OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Firuza Mammadli (1940)

Firuza Mammadli (Mammadova Firuza Nuriddin qizi) 1940 yilda Xochmaz tumanining Janaxir qishlog‘ida tug‘ilgan. Shu yerda o‘rta maktabni tugatgach, Quba shahar tibbiyot maktabida tahsil olgan (1963). Ozarbayjon Pedagogika institutining til va adabiyot fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatgan (1964— 1968). So‘ngra Naxichevan avtonom respublikasining pedbilim yurtida ishladi. 1990 yildan beri Hozirgi zamon Ozarbayjon tili kafedrasining dotsenti hamda Ozarbayjon Yozuvchilar Uyushmasida Hamkorlar Qo‘mitasining raisidir (1995). "Yusuf Vazir Chamanzaminlining tarixiy romanlarida til va uslub xususiyatlari" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.
Adabiy faoliyatini 1963 yilda Xachmaz tumanining "Do‘stlik" gazetasida chiqqan kichik bir she’ri bilan boshlagan. 60 dan ortiq ilmiy, tanqidiy va publitsistik maqolalari ham e’lon qilingan. "Kumush tomchi" (1972), "Yo‘limga bahor tushdi" (1978), "Sening umring" (1982), "Yetuklik" (1989), "Bir qarish bolalik" (1995), "Badiiy tilning estetik manbalari" (1997), "Meni menda bo‘lgan dunyo" (1999), "Saylangan asarlar" I jild (2002), "Saylangan asarlar" II jild (2002) nomli kitoblari nashr etilgan. Shuningdek, Gorkiydan, Afrika naqllaridan va G.Kubliskidan tarjimalar qilgan.


HAR KECHA SOAT UCHDA

Har kecha soat uchda
Uyqum chekilar go‘yo.
Kechaning ko‘zlariga
Tushadi shaklim go‘yo.
Ochilar fikrlarning
Eshigi taraq-taraq,
Ko‘chib borib Orazga
Kezinaman tog‘ma-tog‘.
Shuncha cho‘qqimda turib
Lochinni shan* ko‘raman.
Ruhimni Kalbajardan
Sakrab yurgan ko‘raman.
Ko‘raman: Ko‘ycha — manim,
Burchali, Darband — manim,
Yog‘iydan xalos bo‘lgan
Ne-ne qishloq, kent — manim.
O‘z ilk holiga qaytgan
Butun Ozarbayjonim.
Ajdodimning maskani
Buyuk Ozarbayjonim.
Bu xayollar ichida
She’rlar yoza olaman,
Haqiqatga xayoldan
Xandaq qaza olaman.
Bu xandakda men hujum
Damin kutib yashayman,
Ali Bosh Qo‘mondonning
Amrin kutib yashayman.
________________
* Shan - sho‘x.


BESH METR

Kuraging toqqa suyandi,
Tiling uzandi besh metr.
Keragining yarmini yutdim,
Qo‘ling uzaydi besh metr.
Siqdim kundalik imkonimni,
Yo‘lim uzandi besh metr.
So‘zimni havoda qoldirdim,
Qo‘lim uzaydi besh metr.
Qoldim tomning pastrog‘ida,
Zilim* uzandi besh metr.
Umidimga qabr qazdim,
O‘lim uzandi besh metr.
________________
* Zilim — eshik qo‘ng‘irog‘i.

Miraziz A’zam tarjimalari

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.