OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Radu (Madagaskar)

Radu – Madagaskar shoiri.

MANGU AYRILIQ

Vidolashmoq og‘ir marhumlar bilan,
Yuragingni o‘rtar motam lahzasi.
Undan alamliroq ekan aslida,
Tirik ayrilmoqning g‘amli zarbasi.

She’rlar ham ularga o‘xshaydi beshak,
Shabnam umri nima, g‘arib bir bezak.
Hidin kim ham eslar, lekin aziz u,
Chunki xotirotni uyg‘otar mangu.

* * *

Qum rangidek za’farondir yaproqlar,
Za’faron yaproqlar shamolda uchar.
Tega ko‘rma hasratini tirnoqlab,
Sevgi va sog‘inchdan lovullar ular.

Qishda kumush rangga aylanishadi,    
Sharbatga to‘ydirar ularni bahor.    
Saraton taftida changlanishadi    
Kuzgi chizgilarning izlari ham bor.    

* * *

Mayli, ko‘karmasin gullar, ko‘katlar,
Mayli, barq urmasin bog‘larda bahor.
Shirin so‘zlashlaring aziz jon qadar,
Jaranglamay qolsin, mayliga, takror.

Mayli, mangu so‘nsin ko‘kda mohitob,
Mayli, charaqlashin bas qilsin oftob.
Tabassuming ilg‘ab qolaman yaqqol
Zaharli qismatdan yaratar u bol.

Mo‘‘tabar va aziz mangu xotiram
Mangu hamrohimdir men bilan birga.
Sening ehtirosing, bizlarning qasam,
Meni olib ketar sokin qabrga.

Muhammad Haydar tarjimalari

© 2004-2019 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.