OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Kristofer Brennan (1870-1932)

XAZONREZ

Kuz: bu yil ham, mana, o‘lmoqqa kechdi,
Atrofda ajalning o‘ti charsillar,
Bu dunyoda orzu befoyda ishdir,
Ammo biz, kutamiz baxtni harsillab…

Qahraton shivirlar, balkim, bu zamon?
Bir tushni miyaga quyar asriy xob:
Tubsiz jarlik uzra sokin bir o‘rmon,
Yuksakda kiyimsiz, yalong‘och oftob.

O‘lik tushlar ichra uchadi qushlar,
Kimsasiz saroylar tepasida qon,
Yana yil o‘tdi, deb kuyadi qushlar.
Ular qasam kabi egasiz, sarson.

Ijobat bo‘lmagay kechikkan orzu!
Bu sarob dunyoda, daraxtlar ichra,
Bosh egib turibmiz, aybsiz aybdorlar.
Janubning chetida, qahraton tunda
Kadim tilsimlarni berkitar qorlar…

Karim Bahriyev tarjimalari

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.