OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Kostis Palamis (1959)

Yangi davr yunon she’riyatining vakili va Yangi Afina maktabi asoschisi deb tan olingan Kostis Palamis (Κωστής Παλαμάς) 1959 yilda tug‘ilgan. Uning she’rlarida ezgu-insoniy va inqilobiy ruh yorqin namoyon bo‘lgan. Shoirning ilk she’riy to‘plami: «Vatanim qo‘shiqlari» 1886 yili nashr etilgan. Kostis Palamis hozirgacha ijro etiladigan Olimpiya madhiyasini yozgan.Shoir 1943 yili vafot etgan.


* * *

Men, qanday bo‘lsam shundayman, titrayotgan ko‘ksimdagi
omonat yuragim qafasdagi asir qushga o‘xshaydi –
yuragim omonat, ammo men dunyoning kuchlilari
va qudratlilaridan ko‘ra yaqinman nurga,
muqaddas haqiqatga yaqinroqman.

Shuning uchun yuragim zaif va sog‘inchga to‘ladir hamon,
Shuning uchun qalbim qaynar, kuyib-yonaman,
– kuchlilar kuchayar, zo‘rlar zo‘rayar va bo‘lar zo‘ravon,
men ulardan yomon nafratlanaman…
Ajabo, menga yarashadi bu nafrat.

* * *

O, qadimiy so‘zlar, chirik mog‘orlarga o‘rangancha
otamning kitoblari tubida yotibsiz
muqaddas tush ichida uxlab.
Siz-chi, qaltiragan qo‘rqoq qarg‘alar, nega jimsiz:
ko‘ndalangdir mening qarshimda tirik hayot.
Men taqdir bilan qadimiy bahsga qanchalar qattiq kirishsam
va tafakkur otini nechog‘li inonch ila qamchilasam,
shunchalar tashnalik bilan
yuksak tog‘larning nasimini shimiraman
va shunchalar osonlik bilan so‘zlashaman jaydari tilimizda.

Rus tilidan Karim Bahriyev tarjimalari

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.