OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Yakub Kolas (1882-1956)

http://ziyouz.com/rasmlar/adib/kolas.jpg Konstantin Mixaylovich Mitskevich — Yakub Kolas hozirgi Stolbtsevskiy rayonida o‘rmonchi dehqon oilasida tug‘ildi. 

Yakub Kolasning ijodi 1906 yildan she’r yozish bilan boshlandi. Yigirmanchi yillarda shoirning Belorussiyada yuz bergan katta ijtimoiy o‘zgarishlar haqida yaratgan bir necha she’rlar to‘plamlari, shuningdek, «Yangi yer» (1923) va «Simon muzikant» (1925) dostonlari bosilib chiqdi. 
1949 yilda Yakub Kolasga uning «Baliqchining xatasi» (1941) dostoni uchun Davlat mukofoti berildi. 1926 yilda Yakub Kolas «Belorussiya SSR xalq shoiri» degan faxriy unvonni olishga sazovor bo‘ldi.


QADRDON MANZARALAR

Jondosh o‘lkam manzaralari,—
Shodligim ham, qayg‘um ham o‘zing! 
Yurak talpinadi sen sari,
Muncha issiq sening yulduzing.

Daryo, bog‘lar, qo‘rg‘on, adirlar,
Dala hamda qadrdon o‘rmon... 
Achchiq qayg‘u zo‘r hasrat ichra
Motamsaro sizni ko‘rurman.

Charchoq asirlarni o‘tkazgan
Shaharlarda hokim sukunat. 
Sevikli lavhalar, jon bag‘ishlayman,
Uchib keling, qoqingiz qanot.

Sarg‘aygan maysazor yelda shuvillar,
Dalalardan chiqar hayotiy tovush. 
Qorong‘i o‘rmonlar tinmay guvillar,
Qayin yaproqlarin kuylari — na hush!

Ey jondosh lavhalar, yetimsiz, sizni
Ko‘raman, qishloqlar, insonlar, bu dam.
Hasratli, qayg‘uli qo‘shig‘ingizni
Tinglayman, hech qachon unutmayman ham! 
1908

Mirmuhsin tarjimasi

Eʼlon

© 2004-2019 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.