OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Georgiy Leonidze (1899-1966)

MATENADARAN

Quyosh favvorasi,
Yerevan,
Matenadaran.
Solnomalar ustida qora kiprik shitiri.
Tarix sening quroling hech kimdan so‘rmas izn.
Garchand bergan bo‘lsang ham qancha shaharlar
Ko‘rib,
Bir chekkasidan yana qulatib chiqding o‘zing...
Sen tortgan jafolardan o‘rtanib bormoqda tan
Solnomani qo‘ygin-u, menga qara bu choqda.
Zevarnotsning xoklari ustida quyuq tuman.
Araks to‘lqinlari loyqalanib bormoqda.
Xanjarlar tig‘i bilan yer haydab qo‘yilgandir.
Qora ko‘zlar ko‘miri yondirmoqda tanimni.
Sening jazolaring ko‘p, yuragimni tilgandir
Yaralarim bitmasdan hamon qiynaydi meni...
Quyosh...
Matenadaran...
Assorgadon...
Ulug‘ poytaxtlar...
Ular poyida yotar vayronalar bosh urib,
Solnomalar ustida qora kiprik shitiri!

Halima Xudoyberdiyeva tarjimasi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.