background
logotype

Jon Ekvere

Jon Ekvere Kalabar shahrida (Nigeriya) tug‘ilgan. Ingliz tilida ijod qiladi.

JAVOB

Ko‘ngilchan otalarimizdan meros —
Hammasini oyoq-osti qilgan oq bosqinchilar —
Qochdilar solib uvvos.
Endi xayriyachi missionerlar
Sho‘rlik xalqimizni chuv tushirolmas;
Endi kelgindi kalxatlar
Jo‘jalarimizni yulib ololmas —
Endi
O‘zimizni o‘zimiz yeb qo‘ymasak, bas!

Karim Bahriyev tarjimasi

2004-2019 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.