OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Marina Gashe

Marina Gashe (Elimo Nyau). Kikuyyu qabilasidan (Keniya) Ushbu she’r «Poems from Black Africa» to‘plamidan olindi.

QISHLOQ

Ko‘nyoriri, Azal Mehnat Qishlog‘i,
Abadiy mashaqqat, zahmat qishlog‘i.
Tuganmas oqimday yo‘ldan o‘tarlar
So‘qasin ortmoqlab qari kampirlar,
Qoraygan, bukchaygan, sokin, qayishqoq,
Jo‘xori dalasin qilishar o‘toq.
Yosh kelinlar o‘tar xo‘tikday bog‘liq,
Ularni dalaga haydar qashshoqlik,
Egatlar oralab balandga, pastga,
Borib kelaverar bemor va xasta,
Tanlari kamonday egri, tortilgan —
Yelkaga hayotning yuki ortilgan,
Ko‘ksida – emzikli, nozik go‘daklar;
Mehnat qilar bunda tinmay yosh-qari,
Go‘daklar kun bo‘yi yerni titkilar,
Chuvalchang izlagan tovuq singari.
Har yonda – harakat.
Kun cho‘kkanida
Qishloq cherkovi ham boshlar vahmini,
Ruhoniy otamiz karnay orqali
Chorlar ibodatga sodiq qavmini.
Echkisin, bolasin xotinga tashlab,
Otalar ketadi kech ibodatga.
Kun bo‘yi ishlagan mehnatkashlarni,
Rohib chorlar yana sabru-toqatga…

Karim Bahriyev tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.