OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Robert Greyvz (1895-1985)

Robert Greyvz (1895-1985) - ingliz shoiri, tarjimon va romannavis.
140 dan ortiq asari mavjud. U Anglo-Irlandiyalik shoir Alfred Perseval Greyvzning o'glidir. 


ISHQ BELGILARI


Jahoniy bosh og‘rig‘i sevgi,
Yorqin bir dog‘ orzu ko‘ksida
Aqlni ham bulg‘aguvchi u.

Ozg‘inlik, rashk     
Ham otmas tonglar
Haqiqiy ishq belgilaridir

Yana nishon va bosinqirash -

Eshitmoqlik taqir-tuqurni,
Jim kutmoqlik sharpa izini:

Uning qo‘li tegar deb qachon
Qop-qorong‘i xona ichida
Sarson bo‘lish izlab bir nigoh.

Bardam bo‘lgil, oshiq!
Chiday bilarmiding bu g‘amga
Unikidan bo‘lak har holda?

A'zam Obidov tarjimasi 

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.