan. Birinchi hassasi kelinini o‘ldirganda sinib qol-gan. U shumchol Sizni o‘ldirish uchun boshqa hassasini olib kelgan, - Shohin yoyilib kul-di.
 - Anovi hamshirangni bizda ishlash uchun bermaysanmi. Nima go‘zallar faqat sening atrofingda yurishlari shartmi? – Omonov gapni boshqa tomonga burdi.
 - Marhamat, ko‘ndira olsang, olib ketaver, - dedi jilmaygancha jurnalist.
 - Agar ko‘nmasa, qissasini boshdan-oyoq No‘shofaringa aytib beraman. Agar aytmasam, komsomollik vijdonim kuyib ketsin, - Omonov ko‘rsatkich barmog‘ini yuqori ko‘tarib, tahdid qildi.
 
 * * *

 Ikki tergovchi tashqari chiqishganda No‘shofarin va Shamida bemorxona hovlisida nimadir haqda gaplashib o‘tirishardi.
 - Beshikka qattiq bog‘lama, hali u nozik , - No‘shofarinning so‘zlari arang quloqqa chalinardi.
 Jamshidning bolalari esa, Sitora bilan birga muzqaymoq yeyishayotgandi. Omonov ularga yaqinlashdi-da, bolalardan kichigining burnini chimchib, dedi:
 - Bu qiz senga kim bo‘ladi?
 - Xolam bo‘ladilar, - dedi faxrlangancha bola.
 - Yana bitta xolami? – Shohin qah-qahlagancha No‘shofarin tomonga qaradi.
 - Hasadingiz kelmasin! – kuldi ayol…
 

30 iyul - 1 avgust, 2005 yil.
Tojik tilidan O‘rinboy Usmon tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.